Korxona iqtisodiyoti


-rasm. Sotish harakatlari konsepsiyasi va marketing konsepsiyasining



Yüklə 446,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix16.12.2023
ölçüsü446,71 Kb.
#182155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Korxona iqt 5-mavzu Ma\'ruza matni

5.2-rasm. Sotish harakatlari konsepsiyasi va marketing konsepsiyasining 
farqli jihatlari. 
Bozor - iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro 
tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Bozor 
(market) - keng ma’noda muomala sohasi bo‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari 
va jarayonlari majmuidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab 
chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi.
Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday kelishuvlar 
(shartnomalar) yordamida shu tovarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha munosabatda 
bo‘lishidir. Bozor – tovar xo‘jaligining iqtisodiy kategoriyasi bo‘lib, tovar ishlab 
chiqarish va tovar muomalasi qonunlari asosida tashkil etilgan ayirboshlashdir. 
Boshqacha qilib aytganda, bozor - sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor 
(iste’molchi) o‘rtasida sodir bo‘ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini 
o‘z ichiga oladi.
Bozor turli xil obyektlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol 
tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, 
intellektual bozor va boshqalar shular jumlasidandir.
Bozor – xaridor va sotuvchilar savdo bitimlarini amalga oshirish uchun 
to‘planadigan maxsus joy. Fond birjalari ham bozor hisoblanadi va vositachilar 


orqali harakat qiladi. Xaridor bilan sotuvchilarning uchrashish yo‘llari, shakllari 
ko‘p. Ularning uchrashishida yoki bozor munosabatlarida narx mexanizmi 
markaziy o‘rinda turadi, u talab va taklifni muvozanatga keltiradi. Talab va 
taklifning o‘zaro ta’siri, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish bu 
uzluksiz jarayondir.
Bozorning umumiy holatini o‘rganish zamonaviy marketing tamoyillaridan 
biridir. Bozorni o‘rganishdan asosiy maqsad mavjud vaziyatda uning holatiga 
(konyunkturasiga) baho berish va bozorning rivojlanish istiqbolini, prognozini 
ishlab chiqishdan iborat. Marketing faoliyatida bozorni o‘rganishning asosiy 
elementlaridan biri bozor konyunkturasini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi. XVIII 
asr oxiri va XIX asr boshlarida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat masalasini 
birinchi bor klassik maktabni rivojlantirgan iqtisodchi olim Jon Batist Sey 
o‘rgangan edi. Bozorni kompleks o‘rganish bozor konyunkturasini tahlil qilish, 
bozor sig‘imini aniqlash va uni bozor “ishtirokchilari” orasidagi ulushlarga 
bo‘lishni, ehtiyojlar, xarid talabini tahlil qilishni va xaridorlar muomalasini 
modellashtirishni, aniq muhitni o‘rganishni, marketing kompleksini (tovar, narx, 
savdo joyi va rag’batlantirish) tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
Bozor konyunkturasi – ma’lum davrda shakllangan bozor holati (narxlar 
darajasi, talab va taklif o’rtasidagi munosabat va hokazo). Bozor konyunkturasi – 
ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligi. Bozor konyunkturasi muayyan 
davrdagi bozor holati, bozorda muvozanat (talab va taklifning bir-biriga 
nisbati)ning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra bozor 
konyunkturasi ijobiy yoki salbiy, qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. 
Bozor konyunkturasi – bu aniq vaqt davomida bozorda yuzaga keladigan 
iqtisodiy vaziyat bo‘lib, u talab va taklif orasidagi nisbatni, narxlar darajasini, tovar 
zahiralari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tavsiflaydi. Marketingda esa bozor 
konyunkturasi, deganda belgilangan vaqtda maqsadli bozorda vujudga keladigan 
iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi.
Bozor konyunkturasini o‘rganish zarurati quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
a) odatda, bozorning sig‘imi, segmentlanishi va talab elastikligi o‘zgarib boradi, 
shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim;
b) bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o‘tkazishi sababli ularni alohida 
o‘rganish tegishli samara bermaydi;
d) bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar odatda, retrospektiv xarakterga ega, shu sababli 
rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
Bozorning umumiy holatini o‘rganishda tovarlar va firmalar tarkibi, 
raqobat ustunligi, uning hajmi, geografik joylashuvi va hokazolarga e’tibor 
beriladi. Bozorda kim yetakchilik qilishiga qarab bozorlar “sotuvchi bozori” va 
“xaridor bozori”ga bo‘linadi. “Sotuvchi bozori” - talab taklifdan ko‘p bo‘lgan 


holatda kuzatiladi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa 
faol ishtirokchi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda “pul tovar orqasidan 
yuguradi”. Sotuvchi bozori – bunday sharoitda albatta firma o‘z tovarini sotish 
uchun ko‘p kuch sarflamasligi, o‘z ishlab chiqarish hajmlarini o‘zgartirmasligi, 
mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga, dizayniga e’tibor qaratmasligi mumkin. 
Taklifning talabdan orqada qolishi bozorda raqobatning sustligini ko‘rsatadi. 
“Xaridor bozori” – bunday bozorda taklif talabdan ko‘p, shuning uchun xaridorlar 
(iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar orasidan xohlaganini 
tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridorlar ustunlikka ega bo‘lib 
(xaridortovar narxiga, uning sifatiga, dizayni, foydaliligiga alohida talablar 
qo‘yadi), ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga 
aylanadilar. Bunday holatda “tovar pul orqasidan yuguradi”, ya’ni raqobatning 
mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bunday vaziyatda firma iste’molchilarni chuqur 
o‘rganishi, marketing vosita (instrument)laridan keng foydalanib bozorning ichki 
muhitini, tovarlar assortimentini, narx-navoni o‘rganib raqobat muhitida yangi 
tovarlar va xizmat turlarini ishlab chiqishlari, sotuvni rag‘batlantiruvchi choralar 
qo‘llanishi zarur. Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga 
muvofiq kelishini “muvozanatli bozor” deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni 
ta’minlashning asosiy yo‘llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni talab 
darajasiga yetkazish orqali bozorni to‘yintirish, yetarli darajada mahsulotlar 
zaxirasini barpo etish, xaridorgir mahsulotlar narxini oshirish va aksincha, talab 
uncha mavjud bo‘lmagan mahsulotlar narxini pasaytirish va boshqalar. Talab va 
taklifning har doim mos bo‘lishi, ya’ni bozor muvozanti holati bu real emas. Bozor 
muvozanati ro‘y berganda firma o‘z mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini ushlab 
turishi, mahsulotning raqobatbardoshligini o‘rganishi va shular asosida o‘z 
strategiyasini ishlab chiqishi, muntazam ravishda innovatsion siyosat bilan 
shug‘ullanishi lozim. Bozor konyunkturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u 
sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad ko‘radi. 
Agar bozorda taklif ortiqlik qiladigan bo‘lsa, konyunktura xaridor uchun qulay 
bo‘ladi, tovarni arzonga olib, bundan naf ko‘radi. Bozor konyunkturasi ayrim 
tovarlarga nisbatan ham sodir bo‘lishi mumkin. Bozor konyunkturasi ayrim tovar 
ishlab chiqarilishiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga, narx-navoga, 
modaning o‘zgarishiga qarab har xil bo‘ladi. Butun yig‘ilgan axborotlar uch 
qismga bo‘linadi. Birinchisi, konyunkturaning oldingi davrda tasvirlangan 
ma’lumotlari kirib, hozir ularning hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkinchisi, 
konyunkturaning hozirgi ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga ta’sir ko‘rsata 
olmaydi. Uchinchisi, konyunkturaning kelajakdagi o‘zgarishini aniqlaydi. 
Konyunkturaning tahlili bozorning ayrim tomonini ifodalovchi ko‘rsatkichlarigina 
emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha axborotlar va statistika 


ma’lumotlariga asoslanishi kerak. Bozor konyunkturasini o‘rganish mazmuni va 
tartibi firma tomonidan ko‘zlangan maqsadga bog‘liq bo‘ladi va uch turga 
bo‘linadi: konyunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura 
prognozi.
Konyunktura axborotnomasi – konyunkturaning tahliliy shakli hisoblanadi. 
Bu hujjat bozorning holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to‘g‘risidagi, ularning 
o‘zaro aloqalari hamda konyunkturaning umumiy o‘zgarishini ifodalovchi 
qonuniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning 
tahlilini o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor 
konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta’sir doirasini 
aniqlashga xizmat qiladi.
Konyunktura prognozi - ma’lum obyektning bo‘lajak holatini ilmiy asosda 
obrazini yaratish demakdir. Har qanday mamlakat ichki iqtisodiy holatini va ishlab 
chiqarish istiqbolini belgilashda jahon bozoridagi o‘zgarishlarni aniq tassavur 
qilish va baholay olish, uning progressiv tendensiyalariga mos ilmiy ishlab 
chiqarish omillarini ishga solish obyektiv zaruriyat hisoblanadi.
Konyunktura, deganda ma’lum omillarning ta’siri natijasida vujudga 
keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o‘zgarishi 
konyunkturaning o‘zgarishiga olib keladi. Bozordagi har qanday vaziyat turli 
omillar ta’siri ostida o‘zgaradigan ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan tavsiflanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi va ichki omillarning ta’siri ostida firmalar 
faoliyatidagi tendensiyani, ya’ni uning kelajakdagi rivojlanishi va bozordagi 
holatini aniqlash marketing tadbirlarining muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Bozor istiqboli eksport yoki import mahsulotlari, bozordagi narxlar va 
boshqalar shaklida ishlab chiqilishi mumkin. Ular 3-5 yilgacha va uzoq 
muddatlarga aniqlanishi mumkin. Istiqbolni aniqlash usuli uning maqsadiga, 
istiqbolni ko‘rish darajasini o‘rganishga, axborot ta’minotiga va boshqa shartlarga 
bog‘liq. Istiqbolni aniqlash uchun statistik ma’lumotlar bilan ta’minlanadi. 
Istiqbolni belgilash usullari turli mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi. Natijalarni berish 
shakliga qarab istiqbol ko‘rsatkichlari miqdoriy va sifat ko‘rinishida bo‘lishi 
mumkin. Muddatiga qarab qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli istiqbol 
ko‘rsatkichlari bo‘ladi. Istiqboli belgilanayotgan obyekt hajmiga qarab umumiy 
(respublika iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlari) va xususiy (alohida bir tarmoq, 
infrastruktura, 
yirik 
kompaniya 
uchun). 
Istiqbolni 
belgilash 
usullari 
qo‘llanilishining amaldagi samaradorligi - bozor hajmini aniqlash, tashqi 
omillarning turli ko‘rsatkichlarga ta’sirini belgilash, bu omillarning bozor holatiga 
va dinamikasiga, konyunkturaga ta’sirini o‘rganish istiqbol ko‘rsatkichlarini 
alternativ tahlil qilishga imkon beradi. Iqtisodiy bashoratlashda ko‘pincha, ekspert 


baholash usuli masalan, Delfi usuli qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan 
iboratki, ekspertlar guruhi o‘z kuzatishlari, tahlillari asosida u yoki bu muammo 
bo‘yicha istiqbol ko‘rsatkichlarini isbot - dalil (argumentli fakt) larga asoslanib 
baholaydilar. Umumiy fikrlar- bozor, uning holati, rivojlanishi, raqobatning 
kuchayishi, yangi bozor segmentlarining paydo bo‘lishi kabilar haqida ekspert 
xulosalari qilinadi. So‘ngra ekspertlar xulosalari natijalari yana maxsus standart 
dastur (kompyuter dasturi) yordamida tahlil qilinadi. Natijalar qaror qabul qiluvchi 
mas’ul shaxsga topshiriladi.
Bozor holatining kelajagini bashoratlashda ekspert usuli qo‘llanilib, unda 
quyidagi vazifalar hal qilinishi mumkin:
− talabning o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan hajmini aniqlash;
− keng assortimentdagi mahsulotlar uchun qisqa muddatga mo‘ljallangan talab 
hajmi;
− yangi tovarlarga talabning shakllanishini baholash;
− iste’molchilarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabatining bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan talab hajmini aniqlash;
− bozordagi raqobatni baholash;
− firmaning bozordagi holatini aniqlash va boshqalar. 
Ekspert usuli nisbatan sodda va to‘liq axborot bazasi bo‘lmaganda ham undan 
foydalanish mumkin. Bu usulning yana bir yaxshi tomoni u orqali bozorga tegishli 
sifat ko‘rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin, masalan, bozorda ijtimoiy –siyosiy 
holatning o‘zgarishi, ekologiyaning ishlab chiqarishga va mahsulotlarni iste’mol 
qilishga ta’siri kabilarni aniqlash mumkin. Bu usulning afzalliklari bilan birga 
kamchiliklari ham mavjud, ya’ni ekspertlar fikrining subyektivligi, ular fikr–
mulohazalarining cheklanganligi. Delfi usulida ekspertlar xulosasi yozma ravishda 
har bir ekspertdan bir necha bosqichda olinib, keyin bir xulosaga kelinadi. 1-3 yil 
va uzoq muddatga mo‘ljallangan prognozlarda bu usul bilan qilingan natijalar 
o‘zini oqlagan.
Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma’lum davr ichida oldindan ko‘rish 
va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Bunda konyunkturaga 
ta’sir o‘tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e’tibor 
qaratiladi. Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyunktura 
prognozida amalga oshiriladi hamda raqobatchi tovarlar, o‘rnini bosuvchi tovarlar 
va to‘ldiruvchi tovarlarning o‘zaro muvozanatini aniqlashga qaratiladi. Bunday 
raqobatni baholash uchun marketingning bozorni o‘rganish usullaridan keng 
foydalaniladi. Bozor konyunkturasini o‘rganishning sotuvchi va ishlab 
chiqaruvchilar uchun zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi 
yo‘nalishda rivojlantirish va qanday sotish siyosatini qo‘llash bo‘yicha aniq va 
ishonchli axborotga ega bo‘lishda namoyon bo‘ladi.



Yüklə 446,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin