21-variant 1.
Binar birikma- 2xil element atomidan iborat modda CO2 , FeO, NaCl.Elеmеntlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmasi oksidlar yoki biri
kislorod bo‘lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar
oksidlar dеyiladi. Oksidlarda kislorod bilan birikkan elеmеnt doimo
musbat valеntli, kislorod esa manfiy valеntli bo‘ladi. (F
2
O dan boshqa birikmalarda). Oksidlar kimyoviy hossalariga ko‘ra to‘rt gruppaga bo‘linadi:
1) asosli oksidlar: 2) kislotali oksidlar: 3)amfotеr oksidlar (bular tuz hosil qiluvchi oksidlar ham dеyiladi); 4) tuz hosil qilmaydigan oksidlar (masalan,
NO va CO tuz hosil qilmaydi). Ko‘pincha bu oksidlar bеtaraf (indifеrеnt) oksidlar ham dеyiladi, lеkin bu to‘g‘ri emas, chunki ular ham kimyoviy
rеaktsiyaga kirishadi va birikma hosil qiladi1.
Ikki komponentli sistemalar , qoʻsh sistemalar, binar sistemalar — ikki mustaqil tarkibiy qism
(komponent)dan iborat fizik-kimyoviy sistemalar. I.k.s.ni oʻrganish komponentlarning bir-biriga qanday taʼsir koʻrsatishini aniqlashga yordam
beradi. Bu oʻzaro taʼsir holat diagrammasi orqali ifodalanadi. Diagrammaning absissalar oʻqiga komponentlarning konsentratsiyasi (miqdori),
ordinatalar oʻqiga fazaviy oʻzgarishlar temperaturasi qoʻyiladi. Oʻzaro taʼsiriga qarab, komponentlar suyuq va qattiq holatlarda birbirida har qan-day
nisbatda eriydigan yoki shu holatlarda maʼlum chegaragacha eriydigan, kimyoviy birikmalar hosil qiladigan, suyuq holatda bir-birida erimaydigan
yoki qisman eriydigan sistemalarni tashkil etadi.Komponentlar (termodinamika va kimyoda), mustaqil komponentlar — termodinamik sistemani
tashqil etadigan, kimyoviy jihatdan individual hisoblanadigan moddalar. Komponentlar deganda sistemani tashqil etadigan moddalarning umumiy
soni emas, balki uning har qanday fazasining tarkibini ifodalash uchun yetarli boʻlgan moddalar soni tushuniladi. Mas, kalsiy oksid (SaO) va karbonat
angidrid (SO2)dan tashqil topgan sistemada SaO + SO2 ^± SaSO, reaksiyasiga muvofiq kalsiy karbonat (SaSO2) hosil boʻladi. Bu sistemada SaO
va SO, mustaqil Komponentlar, SaSO3 esa shu Komponentlarning birikish mahsulidir.Konsentratsiya [lot. con (cum) — birga va centrum — markaz]
— biror narsaning muayyan joyda toʻplanishi. K i m yo d a — eritma yoki erituvchining maʼlum ogʻirlik miqdori yoki hajmida erigan modda miqdori.
K. bir necha xil ifodalanadi: ogʻirlik K., atom K., hajmiy K., protsentli K., normal K., molyar K., mol nisbat, mol protsent. Ogʻirlik K. — eritmadagi
modda ogʻirlik miqdorining eritma umumiy ogʻirlik miqdoriga nisbatini, atom K. eritmadagi moddalar gramm-atomlar sonining eritmadagi umumiy
gramm-atomlar soniga nisbatini, hajmiy K. eritmadagi modda hajmining eritma umumiy hajmiga nisbatini koʻrsatadi. Protsentli K. 100 g eritmada
erigan moddaning g hisobidagi miqdorini, normal K. 1 l eritmada erigan moddaning gramm-ekvivalentlar sonini, molyar K. 1 l eritmada erigan
moddaning gramm-molyar sonini, molyal K. 1000 g erituvchida erigan moddaning molyar sonini koʻrsatadi
2.