bo‘lgan barcha tabiiy va iqtisodiy resurslardan yil davomida oqilona va samarali
foydalanishga alohida e’tibor berishlari lozim.
Korxona mahsulotlariga bo‘lgan talab hozirgi davrda quyidagi omillarga
bog‘liq: iste’molchilarning soni, daromadi, didi, o‘rindosh tovarlarning narxi va
boshqalar. Mahsulotlarga bo‘lgan talabni o‘rganishda
xalqimizning milliy urf-
odatlarini ham inobatga olish kerak. Jumladan, xalqimizning non va non
mahsulotlarini, guruchni ko‘proq iste’mol etishga moyilligini inobatga olish lozim.
Korxonalar o‘z mahsulotlarini xaridorlarning talabini e’tiborga olgan holda taklif
etishlari shart. Bunda ular yetishtiriladigan mahsulotlar uchun ishlatiladigan
resurslar narxiga, qo‘llanilayotgan texnologiyalar darajasi va samarasiga,
raqobatchi ishlab chiqaruvchilarning soniga va boshqalarga asoslanishlari lozim.
Iqtisodiy jihatdan asoslangan muvozanatli narxlarni shakllantirishda mahsulotlarga
bo‘lgan talab va taklifni e’tiborga olish lozim.
• mahsulotning naflilik darajasi. Narx - bu tovar nafliligi tan olinganda uning
qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli.
Korxona mahsulotlari narxining shakllanishiga mahsulotlarning naflilik darajasi
ham ta’sir ko‘rsatadi. Agar mahsulot insonlar ehtiyojini qondirishda qanchalik
yuqori naflilik darajasiga ega bo‘lsa, uning narxi shunchalik yuqoriroq shakllanadi
va aksincha bo‘lsa narx pastroq shakllanadi. Mahsulotning narxi va nafliligi
o‘rtasidagi nisbat har bir iqtisodiy kelishuvning asosidir. Xaridorning mahsulotni
xarid
qilishi uning xohishi, didi va to‘lov qobiliyatiga bog‘liq. Ayrim paytlarda
biror turdagi mahsulotning iste’molchi uchun nafliligi ortib ketadi.
Mahsulotlarning naflilik darajasi mavsumlar bo‘yicha ham o‘zgarib turadi.
Masalan, yilning sovuq mavsumi yaqinlashishi bilan ushbu mavsumga xos bo’lgan
mahsulotlarning nafliligi orta boshlaydi. Buning natijasida esa ushbu mahsulotga
talab ortadi va uning narxi oshishiga sababchi bo’ladi. Lekin, bunda narxning
oshishiga asosiy sabab – naflilik hisoblanadi, ya’ni naflilik narxga bilvosita ta’sir
ko’rsatadi.
Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulotning nafligi
ta’sir ko‘rsatadi. Agar xaridorda alternativ mahsulotni tanlash imkoniyati bo‘lsa,
unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib olish yoki olmaslik qaroriga nisbiy narx
ta’sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor o‘zi uchun eng ma’qul va ko‘proq
foydali
bo‘lgan mahsulotni sotib oladi.
Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan uzviy
aloqada bo‘ladi. U tovarning hayotiylik sikli davomida o‘zgarib turadi.
Marketingda narx siyosatining mohiyati, bozorda aniq ulushga erishish, ko‘zda
tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor masalalarni yechish uchun
firma tovarlariga narx belgilash va narxlarni o‘zgartirib turishdan iborat. Bozor
narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Bu
tabiiydir, chunki narxlar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi vositadir.
Bizga
ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning uchun marketing
strategiyasida harakatchan narxlar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning
bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarini tartibga solish va
boshqarishni, bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini
kiritishni, eskirgan modellarni bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida esa mahsulotlar narxining shakllanishiga
tarmoqning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi:
- qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning mavsumiyligi. Qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini yetishtirish jarayoni tabiiy omillar bilan chambarchas bog‘liq
ekanligi, o‘simliklar va chorva mollari ishlab
chiqarish vositasi sifatida
qatnashishi, o‘simliklarning hosil bergunicha ma’lum vegetatsion davrni bosib
o‘tishi lozimligi yilning ma’lum davriga kelib barcha ishlab chiqaruvchilarning
mahsuloti deyarli bir vaqtda tayyor bo‘lisiga olib keladi. Bu esa bozorda qishloq
xo‘jalik mahsulotlarining taklifi keskin ortishi va o‘z navbatida narxning
pasayishiga olib keladi;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining saqlash uchun noqulayligi. O‘zida
qayta
ishlovchi korxonalari bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari yetishtirgan
mahsulotlarini tezroq sotishga majbur bo’ladi. Bunda sotuvchi xaridor taklif
qilayotgan narxga rozi bo’lishga majbur bo’ladi va ushbu holat ham qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari narxining pastroq shakllanishiga olib keladi. Bu ayniqsa ho‘l
meva, sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirishda kuchli seziladi. Saqlash
uchun qulay bo’lgan mahsulotlar yetishtiruvchi ko’pgina sanoat korxonalarida esa
xaridorning taklif etayotgan narxi ma’qul kelmasa, uni rad etish imkoniyati mavjud
bo’ladi;
- tabiiy-iqlim sharoitlari ham narx shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,
2023-yilning qish oylarida kuzatilgan anomal sovuq
natijasida ayrim mevali
daraxtlarni, dalalarda ko’karib turgan sabzavotlarni sovuq urdi. Bu esa ayrim
turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taklifini kamaytiradi va narxning
ko‘tarilishiga olib keladi. So’nggi yillarda kuzatilgan bahor aylaridagi
qurg’oqchilik yaylovlardagi tabiiy chorva ozuqasining kam bo’lishiga olib keldi.
Buning natijasida sug’oriladigan maydonlarda yetishtirilgan chorva ozuqasi narxi
keskin oshib ketishiga olib keldi.
Korxonalarning faoliyati davomida turli xildagi mahsulotlar ishlab
chiqariladi, ishlar hamda xizmatlar bajariladi. Ularni sotishda turli narxlardan
foydalaniladi. Narxlar mahsulotlarni
ayriboshlash maskaniga, maqsadiga,
vazifasiga ko‘ra, bir qancha turlarga bo‘linadi. Hozirgi vaqtda korxonalarda
qo‘llanilayotgan narx turlari 5.6-rasmda keltirilgan.