SMM (Social Media Marketing) – brendni ijtimoiy tarmoqlarda reklama
qilishdir.
PR-marketing – bu internetda kompaniya imidjini yaratishdir. PR-marketing
– sayt bilan doimiy ishlash, sayt foydalanuvchilarini tahlil qilish, saytni visual
nuqtai nazaridan takomillashtirishdir.
Sanab o’tilgan marketing turlaridan har qaysisini ishlatish doimo ishlab
chiqaruvchi uchun ma’lum darajada tavakkal bilan bog’liq bo’ladi. Ammo bozor
strategiyasida marketing faoliyatining hamma turlarini bir butun ishlab optimal
birlashtirishga erishilsa, bu tavakkal o’zini ortig’i bilan oqlaydi.
2. Korxonalarning marketing konsepsiyasi. Marketing tushunchasi rivojlanib borishi bilan tadbirkorlar marketingning
korxona faoliyatining boshqa elementlari bilan integratsiyalashuviga olib keluvchi
hamda talablarni qondiruvchi marketing konsepsiyasiga e’tibor bera boshladilar.
Marketing konsepsiyasi 1960-yillarda paydo bo’ldi. Marketing konsepsiyasiga
muvofiq biznesda uzoq muddatli rentabellik asosiy ahamiyatga ega. Marketing
konsepsiyasi maqsadli bozorlarning talab va ehtiyojlarini aniqlash hamda ularning
istagi qondirilishi raqobatchilarga qaraganda samaraliroq va sifatliroq tarzda
ta’minlash
korxonaning
maqsadlariga
erishishining
garovi
ekanligini
tasdiqlamoqda.
Marketing konsepsiyasining mohiyatini “talablarni izlab topish va ularni
qondirish”, “nima ishlab chiqarilayotgan bo’lsa, shuni sotishga harakat qilish emas,
nima sotilayotgan bo’lsa, shuni ishlab chiqarish”
kabi iboralar bilan ifodalash
mumkin (5.1-rasm).
5.1-rasm. Marketing konsepsiyasi.
Sotish harakatlari konsepsiyasi va marketing konsepsiyalari bir-biridan farq
qiluvchi jihatlari 5.2-rasmda keltirilgan.