O qim , asosan, y o m g 'irla r tufayli hosil bo 'lg an taq d ird a
yog‘inlarning yil ichidagi taqsimlanishi oqim ning yil ichidagi
taqsimlanishiga ta ’sir ko‘rsatadi. 0 ‘rta Osiyo daryolarining asosiy
oqimi mavsumiy qor va muzliklarning erishidan hosil bo'lgani
uchun oqimning yil ichida taqsimlanishi yog‘inlarning yil
ichida
taqsimlanishidan keskin farq qiladi va ko'proq havo haroratining
yillik yo'nalishiga bog'liq bo'ladi.
A t m o s f e r a y o g 'i n l a r i a t m o s f e r a d a g i suv b u g 'l a r i n i n g
to'yinishidan hosil bo'ladi.
A t m o s f e r a y o g ' i n l a r i deb, yeryuzasigaatm osferadan
tushayotgan suyuq va qattiq holatdagi suvning barcha turlariga
aytiladi. Yog'inlar miqdori suv qatlam ining balandligi (m m .da)
bilan o'lchanadi. Yog'inlar qatlami
miqdori bilan bir qatorda
uning m uhim tavsiflariga ularning davom etishi i = X / t (t soat
yoki daqiqalarda) va shiddati ( m m / m i n da) kiritilgan. Yog'inlar
yomg'ir, qor, qirov va d o ‘l ko'rinishida yog'adi. Bundan tashqari,
suv bug'lari to'yinib, yer ustiga shudring holatida ham tushishi
mumkin. Yog'inlarning asosiy qismini (99%) yom g'ir, qor va
do'l tashkil etadi.
Shudring, qirov va bulduruq uncha katta bo'lma-
gan yog'inlar m iqdorini beradi. Yog'inlarning paydo bo'lishi
«meteorologiya» fanida batafsil yoritiladi. Gidrologiyada esa
yog'inlar oqimni hosil qiluvchi omil sifatida ko'riladi. Yog'inlarni
o'rganish muhandislik nuqtai nazaridan katta qiziqish uyg'otadi.
Yog'inlarning barcha turlari avtomobil va tem ir yo'llarini eks-
pluatatsiya qilishda katta t a ’sir ko'rsatadi. Yog'inlarning yog'ish
xususTyatlHTf'va ularning hudud bo'ylab taqsimlanishi yo'llarni
loyihalash, qurish va foydalanishda e ’tiborga olinishi kerak.
Dostları ilə paylaş: