Fitoterapiya


 Nafas a‟zolariga ta‟sir etadigan dorivor



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32

11.2. Nafas a‟zolariga ta‟sir etadigan dorivor  
o„simliklar va ularning preparatlari 
1. Andiz.  Devyasil  (Inula L.). 
Tibbiyot va xalq tabobatida andizning bir necha turidan foydalaniladi. Bulardan qora andiz-
devyasil  visokiy  (Inula  helenium  L.),  sariq  andiz-  devyasil  krupniy  (Inula  grandis  Schrenk.), 
Britaniya  andizi  (chachalbosh)-devyasil  britanskiy  (Inula  britannica  L.)va  boshqalarni  aytib 
o„tish mumkin. 
qora andiz bo„yi 150 sm gacha bo„lgan ko„p yillik o„t  o„simlikdir. 
U  tog„li  erlarda,  tog„  etaklarida,  tekisliklarda,  cho„l  va  o„rmon-cho„l  xududlaridagi 
o„tloqlarda, butalar orasida, tepaliklarning pastki qismida, suv bo„ylarida va boshqa nam erlarda 

77 
 
o„sadi.    O„zbekistonda  Toshkent,  Samarqand,  Jizzax,  Andijon,  Namangan,  Farg„ona, 
Surxondaryo  va  qashqadaryo  viloyatlarrining  tog„li  tumanlarida,  tog„  etaklaridan  tog„larning 
o„rta qismigacha bo„lgan nam erlarda,  to„qayzorlarda, daryolar, vodiylarda va chakalakzorlarda 
o„sadi. 
Tibbiyotda andiz turlarini ildizpoya va ildizdan foydalaniladi.  
Andiz  antiseptik,  yallig„lanishga  qarshi  va  organizmdan  gijjalarni  haydash  xossasiga  ega. 
Andiz qadimdan tabobatda ishlatilib kelingan dorivor vosita bo„lib, Ibn Sino uni o„z vaqtida turli  
kasalliklarda, jumladan ko„krakni tozalovchi va balg„am ko„chiruvchi vosita sifatida qo„llagan. 
Xalq tabobatida hozir ham ildizpoya va ildizidan tayyorlangan qaynatma o„pka sili va nafas 
yo„llarining  shamollash  kasalliklarida  balg„am  ko„chiruvchi,  isitmada  haroratni  pasaytiruvchi 
hamda  siydik  va  gijja  haydovchi  dori  sifatida  ishlatiladi.  YAralar,  jarohatlar,  ekzema,  qo„tir  va 
terining  boshqa  kasalliklariga  davo  qilishda  ularning  ildizpoya  va  ildizidan  tayyorlangan 
qaynatma shimdirilgan doka yaraga quyiladi. 
Sariq  andiz  farmastevtika  institutining  farmakognoziya  kafedrasida  prof.  A.YO.YOqubov 
tomonidan o„rganilgan va amaliyotda tatbiq etilgan. 
Tibbiyotda  andiz  ildizpoyasi  va  ildiz  qaynatmasi  (10g-200  ml)  nafas  yo„llarining 
yallig„lanishi kasalliklarida balg„am ko„chiruvchi dori sifatida xamda me‟da- ichak kasalliklariga 
davo  qilish  uchun  qo„llaniladi.  qaynatma  yo„talni  qoldirish  va  balg„am  ko„chiruvchi  vosita 
sifatida kuniga 3-4 maxal ovqatdan 20 daqiqa oldin 1 osh qoshiqdan iste‟mol qilinadi.  
2. Afsanak. Termopsis  (Thermopsis R.Br.). 
Afsanakning  bir  necha  turlari  ishlatiladi:  nashtarsimon    afsanak  (Thermopsis  lanceolata 
R.Br.).  Ketma-ket  gulli  afsanak  (Thermopsis.alterniflora  Rgl.  et  Schmalh),  Turkiston  afsanagi 
(Thermopsis turkestanica Gand.). 
Nashtarsimon  afsanak  ko„p  yillik,  bo„yi  10-14    sm    keladigan  o„t  o„simlik.  Turkiston 
afsanagi  bo„yi  balanligi,  sershoxligi  bilan  ajralib  turadi.  Nashtarsimon  afsanak  qozog„istonda, 
Ukrainada, Rossiyaning Evropo qismida va O„rta Osiyoda uchraydi. Turkiston afsanagi, ketma-
ket gulli afsanak ¶arbiy Tyanshan tog„larida, Toshkent viloyatining tog„li tumanlarida o„sadi va 
mahsulot tayyorlanadi. 
Afsanakning  urug„i  tarkibida  2-3%  alkaloid  (sitizin)    va    boshqa  moddalar  bor. 
O„simlikning er ustki qismida 0,5-3,6%  alkaloidlar (termopsin, paxikarpin va b.) mavjud. Ushbu 
alkaloidlarning  farmakologik  xossasi  balg„am  ko„chiruvchi  ta‟sirdir,  sitizin  alkaloidi  esa  nafas 
markazini qo„zg„atuvchi ta‟sirga ega. O„simlikdan tayyorlangan  galen preparatlari (damlama va 
qaynatmalar)  nafas  markazini  qo„zg„atadi,  qusish  markazini  jonlantiradi.  Termopsis  yaxshigina 
balg„am  ko„chiradi.  CHunki bronx shilliq pardasidagi bezlarning ishini ko„chaytirib balg„amni 
suyultiradi,  kipriksimon  epiteliy  xarakatini  tezlashtiradi  va  balg„am  ajralib    chiqishini 
engilashtiradi. SHu sababli o„simlikning er ustki qismidan tayyorlangan fitopreparatlar surunkali 
bronxitlarda keng miqyosda ishlatiladi. 
Farmastevtika  institutining  farmakognoziya  kafedrasida    S.V.Teslov  tomonidan 
respublikamizda o„sadigan afsanakning uch turi o„rganilgan. Ularda ham yuqorida qayd etilgan 6 
alkaloid  borligi  aniqlangan.  Bular  ham  nashtarsimon  afsanak  bilan  bir  qatorda  balg„am 
ko„chiruvchi dorivor o„simlik sifatida tavsiya etilgan. 
Afsanak  turlaridan  sof  holdagi  alkaloidlarni  O„simlik  moddalari  kimyosi  institutida  akad. 
S.YU.YUnusov va Z. P.Pakudinlar ajratib olganlar. 
Afsanak  kukun,  tabletka  (0,01-0,05),  quruq  ekstrakt  va  damlama  (0,6  -  180  ml)  holida 
tavsiya etiladi. YO„talga qarshi tabletkada 0,01 termopsis o„ti va 0,25 natriy gidrokarbonat  bor. 
YO„talga  qarshi  quruq  mikstura  tarkibida  0,6  g  termopsis  quruq  ekstrakti,  2  g  qizilmiya  ildizi 
ekstrakti,  2  g  gidrokarbonat  natriy,    benzoat  natriy  va  ammoniy  xlorid,  0,05g  arpabodiyon  efir 
moyi bor. 
3. Anissimon arpabodiyon. Anis obiknovenniy   (Anisum vulgare Gaerthn.).  
Arpabodiyon - bir yillik, bo„yi 30-60 sm ga etadigan o„t o„simlik. Arpabodiyonning vatani 
Turkiya  hisoblanadi.  O„zbekistoning  deyarli  ko„pchilik  tumanlarda  ziravor  o„simlik  sifatida 

78 
 
o„stiriladi. Dorivor mahsulot sifatida Voronej, Belgorod viloyatlari hamda Ukraina va SHimoliy 
Kavkazda ekiladi. 
Tibbiyotda  arpabodiyonning  mevasi  va  undan  olinadigan  efir  moyidan  dorivor  vosita 
sifatida foydalaniladi. 
Ibn Sino arpabodiyon  mevasini  nafas  olish  qiyinlashganda uni  engillashtirish uchun, jigar 
(o„t  haydovchi  vosita  sifatida)  va  buyrak  (siydik  haydovchi  vosita  sifatida)  kasalliklarni  
davolashda hamda terlatuvchi dori sifatida qo„llagan. 
Xalq  tabobatida  arpabodiyon  mevasining  damlamasi  terlatuvchi,  chanqoqni  bosuvchi, 
siydik va o„t xaydovchi, ishtaha ochuvchi vosita sifatida hamda ayrim me‟da-ichak kasalliklariga 
davo qilish uchun qo„llaniladi. 
Ilmiy  tibbiyotda  arpabodiyon  mevasi  va  undan  olingan  efir  moyining  dorivor  preparatlari 
bronxit  kasalligida  balg„am  ko„chiruvchi  hamda  ichak  faoliyatini  yaxshilovchi,  el  haydovchi 
(qorin dam bo„lganida ) dori sifatida qo„llaniladi. 
 Arpabodiyon  efir  moyi  kukrak  shamollab  og„riganida  va  balg„am  ko„chiruvchi  vosita 
sifatida ishlatiladigan ko„krak eleksiri, novshadil  - arpabodien tomchisi tarkibiga kiradi. Mevasi 
ich  yumshatuvchi  (surgi),  balg„am  ko„chiruvchi,  ko„krak  og„rig„ida  ishlatiladigan  yig„ma  - 
choylar tarkibiga kiradi. 
4. Gulxayri. Altey (Althaea). 
Tibbiyotda  gulxayrining 2 turi: dorivor  gulxayri  - altey lekarstvenniy  (Althaea  officinalis 
L.)  va  arman  gulxayrisi  -  altey  armyanskiy  (Althaea  armeniaca  Ten.)  dorivor  vosita  sifatida 
ishlatiladi. 
Dorivor gulxayri - bo„yi 1,5 m gacha bo„ladigan ko„p yillik o„t o„simlik. Gulxayrining bir 
qancha turi bo„lib, ular o„tloqlarda, to„qayzorlarda, soylarda, botqoqliklarda, begona o„t sifatida 
ekinlar  orasida,  bog„larda  hamda  tog„larning  o„rta  qismigacha  bo„lgan  yon  bag„irlarida  va 
boshqa  nam  erlarda  o„sadi.  O„zbekistonning  deyarli  hamma    viloyatlari  to„qayzorlarida,  tog„li 
tumanlarining  nam  erlarida  gulxayri  turlarini  uchratish  mumkin.  Tibbiyotda  gulxayrining  har 
ikkala  turi  ildizidan  va  bargidan  bir  xilda  foydalaniladi.  Tarkibida  11%  shilliq  moddalar,  37% 
kraxmal va boshqa moddalar bor.  
Gulxayri  qadim  zamonlardan  beri  xalq  tabobatida  turli  kasalliklarni  davolashda  ishlatilib 
kelingan  dorivor o„simliklardan.  Ibn  Sino uning ildizidan,  bargidan  va urug„idan tayyorlangan 
damlama bilan yo„tal, qon tupurish, zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan hamda balg„am 
ko„chiruvchi va shishlarni qaytaruvchi vosita sifatida ishlatgan. 
Hozirgi  vaqtda  ham  gulxayri  ildizidan  tayyorlangan  damlama  xalq  tabobatida  yo„tal, 
ko„kyo„tal, o„pka shamollashi, nafas qisishi, tomoq yallig„lanishi, ko„krak og„rishi xastaliklarida 
yumshatuvchi, og„riq qoldiruvchi sifatida qo„llaniladi. 
Tibbiyotda  gulxayri  ildizining  dorivor    preparatlari  (damlama,  quruq  ekstrakt,  sharbat) 
nafas  yo„llari  kasalliklarida  (ayniqsa  bolalarning  nafas  yo„llari  yallig„lanishiga  qarshi)  va 
yallig„lanishda  balg„am  ko„chiruvchi  hamda  me‟da-ichak  kasalliklarida  (ich  ketganda)  o„rab 
oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. 
Gulxayraning  mayda  kesilgan  ildizi  nafas  yo„llari,  ko„krak  kasalliklarida  qo„llaniladigan 
balg„am ko„chiruvchi turli yig„ma-choylar tarkibiga kiradi. 
5. Dalachoy. Zveroboy  (Hypericum  perforatum L.). 
Tibbiyotda dalachoyning 3 turidan foydalaniladi. Teshik dalachoy (Hypericum  perforatum 
L.  ),  dag„al  dalachoy  (Hypericum    scavrum  L.)  va  dog„li  dalachoy  (Hypericum    maculatum 
Grantz.)   
Teshik dalachoy-bo„yi 100 sm gacha (ko„pincha 30-35 sm) bo„lgan ko„p yillik o„t o„simlik. 
Dalachoy  keng  tarqalgan  o„simliklardan  bo„lib,  u  yo„l  yoqalarida,  ariq  bo„ylarida,  o„tloqlarda, 
o„rmonlarda,  o„rmon  chetlarida,  bo„talar  orasida,    bedazorlarda,  bog„larda,  sug„oriladigan  va 
boshqa  nam  erlarda,  tog„larning  etaklaridan  to  o„rta  qismigacha    bo„lgan  mayda  tosh-tuproqli 
joylarda o„sadi. O„zbekistonning hamma viloyatlarida uchraydi. 
Dorivor gulxayri (Althaea officinalis L.) 
Teshik dalachoy  (Hypericum perforatum L.) 

79 
 
Tarkibida oshlovchi moddalar, antrasten unumlari, flavonoidlar va boshqa moddalar bor. 
Ibn Sino  dalachoyni  og„riq  qoldiruvchi,  siydik  haydovchi  vosita  sifatida  va turli  yaralarni 
davolash uchun ishlatgan. 
Xalq  tabobatida  dalachoy  er  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  asosan  me‟da-ichak  
kasalliklari (ich ketish) ni davolash va qon oqishni to„xtatish uchun qo„llaniladi. 
Ilmiy  tibbiyotda  dalachoy  er  ustki  qismining  dorivor  preparatlari  (damlama,  suyuq 
ekstrakt)  og„iz  bo„shlig„ining  yallig„lanish  kasalliklarida  (gingivit,  stomatit)  va  tomoq 
yallig„lanishida  og„iz  va  tomoqni  chayish  hamda  me‟da-ichak  kasalliklarida  (kolit,  ichburug„) 
ichish uchun ishlatiladi. 
Kuygan  joyni  va  yaralarni  davolash  uchun  dalachoy  er  ustki  qismidan  tayyorlangan 
novoimanin  preparati  qo„llaniladi.    Bu  preparat  eritmasi  og„iz  va  tomoqni  chayish  uchun  xam 
ishlatiladi. 
Dalachoy  er  ustki  qismi  og„iz  va  tomoqni  chayish,  me‟da-ichak  va  boshqa  kasalliklarni 
davolash uchun ishlatiladigan turli yig„ma-choylar tarkibiga kiradi. 
Xalq tabobatida yuqorida ko„rsatilgan kasalliklarga davo   qilish uchun dalachoyning yana 
ikki turi: dag„al dalachoy va cho„ziqbarg dalachoy er ustki qismlaridan tayyorlangan damlamalar 
ham ishlatiladi.  Bu turlarining ta‟siri teshik dalachoy bilan bir xil. 
Dag„al  dalachoy  er    ustki    qismini    tibbiyotda  teshik  dalachoy  o„rnida  ishlatishga 
O„zbekiston Farmakologik qo„mitasi ruxsat etgan. 
6. Katta  zubturum.  Podorojnik bolshoy (Rlantago major L.) 
Ko„p  yillik,  kalta  va  yo„g„on  ildiz  poyali  o„t  o„simlik.  Sobiq  Ittifoqning  hamma 
hududlarida o„sadi. O„simlikning tarkibida aukubin glikozidi, flavonoidlar va b. moddalar bor. 
Bargidan  tayyorlangan  damlama  balg„am  ko„chiruvchi  dori  sifatida  quruq  yo„tal  bilan 
o„tadigan bronxitlarda tavsiya etiladi. 
quritilgan barglari briket holida chiqariladi. 
7. Oddiy maymunjon. Malina  obiknovennaya (Rubus idaeus L.) 
Oddiy maymunjon bo„yi 1-2 m etadigan yarim bo„ta. Oddiy maymunjon o„rmon va o„rmon 
cho„l  hududlarida,  nam  va  tog„li  erlarda  o„sadi.  Nordon-shirin,  foydali  mevasi  uchun  ko„plab 
o„stiriladi.  Jumladan,  O„zbekistonning  ko„pchilik  tumanlarida  maymunjon  ilgaridan  o„stirilgan. 
Tibbiyotda maymunjonning mevasi qo„llaniladi. Etilib pishgan mevalar yig„ib olinib, ochiq erda 
qo„yoshda quritiladi. 
Mevasida  10-12%  glukoza,  fruktoza,  organik  kislotalar,  vitaminlar  va  boshqa  moddalar 
bor. 
Xalq  tabobatida  quritilmagan  va  quritilgan  meva    damlamasi    shamollash  kasalliklarida 
terlatuvchi,  isitma  tushiruvchi,  balg„am  ko„chiruvchi  dori  sifatida  hamda  ishtaxa  ochish,  ovqat 
hazmini  yaxshilash,  qon  oqishini  (me‟dadan  ,ichakdan,bachadondan)  to„xtatish  uchun 
qo„llaniladi. 
Katta zubturum (Plantago major L.) 
Ilmiy  tibbiyotda  quritilgan  mevasidan  tayyorlangan  damlama    turli  shamollash 
kasalliklarida  terlatuvchi  hamda  engil  siydik  haydovchi  dori  sifatida  ishlatiladi.  Oddiy 
maymunjonning quritilgan mevasi terlatuvchi yig„ma - choylar tarkibiga kiradi. 
8. Dorivor marmarak. SHalfey  lekarstvenniy  (Salvia officinalis L.) 
Dorivor marmarak - bo„yi 20-50 sm bo„ladigan yarim bo„ta.  Vatani O„rta dengiz bo„yidagi 
davlatlar,  Moldova,  Ukraina,  O„rta  Osiyo  respublikalarida,  Krasnodar  o„lkasi  va  qrimda 
o„stiriladi.    Tibbiyotda  dorivor  marmarak  bargidan  foydalaniladi.  Marmarak  bargi  o„simlik  
gullashidan to mevasi pishib to„kilguncha 3-4 marta yig„ib olinadi va soya erda quritiladi. 
Tarkibida efir moyi, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, alkaloidlar, vitaminlar va boshqalar 
bor. 
Dorivor  marmarak  bargidan  tayyorlangan  damlama  burushtiruvchi  va  antiseptik  vosita 
sifatida yuqori nafas yo„llari yallig„langanda,  tomoq va og„izni chayish uchun ishlatiladi. 
Marmarak bargi tomoq og„riganda tomoqni chayishga,  me‟da kasalliklarida (ich ketganda) 
ichishga ishlatiladigan  yig„ma  choylar  tarkibiga kiradi. 

80 
 
9. Dorivor moychechak. Romashka  aptechnaya (Matricaria  chamomila L.) 
Dorivor  moychechak-bo„yi    15-40    sm    gacha    etadigan    bir  yillik  o„t  o„simlik.  Dorivor 
moychechak  o„tloqlarda,  yo„l  yoqalarida,  begona  o„t  sifatida  ekinzorlarda  va  boshqa  erlarda 
o„sadi. Asosan Rossiya,  Kavkaz, qrim, Ukraina va qisman O„rta Osiyoda uchraydi. 
Tibbiyotda dorivor moychechak gulidan foydalaniladi. 
Tarkibida efir moyi, shilliq modda, flavonoidlar va boshqalar bor. 
Dorivor  moychechak  gulidan  tayyorlangan  damlama  yumshatuvchi,  antiseptik  va 
yallig„lanishga  qarshi  dori  sifatida  og„iz  va  tomoq  shilliq  pardalari  yallig„langanda  og„iz  va 
tomoqni chayish uchun, me‟da-ichak va ginekologiya kasalliklariga davo qilishda qo„llaniladi. 
Moychechak gullari tomoq chayishda va me‟da kasalliklarida ishlatiladigan yig„ma-choylar 
tarkibiga kiradi. 
10. Oddiy oqqaldirmoq. Mat-i-machexa  (Tussilago farfarae L.) 
Oqqaldirmoq  (ko„ka)-bo„yi  5-25  sm  bo„ladigan  ko„p  yillik  o„t    o„simlik.  Oqqaldirmoq 
Rossiyaning  yuvropa  qismi,  Belarus,  Ukraina,  Kavkaz,  Sibir,  qozog„iston  va  O„rta  Osiyoning 
o„rmonlarida, jarliklarida, g„orlarda, tog„li erlarda, kichik daryolar  va ariq  bo„ylarida va  boshqa 
nam erlarda o„sadi. 
Tibbiyotda  oqqaldirmoqning  bargidan  foydalaniladi.  Tarkibida  tusilyagin  va  boshqa 
achchiq    glikozidlar,  saponinlar,  inulin,    shilliq  va  b.  moddalar  bor.  Abu  Ali  ibn  Sino 
oqqaldirmoq  bargining  damlamasini  ko„krak  og„rig„i,  nafas  olishning      qiyinlashishi 
kasalliklarida,  nafas  yo„llari  yallig„langanda  va  yo„talda  balg„am  ko„chiruvchi,  isitmada 
terlatuvchi hamda istisqo kasalligida siydik hamda o„t haydovchi dori sifatida, barg shirasini esa 
o„pka sili,  bezgak va yaralarga davo qilishda qo„llangan. 
 Xalq  tabobatida  oqqaldirmoq  bargidan  (gulidan  ham)  tayyorlangan  damlama  (yoki 
qaynatma)  bilan  yuqori  nafas  yo„llari  yallig„lanishi  hamda  me‟da-ichak,  buyrak  va  siydik  yo„li 
kasalliklari  davolanadi.  Damlama  iliq  holida  balg„am  ko„chiruvchi  vosita  sifatida  kuniga  2-3 
marta ovqatdan bir soat oldin yarim stakandan (chayqatib turib) ichiladi. 
 Tibbiyotda  oqqaldirmoq  bargining  damlamasi  yumshatuvchi,  balg„am  ko„chiruvchi  va 
yallig„lanishga  qarshi  dori  sifatida  bronxit,  laringit  va  o„pka  shamollashi  kasalliklarida 
ishlatiladi. 
 Oqqaldirmoq  bargi    ko„krak    (nafas    a‟zolari)  kasalliklarida  ishlatiladigan  terlatuvchi 
yig„ma-choylar tarkibiga kiradi. 
11. Tog„rayxon . Dushista  (Origanum L.) 
Tog„rayxonning  2  turidan  tibbiyotda  foydalaniladi:  Oddiy  tog„rayxon  (Origanum  vulgare 
L.) va maydagul tog„rayxon (Origanum tytthanthum Ganstch).  
Oddiy  tog„rayxon  -    bo„yi    30-60    sm  ga  etadigan  ko„p  yillik  o„t  o„simlik.  Tog„rayxon 
quruq, ochiq o„tloqlarda,  quruq o„rmon va o„rmon  chetlarida, tepaliklar, qiyaliklar, toshloqlarda 
va  bo„tazorlarda  o„sadi.  U  asosan  Rossiyaning  yuvropa  qismida,  Kavkaz,  Sibirning  janubida 
xamda qisman qozog„iston va  qirg„izistoning ayrim tumanlarida uchraydi.  O„zbekistonda oddiy 
tog„rayxon  o„smaydi,  lekin  shu  o„simlik  bilan  birga  ishlatishga  ruxsat  etilgan  boshqa  turi  - 
mayda gulli tog„rayxon O„zbekistoning tog„li tumanlarida viloyatlarga tog„larning pastki va o„rta 
qismidagi mayda toshli qiyaliklarda o„sadi. Tarkibida  efir  moyi, oshlovchi va boshqa  moddalar 
bor. Tibbiyotda tog„rayxonning er ustki qismidan foydalaniladi. Xalq tabobatida tog„rayxonning 
er  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlamasi  nafas  qisishi,    o„pka  sili  va  bronxit  kasalliklarida 
yo„talni  to„xtatuvchi,  balg„am  ko„chiruvchi  va  terlatuvchi  dori  sifatida  hamda  me‟da-ichak 
kasalliklarida    (ichakning    zaiflashishi)    ishtaha  ochuvchi  va  ovqat  hazm  qilishni  yaxshilovchi 
dori sifatida ishlatiladi. 
Tibbiyotda  tog„rayxon  er  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  nafas  yo„llarining 
shamollash  va  yallig„lanish    kasalliklarida  balg„am    ko„chiruvchi,  terlatuvchi,  me‟da-ichak 
xastaliklari  davolash  uchun  va  ishtaha  ochuvchi,  ovqat  hazm  bo„lishini  yaxshilovchi  hamda 
siydik va el haydovchi dori sifatida qo„llaniladi. 
Tog„rayxon er  ustki qismi ko„krak kasalliklarida ishlatiladi va terlatuvchi yig„ma - choylar 
tarkibiga kiradi. 

81 
 
12. O„rmon tugmachaguli. Malva lesnaya (Malva  silvestris l.) 
O„rmon  tugmachaguli  -  bo„yi  25-100sm  gacha  etadigan  bir    yillik    o„t  o„simlik. 
Tugmachagul  begona  o„t  sifatida  sug„oriladigan  erlarda,    bog„larda,  ekinzorlarda,  axoli 
yashaydigan joylar va boshqa nam  erlarda o„sadi. U asosan Rossiyaning yuvropa qismi, Kavkaz 
va O„rta Osiyoda tarqalgan. O„zbekistoning Toshkent viloyatida uchraydi. 
Tibbiyotda  tugmachagulning  guli,  qisman  bargi,  kamdan  -  kam  urug„i  qo„llaniladi.  Xalq 
tabobatida bargi va gulidan qand qo„shib tayyorlangan damlamasi nafas yo„llari yallig„langanda 
va  shamollaganda  yumshatuvchi,  yo„talni  to„xtatuvchi  va  yallig„lanishga  qarshi  dori  sifatida, 
tomoq  og„riganda,  stomatit  va  gingivitda  tomoq  va  og„izni  chayish  hamda  me‟da-ichak 
yallig„lanishida,  bavosilga  davo  qilish  uchun  ishlatiladi.  Xuddi  shu  maqsadda  mevasidan 
tayyorlangan damlamadan ham foydalaniladi. 
Tibbiyotda  ham  tugmachagul  damlamasi  nafas  yo„llari  va    me‟da-ichak  shilliq  pardasi 
yallig„langanda unga qarshi ta‟sir ko„rsatuvchi va o„rab oluvchi vosita sifatida ichishga beriladi. 
Damlama  bilan  yana  og„iz  shilliq  pardasi  yallig„langanda  va  tomoq  og„riganda  og„iz  va  tomoq 
chayiladi. 
Tugmachagul  guli  ko„krakni  yumshatuvchi  va  tomoqni  chayish  uchun  ishlatiladigan 
yig„ma- choylar tarkibiga kiradi. 
13. Oddiy chilonjiyda. Unabi obiknovenniy  (Zizifus jujuba Mill.) 
Oddiy  chilonjiyda  bo„yi  2-3  m  ga  etadigan  tikanli  daraxt.  CHilonjiyda  tog„larning  o„rta 
qismidagi  quruq    qiyalarida,  tog„    daryolarining  vodiylarida  o„sadi.  U  O„rta  Osiyo,  qrim  va 
Kavkazda  uchraydi.  Mevali  daraxt  sifatida  chilonjiydaning  navlari  va  chatishtirilgan  gibrid 
turlari keng miqyosda o„stiriladi. 
Xalq  tabobatida  chilonjiydaning  mevasidan  foydalaniladi.    Meva  g„arq  pishib  etilganda 
qoqib yig„ib olinadi va ochiq havoda quyoshda quritiladi. 
CHilonjiyda  mevasini  Abu  Ali  ibn  Sino  ko„krak  og„rig„i,  o„pka,  buyrak,  siydik  yo„llari 
kasalliklarini davolashda qo„llagan. 
Xalq  tabobatida  chilonjiyda  mevasidan  tayyorlangan  damlama  ko„krak  og„rig„i,  yo„tal, 
tomoq  og„rig„i,  isitma  bilan  kechadigan  kasalliklarida  xamda  astma,  chechak,  yuqumli  ichak 
kasalliklarida,  kamqonlik  va  boshqa  kasalliklarni  davolashda,  balg„am  ko„chiruvchi,  siydik 
xaydovchi, og„riq qoldiruvchi va qon bosimini pasaytiruvchi dori sifatida ishlatiladi. 
CHilonjiyda  mevasining  qon  bosimini  pasaytirish  va  siydik  haydash  ta‟siri  borligi 
aniqlangan. Barg tarkibida flavonoidlar va saponinlar bor. 
O„zbekiston  Respublikasi  SSV  dori  vositalar  va  tibbiy  uskunalar  sifatini  nazorat  qilish 
boshqarmasi  chilonjiyda  bargi  damlamasini  siydik  haydovchi  vosita  sifatida  ishlatishga  ruxsat 
bergan. 
14. qizilmiya.  Solodka  (Glycyrrhiza L.).  
Tibbiyotda  qizilmiyaning  2  turidan:  oddiy  qizilmiya  Solodka  golaya  (Glycyrrhiza  glabra 
L.) va O„rol qizilmiyasidan Soladka uralskaya (Glycyrrhiza uralensis Fisch.)foydalaniladi. 
qizilmiya bo„yi 50-100 sm ga etadigan, er ostki qismlari yaxshi taraqqiy etgan, ko„p yillik 
o„t o„simlik. qizilmiya sho„r tuproqli cho„llarda, cho„llardagi ariq, kanal, ko„llar bo„yida, begona 
o„t  sifatida  ekinzorlarda,  bog„larda  va  boshqa  nam  erlarda  o„sadi.  Asosan  ular  O„rta  Osiyo, 
qozog„iston, Kavkaz, Rossiya yuvropa qismining janubida uchraydi. Ba‟zan katta chakalakzorlar 
hosil qiladi.  O„zbekistonning hamma viloyatlarida o„sadi. 
qizilmiya  turlarning  ildizidan  tibbiyotda  foydalaniladi.    Uning  tarkibida  glistirrizin, 
flavonoidlar va boshqa moddalar bor. 
Abu  Ali  ibn  Sino  qizilmiya  ildizi  bilan  o„pka  va  nafas  yo„llari,  me‟da  yallig„lanishi, 
buyrak, qovuq kasalliklari va boshqalarni davolagan. 
Oddiy  qizilmiya  (Glycyrrhiza glabra  L.) 
Xalq  tabobatida  qizilmiya  ildizidan  tayyorlangan  qaynatma  ko„krak  og„rig„i,  yo„tal, 
ko„kyo„tal,  nafas  yo„llari  shamollashi  kasalliklarida  balg„am  ko„chiruvchi,  yumshatuvchi  va 
yallig„lanishga qarshi ta‟sir  qiluvchi, me‟da-ichak kasalligida engil  surgi,  siydik haydovchi dori 
sifatida hamda tomoq quriganda, nafas qisishiga davo qilish uchun ishlatiladi. 

82 
 
Tibbiyotda  qizilmiya  ildizining  dorivor  preparatlari    nafas  yo„llari  kasalliklarida  balg„am 
ko„chiruvchi, surunkali qabziyatda engil surgi dori sifatida qo„llaniladi. 
Ildizidan olingan glistiram preparati astma,  ekzema,  allergik dermatit, likviriton preparati 
esa me‟da va o„n ikki barmoq ichak yara kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi. 
Maydalab  qirqilgan  qizilmiya  ildizi  nafas  yo„llari    shamollash    kasalliklarida 
qo„llaniladigan  ko„krak  yumshatuvchi  hamda  siydik  haydovchi  va  ich  yumshatuvchi  yig„ma-
choylar tarkibiga kiradi. 
qizilmiya  quyuq  ekstrakti    ko„krak  eleksiri  tarkibiga  kiradi.    Bu  dori  nafas  yo„llaridagi 
shamollash, yallig„lanish kasalliklarida balg„am ko„chiruvchi vosita sifatida qo„llaniladi. 
YUqorida  turli  shamollash  kasalliklariga  davo  qilish  uchun  qo„llaniladigan  o„simliklar 
haqida qisqacha ma‟lumot berildi.  SHulardan 8 tasi O„zbekiston Respublikasida yovvoyi holda 
o„sadi va ularni osonlik bilan kerak paytda yig„ib olish mumkin. SHamollash kasalliklariga davo 
qilish  maqsadida  ishlatiladigan  o„simliklar  yuqorida  keltirilgan  o„simliklarning  o„zi  bilan 
chegaralanmaydi.  Bundan  tashqari,  yana  bir  qancha  dorivor  o„simliklar  bilan  ham  shamollash 
kasalliklariga  davo  qilinadi.  Lekin  ularning  bir  qismi  zaharli,  ikkinchi  xillari  esa  faqat  shu 
kasalliklarda  ishlatiladigan    yig„malar  tarkibida  qo„llaniladigan  bo„lgani  uchun  ularni  alohida  
tasvirlash lozim topilmadi. 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin