5.4-rasm. Tovarning hayotiylik davri egri chiziqlari turlari.
Fan-texnika
taraqqiyoti natijasida texnologiyalardagi o‘zgarishlar,
iste’molchilar ehtiyojlari, o‘zaro raqobat tufayli firma ishlab chiqarayotgan
tovarlari doirasi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Iste’molchi doimo yangi va
takomillashtirilgan tovarlarga talabgor bo‘ladi va albatta, raqobatchi firma bu
talabni qondirish maqsadida yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun bor
kuchini safarbar etadi. Har bir firma yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish
bo‘yicha o‘z dasturiga ega bo‘lishi kerak.
Narx – bozor mexanizmining muhim tarkibiy elementlaridan biridir. U
oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali
amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning
iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlari boʻyicha
taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi.
Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining
yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Narx – tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi
iqtisodiy dastak. Iqtisodiy ta’limotlar tarixidagi ayrim qarashlarda narxni
qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning
puldagi ifodasi deb qaralgan. XXI asr boshlaridagi nazariyalar narxni pulning
miqdoriy nazariyasi asosida izohlab, narxga xarajatlar, tovarning nafliligi va
raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir
qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga
boʻlgan talab va taklifga bogʻliq. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif,
shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa
olishi, muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, narx
qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday narxning asosi
boʻlib, tovarning hayotiy sikli davomida uning narxidagi oʻzgarishlarga katta taʼsir
koʻrsatadi. Narx miqdori xarajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda,
raqobatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi.
Korxonalarda shakllanayotgan muvozanatli narxlar xo‘jalik nuqtai nazaridan
quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
-
korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash;
-
korxonaning davr va moliyaviy xarajatlarini hamda tasodifiy zararlarini
qoplash;
-
korxonaning kelajakda rivojlanishini ta’minlaydigan miqdorda foyda
keltirish.
Korxonalarda shakllangan narxlar yuqorida keltirilgan xarajatlarni qoplash
imkonini bermasa, oxir-oqibat korxonaning faoliyatida salbiy oqibatlarga olib
keladi. Shu sababli xarajatlarni tejash orqali tannarxni pasaytirish, mahsulot sifatini
yaxshilash orqali narxning yuqoriroq shakllanishiga erishish natijasida olinadigan
yuqoriroq daromad olishni ta’minlash lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida narx quyidagi funksiyalarni bajaradi:
• hisob-kitob va oʻlchov vositasi funksiyasi – narx vositasida qilingan xarajatlar,
olingan natijaning puldagi miqdori aniqlanadi. Xarajatlar mahsulot uchun
ishlatilgan resurslar miqorini uning narxiga koʻpaytirish orqali hisoblanadi;
• ragʻbatlantirish funksiyasi – narxning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini
oʻzgartiradi. Talab narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab
ragʻbatlantiriladi, aksincha, narx oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan
takdirda) taklif ragʻbat oladi. Narxdagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va
isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi;
• raqobat vositasi vazifasi – narx raqobatchini bozordan si-qib chiqarish va
bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqobatchilar narxni
oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali oʻzaro bellashadilar.
Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi;
• iqtisodiyotni tartiblash funksiyasi – narx bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy
dastak hisoblanadi. Narx oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish
kerakligi aniqlanadi. Muayyan tovarlar narxining oshishi ularni koʻplab ishlab
chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, narxning pasayishi tovar ishlab
chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Bu esa
resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishiga, eski soha qisqarib, yangi
sohaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni qayta taqsimlash orqali
iqtisodiyotni tartiblaydi.
• daromadlarni taqsimlash funksiyasi – xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan
daromadlar ular sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga
bevosita bog‘liqdir. Narxlarning o‘zgarishi iqtisodiy ne’matlar sotuvchilari va
xaridorlari turli guruhlarining daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
ko‘rsatadi. Biror mahsulotga bo‘lgan talab oshsa (taklif o‘zgarmay qolgan
darajada), ularning narxi, demak, ularni ishlab chiqaruvchilarning daromadlari ham
ortadi.
Narxlarning shakllanishiga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularning orasida
birinchi o‘rinda korxonaning o‘z faoliyati bilan bog‘liq omillar turadi. Korxona
uchun narx uning daromadi, foydasi manbasi hisoblanadi, u korxonaning savdo
hajmi va uning bozordagi ulushiga, imijiga ta’sir o‘tkazadi. Korxonalar o‘z
tovarlariga narx belgilashdan oldin unga ta’sir etuvchi tashqi omillarni chuqur
tahlil qilishlari zarur. Korxonalarda narxning shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir
ko‘rsatadi:
• mahsulotning bir birligi uchun qilingan xarajatlar. Narx belgilashda tadbirkorlar
ushbu mahsulotning bir birligi (kg, dona, litr, m
2
, metr va hokazo) uchun qilingan
barcha xarajatlarni inobatga oladi. Tadbirkor o‘z mahsuloti narxini quyidagi
formula orqali aniqlaydi:
Narx = To‘liq tannarx + Ustama foyda
Qaysi tadbirkor o‘z mahsuloti tannarxini pasaytirishga erishsa, u raqobatchilariga
nisbatan ko‘proq ustama foydaga ega bo‘ladi yoki raqobatchilariga nisbatan
pastroq narx belgilash orqali bozorning ko‘proq qismini egallash imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Shu orqali korxonaning raqobatbardoshligi ortadi.
Narxning darajasi bozor munosabatlari sharoitida samarali, maqsadga
muvofiq xarajatlarga asoslanadi, ya’ni ular narxning iqtisodiy asosini tashkil etadi.
Har qanday xarajatlar ham samarali hisoblanmaydi. Shuning uchun ma’lum bir
miqdorgacha bo‘lgan, ya’ni maqsadga muvofiq sarflangan xarajatlargina e’tiborga
olinadi. Narx shakllanishida ushbu maqsadga muvofiq xarajatlarga asoslaniladi,
undan yuqori xarajatlarni bozor tan olmaydi. Ya’ni, ishlab chiqaruvchi o‘z
mahsulotining tannarxi yuqoriroq bo‘lganligi uchun uni bozorda shakllangan
narxga nisbatan yuqoriroq narxda sota olmaydi.
Xaridorlar biror mahsulotni xarid qilayotganda sifati bir xil bo’lgan holatda
eng past narxdagisini tanlaydi, ya’ni qaysi korxona mahsulotining tannarxini eng
past darajaga tushira olsa, uning belgilagan narxini tan oladi. Shuning uchun
korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirishga e’tibor berish muhim ahamiyatga
ega.
• bozor konyunkturasi.
Bozor konyunkturasi
–
muayyan davrdagi bozor
holati; bozorda talab va taklif o’rtasida muvozanatning mavjudligi yoki
buzilganligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, bozordagi raqobat darajasi ham
bozor konyunkturasini ifodalovchi ko’rsatkichdir. Shunga koʻra bozor
konyunkturasi ijobiy va salbiy, qulay yoki noqulay boʻlishi mumkin. Bozor
konyunkturasi talabning oshishi bilan xarakterlansa, sotuvchi uchun qulay, chunki
u tovarini qimmatga sotib, qoʻshimcha daromad koʻradi. Agar bozorda taklif oshib
ketsa, konyunktura xaridor uchun qulay boʻladi
–
tovarni arzonga olib, naf koʻradi.
Bozor munosabatlari sharoitida talab va taklif o‘rtasidagi munosabat ham
narx shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil hisoblanadi. Talab qonuniga
ko‘ra, bozorda taklif o‘zgarmagan holda mahsulotga bo‘lgan talab ortsa,
mahsulotning narxi oshadi (5.5-rasm).
a) b)
Dostları ilə paylaş: |