Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175
102-74-PB

Natijalar: 
Yozma nutqning ogʻzaki nutqdan yana bir farqi shuki, yozma nutqni koʻramiz va 
oʻqiymiz. Yozma nutqning muvaffaqiyatli chiqishi uchun yigʻilgan
materialni 
sistemalashtirish, reja tuzish, ishning yuzaki nusxasini tayyorlash, matn ustida qayta 
ishlab shakllantirish va oqqa koʻchirish kerak. Toʻgʻri va ifodali gapirish har bir 
oʻqimishli kishi uchun
hayotiy zaruriyat boʻlib qolgan bugungi davrda oʻquvchilarning 
nutqini oʻstirish masalasi oʻquv
-tarbiya tizimining eng jiddiy masalalaridan biri deb 
qaralmogʻi lozim. Soʻzni toʻgʻri yozish, tinish belgilarini oʻrinli qoʻllash, fikrni uslub 
talabiga muvofi
q bayon qilish oʻquvchidan katta masʼuliyatni talab qiladi. Shu sababli 
nutqning bu turi ancha sekin va murakkab kechadi. 
Muhokama: 
Matnlarda asosan mavzuga aloqasi boʻlmagan fikrlar ustunlik qilib, asosiy g'oya 
eʼtibordan chetda qoladi. Shuning uchun ona tili mashgʻulotlarida oʻquvchilar diqqati 
faqat imlo va tinish belgilariga emas, balki bayon qilinayotgan g'oyaning asosli 
dalillarga ega boʻlishi, materialning toʻgʻri joylashtirilishi, fikrning nutq sharoitiga mos 
ravishda toʻgʻri bayon qilinishiga ham qaratilishi kerak. Oʻquvchilar erkin tarzda ijodiy 
fikrlasalar fikr mahsulini nutq sharoitiga mos tarzda ogʻzaki, yozma shakllarda toʻgʻri, 
ravon ifodalay olsalar, ona tili mashgʻulotlari samarali oʻtilgan boʻladi. Nutqda 
soʻzlarni takroriy qoʻllash, berilgan soʻzni uning maʼnodoshi, uyadoshi va qarama
-
qarshi maʼnoligi bilan almashtira olmaslik, maʼlum bir sohaga qarashli soʻzlar lugʻatini 
tuzishda uchraydigan qiyinchiliklar, shubhasiz, oʻquvchilarning soʻz boyligi yetarli 
emasligidan dalolat beradi.
Xulosa: 
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, oʻqituvchi eng avvalo, mahoratli, 
bilimdon boʻlishi lozim. Hozirgi kun talablariga javob berish uchun puxta tayyorgarlik 
bilan darslarni tashkil etishi joiz Shundagina koʻzlagan maqsadimizga erisha olishimiz 
mu
qarrar. Yozma nutqni takomillashtirish ogʻzaki nutqqa qaraganda ancha murakkab 
jarayon hisoblanadi. Chunki u oʻquvchilardan grammatik va mazmun jihatidan toʻgʻri 
jumla qurishni, har bir soʻzni oʻz oʻrnida toʻgʻri goydalanishni, fikrni ixcham, izchil, 
ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar asosida 
xulosalar chiqarishni talab qiladi.

Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin