I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


Qadoqlash-shakl berish mashinalari



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116
ma\'ruza matn

Qadoqlash-shakl berish mashinalari 
Ushbu mashinalar yarim tayyor mahsulotni og’irligi yoki hajmi bo’yicha 
qadoqlab shakl berish uchun qo’llaniladi (kotlet, chuchvara, sosiska, go’shtli 
qiyma solinlan gummalar).
Odatda bu mashinalarning unumdorligi juda katta, ko’Pincha oqim-
texnologik liniyalarda o’rnatiladi. Qadoqlash-shakl berish mashinalarini 
qo’llash, ko’P mehnat talab etadigan oPeratsiyalarni mexanizatsiyalash
mahsulot ishlab chiqarishni ko’Paytirish, uni sifatini yaxshilash imkoniyatini 
beradi.
 Kotlet ishlab chiqarish avtomati
. Avtomat go’sht kombinatlari va 
umumiy ovqatlanish korxonalarida keng ko’lamda qo’llaniladi. U tayyor go’sht 


151 
va baliq qiymasini ma’lum og’irlikda o’lchab (dozalab), kotlet shakllantirish 
uchun ishlatiladi.
52-rasmda AK 2M-40 rusumli kotlet avtomati ko’rsatilgan. Uning yuklash 
bunkeri 20 l, unumdorligi soatiga 4000 kotletni tashkil etadi.
Avtomat uzluksiz rejimda ishlaydi, turi rotatsion, cho’yan quyma korPus 2-dan 
iborat. KorPusda avtomatning barcha qismlari mujassamlashtirilgan: AOL 22-4 
tiPdagi 0,4 
kVt
–ga teng quvvatli elektrodvigatel 1, qiyma uchun listli zanglamas 
Po’latdan tayyorlangan bunker 35, besh uya va ulardagi Porshen 31-li asosiy shakl 
berish stoli 29, diskli Pichoq 28, qirg’ichi 27 bilan va kotlet massasini 100 g atrofida 
o’zgartiruvchi rostlagich.
YUritmaning barcha detallari korPus ichkarisida o’rnatilgan. Bu mashinaning 
komPaktligi va kerakli sanitar holatini ta’minlaydi.
Avtomatni harakatga keltirish elektrodvigateldan 1 chervyakli juftlik 3 orqali 
amalga oshiriladi. SHuningdek harakat tsilindrik shesternyalar 19, 22 hamda 35 
yordamida uchta vertikal vallarga beriladi - bu Parrakli vint 18, shakllantirish stoli 
20 va diskli Pichoq 24. Avtomat bunday ishlaydi. Tayyor go’sht yoki baliq qiymasi 
bunker 35-ga yuklanadi, undan vint 34 yordamida yuklash bunkeri ostidagi 
tuynukka beriladi. 
Tuynukka taqash shakl berish stol 32-ning navbatdagi teshigi (Porshen tuynigi) 
keladi. Unda Porshen 31 Pastga tushgan holda bo’ladi.
Parrakli vint hosil qilgan bosim ostida farsh stol yacheykasi hajmini 
to’ldiradi. Porshenlar 31 ostki qismida shariklar 30-ga o’rnatilgan. SHariklar 
Porshenli stol aylanganda harakatsiz yo’naltiruvchi 11 bo’ylab sirPanadi. 
Yo’naltiruvchi Profili shunday bajarilganki, stolning aylanishi davomida 
(to’latilgan uyacha bunker ostidan chiqqach) Porshen yuqoriga, stolning ustki 
tekisligigs barobar sathga kotlet bilan birgalikda chiqib ketadi.
Kotletlar stoldan chekkasi haqasimon chaxlangan diskli Pichoq 28 
yordamida olinadi. Diskli Pichoq valik 24 -da uning ostki yuzasi va qadoqlash 
stolining ustki yuzasi bilan minimal zazor (0,2 
mm
) hosil qilib o’rnatilgan. 
Olinadigan kotlet diskli Pichoqdandagi markazdan qochma kuch hisobiga 
quyilgan lotokka otiladi.
Diskli Pichoqning yuzasi yoPishgan qiyma Parchalaridan qirg’ich 27 
yordamida tozalanadi, uning diskga zich turishini Prujina 26 ta’minlaydi. 
Kotlet hajmini rostlash uchun maxsus rostlagich 7 qo’llanilgan, u ushlagichli 
17 ko’rsatkich diskdan 16 tashkil toPgan, rostlagich valigiga 8 mahkamlangan. 
Valikda richag 5 va sterjenga 4 tayangan shtok 6 mavjud.
Ko’rsatkich diskni 16 aylantirilganda valik 5 shtokni 6 suradi, richag 5 esa 
sterjenni ko’taradi, natijada Porshenlar tayangan shayba 13 ko’tariladi va kotlet 
hajmi o’zgaradi. 


152 
52-rasm. Kotlet shakllantirish avtomati: 
Ko’rsatkich disk bir bo’limga burilganda kotlet massasi 10 
g
-ga o’zgaradi, 
0,5 bo’limga o’zgarganda – 5 
g
-ni tashkil etadi. SHunday usulda kotlet massasini 
100 
g
atrofida o’zgartirish mumkin. Bir jinsli qiyma bilan o’rnatilgan rejimda 
ishlaganda kotlet massasining berilgandan og’ishi 
±
5%-dan oshmaydi. 
Kotletning eng katta o’lchami: uning diametri bo’lib 75 
mm
-ga teng, balandligi 
esa 22 
mm 
-ni tashkil etadi. 
Avtomatni ishlatish oson, qismlari oson yechiladi, sanitar ishlov berish 
qulay, xizmat ko’rsatuvchi ishchi xavfsizligi ta’minlangan.

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin