13
emas, balki hamdardlik kayfiyatini uyg`ota olish uchun katta san'atkorlik
mahorati kerak. Mavlono Riyoziy nutq paytida ko`z yoshi darajasiga yetib
borar ekan, qalbidagina yig`lab bayon etar va kishilarni shunga ishontira
olar ekan,
demak shubhasiz, u juda iste'dodli notiq, chinakam so`z
san'atkori bo`lgan.
Mavlono Riyoziy ajoyib so`z san'atkori bo`lish bilan bir qatorda, u
o`z davrining ko`zga ko`ringan pedagoglaridan biri bo`lgan. U o`z ishlarini
dunyoviy fanlar: tabiatshunoslik, geografiya, tarix, adabiyot nazariyasi va
boshqa fanlarni chuqur o`rganib, uni yoshlar o`rtasida targ`ib qilgan.
Alisher Navoiyning yozishiga qaraganda Mavlono Riyoziy o`z
fikrida qattiq turuvchi va shu fikr uchun kurashuvchi shaxs, sadoqatli va
mohir pedagog va butun hayotini sevimli kasbiga bag`ishlagan ulug`vor
inson ekanligini ta'kidlaydi.
O`z kasbining mohir ustasi bo`lgan Mavlono Riyoziy o`z nutqlarida
boshqa notiqlar qatori xalq og`zaki
ijodidan, va ayniqsa, badiiy
adabiyotdan juda ustalik bilan foydalangan. U o`z zamonasining zabardast
notig`i, olimi, pedagog va shoirlaridan bo`lgan.
Dostları ilə paylaş: