Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


T a k r o r l a s h u c h u n s a v o l l a r



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

T a k r o r l a s h u c h u n s a v o l l a r
1. Suv balansi deganda nima tushuniladi?
2. Daryo havzasi suv balansi tenglamasi qanday ifodalanadi?
3. Gidrologik yil qaysi oraliqni o'z ichiga oladi?
4. O'zbekiston Respublikasining suv balanfi tenglamasi qanday
ifodalanadi va uni tashkil etuvchilari nimaga teng?
2.4. 0 ‘rta Osiyoning gidrologik xususiyatlari
Sayyoramizda okean va dengizlardan uzoqda, quruqliklar 
ichkarisida shunday joylar borki, u yerlarga tashqaridan suv oqib 
kelmaydi va shu bilan birga tashqariga ham suv oqib ketmaydi. Bunday 
hududlar berk havzalar deb ataladi. Yer sharida berk havzalar 
quruqliklarda tarqalgan bo'lib, ulardan eng yiriklari Kaspiy, Orol 
dengizlari va Balxash ko'li havzalaridir, shuningdek Sahroi Kabir 
va Markaziy Avstraliya cho'llaridir. Misol tariqasida O'rta Osiyo berk 
havzalarining gidrologik xususiyatlari bilan tanishtiramiz.
25


0 ‘rta Osiyo g‘oyat katta (2 m ln.km kv) hududni egallagan 
b o i ib , u Yevroosiyo quruqligining juda ichkarisida, Atlantika va 
T inch okeanlaridan deyarli bir xil 4000 km.ga yaqin uzoqlikda 
joylashgan.
O'rta Osiyoning quruqlikning ichkarisida va birmuncha janubda 
j o y l a s h g a n lig i, s h u n i n g d e k , u n in g s h im o l t o m o n i o c h iq
bo'Iganligi bu o'lkada iqlimning juda quruq va keskin kontinental 
bo'lishiga sabab bo'ladi: yoz fasli quruq va jazirama issiq bo'ladi, 
qish esa nisbatan sernam va b a ’zida, ayniqsa, o ‘Ikaning shimolida 
q a h r a to n sovuq b o 'ladi. S h u n in g u c h u n h am 0 ‘rta Osiyo 
hududining katta qismi chala c h o ‘l va c h o'llardan iborat. Ana 
shuning uchun h am bu o'lkaning gidrologik sharoitiga c h o ‘1 
iqlimining ta ’siri juda kattadir. Biroq tog'lar ham 0 ‘rta Osiyoning 
tabiiy sharoitiga, gidrologik jarayonlariga g ‘oyat katta t a ’sir 
ko'rsatib turadi. G a p shundaki, bu to g ‘larda tabiiy balandlik 
m intaqalari b o ‘yicha o'z garib boradi h am d a yog'ingarchilik 
ko'proq bo'ladi va q o r-m u z yig‘ilib qoladi.
Pasttekislik ustiga yil davom ida um um iy yog‘in miqdorining 
53% yog‘sa-da, bu yerda oqim hosil bo'lmaydi. Bunga asosiy 
sabab bu m aydonda bug'lanish jarayonining kattaligi va havo 
haroratining yuqoriligidir.
T og'lardan kelayotgan daryo oqim ining 55 k m 3 (33%) dan 
ortig‘i tog‘ oldi joylarida va vodiylardagi irrigatsiya kanallarida va 
■sug'oriladigan hududida bug'lanib, atmosferaga tarqaladi. Qolgan 
100 k m 3 esa Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo, Ili, ko'l va suv 
omborlari yuzasida bug'lanadi.
V.L.Shuls 1933-yilda O 'rta Osiyo hududini uch oqim qismiga 
b o 'lg a n edi: 1) o q im n in g hosil b o 'lis h qism i, bu qism tog'li 
joylarga t o 'g 'r i keladi; 2) o q im n in g tarqalish qismi, bu asosan 
sug'oriladigan yerlar bo'lib, to g 'la rd a n kelgan suvlarni qayta- 
dan atmosferaga bug'latib yuboradigan qismga t o 'g 'r i keladi; 
3) oqim ning m uvozanatlik qismi, y a ’ni daryo va soylardan 
m ah ru m bo'lgan yerlar.
O qim hosil b o ’lish qism id a y o g 'in m iq d o ri b u g ‘lanish 
m iqdoridan katta (
X > Z
), oqim ning tarqalish qismida aksincha, 
yog'in miqdoriga nisbatan bug'lanish k o'proq 
Z > X ,
oqimning 
muvozanatlik qismida esa yog'in bilan bug'lanish taxm inan bir- 
biriga teng A = Z b o ‘ladi.
Ayrim qism la r u c h u n suv balansi te n g la m a si quyidagi 
ko'rmishda bo'ladi:
a) oqim ning hosil bo'lish qismi uchun:
26


X =
Z +
У + F\
b) oqim ning tarqalish qismi uchun:
Z =
X
+ У; 
v) oqim ning muvozanatlik qismi uchun:
Z = X:
(
2
.
11
)
(2.12)
(2.13)
bu yerda 
X —
shu qism hududidagi yog‘in va bug'larning suvga 
aylanishining ko ‘p yillik miqdori; Z — o 'r ta c h a k o ‘p yillik 
bug'lanish; 
У —
yer yuzasidagi oqim; 
F —
yer ostidagi oqim.
M a ’lumki, baland to g ‘ tizimalari bepoyon ch o 'llard an bir 
necha yuz kilometr oqib bora oladigan azim daryolar hosil 
bo'lishiga imkon yaratadi, biroq bu daryolar O 'rta Osiyo chega- 
rasidan chetga chiqib keta olmaydi.
O 'rta Osiyoga nam lik asosan Atlantik okean va O 'r ta yer 
dengizidan havo oqimlari bilan keladi. V.L.Shuls m a ’lumotiga 
ko'ra, O'rta Osiyo havo oqimlari yil davomida o'rtacha 2717 km 3 
suv keltirsa, undan faqat 448 k m 3 (18%) yog'in bo'lib tushadi. 
Mahalliy bug'lanish tufayli hosil bo'lgan yog'in esa yiliga 41—43 
kub km tashkil etadi (barcha yog'inlarning 8—9% ga teng).
O 'rta Osiyo daryolarining yillik oqimi o 'rta c h a 155 k m 3 ga 
teng. Bu oqim O 'rta Osiyoning janubiy-sharqidagi tog'li qismida 
489 ming kv km maydonda hosil bo'ladi. Bu yerdan pasttekisliklar 
tom on ko'pgina soylar va yirik daryolardan Panj, Vaxsh, Norin, 
Qoradaryo, Chirchiq, Zarafshon va boshqaiar oqib tushadi.
O 'rta Osiyoning asosiy gidrologik xususiyatlari quyidagicha:
1. O'rta Osiyo gidrografik jihatdan ochiq dengiz va okean bilan 
bevosita bog'lanmagan berk havza bo'lib, unga tashqaridan hech 
qanday suv oqib kelmaydi va tashqariga suv oqib chiqmaydi.
2. O 'rta Osiyoning tog'li va tekislik qismlarining gidrologik 
xususiyatlari bir-biriga butunlay o 'x s h a m a y d y Bu hoi V.L. Shuls 
taklif etgan O'rta Osiyoning suv balansi tenglamasida o 'z ifodasini 
topgan.
3. O 'rta Osiyo hududida suv manbalari notekis taqsimlangan. 
Pasttekisliklar umum iy m aydonning 70% ni tashkil etgan bo'lib, 
u yerda o q a r suvlar ju d a kam u c hraydi. O 'r t a O siyoning 
pasttekisliklarida daryo tarm oqlarining o 'r ta c h a zichligi har 
1 km m aydonga 0,002 km ga teng bo'Isa, tog'larda esa buning 
aksi—sertarmoq daryolar va katta-kichik soylar juda ham ko'p.
4. O'rta Osiyo tekisliklarida ham gidrografik tarm oqlar serob, 
ularning ko'pchiligi bosh daryolar va ularning irm oqlaridan suv 
olib, tevarak-atrofdagi yerlarga tarqatib ketuvchi irrigatsiya 
kanallaridan iborat.
27


5. O 'rta Osiyo tekisliklarida unum dor tuproqli c h o ‘lu-dashtlar 
ju d a ko ‘p, am m o ularni o'zlashtirish uchun suv kerak. Mavjud 
suv manbalaridan keng foydalanishga t o ‘g ‘ri keladi. Bu yerda 
inson suv oqimini qayta o ‘zgartiruvchi asosiy omillardan biri 
bo'lib qoladi.
6. 0 ‘rta Osiyo daryolarining gidrologik rejimining yana bir 
asosiy hususiyatlaridan biri tog'larda qor-m uzlarning uzluksiz 
to'planib turishi va ularning tekisliklarda sarf bo'lishidir.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin