O`zbek filologiyasi fakulteti o`zbek adabiyoti kafedrasi



Yüklə 304,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix13.12.2023
ölçüsü304,87 Kb.
#176468
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ifodali oqish

Anafora ritmi – 
poetik asarlarning misralari boshida yoki prozaik 
asarlardagi gaplarning oxirida bir xil tovush, ohangdosh so'z yoki 
iboralarning takrorlanib kelishidan hosil bo'ladi. 
Masalan, 
 
Ko'm-ko'k 
 
 
Ko'm-ko'k 
 
 
 
Ko'm-ko'k... 
Ko'klam quyoshdan ko'kargan qirlar 
Po'lat yag'rinlarni ko'targan yerlar ko'm-ko'k. 
Qora zulfing firoqida parishon ro'zg'orimbor, 
Yuzungning ishtiyoqida ne sabru qarorim bor. 
Labing bag'rimni qon qildi,
ko'zimdin qon ravon qildi, 
Nega holim yomon qildi men andin 
Bir so'rorim bor... 


21 
Anafora ritmi – 
bir necha gapning sintaktik jihatdan bir xilda 
bog'lanib kelishidan ham paydo bo'ladi: 
Menikidir kelajak, chaman 
Menikidir maktab, ijod, fan, 
Menikidir sog', aql, badan, 
Ko'nglim to'lin oy kabi ravshan. 
Temp 
va ritm bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, badiiy 
matnni ifodali o'qishda ularga qat'iy amal qilingandagina muallif 
maqsadiga to'la tushunish mumkin. 
Temp haqida umumiy ma'lumot. 
Olamda hayot mavjud unda harakat bor, harakat boy joyda esa – temp, 
temp bor joyda ritm bor. Demak, hayot va mehnatni ma'lum temp va 
ritmsiz tasavvur etish mumkin emas.
 
Mehnat ma'lum bir me'yorda takrorlansa charchatmaydi. Shuning 
uchun ham mehnat jarayonida aytiladigan ashulalar ohangi o`sha ish-
harakatga hamohang bo`ladi.
Badiiy adabiyot hayotni in'ipos ettirar ekan, unda ham temp va ritm 
saqlanadi. Bu yozuvda tinish belgilari orqali ifodalanadi.
Badiiy adabiyotda temp va ritm asarning g`oyaviy-estetik mohiyatini 
ochishga xizmat qiladi, nutqning emosional ta'sirchanligini kuchaytiradi, 
estetik zavq uyg`otadi. Demak, temp va rimt ifodali o`qishda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Har qanday asarda o`ziga xos temp va rimt yashiringan bo`ladi. 
Shuning uchun o`quvchi to`g`ridan-to`g`ri ifodali o`qishga kirishmasdan, 
avval asar bilan puxta tanishib chiqishi zarur. So`ngra, asarning temp va 
ritmi o`zgaradigan yerlarini qalam bilan belgilab olgach, ifodali o`qishga 
kirishsa asar mazmuni muallif maqsadi tinglovchiga to`lqin yetib boradi.
Temp lotincha (tempus - tempus) so`zidan olingan bo`lib, sur'at, 
daraja, vaqt degan ma'nolarni anglatadi.
Temp - ifodali o`qishning his-hayajon jihatdan intensivligi, uning 
istirobli, hayajonli nafasidir. Agarda temp qahramonlarning ichki 
kechinmalari, his-hayajon, voqealar rivojlanishining keskinligi darajasiga 
ko`ra o`zgarib turadi.
Ifodali o`qish jarayonida tempni ko`tarish hovliqish degan gap emas, 
aksincha jonlantirish demakdir.


22 
"Agar biror harakat ma'lum bir vaqt me'yorida bajarilsa, tempni 
ko`tarish o`sha vaqtni bir oz qisqartirishga olib keladi, natijada yashash 
(kechinma)ni ham, shu orada aytiladigan so`zni ham bir oz tezlashtirib, 
qisqartirilgan vaqt miqyosiga joylashtirishga to`g`ri keladi". 
Agar ifodali o`qish jarayonida temp inobatga olinmasa, nutq so`lg`in, 
jonsiz bo`lib, ta'sir kuchi pasayadi. Bunga G`ofur G`ulomning "Sen yetim 
emassan" she'ridan olingan quyidagi parcha yaxshi misol bo`la oladi.
Nega cho`chib tushding? 
Murg`ak tasavvur. 
Go`dak xayolingga
Nimalar keldi? 
Shunday qilib, nutq tempi asar mazmuni va muallif maqsadiga ko`ra 
goh pasayadi, goh ko`tariladi.

Yüklə 304,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin