Microsoft Word Economic theory lecture 2



Yüklə 203,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix28.11.2023
ölçüsü203,25 Kb.
#167509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Economic theory - lecture 2

 
 
 
 
 


2.2-jadval
Resurslar to‘liq band bo‘lganda ishlab chiqarish imkoniyatlari (sh.r.) 
Mahsulot turi 
Muqobil variantlar 





Avtomobil, mln. dona 





Texnologiya, ming dona 
10 




Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to‘g‘risida yaxshiroq tasavvurga ega bo‘lish 
uchun:
-
iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot-avtomobil va texnologiya ishlab chiqaradi, bunda 
avtomobil iste’mol tovarlarini, texnologiya ishlab chiqarish vositalarini bildiradi; 
-
iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o‘zgarmaydi; 
-
mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy bo‘lib qoladi, deb faraz qilamiz. 
Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning texnologiya va avtomobil ishlab 
chiqarish hajmini birdaniga ko‘paytirib borish imkoniyati cheklangan. Resurlarning 
cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarishning cheklanganligini bildiradi. Bunday sharoitda 
texnologiya ishlab chiqarishni har qanday ko‘paytirishga resurslarning bir qismini-avtomobil 
ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar avtomobil ishlab chiqarishni 
ko‘paytirish afzal ko‘rinsa, buning uchun zarur resurslar faqat texnologiya ishlab chiqarishni 
qisqartirish hisobiga olinishi mumkin. 
Jadvalda jamiyat tanlashi mumkin bo‘lgan sanoat texnologiyalari va avtomobil 
miqdorining muqobil uyg‘unlashuvi ifodalangan. A muqobil variantga binoan, iqtisodiyot 
o‘zining butun resurslarini texnologiya, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga 
yo‘naltiradi. E muqobil variantda esa mavjud resurslar to‘lig‘icha avtomobil, ya’ni iste’mol 
buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jadvaldagi asosiy g‘oya quyidagicha: har qanday 
vaqt oralig‘ida iqtisodiyot to‘la bandlik va ishlab chiqarishning to‘liq hajmida avtomobilni 
ko‘proq ishlab chiqarishi uchun texnilogiyaning bir qismidan voz kechishi zarur. Iqtisodiy 
resurslar kamyob bo‘lganligi sababli, iqtisodiyot avtomobil va texnologiya ishlab chiqarish 
hajmini bir vaqtda ko‘paytira olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘idagi har bir nuqta ikki xil mahsulot ishlab 
chiqarishning qandaydir eng ko‘p hajmini ko‘rsatadi. Jamiyat uchun mahsulotlarning erishib 
bo‘ladigan har xil uyg‘unlashuvlaridan tanlab olish imkoniyati egri chiziq ichida joylashadi. 
Avtomobil va texnologiya ishlab chiqarishning har xil uyg‘unlashuvini amalga oshirish 
uchun jamiyat ulardagi mavjud resurslarning to‘la bandligi va ishlab chiqarishning to‘liq 
hajmini ta’minlashi zarur. Avtomobil va texnologiyaning barcha uyg‘unlashuvi ularning eng 
ko‘p miqdorini ko‘rsatib, bu barcha mavjud resurslardan esa samarali foydalanish natijasida 
olinishi mumkin. 
Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani chuqurlashtirish uchun jadvalda 
keltirilgan ma’lumotlarni rasmda tasvirlaymiz (2.6-rasm). 



Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin