O`zbek filologiyasi fakulteti o`zbek adabiyoti kafedrasi


Ifodali o'qishning asosiy vositalari



Yüklə 304,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix13.12.2023
ölçüsü304,87 Kb.
#176468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ifodali oqish

Ifodali o'qishning asosiy vositalari. 
(Urg'u, pauza, intonasiya, temp va ritm) 
Reja: 
1.
Urg'u haqida umumiy ma'lumot. 
2.
Urg'uning turlari. 
3.
Pauza haqida umumiy ma'lumot. Pauzaning turlari. 
4.
Intonasiya haqida umumiy ma'lumot. 
5.
Badiiy asarlarni ifodali o'qishda nutq san'atining ahamiyati. 
6.
Ritm haqida umumiy ma'lumot. 
7.
Temp haqida umumiy ma'lumot. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Aristotel - "Poetika" T. 1980 y. 
2. Axmedov A. - "Notiqlik san'ati" T. 1967 y. 
3. Oripov K., Obidova M. "Ifodali o'qish" T.1992 y. 
4. Inomxo'jayeva S., Zunnunov A. "Ifodali o'qish asoslari" T. 1978 y. 
5. Jo'rayev K. "Ifodali o'qish va himoya qilish" T. 1986 y. 
6. Yodgorov N. "Gigiyena golosa i yego fiziologicheskoye osnovo'" M. 
1967. 
7. Leonardi YE.I. "Deksiya orfoepiya" M. 1967. 
8. Sayfuddinov A. "Og'zaki nutqda pauzaning ahamiyati" T. 1965 y. 
9. Xo'jayeva L. "Lektor haqida ifoda vositalari" T. 1964 y. 


15 
Urg'u haqida umumiy ma'lumot. 
Urg'u ifodali o'qishning asosiy vositalaridan biri bo'lib, u ta'kidlash, 
alohida e'tibor qaratish uchun xizmat qiladi. Urg'u so'zlarni to'g'ri talaffuz 
etishga, ma'noni to'g'ri va to'la anglashga yordam beradi. 
Urg'u ilmiy adabiyotlarga leksik urg'u, dinamik urg'u, rimik urg'u, 
mantiqiy urg'u, tradision urg'u, psixologik urg'u kabi bir necha turga bo'lib 
o'rganiladi. 
Bu bo'linish lingvistik jihatdan to'g'ri, ammo biz talabalarni ifodali 
o'qishga o'rgatish va ifodali o'qishning nazariy masalalari haqida ma'lumot 
olishlarini osonlashtirish maqsadida urg'uning ikki turi xususida 
to'xtalmoqchimiz: 
1.
So'z urg'usi. 
2.
Mantiqiy urg'u. 
So'z urg'usi. 
So'z urg'usi tushgan bo'g'indagi unli shu so'zning 
boshqa bo'g'inlaridagi unli tovushlariga qaraganda kuchliroq, cho'ziqroq 
talaffuz etiladi. 
So'z urg'usi lingvistik adabiyotlarda leksik urg'u nomi bilan ham 
yuritiladi. 
O'zbek tilida so'z urg'usi, asosan, so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi. 
So'zlarga qo'shimchalar qo'shila borishi bilan urg'u ham ko'cha boradi. 
Masalan: bola, bolalar, bolalarga; ishchi, ishchilar, ishchilarga. 
Bu hodisa ko'proq, turkiy tillarga, jumladan, o'zbek tiliga ham
xosdir. Ammo, bunda o'zbek tilida urg'uning o'rni o'zgarmas ekan degan 
xulosa chiqmaydi. O'zbek tilida shunday so'zlar ham borki, so'z boshida 
kelgan urg'u so'nggi bo'g'inlarga tushmaydi. Masalan: qaysi, qanday, 
qancha.
Demak, o'zbek tilida urg'u so'zning boshida, o'rtasida va oxirida ham 
kelishi mumkin. Masalan:
A) so'z boshida; kelsi, kimdir, allakim, doim, bari, hamma; 
B) so'z o'rtasida; albatta, mardlarcha, afsuski, yaxshigina, 
achchiqqina, o'qituvchiman; 
V) so'z oxirida; oqqush, otboqar, to'proq, bozor, Uchqo'rg'on, 
Beshariq. 
Adabiy 
talaffuzni 
normallashtirish 
va 
nutq 
madaniyatini 
rivojlantirish, o'zbek tiliga internasional so'zlarning tobora ko'plab kirishi 
va keng omma nutqiga singib borishi tufayli urg'uning ahamiyati kun sayin 
ortib bormoqda. 


16 
Hozirgi o'zbek adabiy tilida so'z urg'usining vazifasi ancha kengaydi.
O'zbek tilida urg'u ma'noni 
farqlash xususiyatiga ega; olma, (meva, ot) olma (buyruq fe'li); atlas 
(mato), atlas ( geografik karta); kesma (ovqat turi, ot) kesma (buyruq fe'li); 
tugma ( kiyim tugma ot), tugma ( buyruq fe'li); gulsiz ( guli yo'q, sifat ), 
gulsiz (guldaysiz, o'zshatish); qizgina (kichkina qizcha, kichraytirish); 
qizgina (qizning o'zi, ajratib ko'rsatish). 
Bulardan tashqari, hozirgi o'zbek adabiy tilida o'zlashib ketgan 
ruscha-baynalminal so'zlarda ham urg'u ma'noni farqlash xususiyatiga ega. 
Urg'u quyidagi so'zlarning birinchi bo'g'iniga tushsa sifatga aylanadi. 
Masalan: akademik-ot, akademik-sifat, matematik-ot, matematik-sifat; 
texnik-ot, texnik-sifat. 
Shuning uchun ham o'quvchi-talabani matnni ifodali o'qishga 
o'rgatishdan oldin, ularni matndagi so'zlarning ma'nosi bilan tanishtirish
so'zlarning urg'uli bo'g'inini aniqlashga o'rgatish lozim.

Yüklə 304,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin