Microsoft Word Economic theory lecture 2


-rasm. Zaruriy va qo‘shimcha mahsulotning sotiligandan keyin o‘zgargan shakllari



Yüklə 203,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix28.11.2023
ölçüsü203,25 Kb.
#167509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Economic theory - lecture 2

 
2.5-rasm. Zaruriy va qo‘shimcha mahsulotning sotiligandan keyin o‘zgargan shakllari 
 
Har bir korxonada, tarmoqda qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish asosan uch yo‘l bilan-
ishlovchilar sonini ko‘paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chegarasi o‘zgarmagan holda 
zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. 
Sof mahsulot 
Zaruriy mahsulot 
Qo’shimcha mahsulot 
Ish haqi 
Ijtimoiy 
himoya 
fondlari
Foyda
Foiz 
Renta 
Soliqlar 


Ish kunini uzaytirish yo‘li bilan olingan qo‘shimcha mahsulot absolyut qo‘shimcha mahsulot 
deb, ish kuni o‘zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish 
evaziga olingan qo‘shimcha mahsulot esa nisbiy qo‘shimcha mahsulot deb ataladi. 
Yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar yig‘indisi qo‘shimcha mahsulot massasi, 
uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda ifodalanishi) qo‘shimcha mahsulot normasi deb 
yuritiladi. 
Agar qo‘shimcha mahsulot normasini m

, massasini m, zaruriy mahsulotni v bilan 
belgilasak qo‘shimcha mahsulot normasi 
%
100
'


v
m
m
ko‘rinishdagi formula bilan 
aniqlanadi.
Ma’lumki, qo‘shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida har doim ziddiyat va 
aloqadorlik bo‘ladi. Ularning har ikkalasida ham butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat 
a’zolarining farovonligini oshirish maqsadlari yo‘lida foydalaniladi. 
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari bilan uning 
samaralari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi deb atashadi. Masalan, ishlab chiqarish 
omillari-yer (Y), kapital (K) va ishchi kuchi (I)ni ishlab chiqarishda qo‘llashdan olingan mahsulotni 
M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab chiqarish funktsiyasi 
)
,
,
(
I
К
Y
f
М

dan iborat bo‘ladi. 
Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillarning, ya’ni sarflarning har birligi 
evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e’tiborni kam resurs sarflab, ko‘proq mahsulot olish 
imkoniyatini qidirishga qaratadi. Undan tashqari, bu ko‘rsatkich har bir mahsulot birligini 
ishlab chiqarishga va ko‘paytirish mo‘ljallangan mahsulot hajmini ishlab chiqarishga qancha 
resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini beradi. 
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini birdaniga yoki ularning ayrim 
turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini ko‘paytirish mumkin. Lekin boshqa omillar 
va sharoitlar teng bo‘lgani holda ayrim omillar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz 
ko‘paytirib bo‘lmaydi. Omillardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan 
mahsulotni uch xil o‘lchamda o‘lchaydilar: umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va so‘nggi 
qo‘shilgan mahsulot. 
Umumiy mahsulot jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanish evaziga 
olingan mahsulotning mutlaq hajmidir. 
O‘rtacha mahsulot esa jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga to‘g‘ri 
keladigan mahsulotga aytiladi: 
)
,
(
'
К
I
М
М
O

So‘nggi qo‘shilgan mahsulot deb eng so‘nggi qo‘shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) 
evaziga o‘sgan mahsulotga aytiladi. 
Har bir qo‘shilgan omil evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot esa so‘nggi qo‘shilgan omil 
unumdorligi deb aytiladi. So‘nggi qo‘shilgan mahsulot (o‘sgan) miqdorini so‘nggi qo‘shilgan 
(o‘sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan qo‘shilgan omil, ya’ni 
qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi, ya’ni: 
К
М
КМ



yoki 
I
М
КМ



Bu tushunchalarni quyidagi jadvalda yanada aniqroq ifodalash mumkin (2.1-jadval).

Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin