17
Kishilar gapirish jarayonida ma'lum darajada qisqacha, to'xtab, nafas
oladilar va o'pkalarini qayta havoga to'ldirib, nutqni davom ettiradilar.
Nutqdagi ana shunday to'xtash, tinish yoki shunday kichik talaffuzga
pauza deyiladi.
Badiiy asarlarni ifodali o'qishda pazaning o'ziga xos o'rni bo'lib, u
asarning
janr xususiyati, mazmuni va sintaktik qurilishi bilan uzviy
bog'liq. Badiiy asarda pauza muallif fikrning tinglovchiga aniq va to'la
yetib borishiga katta yordam beradi.
Pauza she'riy asarlarda aksariyat so'roqlarga tushadi va his-hayajon
bag'ishlaydi. She'rlardagi bayt yoki bandlar
asarning tugallangan bir
bo'lagi sifatida bir-biridan doimo pauza bilan ajraladi.
Masalan:
Ko'm-ko'k...
Ko'm-ko'k...
Ko'm-ko'k...
Mehnat sharaf va shon bo'lgan Vodiylar
Ko'm-ko'k...
Pauzaning turlari haqida har xil fikrlar mavjud. Biz talabalarga
tushunarli bo'lsin uchun uni uch ko'rinishga bo'lib o'rganamiz:
1.
Grammatik pauza
2.
Mantiqiy pauza
3.
Psixologik pauza.
Grammatik pauza. Badiiy asarlar ifodali o'qiganda tinish belgilarida
qisqa pauza qilinadi. Bunday pauza grammatik pauza deyiladi.
O'zbek tilida quyidagi tinish belgilari ishlatiladi:
Nuqta (.), so'roq belgisi (?), undov belgisi (!), ko'p nuqta (...)
Vergul (,), nuqtali vergul (;), ikki nuqta (:), tire (-), qavs () va qo'shtirnoq
(«»).
Mantiqiy pauza. So'z guruhlarini
bir-biridan ajratib, matn ma'nosini
aniq va to'la ifodalashga xizmat etuvchi pauzaga mantiqiy (logik) pauza
deyiladi. Mantiqiy pauza matnni kesib o'tgan to'g'ri chiziqqa (G') bilan
belgilanadi. Masalan: Ammo ( ertaga sahar paytda)
juda uzoqdan bir
maqomda guldiragan tovush (arang quloqqa chalindi), bu tovush
(o'rmondagi shovur-shuvurlar orasidan) zo'rg'a eshitiladi.
She'riyatda mantiqiy pauzalar asarning kompazisiyasiga qarab ham
belgilanadi. Masalan: Uyg'unning «Tong» she'ri ifodali o'qilganda
quyidagi mantiqiy pauza qilinadi.
18
Sahar chog'i... G' kumush kabi shuuringdanG'
Sirg'a taqib G' yaprog'iga bosh qo'yibG'
Gullar tunning quchog'ida mudraydiG'
Titrab-titrab unda-bunda yulduzlarG'
Shoshib-pishib yotog'iga ketgali G'
Dargohiga yetgaliG'
Oltin shohi etagini sudraydi. G'
Mantiqiy pauza ifodali o'qishning o'ziga xos eng muhim unsurlaridan
biri bo'lib, u faqatgina mantiq
qonuniyatiga rioya qiladi, lozim bo'lsa,
tinish belgilarini ham mutlaqo inkor etadi.
Mantiqiy pauza gapning mazmunini tubdan o'zgartirib yuborishi
mumkin. Misol uchun quyidagi jumlalarni ikki xil pauza bilan o'qib, ma'no
o'zgarishiga e'tibor bering:
1.
Yaramas G' itday o'lib ketdi
Yaramas itday G' o'lib ketdi.
2.
Aldasam G' sizni yer yutsin
Aldasam sizni G' yer yutsin.
Mantiqiy pauzaning bunday jozibador kuchidan xalq donishmandlari
unumli foydalanganlar.
Psixologik pauza. Muallifning matnida
yashiringan kuchli his-
hayajonini psixologik pauza orqali ifodalash mumkin. Psixologik pauza
o'quvchi va notiq nutqiga jonlilik kiritib, asarning ta'sirchanligini oshiradi.
Psixologik pauza ikki chiziqqa (G'G' ) bilan belgilanadi.
Badiiy asarlarning o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, istiora va boshqa
tasviriy ifoda vositalari qo'llangan o'rinlarda ham muhimdir.
Dostları ilə paylaş: