Microsoft Word Economic theory lecture 2


 Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari



Yüklə 203,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü203,25 Kb.
#167509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Economic theory - lecture 2

2.3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari 
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko‘p turdagi 
tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan yalpi ijtimoiy mahsulot vujudga keladi. Shu 
yaratilgan jami tovarlar va xizmatlar, ya’ni milliy mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi 
mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol qilingan ishlab 
chiqarish vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham 
qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta yaratilgan mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda ishlab 
chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta 
tiklanishi uchun mulk egalari va tadbirkorlarning shaxsiy iste’moli uchun yaratilgan mahsulot 
tarkibida zarur iste’mol buyumlari mavjud bo‘lishi shart. Shuning uchun ham moddiy 
mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, ikki yirik 
bo‘linmalar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini beradi. Undan tashqari juda ko‘p korxona va 
tashkilotlar aholiga turli tuman xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadiki, ular mehnatining 
natijasi xizmatlarda namoyon bo‘ladi. Bu esa milliy mahsulotning muhim qismi turli xil 
xizmatlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, yil davomida mamlakatda yaratilgan 
milliy mahsulot natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari 
va turli xil xizmatlardan iborat buladi. 
Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy mahsulotni bunday 
uchta ko‘rinishga bo‘lib o‘rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki 
Yaratilgan tovar va xizmatlar 
Naflilikning yaratilishida qatnashadi 
Qiymatni tashkil topishida 
qatnashadi 
Yer 
Kapital 
Ishchi 
kuchi 
mehnati 
Mehnat 
Aniq mehnat 
bilan o’tkazilgan 
ishlab chiqarish 
vositalari 
qiymati
Abstract 
mehnat bilan 
yaratilgan 
yangi qiymat 


ularning har bir turi bo‘yicha talab va takliflar o‘rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish 
imkonini beradi.
Yaratilgan mahsulot faqatgina natural jihatdan emas, balki qiymat jihatdan ham hisobga 
olinadi va uning qiymat tarkibi tahlil qilinadi. 
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo‘ladi: 
1) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining 
mahsulotga o‘tgan qismi (s); 
2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ishchilarga tegishli qismi-
zaruriy mahsulot qiymati (v); 
3) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va jamiyat uchun 
ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati (m) dan iboratdir.
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, yalpi ijtimoiy mahsulot tarkibida oraliq mahsulot hamda 
takroriy hisob mavjud bo‘lganligi sababli u ishlab chiqarish natijasiga to‘g‘ri baho bera 
olmaydi. Shunga ko‘ra, jamiyat a’zolarini ko‘proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari 
qiziqtiradi. 
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib ishlab chiqarish sohasidagi o‘z harakatini 
tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini bevosita iste’mol fondi orqali, yoki bilvosita, ya’ni 
ishlab chiqarishni kengaytirish jamg‘arish fondi orqali qondirishga tayyor mahsulot 
hisoblanadi. U o‘z ichiga takroriy hisob qoplash fondini olmaydi. Shunga ko‘ra, ko‘pincha 
ijtimoiy ishlab chiqarishning pirovard natijasi sifatida sof mahsulot maydonga tushadi.
Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib 
tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarishda 
band bo‘lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va muxandislar, texnik xodimlar va boshqalarning 
yangidan sarf qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy mahsulotdan va qo‘shimcha mahsulotdan 
iboratdir. 
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish 
vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash 
uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi avlod ishchilarini etishtirish, ya’ni 
ishchilarning oilasi va bolalari uchun zarur bo‘lgan mahsulot ham kiradi. 
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida 
qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan qismi qo‘shimcha mahsulot deyiladi. Yangidan yaratilgan 
sof mahsulotning tarkibini quyidagi 2.5-rasmda aniqroq tasvirlash mumkin. 

Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin