Qisqacha xulosalar
Marketing tushunchasi rivojlanib borishi bilan tadbirkorlar marketingning korxona
faoliyatining boshqa elementlari bilan integratsiyalashuviga
olib keluvchi hamda
talablarni qondiruvchi marketing konsepsiyasiga e’tibor bera boshladilar.
Marketing tushunchasi rivojlanib borishi bilan tadbirkorlar marketingning
korxona faoliyatining boshqa elementlari bilan integratsiyalashuviga olib keluvchi
hamda talablarni qondiruvchi marketing konsepsiyasiga e’tibor bera boshladilar.
Marketing konsepsiyasi maqsadli bozorlarning talab
va ehtiyojlarini aniqlash
hamda ularning istagi qondirilishi raqobatchilarga qaraganda samaraliroq va
sifatliroq tarzda ta’minlash korxonaning maqsadlariga
erishishining garovi
ekanligini tasdiqlamoqda.
Narx korxona iqtisodiyotining eng muhim kategoriyasi hisoblanadi. Uning
mutlaq miqdori iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak.
Narxlar korxonada
qilinadigan barcha xarajatlarni qoplab, korxonaga o‘zining
rivojlanishini
ta’minlaydigan miqdorda foyda keltirishi lozim.
Korxona mahsulotlari narxlarining shakllanishida bir qator omillar ta’sir
qiladi. Jumladan, talab va taklif o‘rtasidagi
munosabat, mahsulotning sifati va
naflilik darajasi. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘ziga xos
xususiyatlari ham tarmoqda narxlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Korxonalarda narxlarning shakllanishini takomillashtirishda
tadbirkorlar
marketing faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratishlari lozim.