ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 647 www.ares.uz NATIJALAR O’rganilayotgan davrga doir adabiy yodgorliklar tarix darslarida ko’pincha dars
materialini xulosalash va umumlashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Belletristika
bayon qilinayotgan o’quv materialini aniqlashtirishga va bayonni maroqli qilishga
yordam beradi. O’qituvchi badiiy adabiyotni tanlashda materialning ta'lim-tarbiya
jihatidan qimmati tarixiy hodisalarning naqadar haqqoniy real va ilmiy qilib
yoritilganligini e'tiborga oladi. O’qituvchi tarix darslarida foydalanish uchun badiiy
adabiyotdan:
a) o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida dasturida ko’zda tutilgan tarixiy
voqealarning tasviriga;
b) tarixiy arboblar va xalq ommasi vakillarining obrazlarini, xalq ommasining
rolini ko’rsatishga;
v) muhim tarixiy voqealar bo’lib o’tgan joylarni va u yerlarning aniq sharoitini
tasvirlashga va sh. k. larga bag’ishlangan asarlarni tanlaydi.
XULOSA O’qituvchi o’z bayonida badiiy adabiyotlardan foydalanish bilan birga
o’quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari badiiy asarlarni o’qishlari ustidan olib
boradigan ishlariga doim nazorat qilib boradi. Badiiy adabiyot vositasida ma'naviy
madaniyatini shakllantirishning pedagogika talablaridan biri, uning tarbiyaviy ta'sir
kuchidan foydalanishda unga davr nuqtai nazaridan yondashishdir. Klassik adabiyot
namunalari mazmunida chuqur falsafiylik, farosatlilik ta’lim oluvchini uzoq o’tmishga
sayohat qildiradi. Mualliflar o’z davrlarining turmush tarzlarini, hayotiy
muammolarini, falsafiy ildizlarini badiiy ifodalashga, shu usuldan foydalangan holda
xalqning moddiy va ma'naviy hayotini bir o’z bo’lsa-da, tashvishli masalalardan,
bezovta kechinmalardan yiroqlashtirishga muvaffaq bo’lganlar. Klassik adabiyot
namunalarining katta qismi poetik tarzda bunyod etilgan bo’lib, ular asosan g’azal,
ruboiy, fard, tuyuq, to’rtlik, qissa, hikoyat, doston, qasida, muhammaslardan iborat,
shuning uchun o’quvchidan nozik did, qunt, teran fikr asosida ularni o’rganish talab
etiladi. Ahli zamon o’rtasidagi insonpavrvarlik, shirinsuxanlik, qadr-qimmat, do’stlik
va birodarlik, Vatan ishqi, xalq farovonligi va komil inson masalasi klassik adiblar
ijodidagi bosh mavzusi hisobladi.
Xulosa qilib aytganda, o‘qitish jarayonida badiiy manbalardan foydalanish
usullarining samaradorligi ta’lim oluvchi tomonidan ta’lim beruvchilarning tarixiy
ma’lumotlarni bilish faoliyatini o‘qitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta
olish ko‘nikmalarini egallaganlik darajasiga bog’liq bo‘ladi.