24
Bir deganda, tovon ko'tarilib, oyoq uchida turiladi. qo'llar ikki
tomnga cho'zilib, burun orqali nafas olinadi. Ikki deganda,
oyoq uchida
turgan holatda o'tiriladi. Tizza bir-biri bilan juftlashtirilib, qo'llar oldinga
cho'ziladi va nafas chiqariladi. Nega deganda, asta-sekin o'sha holatda
o'rnidan turib, qo'llar ikki tomonga cho'zilib, nafas olinadi. Bu mashq ham
har safar 4-5 marta qaytariladi.
To'g'ri nafas olish hayot uchun naqadar zarur bo'lsa,
ovoz ham
kishilarning bir-birlari bilan bo'ladigan muomalasida katta ahamiyatga
egadir. Xo'sh ovoz qanday hosil bo'ladi?
Ovoz oliy asab tizimi signallarining mahsulidir. Oliy asab tizimi
biror narsaga tikilish uchun ko'zlarga, biror narsani olish uchun qo'llarga,
oldinga qo'dash uchun oyoqlarga buyruq (signal) bergani kabi ovoz
chiqarish,nutq tovushlari yoki so'zlarni talaffuz etish,
ovozni jaranglatish
yoki xiralatish, past yoki baland gapirish uchun ham muayyan a'zolarga
signal beradi. Bu a'zolar esa, oliy asab tizimining buyruqlarini bajaradi.
Ana shunday buyruqlarni bajarishda, ovozning muhim a'zolari bo'lgan
halqasimon, pardasimon va qalqonsimon tog'aylar hamda ovoz naychalari
asosiy rol o'ynaydi.
Hiqildoqning ichki devori ovoz yorug'ini hosil qiladi. Ularning cheti
esa ovoz boylamlarini tashkil etadi. gorizontal holatda yotgan ovoz
boylamlari asosan elastik to'qimalardan (naychalardan) tuzilgan.
Ular oldingi tomonda qalqonsimon tog'ay bilan birlashib turadi,
orqada esa bir-birlaridanuzoqlashadi. Ana
shu uzoqlashgan paytda ular
o'rtasida burchak hosil bo'ladi, buni ovoz yorug' deyiladi. Ovoz yorug'i
uchburchak shaklidadir.
Tog'aylarni bir-biriga yaqinlashtirib va uzoqlashtirib harakatga
keltirib turuvchi kuch qalqonsimon va halqasimon bir juft muskuldir.
Boylamlar tortilishi, qisqarishi yoki tebranishi mumkin.
Ular tinch turganda esa deyarli harakatsiz bo'ladi, ular orasidagi
tovush yorug'i kichik bo'lib nafas olinayotganda ovozsiz o'tib turadi.
Dastlabki paydo bo'lgan tovush zaif va deyarli tembrsiz bo'ladi. Ovoz
tembr va kuchga ega bo'lishi uchun qo'shimcha sharoilar talab qiladi.
Bunda halqum, burun-halqum va og'iz bo'shlig'i rezonatorlik, ya'ni
qaytargichlik vazifasini bajaradi. Ular tovushga ma'lum tus va kuch beradi.
Bunday tuslanishning siri ovozning fizik xossasi, ya'ning uning qattiq
jismlariga duch kelgach urilib, qaytib rango-rang
rezonais kasb etish
tabiati bilan bog'liq. qayerda qaytargichlar ko'p bo'lsa, o'sha yerda ovoz
kuchli, jarangdor va ko'rkam bo'ladi.
25
Demak, ovoz mashqlarida eng avvalo mana shu qonuniyatni nazarda
tutish kerak.
Tembr hosil qilishda hiqildiqdosh chiqayotgan tovushning yo'nalish
darajasi katta ahamiyatga ega. Agar tovush faqat burundan chiqsa xunuk,
yoqimsiz, to'ng'illagan tembr hosil bo'ladi. Tovush faqat qattik tanglaydosh
chiqsa, rangsiz «oq tovush», ya'ni shangu tovush hosil bo'ladi.
Tovush yumshoq tanglaydan chiqib, qattiq tanglayga tegib o'tsa,
jarangdor, yoqimli tovush hosil bo'ladi.
Tovushning
so'ngi
xossasi
esa
uning
balandligiga,
ovoz
boylamlarining kengayishi va tortilishi darajasiga
hamda ularning qancha
ko'p tarang qilib tortilsa, ovoz shuncha baland jarangdor; u qancha bo'g'
bo'lsa, ovoz shuncha past va do'rillash bo'ladi.
Demak, tovushning asosiy xossalari, uning kuchi va tembri hamda
baland-pastligi ovoz boylamlarining o'zigagina bog'liq bo'lib
qolmasdan,
eng avval oliy asabtizimi signallariga, qolaversa tovush aparatiga
taalluqlidir.
Tovush apparati esa, ta'kidlanganidek, oliy asab faoliyatining
umumiy qonuniyatiga asosan harakat qiladi.
Bolalarning tovush apparati kattalarga nisbatan ancha nozikdir.
Ayniqsa, bog'chada, maktabda tarbiyachi va o'qituvchilar
bolalarning
bo'lar-bo'lmasga baqirishlariga hamda bironta badiiy asardan olingan
kuchlari boricha baqirib-chaqirib so'kishlariga yo'l qo'ymasliklari kerak.
Agar biror badiiy parcha noto'g'ri diapozon va baladnlikda baqirib,
kuchanib o'pilsa, u holda ovoz muskullarining o'ziga xos bo'lmagan
holatda ishlashga sabab bo'ladi.
Ovozni normal holatga keltirish bir – ikki mashq qilish bilan emas,
balki ovoz mashqlarini muntazam o'tkazish bilan amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham ovoz mashqlariga uzoq muddatli va tizimli ish
jarayoni deb qarash kerak.
Ovoz mashqlari ham butun bir murakkab tizimini tashkil etadi. ularni
to'liq bilib olish uchun ovozni yo'lga qo'yish deb ataluvchi maxsus predmet
bilan bog'liq adabiyotlarga murojaat etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: