2.5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har
doim iqtisodiyot nazariyasi
fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo‘lib keladi. Ayniqsa hozirgi
paytda bu masala yanada keskin qo‘yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala-mustaqil
iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi.
Samaradorlikning
iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga
avanslangan resurslar, mablag‘lar yoki qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbat tushuniladi.
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib,
samaradorlik muammosining tub mohiyati o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab
chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’yekt
ko‘proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini
olingan foydaning (P) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IR) nisbati bilan
aniqlanadi, ya’ni:
%
100
'
IR
P
Р
,
bu yerda:
P’ - foyda normasi;
IR - iqtisodiy resurs xarajatlari.
Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham bir qancha fikrlar
mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining
bosh mezoni foyda, boshqa birlari
esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to‘rtinchilari esa
qo‘shimcha mahsulot deb ko‘rsatadilar. Ammo shuni aytish kerakki, ko‘pchilik
olimlar
tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlikning bosh ko‘rsatkichi olingan foydaning
xarajatlarga nisbati, ya’ni rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali masala bo‘lib, bu aytilgan birgina asosiy
ko‘rsatkichda, uni to‘la ravishda har tomonlama ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchun ishlab
chiqarish samaradorligini to‘la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan
samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt
birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning,
ya’ni iste’mol qiymatining sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan
mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar
mehnat
unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak,
mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
V
M
МU
.
Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni kishi kuni,
kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan ko‘rsatkichdan ham foydalaniladi va
unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot,
daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini-KU deb, ishlab chiqarishda
qatnashgan
kapital miqdorini-K, mahsulotni-M, yalpi daromadni-YAD bilan, foydani-P bilan
belgilasak quyidagi formulalar hosil bo‘ladi:
K
M
КU
K
YAD
КU
K
P
КU
.
Samaradorlikni aniqlashda bu ko‘rsatkichlardan tashqari mahsulotning mehnat sig‘imi,
material sig‘imi, energiya sig‘imi degan ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan,
yoki ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi.
Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini
ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni ham bilish
zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:
1) ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab
chiqarishda qo‘llash;
2) ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash;
3) iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo‘g‘inlarini o‘zgartirish;
4) ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish va ularning faolligini oshirish;
5) mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi,
arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva
mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish;
6) kishilarning bilim saviyasini,
malakasini oshirish, etuk ishchi va mutaxassislar
tayyorlash.
Bular ichida fan-texnika taraqqiyoti omili hozirgi kunda respublikamiz uchun dolzarb va
muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-texnika taraqqiyotining evolyusion va revolyusion shakllari
farqlanadi. Evolyusion shaklda rivojlanish deganda, FTTning mavjud texnologiyasi asosida,
mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalash asosida rivojlanishi tushuniladi.
Revolyusion shaklda rivojlanishi deganda esa, fan-texnikaning
bir qancha sohalarida
birdaniga katta o‘zgarishlar bo‘lib, texnikaning eng so‘nggi yangiliklarini, avlodlarini ishlab
chiqarishda qo‘llash, prinsipial yangi texnologik tizimga o‘tish tushuniladi. Fan-texnika
taraqqiyotining keyingi shaklda rivojlanishi yuksak samara beradi. Shuning uchun ham
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi Farmonining 3.2.-bandida keltirilgan tarkibiy o‘zgartirishlarni
chuqurlashtirish,
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga
uning raqobatbardoshligini oshirish: ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish
siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar
importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish yo’nalishini
rivojlantirishga, e’tiborni qaratmoq lozimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Камаев В.Д. Экономическая теория. Учеб. для студ. высш. учеб. заведений. Под
ред. автора перераб. и доп. 10-е изд.- М.: ВЛАДОС, 2004, VI-глава,- с. 175-217-291.
2.
Раззоқов А., Тошматов Ш., Ўрмонов Н. Иқтисодий таълимотлар тарихи.
Дарслик.- Т.: Иқтисод-молия, 2007.- 320 б.