Microsoft Word Economic theory lecture 2



Yüklə 203,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü203,25 Kb.
#167509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Economic theory - lecture 2

 
 
 
 
 
 
 
 


2.1-jadval
Qo‘shilgan mahsulot va qo‘shilgan omillar unumdorligi 
 
1-yil 
2-yil 
So‘nggi 
qo‘shilgan 
miqdor 
Qo‘shilgan omillar 
unumdorligi 

M/


Jalb qilingan capital, ming so‘m 
hisobida 
120 
150 
30 

Ishchi kuchi soni 
100 
120 
20 

Olingan umumiy mahsulot 
100 
130 
30 
1,5 
O‘rtacha mahsulot: 
100 
130 
30 

a) ming so‘m kapitalga 
0,83 
0,87 
0,04 

b) 1 ishchiga 

1,08 
0,08 

Yuqorida aytganimizdek, alohida olingan omil evaziga qo‘shilgan mahsulot ma’lum 
darajaga borgandan keyin pasaya boshlaydi. Bu pasayish ayniqsa uning har bir birligi evaziga 
qo‘shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo‘shilgan omil unumdorligining pasayishiga 
qarab, marjinalistlarning vakillari unumdorlikning pasayib borish qonuni degan qonunni kashf 
qilishgan. Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga 
qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o‘rtacha mahsulot ham pasayib ketadi. 
2.4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi 
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib 
foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish mumkin, degan 
muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli 
xil muqobil variantlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat 
ehtiyojlarini ancha to‘laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish 
imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi. 
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat a’zolarining 
barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi 
mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya’ni 
tanlashni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Shunday tanlash orqali, resurslarning mavjud 
darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish 
imkoniyatini ko‘rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun, 
iqtisodiy resurslarning to‘liq bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to‘liq hajmini 
ta’minlash zarur. 
To‘liq bandlilik deganda biz ishlab chiqarishga yaroqli bo‘lgan barcha resurslardan to‘la 
unum bilan foydalanishni tushunamiz. Ishchi majburiy ishsiz bo‘lib qolmasligi, iqtisodiyot 
ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo‘lgan barchani ish bilan ta’minlashi zarur, haydaladigan 
yerlar yoki texnika va texnologiyalar ham bo‘sh qolmasligi lozim. 
Ishlab chiqarishning to‘liq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni ulardan 
mahsulotning umumiy hajmiga eng ko‘p hissa qo‘shadigan qilib foydalanishni va mavjud 
texnologiyalarning eng yaxshisini qo‘llashni ham bildiradi. 
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib yanada aniqroq 
tasvirlash mumkin (2.2-jadval).

Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin