Korxona iqtisodiyoti


-rasm. Tovarning hayotiylik davri mobaynida uning sotilishi va



Yüklə 446,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix16.12.2023
ölçüsü446,71 Kb.
#182155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Korxona iqt 5-mavzu Ma\'ruza matni

5.3-rasm. Tovarning hayotiylik davri mobaynida uning sotilishi va 
foydaning tavsifi 
Tovarning hayotiylik davri bosqichlarini to‘laroq tushuntirishga harakat 
qilamiz. Tadqiqotlar va tovarning yaratilishi bosqichi. Tovarning hayoti uning 
mahsulot sifatida shakllanishidan ancha oldin – g‘oyalar, ishlanmalar ko‘rinishida 
boshlanadi. Yuqorida keltirilgan rasmda bu bosqichga tartib raqami qo‘yilmagan, 
chunki hali tovarning o‘zi mavjud emas. Bu bosqichda tadqiqotchilar marketing 
yordamida iste’molchining mazkur mahsulotga muhtojligini, potensial 
iste’molchilar kimlar bo‘lishini va g‘oyani amalga oshirishda qanday bozorni 
mo‘ljallash mumkinligini atroflicha o‘rganadilar. Korxona uchun tovarni 
yaratishning mazkur bosqichi – bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan 
daromadlardir. Bu yerda marketingning vazifasi potensial iste’molchilarga yangi 
g‘oya asosida yaratilajak tovar ular uchun qanday foyda keltirishini tushuntirib 
berishdan iborat.
1. Bozorga kirish bosqichi. Bu bosqich tovarni tarqatish va uning bozorga 
kelib tushishi bilan boshlanadi. Bu bosqichda sotishning asta-sekin o‘sishi 
kuzatilsada, tovarni tarqatish xarajatlari ko‘pligi tufayli foyda hali hosil bo‘lmaydi. 
Bu yerda marketingning maqsadi aniq, ya’ni yangi tovar uchun bozorni 
yaratishdan iborat (ayniqsa, agar bu mutlaq yangi tovar va unga ehtiyoj hali 
bozorda namoyon bo‘lmasa). Bu bosqichda raqobatchilar deyarli yo‘q yoki ular 
juda kam sonni tashkil etadi. Bu bosqichda deyarli shular novatorlar bo‘lganligi 
uchun dastlab reklama aynan iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Bu 
bosqichda marketingning asosiy vazifasi birlamchi talabni tez shakllantirish va 


potensial xaridorlarni haqiqiy xaridorlarga aylantirishdan iborat. Shuningdek, bu 
bosqichda sotishni rag‘batlantirish, reklamani tashkil etish va tovarni 
taqsimlashning ishonchli kanallarini shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Kirish bosqichi xususiyatlari – kam mahsulot chiqadi, yuqori tannarx (texnologiya 
hali to‘liq emas), realizatsiya kam. Qilinishi kerak – qiziqtiruvchi marketing 
taktikasi (joy, vaqt, narx, rag’batlantirish), tovar kamchiliklarini yo‘qotish (sifatini 
oshirish) kerak.
2. O‘sish bosqichi. Agar yangi tovar bozorning talabini qoniqtirsa, u holda 
tovarni sotish katta darajada ortadi. Chunki yangi tovarlarni takroran xarid 
qilayotgan faol xaridorlarga ko‘p sonli boshqa xaridorlar qo‘shiladi. Bu bosqichda 
tovar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish hisobiga tovar sifatining 
barqarorligiga erishiladi. Bu bosqichda korxona ancha foyda olishga kirishadi, bu 
foyda o‘sib boradi va ushbu bosqichning oxiriga kelib eng yuqori ko‘rsatkichga 
yetadi. Korxona bu bosqichning uzoqroq davom etishidan manfaatdor, shuning 
uchun ham u butun harakatlarini sotish hajmining o‘sishiga qaratishi kerak bo‘ladi. 
Bu yerda marketingning asosiy vazifasi – tovar sifatini oshirish, bozorning yangi 
segmentlarini o‘zlashtirish, mazkur tovarni sotishning qamrab olinmagan 
kanallarini topish, iste’molchilarni tovarlar xususiyatlarining afzalligi haqida 
ishonarli reklama ishlarini tashkil etish kabi tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. 
O‘sish bosqichi xususiyatlari – ko‘p mahsulot chiqadi (to‘la quvvat), kam tannarx 
(texnologiya mukammal egallangan), realizatsiya o‘sadi, sifat oshadi.
3. Yetuklik bosqichi. Bu bosqichda tovar yirik partiyalarda takomillashgan 
texnologiyalar bo‘yicha yuqori sifat bilan ishlab chiqariladi. Bu bosqichda 
ko‘pgina ishlab chiqaruvchilarda sotilmay qolgan tovarlarning zaxiralari to‘planib 
qoladi, oqibatda tovarlarning sotilishi kamayadi. Natijada raqobat keskinlashadi. 
Raqobatchilar tovarlarni ko‘proq past narxlarda sotishga harakat qiladi. Reklama 
kuchaytirilib, tovarlarning yaxshilangan variantlarini ishlab chiqarishga mablag‘lar 
sarflanadi. Bularning hammasi foydaning kamayishini keltirib chiqaradi. Eng 
kuchsiz raqobatchilar kurashdan chetga chiqa boshlaydilar. Tarmoqda faqat 
mustahkam o‘rin egallagan raqobatchilargina qoladi. Marketing xizmati tovarning 
hayotiylik davrini uzaytirish, sotish hamda foydaning kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun tovar, bozor va marketing kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi 
kerak bo‘ladi. Yetuklik bosqichi – ishlab chiqarish quvvatidan keragidan ortiq 
barqaror foydalanish va to‘la ko‘rib chiqilgan texnologiyalar ishlatilishi bilan 
bog‘liq. Yetuklik bosqichi xususiyatlari – katta partiyada ishlab chiqarish (to‘la 
quvvat), mukammal texnologiya, izlanish va rivojlantirish. Qilinishi kerak – 
assortiment (tur, modifikatsiya)ni ko‘paytirish, yangi bozorlarni kashf qilish
(jumladan, eksport), xaridorlarni yanada ko’proq jalb qilish (yangicha reklama), 
yangi segmentlarni topish (iste’molchilar guruhi).


4. Pasayish bosqichi. Qanday holat yuz bermasin, baribir ma’lum vaqtdan 
so‘ngra tovarning sotilishi pasaya boradi. Tovar sotilishining pasayishi ba’zan tez 
yua bersa, ba’zi hollarda sekinlik bilan bir tekis boradi. Pasayish bosqichi 
xususiyatlari - raqobatchilar ko‘p, xaridorlar tajribali, bozorni yangi mahsulotlar 
egallaydi, sotish kamayib, foyda qisqaradi. Qilinishi kerak – mahsulotni sekin-asta 
yangisi bilan almashtirish kerak. Tovar sotishning pasayib ketishi tovar ishlab 
chiqarish texnologiyasidagi yutuqlar, iste’molchilar talabining o‘zgarishi hamda 
mahalliy va xorijiy raqiblar tomonidan raqobat keskinlashuvining vujudga kelishi 
kabi sabablar bilan izohlanadi. Sotishning va foydaning kamayishi natijasida bir 
qancha firmalar va korxonalar bozordan chiqishga majbur bo‘ladilar. Qolganlari 
esa taklif etilayotgan tovarlar assortimentini qisqartirishga, samarasi yuqori 
bo‘lmagan savdo kanallari va bozorning kichik segmentlaridan voz kechishga, 
rag‘batlantirish uchun sarflanayotgan mablag‘larni kamaytirishga va narxni 
tushurishga majbur bo‘ladilar. 
5. Chiqish bosqichi. Ba’zan tovar hayotiylik davrining chiqish bosqichida 
ham tovarni tiriltirish va uning hayotiylik davrini davom ettirishga harakat qilib 
ko‘rish mumkin. Buning uchun firmaning marketing xizmati reklamani 
faollashtirishi, 
narxni 
o‘zgartirishi, 
tovarlarning 
o‘rab-joylanishini 
takomillashtirishi, sotish tizimini qaytadan tashkil etishni, eng asosiysi esa yangi 
bozorlarga kirish va ularni o‘zlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishi kerak 
bo‘ladi. Agar bu chora-tadbirlar ham ijobiy natija bermasa, u holda tovar ishlab 
chiqarishni to‘xtatishga o‘tish to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Bunday holat yuz beradigan 
bo‘lsa iste’molchilar va sotish kanallari muayyan tovarni ishlab chiqarishning 
to‘xtatilish vaqti, kafolat majburiyatlariga rioya etilishi, kafolatlar tugagandan 
keyin ta’mirlashni amalga oshirish tartiblari, ishlab chiqarishdan olingan tovarning 
qancha vaqt davomida yordamchi qismlar bilan ta’minlashi haqida oldindan 
ogohlantirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday harakat firmaga bo‘lgan ishonch 
yo‘qolmasligiga va iste’molchilar firmaning yangi tovarlarini ijobiy qabul 
qilishlariga mustahkam zamin yaratadi. Firmanig samarali faoliyat ko‘rsatishida 
marketing taktikasini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu marketing 
taktikasi tovarning turli hayotiylik davri bosqichlarida o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo‘ladi. 
Tovarning hayotiylik davri egri chiziqlari turlari quyidagicha bo’lishi 
mumkin:



Yüklə 446,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin