Microsoft Word Economic theory lecture 2



Yüklə 203,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü203,25 Kb.
#167509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Economic theory - lecture 2

2.1-rasm.
 
Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi 
 
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi 
bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi 
kuchi tovar sifatida sotiladi, uning boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va 
binobarin, uning bozori bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan mehnat 
bozori tushunchasi o‘rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o‘rniga ishchi kuchi resurslari 
deyilsa to‘g‘ri va tushunarli bo‘lar edi.
Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko‘pchilik kapital 
tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni 
o‘z egasiga qo‘shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, o‘suvchi qiymat 
deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga 
daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar. 
Qator g‘arb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, 
R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, prof. V.D.Kamaev 
o‘zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham - kapital o‘zidan o‘zi ko‘payuvchi 
qiymat» deb yozadi [1]. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.YA.Ioxin, A.G.Gryaznova, E.F.Borisov 
va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham 
aytiladi.
 
Lekin Amerika va Evropa mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va 
boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni hamma ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida 
qo‘llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, 
inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb 
ko‘rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar 
kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, 
ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tiborni kuchaytirgan. G‘arbdagi kasbdoshlarimizning 
ayrimlari ham kapitalni bir tomonlama, ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olgan bo‘lsa, 
boshqalari esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chetda qoldirib, uning moddiy 
ob’yektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko‘rsatadilar, shuning uchun ular 
kapitalni doimiy, o‘zgarmas tushuncha deb, ishlab chiqarish vositalarini kapital deb ataydilar. 
Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni kapital 
tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko‘rinishi, ikkinchi tomoni 
esa uning qiymat ko‘rinishi ekanligini e’tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida 
kapital deb ishlatamiz. Biz kapital deganda o‘z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish 
va xizmat ko‘rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga 
tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan pul 
mablag‘larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib 
aytganda «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan vositalardir. 
Ishlab chiqarish omillari 
Ishchi 
kuchi 
Yer 
Tadbirkorlik 
qobiliyati 
Kapital 


Hamma adabiyotlarda erga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer deganda tuproq 
unumdorligi, o‘tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar 
tushuniladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik 
qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi 
resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka 
intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga 
aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim 
adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. 
Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda o‘z ifodasini topadi.

Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin