I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116
ma\'ruza matn

Volchok MP-82
. Ushbu volchok kichik va o’rta kolbasa tsexlari, umumiy 
ovqatlanish korxonalarida ishlatiladi. Mashinaning unumdorligi 3 
mm
-li setkadan 
o’tkazishda 600-700 
kg/soat
-ni tashkil etadi. 
Volchokning asosiy qismlarini to’rt burchakli ustida yuklash qurilmasi mavjud 
quyma stanina, AOL 42-4 markali elektrodvigatel, tsilindrik egri tishli uch zinali 
uzatish soni i = 28 bo’lgan reduktor, bir valda o’rnatilgan ikki shnekdan iborat xom 


157 
ashyoni qabul qilish va uzatish mexanizmi va kesish mexanizmi tashkil etadi. 
Eletrodvigatelning quvvati 2,8 
kVt
, aylanish tezligi 1420 
ayl/min
.
Kesish mexanizmining diametri 82 
mm
. Kesish mezxanizmi qabul qilish 
setkasi, Pichoq, 12 
mm
teshikli setka, ikkinchi Pichoq va teshiklari diametri 3 
mm
-li 
chiqish setkalaridan iborat.
Elektrodvigatel va yuritish mexanizmi staninaning ichiga joylashtirilgan. 
Volchok MP-1-160
. Mashina (55-rasm, 
a
) go’sht va yog’ni kolbasa, go’shtli 
non, kotlet, chuchvara va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qiyma 
tayyorlayotganda kesish uchun ishlatiladi. Mashinaning unumdorligi 0,4-0-5 
kg
– 
kattalikdagi go’sht bo’laklarini teshiklari 3-4 
mm
diametrli reshetka yordamida 
maydalaganda 3000-3700 
kg
-ni tashkil etadi. Reshyotka teshiklari diametri 25 
mm
bo’lganda 20000 
kg/soat
-ni tashkil etadi.
Volchokni ham alohida ham kolbasa ishlab chiqarish oqim-texnologik 
liniya tarkibida ishlatish mumkin. Liniya tarkibida ishlatilganda chiqish 
reshyotkasi uchiga zanglamas Po’latdan tayyorlangan maxsus quvur ulanadi va 
qiyma to’g’ridan-to’g’ri boshqa mashinaga uzatiladi. Natijada uzluksiz liniya 
hosil bo’ladi. Maydalangan go’shtni quvursiz qurilmadan tushirish balandligi 700 
mm
, quvurli qurilmadan esa 1200 
mm
-ni tashkil etadi. 
Volchok MP -1-160 cho’yan quyma staninadan 1 iborat, ustida alyuminiydan 
tayyorlangan 100 
kg
sig’imli go’sht bo’laklarini yuklash tog’orachasi 2 o’rnatilgan. 
Undan go’shtni uzatish shnekining 6 o’ramlari olib ketadi va bir tekisda ishchi 
shnekka 7 beradi va qotirish gaykasiga 9 ega kesish mexanizmiga 8 siqib beradi. 
Diametri 160 
mm
-ga teng bo’lgan kesish mexanizmi qabul qilish setkasi, krest 
shaklidagi Pichoqlar va teshiklari diametri 25, 16, 12, 8, 6 va 3 
mm 
bo’lgan 
reshetkalardan iborat. Kesish mexanizmi AO 63-4 tiPdagi quvvati 14 
kVt
, aylanish 
tezligi 1460 
ayl/min
bo’lgan elektrodvigateldan 3 harakatga keltiriladi. Xarakatni 
uzatish uchun tasmali uzatgich 4 va egri tish shesternyali reduktordan 5 
foydalanilgan. 
MP-1-160 volchogining kinematik sxemasi 88, 
b
rasmda ko’rsatilgan. 
Go’sht berish shnekining aylanish tezligi 131 
ayl/min
, ishchi shnekniki esa 276 
ayl/min

Volchokning shakli silliq, qismlari oson ochiladi, sanitar ishlov berish oson. 
YUklash balandligi Poldan 1100 
mm.
Elektrodvigatel va yuritish mexanizmi stanina 
ichida o’rnatiladi. 


158 
 
88-rasm. Volchok MP-1-160: 
a - 
umumiy ko’rinish: 1-stanina; 2–yuklash tog’orachasi; 3-elektrodvi-
gatel; 4-tasmali uzatgich; 5-reduktor; 
6-
go’sht berish shneki; 7-ishchi shnek; 
8 – kesish mexanizmi;
9-
gayka;
b - kinematik sxema. 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin