Demak, bug'lanish suv yuzasining m a ’lum bir haroratida
atrofni to 'y in tirg a n suv b u g 'in in g
bosim idan havodagi suv
bug'ining bosimining ayirmasiga teng.
Havo harorati qanchalik yuqori bo'lsa, uni to'yintirishga
shunchalik ko‘p bug' talab etiladi. Shu sababli havo harorati
oshgan sari bug'lanishning tezligi ko'payadi.
Bundan tashqari
bug'lanishning tezligi shamol tezligini oshishiga olib keluvchi
havo massasining turbulent aralashishiga ham bog'liq.
Shamolning
tezligi oshgan sari suv yuzasidan b o ‘ladigan bug'lanish ham
ko'payadi. Bug'lanish sodir bo'lishi bilan m a ’lum bir issiqlik
ajralib chiqadi. Bir gramm suvning nol gradusda bug'ga aylanishi
uchun 2,5 kDj issiqlik kerak va u bug'lanishning
yashirin issiqligi
deb ataladi.
Bug'lanishga sarflangan issiqlikni bilgan taqdirda, bug'langan
suyuqlikning miqdorini aniqlasa bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: