2.6-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i Iqtisodiyotda resurslarning to‘la bandligi va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash
uchun har ikkala mahsulotning tanlangan hajmi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i deb
nomlanuvchi ABSDE chizig‘ida joylashgan bo‘lishi lozim. Bu chiziqdan chap tomonda
joylashgan har qanday nuqta resurslardan to‘liq foydalanmaslikni anglatadi. Rasmdagi G nuqta
iqtisodiyotda 1,6 mln. dona avtomobil va 5 ming donaga yaqin texnologiya ishlab
chiqarilayotganini bildiradi. Bu esa, resurslardan foydalanishning muayyan darajasida,
qo‘shimcha resurslarni jalb etmagan holda, quyidagi harakatlarni amalga oshirish imkoniyati
mavjudligini ko‘rsatadi:
-
avtomobil ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, texnologiya ishlab
chiqarish hajmini 8 ming donagacha yetkazish;
-
texnologiya ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, avtomobil ishlab
chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha yetkazish;
-
bir vaqtning o‘zida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan tashqarida joylashgan har qanday, ya’ni
rasmdagi W nuqtaga resurslarning mavjud hajmi va ishlab chiqarishning mavjud texnologiyasi
darajasida erishib bo‘lmaydi.
Jamiyat bu mahsulotlar uyg‘unlashuvidan birortasini tanlashi zarur: ko‘proq texnologiya
ishlab chiqarish kamroq avtomobil ishlab chiqarishni bildiradi va aksincha.
Har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kechishga to‘g‘ri
keladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning muqobil ishlab chiqarish xarajatlari deb
ataladi.
Biz iqtisodiyot resurslarning to‘liq bandligi va ishlab chiqarishning to‘liq hajmi bilan
xususiyatli deb hisobladik. Agar band bo‘lmagan resurslar bo‘lsa yoki resurslari samarasiz
foydalanilsa iqtisodiyot jadvalda ko‘rsatilgan har bir muqobil variantdagidan pastroq mahsulot
ishlab chiqargan va bu rasmda keltirilgan ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ining ichida
joylashgan bo‘lar edi.
Agar resurslarning miqdori, sifati hamda texnologiya o‘zgarsa iqtisodiyotda ishlab
chiqarishning umumiy hajmi ham, ya’ni ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ining holati
o‘zgaradi. Mavjud resurslarning ko‘payishi har bir variantda bitta yoki har ikkala mahsulot
ishlab chiqarish hajmining ko‘payishiga olib keladi.