19
Badiiy asarda intonasiya orqali qahramonlarning turli kayfiyati, ichik
kechinmasi ifodalanadi. Ayniqsa, poetik asarlarning ritmik ohangdorligini
tinglovchiga yetkazishda intonasiya katta rol o'ynaydi.
Intonasiyaning
muhim
xususiyatlaridan
biri
shundaki,
ta'kidlanganidek u asar mazmuni, avtor maqsadi, fikr-tuyg'usi hamda
kayfiyatidan tabiiy ravishda kelib chiqadi.
Badiiy asarlarni ifodali o'qishda nutq san'atining ahamiyati.
Tinglovchiga asarning g'oyaviy mazmunini, muallifning hayot
haqidagi fikr-mulohazalarini, qahramonlarning ichki
hissiyotlarini
yetkazish ifodali o'qish oldiga qo'yiladigan asosiy vazifadir. Shu maqsadda
har bir talaba ifodali o'qishning o'ziga xos xususiyatlarini mukammal
o'rganishi kerak. Uni puxta o'zlashtirgan kishining nutqi ravon, shirali
bo'lib, o'z fikrini tinglovchilarga to'g'ri va izchil yetkaza oladi.
To'g'ri, badiiy asarlarning hammasi ham bir xilda o'qilavermaydi.
Har qanday asarni ifodali o'qish uning janr xususiyatlari va kompozision
tuzilishiga ko'ra belgilanadi. O'qituvchi asarni ifodali o'qisha kirishishdan
oldin uning g'oyaviy mazmunini, obrazlar tizimini va badiiy
xususiyatlarini chuqur o'rganishi lozim.
She'riy asarlarni ifodali o'qishning o'ziga xos xususiyatlari
o'qiladigan asarning janri, ritmi, qofiyalanish tartibi va band qurilishiga
bog'liq.
Dostları ilə paylaş: