elementning kirish qismiga uzatiladi, element o‘chib yonadi va B elementning
chiqishida Q=1 o‘rnatiladi, shundan so‘ng trigger 0 holatga o‘tadi.
Shunday qilib, triggening bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishida uning elementlari
ham birin – ketin o‘tadi va o‘tish vaqti YOKI-YO‘Q mantiqiy elementda signal
tarqalishining ikkilangan o‘rtacha ushlanish vaqtiga teng: t
n
=2t
з
. Ravshanki,
t
n
qancha kichik bo‘lsa, trigger vaqt birligi ichida shuncha kam o‘chib yonishni
amalga oshiradi, ya’ni, o‘chib yonishning mumkin bo‘lgan chastotasi shuncha
yuqori, boshqacha aytganda, triggerning tezligi yuqori bo‘ladi.
Triggerning kirish qismiga S=1 ni uzatishda uni 1 holatga o‘rnatish yuqoridagiga
o‘xshash bajariladi.
Ikkita R va S kirish qismiga ham man.1 aktiv darajani bir vaqtda uzatish mumkin
emas, chunki, bunda ikkita kirish qismida ham man. 0 daraja o‘rnatiladi, kirish
qismlaridan aktiv mantiqiy darajalarni olingandan keyin, triggerning holati noaniq
bo‘lib qoladi; tasodifiy sabablarga ko‘ra trigger yoki 0 holatga, yoki 1 holatga
o‘rnatilishi mumkin. 3.10b rasmda asinxron RS triggerning shartli belgilashlari
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: