O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
O`zbek adabiyoti kafedrasi
Ifodali o`qish
Navoiy - 2008
2
O`zbek tili va adabiyoti fakulteti kunduzgi va sirtqi bo`lim
talabalari uchun «Ifodali o`qish» fanidan tayyorlangan ushbu
ma`ruza matnini yaratishda Qobuljon Oripov va Mahmuda
Obidovalarning pedagogika institutlari filologiya fakulteti
talabalari uchun mo`ljallangan «Ifodali o`qish» qo`llanmasiga
tayanildi.
3
Notiqlik san'ati tarixidan
Reja:
Kirish
1. Ifodali o`qish tarixidan.
2. Aristotel va uning "Ritorika" asari.
3. Demosfen va Sisteronlarning notiqlik tarixidagi o`rni va o`ziga xos
xususiyatlari.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Aristotel - "Poetika" T. 1980 y.
2. Axmedov A. - "Notiqlik san'ati" T. 1967 y.
3. Oripov K., Obidova M. "Ifodali o'qish" T.1992 y.
4. Inomxo'jayeva S., Zunnunov A. "Ifodali o'qish asoslari" T. 1978 y.
5. Jo'rayev K. "Ifodali o'qish va himoya qilish" T. 1986 y.
6. Yodgorov N. "Gigiyena golosa i yego fiziologicheskoye osnovo'" M.
1967.
7. Leonardi YE.I. "Deksiya orfoepiya" M. 1967.
8. Sayfuddinov A. "Og'zaki nutqda pauzaning ahamiyati" T. 1965 y.
9. Xo'jayeva L. "Lektor haqida ifoda vositalari" T. 1964 y.
Ifodali o`qish, ayniqsa asarning g`oyaviy mazmunini chuqur
tushunishda, badiiy xususiyatlarini ochishda katta ahamiyatga ega. Barcha
janrdagi asarlar bir xilda o`qilmaganidek, barcha ham ifodali o`qiy olish
qobiliyatiga ega emas. Ayniqsa, oliy o`quv yurtlarining ko`pchilik
talabalari uzoq vaqt o`zlari mansub bo`lgan sheva ta'sirida bo`ladilar.
Sheva ta'sirida "ifodali" o`qilgan asar mazmuniga esa putur yetadi, uning
badiiy-estetik ta'sirchanligi susayadi. Shuning uchun, filolog talabalarni
shevalar ta'siridan qutqarish, ularni ifodali o`qishga o`rgatish tarbiyaviy
jihatdan muhim ahamiyatga ega, asar mazmunini puxta o`zlashtirishda,
uning badiiy mohiyatini ochishda yaqindan yordam beradi.
... Badiiy adabiyot paydo bo`lishi bilan uning ifodali o`qishi, og`zaki
ijrochilik taraqqiyoti ham ziddiyatlidir. Jumladan, adabiyot va san'at hali
muayyan ma'noda sinkretik xarakterga ega bo`lgan qadimgi davrda badiiy
va ifodali o`qish san'ati ham sinkretik xarakter kasb etgan. Chunonchi, bu
davrda badiiy adabiyot yaratuvchilari ayni chog`da uning ijrochilari
sifatida ko`proq e'tiborga ega bo`lgan. Jumladan, "Avesto"ning
4
yaratuvchilari, bora-bora uning professional ijrochilariga aylanib qolgan
kohinlar toifasi xalq orasida adiblar sifatidagina emas, balki jonli so`z
sehri bilan mo`jizalar ko`rsatuvchi mutaxassislar sifatida ham katta e'tibor
qozonganlar. Tarixiy taraqqiyot davomida adabiyot bilan birga ijrochilik
san'ati ham rivoj topa bordi. Masalan, O`rta Osiyoda shoirlar bilan bir
qatorda, ularning asarlarini majlis-anjumnalarda, keng mehnatkash xalq
orasida ijro etuvchi san'atkorlar - roviylar toifasi paydo bo`ladi.
Roviylik va roviylar haqida tarixiy manbalarda qimmatli ma'lumotlar
uchraydi. Jumladan, Nizom Aruz Samarqandiy ma'lumotiga qaraganda,
Firdavsiy "Shohnoma"ni ijod etgach, Ali Daylam unga xattotlik, Abudulaf
roviylik qildi.
Abu Abdullo Rudakiyning roviysi bo`lgan Majid ismli tarixiy shaxs
haqidagi
ma'lumotlar
ham
qiziqarlidir.
Mashhur
sharqshunos
A.T.Tohirjonov Rudakiy asarlarining Majid ismli professional ijrochisi
bo`lganligini e'tirof etadi va uni chtetsravi deb ataydi.
Yirik tojik yozuvchisi, Tojikiston Fanlar akademiyasining muxbir
a'zosi Sotim Ulug`zodaning ma'lumotlariga ko`ra "roviylar"- badiiy o`qish
ustalari bo`lib, xaloyiq o`rtasida Rudakiy, Daqiqiy, Shahid Balxiy,
Abdushukur Balxiy va boshqa o`nlab o`zlariga zamondosh va o`tmish
shoirlari she'rlarini maxsus ohang bilan o`qirdilar. Xususan, Rudakiyning
yoqimli she'ru qo`shilari ularning og`zidan tushmasdi.
Ulkan sharqshunos Ye.E.Bertels ham o`rta asrlarda roviylar toifasi
mavjudligini e'tirof etadi.
Ko`rinadiki, qadimgi badiiy so`z ijrochiligining butun bir yo`nalishi,
o`ziga xos maktabni tashkil etuvchi roviylar toifasi katta shon-shuhrat va
ijtimoiy mavqega ega bo`lgan. Biroq, jamiyat taraqqiy qilishi bilan
roviylik tarmoqlanib, XV asrlarga kelganda, mustaqil badiiy ijrochilik
ko`rinishlari va ularga mansub ijrochilar toifasi voyaga yeta boshladi.
Jumladan, Alisher Navoiy XV asrlarga kelib badiiy so`z ijrochiligi
san'atining voizlik (notiqlik), qissaxonlik, badihago`ylik, bazlago`ylik
(latifago`ylik), dostonxonlik, qasidaxonlik, g`azalxonlik san'ati shakllanib
yetilganligi haqida mufassal ma'lumot beradi.
O`zbek badiiy so`z ijrochiligi san'atiga xos bo`lgan bedilxonlik,
navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, mashrabxonlik bilan birga, qissago`ylik,
hikoyago`ylik,
latifago`ylik,
navhagarlik,
ertakchilik,
kulguli
hikoyago`ylikning taraqqiyoti bu san'atning juda qadimiy va boy tarixga,
ma'lum an'anaga ega ekanligini anglatadi.
O`rta Osiyo xalqlari pedagogikasi tarixida ifodali o`qish san'atiga
bo`lgan e'tibor alohida mavqe kasb etadi.
5
Notiqlik san'atining tarixi juda uzoq bo`lib, u eramizdan avvalgi V
asr
boshlarida
Yunonistonda
shakllana
boshladi.
Yunonistonda
aristokratiya, demokratiya tuzumining o`rnatilishi natijasida davlat
ishlarida, xalq majlislarida, senat kengashlarida, sud ishlarida va
yig`ilishlarda respublikaning har bir ozod kishisi erkin nutq so`zlash
huquqiga ega bo`lgan.
Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni hohlagan har bir kishi
uchun chiroyli so`zlash san'atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylana
borgan.
Sud ishlarida o`rnatilgan tartib notiqlik san'atining yuksalishiga katta
bir turtki bo`ldi. Sud jarayonida javobgar o`ziga qo`yilayotgan aybning
asossizligini isbotlab gapirishi, da'vogar esa o`z fikrida qattiq turishi, uni
qoralashi lozim edi. Lekin hamma ham chiroyli so`zlash qobiliyatiga ega
bo`lavermaydi. Shuning natijasida, nutq matnlarini yozib beradigan
bilimdon kishilarga ehtiyoj tug`ila boshladi va yozma nutq san'atini yaxshi
egallagan notiqlarni o`sha zamon tili bilan "logograflar" deb atay
boshladilar.
Notiqlik san'atining keng ko`lamda qanot yoyishi esa, o`z navbatida
uning sud notiqligi, harbiy notiqlik va siyosiy notiqlik kabi
shoxobchalarining paydo bo`lishiga olib keldi. Sudda gapiriladigan
chiroyli nutq o`rnini, endilikda aniq qonuniyatga ega bo`lgan sud notiqligi
egalladi. Oradan bir oz vaqt o`tgach, notiqlikning yana bir turi -
epideyktik, ya'ni tantanali nutq uslubi paydo bo`ldi.
Bulardan tashqari, notiqlik san'atining rivoji adabiy tilning
shakllanishiga, notiqlik san'atining nazariyasidan iborat bo`lgan "Ritorika"
ilmining vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Rimdagi barcha shoirlar va
notiqlar shu maktabdan, ya'ni ritorika maktabidan ta'lim olganlar.
Notiqlar tomonidan yaratilgan nutq matnlari nasriy va poetik ijod
mazmunasi hisoblangan. Bunday ijodkor notiqlarning nomi o`z mamlakati
doirasidan chiqib, jahonga ma'lum va mashhur bo`lgan. Aristotel,
Demosfen va Sitseronlar shular jumlasidandir.
O`rta Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo`lgan Aristotel
eramizdan avval, 384 yili Stagir (Makedoniya yarim orolidagi Xalkidik)da
shifokor oilasida dunyoga keladi. Uning otasi Nikomax Aleksandr
Makedonskiyning nabirasi podsho Aminti II saroyida shifokorlik qildi.
Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu yerda o`z zamonasining
mashhur olimlaridan bo`lgan Platonga shogird bo`ladi.
6
342 yili Makedoniya podshosi Filipp o`zining Aleksandr nomli 13
yoshli o`g`lining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan chaqirib oladi. Bu
yerda u falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil qiladi.
Shu davrda Gretsyada chiroyli so`zlashga qiziqish kuchayib ketgan
edi. Buning natijasida qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu maktablarda
so`z san'ati ustalari - shogirdlar yetishtirib chiqarilar edi. Keyinchalik
chiroyli so`zlash haqida qo`llanmalar maydonga keldi. Shunday asarlardan
biri Aristotelning "Ritorika" nomli kitobidir. Buyuk olim uni mashhur
"Poetika" nomli asaridan so`ng, ya'ni eramizdan oldingi 330 yillarda
Afinaga so`nggi marta qaytib kelganda yozgan edi.
Ma'lumki, ungacha Anaksimen, Lampsak ham "Ritorika" nomli
qo`llanma yaratgan edi. Bu ikki asar bir-biriga tamoman o`xshamaydi.
Ularning birinchisi qo`llanma bo`lsa, ikkinchisi chiroyli so`zlash
nazariyasi bo`yicha ilmiy mulohazalardan iborat.
Aristotel har bir jumlaning asosiy fikrini ifoda etishga qaratilishi,
ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo`lishini talab etadi. U
notiqning hissiyot bilan so`zlashi mulohaza yuritayotgan fikrining
tinglovchi qalbiga tez yetishiga muhim omil bo`lishini alohida uqtiradi.
Bundan tashqari, Aristotel notiqning auditoriyani o`ziga jalb etishi uchun
hazil-mutoiba so`zlar bilan lirik chekinish qilib tinglovchilarni
hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko`rgazmali qurollardan
foydalansa, har xil epitet, chog`ishtirish va metaforalarni qo`llasa,
nutqining ta'sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar
ko`payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo`ymasligi kerakligini ham
ta'kidlaydi.
Aristotel notiqlik san'atini egallashni5 qismga bo`lib o`rgatadi:
1.
Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash).
2.
Materialni joylashtirish shakli (rejasi).
3.
Materialni eslab qolish (o`zlashtirish).
4.
Materialni so`z yordamida to`g`ri aks ettirish.
5.
Materialni to`g`ri talaffuz etish.
Aristotel fikrlari hozirgi kunda ham o`z qimmatini yo`qotgani yo`q.
Umrini ona-Vatanining gullab-yashnashiga bag`ishlagan davlat
arbobi, mashhur notiq Demosfen eramizdan oldingi 384 yili Afinada
o`ziga to`q oilada dunyoga keldi. Uning otasining ismi ham Demosfen
bo`lib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi edi.
Demosfen notiqlik bilan shug`ullanishdan avval o`z ustozi yo`lidan
borib, boshqalarga sudda so`zlanadigan nutqning matnini yozib berar va
bu ishlari uchun yaxshigina haq olar edi. Bora-bora nutqiy matnlar yozish
7
Demosfenni qoniqtirmaydi. U otashin vatanparvar sifatida ijtimoiy
faoliyatini vatanining ravnaqi uchun sarflashni orzu qiladi.
Yosh notiqning xalq oldidagi birinchi nutqi ayanchli holda: to`polon,
kulgi, qiyqiriq, hushtak chalib masxaralash bilan qarshi olinadi. U o`z
nutqini tugatolmay minbardan tushishga majbur bo`ladi.
Demosfen nutqining bunday ayanchli tugashi tabiiy edi, chunki
uning tovushi juda past bo`lib, bir oz duduqlanar, "r" harfini talaffuz
etolmas, g`uldirab, mujmal gapirar edi. Bulardan tashqari, uning elkasini
qimirlatib turadigan odati ham bo`lib, ko`pchilik orasida o`zini tog`ri tuta
bilmas edi.
Xalq majlislaridan birida Demosfen o`zini ikkinchi bor sinab
ko`radi. Lekin bu safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shundan so`ng
Demosfen o`z nutqidagi kamchiliklarni boshqa takrorlamaslik uchun
astoydil bosh qotiradi. Har kuni bir necha soatlab noto`g`ri talaffuz
etayotgan so`zlari ustida qayta-qayta mashq qiladi. Hatto og`ziga tosh
solib olib, qattiq va ravon gapirishga harakat qiladi. "r" tovushini to`g`ri
talaffuz etish uchun esa kuchuk bolasining irillashini kuzatadi va o`zi ham
xuddi shu tovushni qaytaradi.
Nihoyat uzoq muddatli tinimsiz mashqlardan so`ng Demosfer o`z
maqsadiga erishadi: mashhur notiq bo`lib etishadi. Ammo, shunga
qaramay, u hech qachon tayyorgarliksiz nutq so`zlamas, oldindan yozib
qo`yilgan matnni yodlab olar, har bir so`z ustida puxta o`ylar, jumlalarni
aniq va chiroyli tuzishga harakat qilar edi. Ulug` notiqning nutqi shu qadar
sodda, ravon, mantiqan puxta va jozibali bo`ldiki, bu faqat mashaqqatli
mehnat samarasi edi.
Mark Tulliy Sitseron eramizdan oldingi 103 yilda Rimdan uzoq
bo`lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keladi. Uning bolalik
yillari Arpina shahridagi otasiga qarashli yerlarda o`tadi. Otasi o`z
farzandiga yaxshi ta'lim-tarbiya berish maqsadida Rimga ko`chib o`tadi.
Sitseron u yerda yunon tili va adabiyotini mukammal egallagach,
Yunonistonning mashhur so`z ustalari Litsiniy Krass va Mark Antoniy
kabi notiqlardan so`z san'atining nozik sir-asrorlarini o`rganadi, ularning
ajoyib nutqlarini tinglaydi.
Bo`lajak notiq, ayni vaqtda, falsafa bilan ham shug`ullanadi. Lekin
uni ko`proq notiqlik san'ati qiziqtiradi. Sitseron notiqlarning turli mimika
va harakatlari bilan so`zlashayotganini ko`rib, notiq bo`lish uchun
aktyorlikdan ham xabardor bo`lish kerak ekan, degan xulosaga keladi.
Shuning uchun Ezop va Rossiy kabi o`z davrining mashhur aktyorlaridan
saboq oladi.
8
Sitseron uzoq tayyorgarlikdan so`ng, 25 yoshida birinchi marotaba
xalq oldida nutq so`zlashga jur'at etadi. U avval grajdanlik, so`ngra jinoiy
ish jarayoni bo`yicha gapiradi. Biroq, uning bu nutqida davlat
boshliqlaridan Sull hamda Kott ismli mashhur notiqlar qarshi chiqadi.
Shundan keyin, u ritorika va falsafa fanlaridan mukammalroq nazariy
bilim olish maqsadida zamonasining buyuk notiqlaridan hisoblangan Antio
Askalonskiydan ta'lim oladi, mashhur so`z ustalaridan o`rganish niyatida
Kichik osiyoning bir qancha shaharlarini kezib chiqadi.
U ancha vaqtgacha nutq so`zlashda yangi usullar qidiradi. Nihoyat
Osiyo hamda Attika usullari omixtasidan iborat bo`lgan yangi bir uslub
kashf etadi.
Sitseron o`z - zamonasining ko`pchilik so`z ustalari singari, o`z
faoliyatining ilk davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyliligi, iboralarning
jonliligi, jumlalarning nafis bo`lishiga katta e'tibor beradi.
Sitseronning fikricha, notiq shunchaki, sud ishlarining barcha qonun-
qoidalarini yaxshi biladigan qonunparast emas, balki davlat ishlarini
chuqur tushunadigan xalq qayg`usiga hamdardlik qila oladigan davlat
arbobi bo`lmog`i kerak. Shuning uchun notiqlik san'atiga qiziqqan har bir
kishi faqat ritorika ilmiga oid ibtidoiy bilimlar bilan cheklanmasdan va
o`zining tabiiy iste'dodiga ishonib qolmasdan, doimo turli fanlarni o`qib-
o`rganmog`i, ilm va madaniyatning yuqori cho`qqilariga intilmog`i darkor.
Bundan tashqari, "Notiqlar haqida" asarining muallifi notiqlarning odamlar
diliga qo`rquv, g`azab va qayg`u sola bilishi va aksincha, bu xildagi
hayajonli holatlardan kishilarni xalos qilib, ularning ruhida xotirjamlik,
mehr-shafqat hislarini uyg`ota olishi kerak, degan fikrni ilgari suradi.
Uning fikricha, agar notiq odamlarning turli-tuman xarakterlarini sezmasa,
inson tabiatiga xos umumiy xususiyatlarni bilmasa va har bir kishini goh
bezovta qiladigan, goh tinchlantiradigan sabablarni tushunmasa hech
qachon o`zining maqsadiga erisha olmaydi.
Sitseron "Brut" (47 yil), "Notiq" (56 yil) nomli boshqa asarlarida
Rim notiqlik san'ati tarixi haqida batafsil fikr yuritib, attikachilarning
nazariyalariga tamomila qarshi mulohazalar bilan maydonga chiadi. Uning
ta'kidlashicha, har qanday notiqning ko`zda tutgan asosiy maqsadi -
tinglovchining zavqini uyg`otib, o`ziga moyil qilishdan iboratdir. Notiq
sharoitga qarab, mavjud uslublarning hammasidan baravar foydalanishi
zarur.
9
Dostları ilə paylaş: |