5.6-rasm. Korxonalarda qo‘llaniladigan narx turlari
Shartnomaviy narxlar – sotuvchi va xaridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va
oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan narx. Bunday narx, odatda,
shartnoma muddati amal qiladigan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq milliy va xalqaro
bozorlarda qoʻllanadi. Korxonalar o‘z mahsulotini ushbu mahsulotlarni
tayyorlovchi, saqlovchi va qayta ishlovchi korxonalarga tuzilgan shartnomalarga
muvofiq sotadilar. Ushbu narx mahsulot sotuvchi va uni sotib oluvchilar o‘rtasida,
ularning iqtisodiy manfaatlari hamda bozordagi talab va taklif o‘rtasidagi
munosabat asosida shakllanadi. U tarmoqlarning mahsulot oldi-sotdi munosabati
bo‘yicha tuzilgan shartnomalarida o‘z aksini topadi. Shuning uchun ushbu narx
shartnomaviy narxlar deb ham ataladi.
Ulgurji narx – tovar ishlab chiqaruvchilar savdo firmalariga tovarlarni bir yoʻla
koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji
narxlar qoʻllanadi.
Mahsulotlar ayrim hollarda xaridorlarga yirik partiyalarda
sotiladi, bunda qo‘llaniladigan erkin shakllanuvchi narx ulgurji narx deb ataladi.
Chakana narx – tovarlar bevosita isteʼmolchilarga kichik partiyada, donalab
sotilganda qoʻllanadi va darajasi ulgurji narxdan yuqori boʻladi.
Korxonalar o‘zlari
yetishtirgan mahsulotlarni chakana savdo bozorlarida yoki o‘zlarining ichki sotish
tizimi orqali sotganda chakana narxlar qo‘llaniladi.
Preyskurant narx – xaridor uchun maʼlumotnoma narx boʻlib xizmat qiladi va
haqiqiy narx preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan narx atrofida
boʻlishini anglatadi;
Transfert narxlar – korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari yoki korxonalar
tomonidan
tashkil
etilgan
kooperatsiya
ichidagi
o‘zaro hisob-kitobda
qo‘llaniladigan narxlardir.
Korxonalarda qo‘llaniladigan
narx turlari
Shartnomaviy narx
Ulgurji narx
Indikativ narxlar
Chakana narx
Transfert narx
Preyskurant narxlar
Dotatsiyalangan narxlari
Qiyosiy narx
Indikativ narxlar – mahsulotlarning kelgusi yil hosili uchun yoki kelgusida
kutilayotgan narxi bo‘lib, korxonalar faoliyatini rejalashtirishda ishlatiladi.
Dotatsiyalangan narx – davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor
narxidan pastroq qilib belgilangan narx, narxdagi farq budjet beradigan dotatsiya
bilan qoplanadi. Odatda, bu narxni davlat korxonalarni va aholini ijtimoiy
himoyalash uchun qoʻllaydi;
Qiyosiy
narxlar
-
korxonalar
faoliyatining
ma’lum davr oralig‘idagi
ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda foydalaniladigan narxdir. Demak, ushbu narx
mahsulotlarning oldi-sotdisida emas, balki korxonalar faoliyatini tahlil qilishda
qo‘llash uchun tanlab olinadigan biror yildagi haqiqiy narxlaridir. Qiyosiy narxlar
asosida mamlakat miqyosida yoki korxonalarda biror qiymat ko‘rsatkichining
o‘zgarishiga obyektiv baho berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Chunki tahlil
jarayonida qiyosiy narxlar qo‘llanilganda biror qiymat ko‘rsatkichining
o‘zgarishiga narx o‘zgarishining ta’siri yo‘qqa chiqariladi. Bu holatga real baho
berishda muhim ahamiyatga egadir. Uzoq yillar mobaynida qiyosiy (taqqoslama)
narx sifatida 1996-yildagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining haqiqiy narxlari
olingan. Inflyatsiya darajasi va boshqa iqtisodiy omillarni e’tiborga olgan holda
qiyosiy narx sifatida boshqa yilning haqiqiy narxi tanlab olinishi mumkin.
Korxonaning mahsulotlari xorijiy xaridorlarga jahon bozori narxlarida ham
sotilmoqda. Uning mutlaq miqdori jahondagi ixtisoslashgan yirik birjalarda
belgilanib, mahsulot eksporti va importi shartnomalarida aks ettiriladi. Korxona
mahsulotarining jahon bozori narxlari shakllanishida xalqaro savdo bo‘yicha
qo‘yiladigan talablar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda tovarni yetkazib berish
shartlari, sug‘urtalash kabi xarajatlarning kim tomonidan qoplanishi inobatga
olinadi. Shu bilan birga narx darajasiga dunyo miqyosidagi siyosiy va iqtisodiy
barqarorlik ham ta’sir etadi.
Korxonalar o‘zi ishlab chiqargan mahsulotning bir qismini o‘z ishlab
chiqarishi uchun xomashyo sifatida ishlatishi mumkin. Bu jarayonda
qatnashadigan mahsulotlarni korxonada hisobga olishda tannarxlari bo‘yicha
baholanadi.
Bozor koʻlamiga koʻra, narxlar hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor
narxlariga boʻlinadi. Hududiy narx – faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u
shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor narxi – bir
mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi
narxlardir. Xalqaro narx – muayyan tovarga ketgan baynalminal xarajatlarni,
tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va
xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Boshqarish darajasi va usullari jihatidan farq qiluvchi hamda davlat
tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab narxni quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
• tartibga solinadigan (boshqarilib, o‘zgarib turadigan) narxlar. Tartibga
solinadigan narxlar – talab va taklifning o‘zgarishi ta’siri ostida shakllanadi, lekin
davlat organlari narxning o‘sishi yoki pasayishini chegaralaydi. Ularga:
- chegaralangan narxlar, mahsulotni sotish uchun eng yuqori chegarasi
belgilangan narxlar;
- kafolatlangan narxlar, barcha ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulot sotib
olishning yagona narxlari;
- tavsiya qilinadigan narxlar, u yoki bu tovarga tavsiya etiladigan, majburiy
emas.
• qat’iy belgilangan narxlar. Qat’iy belgilangan narxlar – davlat organlari
qarorlari asosida belgilanadigan narxlar bo’lib, ular shartnoma tuzilayotganda qayd
etilgan va shartnomaning jami amal qilish muddati davomida o‘zgartirilishi
mumkin bo‘lmagan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra). Bunga davlat xarid narxini
misol tariqasida keltirish mumkin. Yaqin vaqtlargacha qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari qishloq xo‘jaligi korxonalaridan davlat xarid narxlarida sotib olinar
edi. Bu shaklda narx belgilash bozor tamoyillariga mos kelmaydi, shu sababli
2020-yildan boshlab qishloq xo’jaligi tarmog’ida davlat xarid narxlaridan voz
kechildi.
• erkin narxlar. Erkin narx – bu bozorda, erkin ravishda, bozor konyunkturasi
asosida shakllanadigan narxdir. Ushbu narxning shakllanishida davlat bevosita
ta’sir ko‘rsatmaydi.
Milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash uchun davlat tomonidan
iqtisodiyotga, jumladan narxlar shakllanishiga ham ta’sir ko’rsatiladi. Narxlarning
shakllanishiga davlat ikki xil usulda: bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi
mumkin. Narxlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatish har doim ham
samarali bo’lavermaydi. Buni ayrim mamlakatlar tajribasi ham isbotlaydi. Narx
shakllanishiga davlat tomonidan aralashuvning oqibatlarini Argentina misolida
ko‘rib chiqishimiz mumkin (B.Hoshimov, “Tarix saboqlari yoxud Argentinada
go‘sht narxiga davlat aralashuvi qanday oqibatlarga olib kelgani xususida”, kun.uz.
sayti, 2017-yil 27-iyul). Argentina har doim yuqori sifatli, mahalliy fermerlar va
aholining faxri bo‘lgan mol go‘shti bilan taniqli bo‘lib kelgan. 2005-yilda
Argentina jahonda mol go‘shtini eksport qilish bo‘yicha uchinchi o‘rinda bo‘lgan.
Mollarning bosh soni muttasil oshib borayotgan, chorvachilik sohasiga
investitsiyalar yuqori sur’atlarda kengaya borayotgan edi. AQSh qishloq xo‘jaligi
vazirligi (USDA) prognozlariga ko‘ra, go‘sht yetishtiruvchilarning bunday o‘sishi
va samaradorligi hisobga olinadigan bo‘lsa, bir necha yildan so‘ng Argentina mol
go‘shti yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha jahonda mutlaq birinchi o‘ringa
chiqib olishi kerak bo‘lgan. Bu sohaga investitsiyalarning ortishi tufayli boshqa
sohalar ham shiddat bilan rivojlana boshlaydi: yem ishlab chiqarish, transport
logistikasi, kushxonalarning innovatsion usullari, sovutkichlar sanoati, bug‘langan
go‘sht va kolbasalar ishlab chiqarish, hattoki konservalash uchun jez bankalar
ishlab chiqarish sanoati ham ravnaq topadi. Hamma ushbu sohada yuqori
sur’atlardagi taraqqiyotni kutayotgandi, investitsiyalar esa bir zum to‘xtamayotgan
edi.
Lekin 2006-yilning 8-martida Argentina prezidenti Nestor Kirshner
narxlarning doimiy oshib borayotganini oldini olish uchun mol go‘shti eksportini
180 kunga ta’qiqlash haqida qat’iy chora qabul qiladi. Ta’qiq “Go‘shtni eksport
sektoridan mahalliy bozorga qaytarib, uni oddiy argentinaliklar bemalol xarid qila
oladigan darajaga tushirish” maqsadida joriy etildi, deb yozgandi o‘shanda The
Economist jurnali. Bu ta’qiq birdaniga ro‘y bermadi, avvaliga hukumat “Go‘sht
hamma uchun” deb nomlangan dastur doirasida go‘sht narxi oshib ketishi
oqibatlarini yumshatish maqsadida Buenos-Ayresda mol go‘shtining o‘ndan ziyod
nomdagi mashhur bo‘laklarini past narxlarda taklif eta boshlaydi. Dasturga ko‘ra,
eksport qilinayotgan har 2,5 tonna go‘shtga, mahalliy bozor uchun eksport
narxining 50 foizi miqdorida 1 tonna go‘sht chiqarilishi kerak bo‘lgan. Shunday
qilib, fermerlar ichki bozorga imtiyozlar taqdim eta boshlashgan. Kutilganidek, bu
dastur mutlaqo samarasiz bo‘lib chiqadi. Bu choralar bilan birgalikda hukumat
eksport bojini 5 foizdan 15 foizga ko‘tarib qo‘yadi, buning oqibatida
argentinaliklarning
go‘shti
eksport
boji
to‘lanmaydigan
Mercosur’dagi
hamkorlariga nisbatan raqobatbardosh bo‘lmay qoladi. Mercosur – janubiy
Amerika savdo bloki bo‘lib, 1991-yil 26-martda Paragvayning Asunsion shahrida
asos solingan, uning to‘liq a’zolari Argentina, Braziliya, Paragvay va Urugvay.
Narxlar prezident kutgan darajaga tushmaydi va 2006-yilning oxirida
hukumat va go‘sht ishlab chiqaruvchilar (shu jumladan, sotuvchilar) o‘rtasida uzoq
muzokaralar boshlanadi. Hukumat yetarli darajada siyosiy va axborot bosimi
o‘tkazib, 2006-yilda 2005-yilga nisbatan eksport hajmini 20 foizga qisqartirish
haqidagi bitimga erishadi, biroq amalda bu yuz bermaydi. Ayanchli oqibatlardan
so‘ng hukumat ta’qiqni yumshata boshlaydi va 26 mayga borib (78 kundan so‘ng)
eksportga ta’qiq olib tashlanadi, buning o‘rniga kvotalar joriy etiladi. 2005–2013
yillar oralig‘ida ta’qiq va keyin joriy etilgan kvotalar natijasida mol go‘shti
eksporti hajmi 76 foizga qisqarib ketadi. O‘z-o‘zidan tushunarliki, bu sektorga
investitsiyalar tiklab bo‘lmas darajada to‘xtaydi, 2006-yildan 2010-yilgacha
qoramollar soni 28 foizga qisqaradi. 2017-yil holatiga berilgan ma’lumotlarga
ko‘ra, eksportga ta’qiq olib tashlanganidan 11 yil o‘tib, qoramollar soni 2006
yildagidan ancha past. Yirik shoxli qoramollar sonining qisqarishi go‘sht narxining
keskin oshishiga olib keladi. Bozor oshib borayotgan talabni qondirishga tayyor
emas edi va narxlarning yanada o‘sishi bilan javob qaytaradi. Boz ustiga,
qandaydir vaqt oralig‘ida Argentina hattoki go‘sht import qila boshlaydi.
Investitsiyalarning to‘xtashi, korxonalarning yopilishi, ish o‘rinlarini
yo‘qotilishi, yo‘ldosh sanoatlarning barbod bo‘lishi – prezident va hukumat
tomonidan qo‘llanilgan, “ijtimoiy yo‘nalgan” ana shunday choralar oqibatlarining
qisqacha ro‘yxati. Sociedad Rural Argentina iqtisodiy tadqiqotlar instituti rahbari
Luis Migel Etcheverening so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil “yo‘qotilgan o‘n yillik”
bo‘lgan,
bu davrda sun’iy arzonlashtirilgan mol go‘shti sohaning
raqobatbardoshligiga putur yetkazgan va yirik shoxli qoramollar sonining 12
million boshga qisqarishiga sabab bo‘lgan. 2017-yil holatiga ko‘ra, Argentinada
go‘sht prezident istaganidek arzon bo‘lib qolmadi, aksincha, bir vaqtlar jahondagi
eng yirik go‘sht eksportchisi esa ro‘yxatda 12-o‘ringa tushib ketdi.
Bu intervensiyaning iqtisodiy oqibatlari mutlaqo halokatli bo‘ldi: faqatgina
mol go‘shti eksportidan yo‘qotishlar milliardlab dollar bilan o‘lchanmoqda.
Iste'molchilarning yo‘qotishlari, ishsizlik va yopilgan korxonalar tufayli ro‘y
bergan yo‘qotishlarni hisoblash qiyinroq. Bu mavzuda bir necha ilmiy maqolalar
e'lon qilingan va ulardagi xulosalar aslo optimistik emas: umumiy iqtisodiyotga
yetkazilgan zarar juda ulkan va tiklanish uchun juda uzoq vaqtni talab etadi. Bu
avantyuraning nufuzga daxl qiluvchi chiqimlari (shartnomalarni bajara olmaslik va
investorlarning puli havoga sovurilishi) ni qoplash uchun argentinaliklarning yana
bir necha avlodi tovon to‘lashadi.
Ushbu keysni misol tariqasida keltirishdan ko‘zlangan maqsad shundan
iboratki, qandaydir cheklovlar, davlatning aralashuvi yoki narxlarning nazorat
qilinishi (bu misolimizda go‘sht ishlab chiqaruvchilar uchun) mamlakat farovonligi
uchun uzoq yillar ayanchli oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Mamlakatimizda
ham so‘nggi vaqtda go‘sht narxining oshib borayotganiga guvoh bo‘layapmiz va
Argentina sabog‘i bu yerda juda muhim. Undan o‘zimiz uchun zarur xulosalarni
chiqarishimiz maqsadga muvofiqdir.
Narxlarni davlat tomonidan tartibga solishda bilvosita usllardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir, bevosita usullardan foydalanish salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin.
Narx siyosati korxonaning bozordagi umumiy siyosatining ajralmas qismi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |