Fitoterapiya



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32

Nazorat savollari 
1.
 
Laringit deb nimaga aytiladi 
2.
 
Faringit deb nimaga aytiladi 
3.
 
Traxeit deb nimaga aytiladi 
4.
 
Bronxitlar deb nimaga aytiladi 
5.
 
Xalq tabobatida og„rig„i, yo„tal, ko„kyo„tal, nafas yo„llari shamollashi kasalliklarida 
ishlatiladigan o„simliklar 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
31.
 
www.ziyonet.uz
   
32.
 
www.Lex.uz
.  
33.
 
www.uzpharm-control.uz
   
34.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
MA‟RUZA-12 
Me‟da- ichak faoliyatiga ta‟sir etadigan dorivor o„simliklar va ularning preparatlari 
12.1. Oshqozon-ichak va jigar ayrim kasalliklari (gastritlar, oshqozon-ichak yarasi, enterit, kalit, 
gepatit,  qabziyat,  va  b.)  to„g„risida  umumi  tushuncha.  Ularning  fitoterapiyasida  ishlatiladigin 
dorivor  o„simliklar  (aloe,  bo„ymadaron,  air,  kashnich,  kankkunjut,  sano,  rovoch,  frangula, 
sarimsoq, shuvoq va b.) xarakteristikasi.  

83 
 
12.2. Jigar va o`t yo`llari ayrim kasalliklari (gepatit,o`t tosh kasalligi va b.) to„g„risida umumiy 
tushuncha. Ularning fitoterapiyasida ishlatiladigin dorivor o„simliklar  xarakteristikasi 
Tayanch so„zlar: gastritlar, oshqozon-ichak yarasi, enterit, kalit, gepatit, qabziyat, aloe, 
bo„ymadaron, air, kashnich, kankkunjut, sano, rovoch, frangula, sarimsoq, shuvoq  
 
12.1.  Oshqozon-ichak  va  jigar  ayrim  kasalliklari  (gastritlar,  oshqozon-ichak  yarasi, 
enterit,  kalit,  gepatit,  qabziyat,  va  b.)  to„g„risida  umumiy  tushuncha.  Ularning 
fitoterapiyasida  ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar  (aloe,  bo„ymadaron,  air,  kashnich, 
kankkunjut, sano, rovoch, frangula, sarimsoq, shuvoq va b.) xarakteristikasi.  
 Me‟da  -  ichak  kasalliklari  ayniqsa  issiq  iqlimli  hududlarda,    shu  jumladan  bizning 
respublikamizda  ham  keng  tarqalgan  xastaliklar  qatoriga  kiradi.  Ular  hamma  yoshdagi 
kishilarda, ko„proq yosh bolalarda uchrab turadi. 
Bu  kasalliklarning  turi,  ko„rinishi,  kechishi  hamda  kelib  chiqish  sabablari  turli  tumandir. 
Masalan,  har  xil  mikroorganizmlar  yoxud  parazitlar  sababchi  bo„lgan  ichak  kasalliklari,  ovqat 
hazm  bo„lishining  buzilishi  bilan  boradigan  va  oshqozon  faoliyatini  izdan    chiqaradigan  
kasalliklar va boshqa holatlar shular jumlasidandir. 
Bunday kasalliklarga duchor bo„lgan bemorlarni davolash ularning kelib chiqish sabablari, 
shakli va boshqa omillarga ko„ra turlicha bo„lishi mumkin. 
Me‟da-  ichak  kasalliklarida  qo„llaniladigan  dori  vositalari  ham  turlichadir.  Ular  qatoriga 
sintez yo„li bilan olingan, dorivor  o„simliklardan tayyorlangan, hayvonlar a‟zolaridan olingan va 
boshqa  dori  vositalari  kiradi.  Bulardan  dorivor  giyohlardan  olingan  ko„pchilik  dori  preparatlari 
zararli  ta‟sirining  kamligi  va  ularni  oshqozon  va  ichak  surunkali  xastaliklarida  uzoq  muddat 
qo„llash  mumkinligi  bilan  boshqalardan  farq  qiladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bemorlarni 
dorivor o„simliklardan tayyorlangan preparatlar bilan davo qilish kimyoviy laboratoriyada sintez 
yo„li bilan olingan preparatlarga nisbatan ancha xavfsizdir. 
Me‟da  -  ichak  kasalliklari  orasida  ko„proq  uchrab  turadigan  xastaliklardan  hisoblangan 
oshqozon  shilliq  pardasining  o„tkir  va    surunkali  yallig„lanishi  tibbiyotda  gastrit  deb  yuritiladi. 
Bu  xastallik  erkaklarda  ko„proq  uchrab  turadi  va  ancha  keng  tarqalgandir.  Gastritning  kelib 
chiqishiga  bir  qator  omillar  sabab  bo„ladi.  Ayniqsa  ovqatni  befarq,  palapartish,    shoshilib  va 
tartibsiz iste‟mol qilish, spirtli ichimliklarga, achchiq va sho„r (tuzlangan) taomlarga moyillik va 
boshqalar shular jumlasidandir. 
Gastrit  kasalligi  me‟da  shirasining  kislotalilik  darajasining  izdan  chiqishiga  qarab 
giperastid,  gipoastid  va  anastid  holatlarida  bo„ladi.  Normoastidda  kislotalilik  me‟yorda, 
giperastidda-ko„tarilgan,  gipoastidda-pasaygan,  anastidda  esa  kislotalilik  butunlay  bo„lmaydi. 
Bulardan ko„proq uchrab turadigani giperastid holat hisoblanadi. 
Oshqozon va o„n ikki barmoq ichakning yara kasalligiga kelsak, u surunkali xastalik bo„lib, 
davom etishi va turli asoratlari bo„yicha  bemorga  ancha tashvish keltiradigan va og„ir xastalik 
hisoblanadi.  Bu  kasallikning  kelib  chiqishida  yuqorida  qayd  etilgan  sabablardan  tashqari, 
asabning  buzilishi,  irsiy  va  boshqa  omillarning  axamiyati  bor.  Kasallikda  me‟da  faoliyatining 
izdan chiqishi, ovqat iste‟mol qilish va ochlik bilan bog„liq og„riq bo„lishi,  ko„ngil aynishi, qayt 
qilib turish va shunga o„xshash o„zgarishlar kuzatiladi.  Xastalik ayniqsa bahor va kuz fasllarida 
xuruj  qiladi,  natijada  tanani  quvvastizlantiradi,  bemor  ozib,  turli  ko„ngilsiz  alomatlarni  sezadi. 
Me‟da  va  o„n  ikki  barmoq  ichakning  yara  kasalligi  xavfli  asoratlardan  holi  emas.  Ulardan 
yaradan  qon    ketish,  yaraning  teshilishi(perforastiya)    va  yara  sababli  chandiqlar  hisobiga 
me‟dadan  ichakka  ovqat  o„tishining  qiyinlashishini  aytib  o„tish  lozim.  Bunday  holatlarda 
shoshilinch ravishda jarrohlik amaliyoti ko„rilishi shart. 
SHuni  ta‟kidlash  kerakki,  o„n  ikki  barmoq  ichakning  yara  kasalligida  hamma  vaqt 
giperastid  gastrit  kuzatiladi,  me‟da  yarasida  esa  ko„pincha  gipoastid  va  anastid  holatlarning 
bo„lishi xavfli asoratdan xabar beradi. 
Ingichka  va  yo„g„on  ichaklar  shilliq  pardasining  yallig„lanishiga  (enterit,  kolit)  ichakning 
o„zidagi va taom bilan tushgan  mikroorganizmlar, parazitlar va boshqa omillar sababchi bo„lishi 
mumkin. Bu kasalliklarda ham ovqat hazm bo„lishining buzilishi, ich ketib turishi, qorin og„rig„i, 

84 
 
ishtaha pasayishi va shunga o„xshash o„zgarishlar namoyon  bo„ladi. Bulardan tashqari, ingichka 
va  yo„g„on  ichaklarning  harakatlanish  (peristaltika)  qobiliyatining  pasayishi    natijasida 
kuzatiladigan qabziyat holati ham tez–tez uchrab turadi. 
YUqorida zikr etilgan kasalliklarga qarshi turlicha dori vositalari qo„llanishi mumkin. Ular 
kimyoviy  tuzilishi,  farmakologik  ta‟siri  va  mexanizmi,  ishlatilishi,  olinishi  bo„yicha  har  xildir.  
Bular    qatoriga  xlorid  kislota  ta‟sirini  sindiradigan  (antastidlar)  yoki  susaytiradigan  (N2  - 
gistaminblokatorlar  -  simetidin,    ranitidin),  oshqozon  shirasi  ajralishini    kamaytiradigan  (M-
xolinoblokatorlar-atropin  va  b.),  me‟da-ichak  harakatini  tormozlovchilar  (spazmolitiklar-no-
shpa,  platifillin),  yara  bitishini  tezlashtiradigan  (chakanda  moyi),  ishtaha  ochadigan,  ichni 
suradigan  va  boshqa  dori  vositalari  kiradi.  Bu  dori  preparatlarining  bir  qismi,  masalan, 
antastidlar,  N2-blokatorlar,  spazmolitiklar  va  boshqa  giperastid  gastritda  va  o„n  ikki  barmoq 
ichakning yara kasalligida ishlatilsa, ikkinchi qismi esa (xlorid kislota, tabiiy oshqozon shirasi va 
b.)  gipoastid  va  anastid  gastritlarda  tavsiya  etiladi.  Bulardan  tashqari,  mikroorganizmga  qarshi 
preparatlar (metronidazol) qo„llaniladi. 
YUqorida keltirilgan bir qator sintetik dori vositalari bilan bir qatorda yallig„langan me‟da 
-  ichak    shilliq    pardasining    har    xil  ta‟sirlardan  (ichak  bo„shlig„idagi  massaning  kimyoviy  va 
mexanik  ta‟siridan)  saqlaydigan  va  shuning  bilan  yallig„lanish  jarayonini  bartaraf  bo„lishini 
tezlashtiradigan dori preparatlari ham ahamiyatga sazovordir. Bunday dorilar qatoriga asosan har 
xil  dorivor  o„simliklardan  tayyorlangan  burushtiruvchi  va  o„rab  oluvchi  xossasi  bo„lgan 
preparatlar kiradi. CHunki ular shilliq parda yuzasini burushtirib va o„rab olib, himoya vazifasini 
bajaradi va kasallikni engillashtiradi. 
1. Aloy. Aloe  (Aloyo Tourn .L.) 
Aloy  turlari  bo„yi  vatanida  4m  gacha  etadigan  doim  yashil  daraxstimon  o„simlikdir. 
Tibbiyotda aloyning ikki turi –daraxstimon aloy- aloe derevovidnoe (Aloyo arborescens Mill.)va 
yo„l-yo„l aloy- aloe polosatoe (Aloyo striatula Haw.) dan dorivor vosita sifatida foydalaniladi. 
Aloy  turlarining  vatani  Afrikaning  janubi-sharqidagi    yarim  cho„l  tumanlari  hisoblanadi. 
Ular  Gruziya,  Ukraina  va  Markaziy  Osiyoda  bir  yillik  o„simlik  sifatida  hamda  xonalarda 
o„stiriladi.  
Tibbiyotda  aloy  turlarining  quritilgan  shirasi-sabur,  bargi  hamda  biogen  stimulyatorlarga 
boy  bargining  dorivor  preparatlari  -suyuq  ekstrakti  (flakon  va  ampulada  chiqariladi),  shira, 
sharbat,  tabletka va suyuq surtma-linimentidan foydalaniladi. 
Sabur  va  aloy  bargi  tarkibida  antraglikozidlar,  smolalar,  efir  moyi,  achchiq  va  boshqa 
moddalar bor. 
Saburning  katta  dozasi  surgi  dori,  kichik  dozasi  ishtahani  ochuvchi  sifatida  tibbiyotda 
ishlatiladi.  Aloy  bargining  suyuq  ekstrakti,    tabletkasi  ko„z  (kon‟yunktivit,  ko„z  shishasimon 
tanachasining xira tortishi va boshqalar),  me‟da va o„n ikki barmoq ichak yarasi, bronxial astma, 
surunkali artrit va  boshqa kasalliklarni  davolashda  qo„llaniladi. Bargning  suyuq ekstrakti  suyuq 
surtma  (liniment)  shaklida  va  uning  shirasi  kuyganga,  turli  yaralarga,  quruq  va  ho„l 
epidermatitlarga,  nur  terapiyasi  natijasida  II-III  darajali  kuygan  joylarga  qo„yiladi,  gastrit, 
enterokolit va qabziyatda ichish uchun (choy qoshig„ida) buyuriladi.  
Xalq  tabobatida  aloy  bargi  va  shirasi  turli  yaralarni  (me‟da    va  o„n  ikki  barmoq  ichak 
yarasi)  hamda o„pka silini davolashda ishlatiladi. 
2. Anor. Granat  obiknovenniy (Punica granatum L.) 
Anor-balandligi 1,2 m bo„lgan bo„ta. U yovvoyi holda Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston 
va O„zbekiston (Surxondaryo  viloyatida) tog„larining toshli  qiyaliklarida o„sadi. Hozirgi vaqtda 
anor  O„rta  Osiyo  respublikalari,  Kavkaz  va  qrimda  ko„p  miqdorda  o„stiriladi.    Tabobat  va 
tibbiyotda anorning mevasi, meva po„sti hamda poya, yirik shoxlar va ildiz po„stlog„i ishlatiladi. 
Anor shirasida 20% gacha qandlar, limon (po„stlog„ida), askorbin kislota, meva po„stida - tanin,  
poya va ildiz  po„stlog„ida alkaloidlar, oshlovchi  va boshqa moddalar bor. 
Abu  Ali  ibn  Sino  meva  po„stini  qon  tupurish,  milkdan  qon  oqishini  to„xtatish,  tishni 
mustaxkamlash uchun, me‟da kasalliklari (ich ketish, qon aralash ich ketish), yaralar  va boshqa 
kasalliklarni davolashda, shuningdek siydik haydovchi vosita sifatida ishlatgan. 

85 
 
Xalq  tabobatida  hozir  ham  meva  po„stining  qaynatmasi  qon    tupurish    va  milkdan  qon 
oqishini  to„xtatish,  ich  ketish,  dizenteriya  va  teri  kasalliklarini  (qo„tirni)  davolash,    yo„talni 
qoldirish uchun ishlatiladi. Meva shirasi singa kasallikgiga davo qilinadi va ishtaha ochish uchun 
iste‟mol qilishga beriladi. 
Tibbiyotda  anor  poyasi,  shoxlari    va  ildiz  po„stlog„ining  dorivor  preparatlari  gijjalarni 
organizmdan haydash uchun, meva po„stining qaynatmasi me‟da-ichak kasalliklarini (ich ketish,  
qon aralash ich ketish va dizenteriyani) davolashda qo„llaniladi. 
3.Oddiy bo„ymodaron.Tisyachelistnik obiknovenniy (Achillea millefolium L.) 
Bo„ymodaron  bo„yi  80  sm  gacha  bo„lgan  ko„p  yillik  o„t  o„simlik.  U  O„zbekistonda  keng 
tarqalgan bo„lib, tog„ yon bag„irlarida, o„rmon chetlari, quruq o„tloqlarda, qirlarda, yo„l yoqalari, 
bog„larda va boshqa erlarda o„sadi. 
Tibbiyotda  bo„ymodaronning  er  ustki  qismidan  foydalaniladi.    Tarkibida  karotin,  K  va  S 
vitamini,  efir  moyi,  achchiq  va  boshqa  moddalar  bor.  Efir  moyi  xamazulen  va  boshqa 
terpenoidlardan tashkil topgan.  
Bo„ymodaron  qadimdan  tabobatda  qo„llanib  kelingan  dorivor  o„simliklardan.  Ibn  Sino 
uning  qaynatmasidan  shamollash,    bosh  og„rig„i,  bachadon  yarasi,  buyrak-tosh  va  boshqa 
kasalliklarni davolashda foydalangan. 
O„simlik  er  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  yoki  qaynatma  xalq  tabobatida  ishtaha 
ochish, turli  qon oqishlarni (bavosil kasalligida,  qon tupurish, qon aralash ich ketish) to„xtatish, 
me‟da-ichak,  o„pka  sili  va  boshqa  kasalliklarni  davolash  uchun  hamda  bosh  og„rig„ini 
qoldiruvchi  va  siydik  haydovchi  vosita  sifatida  qo„llaniladi.  Bo„ymodaron  gulining  kukunini 
asalga qo„shib, gijjaralarni tushirish maqsadida iste‟mol qilishga beriladi. 
Tibbiyotda  bo„ymodaron  er  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  va  suyuq  ekstrakt 
me‟da-ichak kasalliklarini (me‟da  va o„n ikki barmoq  ichak yarasi,  gastrit) davolashda  hamda 
ishtaha  ochuvchi,  qon  oqishini  (bachadondan,  ichakdan,  milkdan  va  bavosil  kasalligida) 
to„xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. 
Bo„ymodaron er ustki qismi ishtaha ochuvchi, me‟da - ichakdan  qon oqishini to„xtatuvchi 
yig„malar - choylar tarkibiga kiradi. 
4. Tog„ jumrut. Joster slabitelniy (Rhamnus  cathartica L.) 
Tog„ jumrut bo„yi 3-8 m bo„ladigan sershox buta yoki daraxtcha.  U cho„lda, qurib qolgan 
o„tloqlarda,  bo„talar  orasida,  suv  bo„yida,  o„rmon  chetida,  toshloqlarda  o„sadi.  O„zbekistoning 
tog„li tumanlaridagi archazorlar, yong„oqzorlar, daryo bo„yida va tog„ qiyalarida uchraydi. 
Tibbiyotda tog„ jumrutning mevasidan foydalaniladi. 
Meva tarkibida antraglikozidlar, qandlar, flavonoidlar va boshqa moddalar bor. 
Mevadan tayyorlangan qaynatma xalq tabobatida surgi dori sifatida xamda podagra, istisqo 
va surunkali teri kasalliklarini davolash uchun qo„llaniladi. 
Tibbiyotda tog„ jumrut mevasining qaynatmasi yoki damlamasi surunkali qabziyatda surgi 
dori sifatida ishlatiladi. 
Tog„  jumrut  mevasi  surgi  dori  sifatida  ishlatiladigan  yig„ma  -choylar  hamda  Zdrenko 
yig„masi tarkibiga kiradi. 
5  Igir. Air  bolotniy (Acorus calamus L.) 
Igir bo„yi 1 m gacha etadigan ko„p yillik o„t o„simlik. U daryo, ko„l, hovuz va ko„lmaklar 
bo„yidagi botqoqliklarida va boshqa sersuv  nam  erlarda o„sadi. Igir Ukraina, Moldova, Rossiya 
yuvropa qismining janubida, Kavkaz va O„rta Osiyoda uchraydi. 
Tibbiyotda igir ildizpoyasidan dorivor vosita sifatida foydalaniladi. 
Ildizpoya tarkibida oshlovchi, akorin, efir moyi, achchiq va boshqa moddalar bor. 
Ibn  Sino  igir  ildizpoyasini  jigar,  qorataloq,  me‟da-ichak  va  ko„krak  nafasi  a‟zolari 
kasalliklarini davolash uchun hamda siydik haydovchi dori sifatida qo„llagan. 
Xalq tabobatida igir ildizpoyasidan tayyorlangan damlama yoki qaynatma va nastoyka jigar 
va o„t  qopi kasalligida  o„t  haydovchi  hamda  ishtaha  ochuvchi, isitma  tushiruvchi, el  haydovchi 
va balg„am ko„chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. 

86 
 
Tibbiyotda igir ildizpoyasining qaynatmasi jigar va o„t pufagi xamda bo„yrak kasalliklarida 
o„t  va  siydik  haydovchi  vosita  sifatida  ishlatiladi.  Bulardan  tashqari,  qaynatma  tarkibidagi 
achchiq  glikozid  akorin  hisobiga  ishtaxa  ochish  va  ovqat  hazm  bo„lishini  yaxshilash  uchun 
qo„llaniladi.  Xlorid  kislota  etishmovchiligi  bilan  boradigan  surunkali  gastritlarda,  me‟da  yarasi 
kasalliklarida ishlatiladi. Igir ildizpoyasi o„t va siydik xaydovchi hamda ishtaha ochuvchi sifatida 
har xil kasalliklarda ishlatiladigan choylar-yig„malar tarkibiga kiradi. 
6.Oddiy kanakunjut. Klehevina obiknovennaya. (Ricinus communis L.) 
Kanakunjut  bo„yi  3  m  ga  etadigan  o„t  o„simlik.  Vatani  Afrikaning  tropik  tumanlari. 
Markaziy Osiyo respublikalarida, SHimoliy Kavkaz, Ukraina janubi va Volga bo„yida urug„idan 
moy olish maqsadida bir yillik o„t o„simlik sifatida o„stiriladi. 
Tibbiyotda  kanakunjut  urug„idan  olingan  moyidan  foydalaniladi.  Urug„  tarkibida  40-56%  
moy, oqsil moddalari, restinin alkaloidi, o„ta zaharli oqsil modda-ristin va boshqa birikmalar bor. 
Abu Ali ibn Sino yanchilgan kanakunjut urug„i bilan turli shishlarni davolagan. 
Tibbiyotda kanakunjut moyi va moy emulsiyasi surgi dori sifatida qabziyatlarda ishlatiladi. 
Ichni  surishi  tarkibidagi  parchalanishda  xosil bo„lgan ristinol kislotaning  ichak shilliq pardasini 
qitiqlashi natijasida peristaltikaning kuchayishiga olib keladi. SHuningdek moy, moy emulsiyasi 
va  urug„idan  tayyorlangan  pasta  ginekologiya  amaliyotida  hamda  ko„z  kasalliklarida,  yaralar,  
kuyganni,  leyshmanioz  va boshqa teri kasalliklarini davolash uchun qo„llaniladi. 
Kanakunjut moyi ba‟zi surtmalar va balzamlar tarkibiga kiradi. 
7. Ekma kashnich.  Koriandr  posevnoy (Coriandrum sativum L.) 
Ekma kashnich bo„yi 30-70 sm bo„ladigan bir yillik o„t o„simlik.  Ziravor o„simlik sifatida 
O„rta  Osiyoda,  Ukraina,  Kavkaz,  Rossiya  Evrupa  qismining  markaziy  va  janubiy  tumanlarida 
ko„plab  o„stiriladi.  Tibbiyotda  dorivor  mahsulot  sifatida  kashnichni  meva  va  mevasidan 
olinadigan efir moyidan foydalaniladi. 
Meva tarkibida efir moyi va boshqa moddalar bor. 
Kashnich xalq  tabobatida  qadimdan  turli  kasalliklar davolash uchun ishlatib kelinadigan 
dorivor o„simliklardan hisoblanadi. Ibn Sino kashnich mevasini me‟da-ichak,  qon tupurish, bosh 
og„rig„i kasalliklarida davo uchun qo„llagan va el xaydovchi vosita sifatida ishlatgan.  
Xalq tabobatida kashnich  mevasining dorivor preparatlari  jigar  va  o„t qopi kasalliklarida 
o„t haydovchi, yaralar bitishini tezlatuvchi, balg„am ko„chiruvchi dori sifatida qo„llaniladi. Meva 
preparatlaridan  me‟da-ichak kasalliklarini  davolashda hamda organizmdan  gijjalarni  tushirishda 
foydalaniladi. 
Kashnich  mevasining kukuni, damlamasi,  efir  moyi  va  spirtli  suvi  o„t  haydovchi,  ishtaha 
ochuvchi, og„riq qoldiruvchi va ovqat hazm bo„lishini yaxshilovchi ta‟sirga ega. SHuning uchun 
bu preparatlar jigar va o„t qopi, me‟da - ichak, bavosil kasalliklarini hamda yaralarni davolashda 
qo„llaniladi. 
8. Olxo„ri. Sliva (Prunus L.) 
Tibbiyotda  olxo„rining  ikki  turidan  foydalaniladi:  oddiy  (xonaki)  olxo„ri  -  sliva 
domashnyaya (Prunus domestica L.) va yoyilgan olxo„ri (tog„olcha)-  sliva  vostochnaya (Prunus 
divaricata Ledeb.) 
Olxo„ri  turlari  2-3  m  balandlikdagi  bo„ta  yoki  daraxt.  Oddiy  olxo„ri  yovvoyi  holda 
uchramaydi.  Faqat  mevali  daraxt  sifatida  turli  navlari  keng  miqyosda  o„stiriladi.  Tog„olcha 
Markaziy  Osiyoning  tog„li  tumanlarida  yumshoq    tuproqli    nam  tog„  qiyaliklarida,  dengiz 
sathidan 800-2000 m balandlikdagi yong„oqzorlarda,  olmazorlarda, aralash o„rmonlarda va ariq 
bo„ylarida o„sadi. 
Tibbiyotda  olxo„ri  turlarining  mevasi  ishlatiladi.  Olxo„ri  mevasi  tarkibida  16%  gacha 
qandlar,  organik kislotalar, flavonoidlar, antastianidlar, RR,  V1,  V2 , V6 , YE va S vitaminlari, 
karotin, mineral, pektin va boshqa moddalar, mag„zida ko„p miqdorda moy bo„ladi.  
quritilgan va quritilmagan olxo„ri, meva shirasi yumshoq surgi ta‟siriga ega hamda tanadan 
xolesterin  chiqib  ketishini  tezlatadi.  Nordon  mevalar,  ayniqsa  tog„olcha  me‟da  shirasining 
ajralishini  ko„paytiradi,  ishtaha  ochadi  va  ovqat  hazm  bo„lishini  yaxshilaydi.    SHuning    uchun  
olxo„ri  mevasi  qabziyat  bo„lganda,  ichak  faoliyati  susayganda,  o„t  qopi  kasalligida  hamda 

87 
 
ateroskleroz  kasalligining  oldini  olishda  iste‟mol  qilishga  buyuriladi.  Olxo„ri  shirasini  ishtaha 
ochish va ovqat hazm bo„lishini yaxshilash uchun  beriladi. Oddiy (xonaki) olxo„ri mevasi (qora 
olxo„ri navi) surgi dori sifatida qo„llaniladigan kafiol preparati tarkibiga  kiradi. 
9. Tangut rovochi. Reven  tangustkiy (Rheum  Tanguticum Maxim.) 
Tangut rovochi bo„yi 1,5-2,5 m ga etadigan ko„p yillik o„t o„simlik. 
Vatani  Markaziy  Xitoyning  tog„li  tumanlaridagi  o„rmonlar.  Maxsus  xo„jaliklarda 
o„stiriladi. Tibbiyotda tangut  rovochining ildizidan  foydalaniladi.  Plantastiyalarda  o„stiriladigan 
rovoch 4-5 yillik bo„lganda er ostki qismi kovlab olinadi. 
Tangut rovochi tarkibida 3,4-6% antraglikozidlar, 6-12% oshlovchi moddalar, smolalar va 
boshqa birikmalar bor. 
Oshlovchi  moddalar  burishtiruvchi,  antroglikozidlar  esa  (emodinlar,  xrizafanol,  rein  va 
boshqalar) ichak shilliq qavatini qitiqlaydi, natijada ichak harakati kuchayib ichni suradi. Bunday 
ta‟sir 8-10 soatdan keyin boshlanadi. 
Tibbiyotda  Tangut  rovochi  ildizining  kukuni  (poroshogi,    tabletkasi,  quruq  ekstrakti  va 
sharbati  kichik  dozada  (0,05-0,2g)  ichni  qotiruvchi  (ich  ketganda),  katta  dozada  (0,3-0,5g), 
aksincha, ichni yumshatuvchi (qabziyat hollarida) vosita sifatida qo„llaniladi. 
Tabobatda  rovochning  yana  uch  turidan  tatar  rovochi  -  reven  tatarskiy  (Rheum  tataricum 
L.),  turkiston  rovochi-  reven  turkestanskiy  (Rheum  turkestanicum  Janis  )  va  Maksimovich 
rovochi-reven  Maksimovich  ((Rheum  maximowiczii  A.Los)  lardan  foydalaniladi.  Bularning 
hammasi  30-100  sm  balandlikdagi  ko„p  yillik  o„t  o„simliklar  bo„lib,  O„zbekistonning  cho„l  va 
qumli dashtarlarida hamda tog„li tumanlarda o„sadi. 
Ildizi tarkibida ko„p miqdorda oshlovchi, oz miqdorda antraglikozidlar va boshqa moddalar 
bor. 
Ibn Sino rovoch  ildizi bilan ich ketishni va boshqa kasalliklarni davolagan. 
Xalq  tabobatida  rovoch  turlarining  ildizi  va  mevasidan  tayyorlangan  qaynatma  bilan 
me‟da-ichak, qon oqishi, isitma va boshqa kasalliklar davolanadi. 
Rovoch  turlari  ildizidan  tayyorlangan  qaynatma  va  mevasining  ekstrakti  burushtiruvchi 
vosita sifatida ich ketishni davolash uchun tibbiyotda qo„llashga tavsiya etilgan. 
Rovoch  turlarining  yosh  poyasi,  barg  bandi  va  bargning  asosiy  tomiri  apreldan  to 
iyungacha ishtaha va ko„ngil ochuvchi taom sifatida iste‟mol qilinadi. Bu davrda ular qotmagan 
hamda kishi organizmiga zarur bo„lgan organik kislotalar va vitaminlarga boy bo„ladi. 
10. Sano. Kassiya (Cassia L.) . 
Tibbiyotda sanoning quyidagi ikki turidan: ingichka (tor) barg sano – kassiya  uzkolistnaya 
(Cassia angustifolia Vahl.) va o„tkir (nayza) barg sano - kassiya  ostrolistnaya (Cassia acutifolia 
Del.) lardan  foydalaniladi. Kassiya turlarining vatani Afrikaning cho„l va yarim cho„l hududlari.  
U erda ular bo„yi 1 m  gacha  bo„lgan  bo„ta o„simlik  sifatida  o„sadi.  O„rta Osiyo va Kavkazda 
sano turlari bir yillik o„simlik sifatida o„stiriladi. 
Tibbiyotda  sano  turlarining  bargi  va  mevasidan  foydalaniladi.  Bargi  o„simlik  gullaganda 
yig„iladi va soyada, mevasi etilganda terib olinib, ochiq  havoda - quyoshda quritiladi. 
Sano  bargi  va  mevasi  tarkibida  antraglikozidlar,  flavonoidlar,  smola  va  boshqa  moddalar 
bo„ladi. 
Sano  qadimdan  tabobatda  keng  miqyosda  ishlatilib  kelingan  dorivor  o„simliklardan. 
Bargining damlamasidan Ibn Sino bod, jigar va sariq kasalliklarini davolashda hamda surgi dori 
sifatida foydalangan. 
Xalq  tabobatida  sano  bargi  va  mevasidan  tayyorlangan  damlama  surunkali  qabziyat 
hollarida va ichak faoliyati zaiflashganda surgi  vosita sifatida qo„llaniladi. 
O„tkir bargli sano (Sassia acutifoli Del.) 
Tibbiyotda sanoning bargi va mevasidan tayyorlangan preparatlar (antrasennin, senadeksin, 
senade)  surgi  dori  sifatida  qo„llaniladi.  Bargi  surgi  sifatida  hamda  bavosil  kasalligida  
ishlatiladigan    yig„ma-choylar,  maydalangan  bargi  va  mevasi  ichni  suradigan  kafiol  preparati 
tarkibiga kiradi. 
11. Sarimsoq. CHesnok  posevnoy (Allium sativum L). 

88 
 
Carimsoq  (sassiq  piyoz)  ko„p  yillik,  piyozboshisi  ko„p  bo„lakli,  bo„yi    20-70  sm  ga 
etadigan o„t o„simlik bo„lib, O„zbekistonning hamma tumanlarida o„stiriladi. 
Tibbiyotda  o„simlikning  piyozboshisi  ishlatiladi.  Mahsulot  etilganda  kavlab  olinadi  va 
quritilmasdan ishlatiladi. 
Sarimsoq piyozboshisi tarkibida efir moyi,  S vitamini,  fitonsidlar, oz  miqdorda  yod, alliin 
(kuchli bakteristid xossaga  ega)  va boshqa moddalar bor. 
Ibn  Sino  sarimsoq  bilan  tish  og„rig„i,  yo„tal,  ko„krak  og„rig„i,  me‟da  va  boshqa 
kasalliklarni davolagan. 
Xalq  tabobatida  sarimsoq    yiringli  yaralarni  davolashda,  nafas  yo„llari  shamollaganda, 
singa,  bezgak,  turli  me‟da-ichak  (ich  ketishi,  dizenteriya,  el  yig„ilishi)  va  boshqa  kasalliklarda 
ishlatiladi. 
Tibbiyotda  sarimsoq  piyozboshisidan  tayyorlangan  preparatlar  (nastoyka,  quyuq  ekstrakt) 
ateroskleroz,  gipertoniya,  kolit,  o„pka  sili  kasalliklarida    hamda  ginekologiya  amaliyotida 
trixomonadali kolpitda qo„llaniladi va ostristalarni (gijjalar) yo„qotish uchun klizma qilinadi. 
Sarimsoq preparatlari va maydalangan piyozboshi yiringli yaralarni davolashda ishlatiladi. 
Sarimsoq  piyozboshisi  bakteristid,  fungistid,  siydik  va  gijjalarni  haydash,  og„riqni  qoldirish, 
ishtaha  ochuvchi,  ovqat  hazm  qilinishini  yaxshilovchi,  yiringli  yaralarni  va  ayrim  teri 
kasalliklarini davolash xossaga ega. 
Sarimsoqning quruq ekstraktini saqlagan alloxol preparati gepatit,  xolestistit va qabziyatda 
beriladi. 
12. Olxasimon frangula. Krushina olxovidnaya (Frangula alnus Mill.). 
Olxasimon frangula bo„yi 1-3 (ba‟zan 7) m ga etadigan bo„ta yoki daraxtcha. U o„rmon va 
o„rmon-cho„l  hududlarida,  o„rmon  yoqalari,  ariq  va  ko„l  bo„ylarida,  botqoqlik  chetlarida, 
sug„oriladigan o„tloqlarda, bo„tazorlarda, qarag„ayli aralash va keng yaproqli o„rmonlarda hamda 
tog„li erlarda o„sadi. 
Tibbiyotda frangulaning po„stlog„idan foydalaniladi. 
Frangula po„stlog„i tarkibida 8% gacha antraglikozidlar frangularozid, sof holdagi frangula 
- emadin, oz miqdorda alkaloidlar, oshlovchi moddalar, xrizafanol va boshqalar bor. 
Po„stloq dori preparatlari (qaynatma, suyuq ekstrakti va quruq ekstrakti kukuni, sharbat va 
ramnil tabletka holida) qabziyat hollarida surgi dori sifatida tibbiyotda qo„llaniladi. 
Maydalangan  po„stloq  ich  yumshatuvchi  va  bavosil  kasalligida  ishlatiladigan  choy-
yig„malar  tarkibiga  kiradi.  Preparat  ramnil  frangula  po„stlog„ining  quruq  ekstraktini  saqlaydi, 
tabletkada (0,05 g) chiqariladi. 
13. Jumrustimon chakanda. Oblepixa krushinovidnaya (Hippofayo rhamnoides L.). 
CHakanda  bo„yi    4-6  m  ga  etadigan  ikki  uyali  bo„ta  yoki  daraxtcha,    u  daryo,  ko„l  va 
dengizlarning  shag„alli hamda  qumli qirg„oqlarida,  tekislik va tog„lardagi  to„qayzorlarda, ba‟zi 
joylarda  qalin  chakalakzorlar  hosil  qilib  o„sadi.  Markaziy  Osiyo  respublikalarida  ham  keng 
tarqalgan o„simlik. 
CHakanda  moyi,  shirasi  va  mevasi  tarkibida  S,    V1,  V2,  YE  va  F  vitaminlari,  ko„p 
miqdorda karotin, folat va organik kislotalar, flavonoidlar, qandlar, 9% gacha yog„, oshlovchi va 
boshqa moddalar bor. 
CHakanda  mevasi  va  shirasi  singa  hamda  me‟da    kasalliklarini  davolashda,  shuningdek 
og„riq qoldiruvchi vosita sifatida tabobatda qo„llaniladi. 
Mevasidan olingan moy me‟da va bachadon shilliq pardalarini,  terini hamda me‟da va o„n 
ikki  barmoq  ichakning  yara  kasalligini,  shuningdek  kuyganni,  vitamin  A  etishmasligidan  kelib 
chiqqan avitaminoz kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. 
14. Achchiq shuvoq.  Polin  gorkaya  (Artemisia  absinthium L.). 
Achchiq  shuvoq  (ermon)  bo„yi  50-100  sm  ga  etadigan  ko„p    yillik    o„t  o„simlik.  Bu 
o„simlik  keng  tarqalagan  bo„lib,  Ukraina,  Belarus,  Moldova,  Rossiya,  Kavkaz,  qozog„iston  va 
O„rta Osiyoning o„tloqlarida, o„rmon chetlarida, suv bo„ylarida, aholi yashaydigan joylarda, yo„l 
yoqalarida, bog„larda, ekinzorlarda, tog„ etaklarida va boshqa erlarda o„sadi. 
Tibbiyotda er ustki qismidan shifobaxsh vosita sifatida  foydalaniladi. 

89 
 
Achchiq shuvoq er ustki qismi tarkibida efir moyi, achchiq  glikozidlar va boshqa moddalar 
bor. 
Achchiq  shuvoq  qadimdan  xalq  tabobatida  turli  kasalliklarni  davolashda  qo„llanib 
kelinayotgan  o„simliklardan.  O„simlikning  er  ustki  qismidan  tayyorlangan  qaynatma  bilan  Ibn 
Sino sariq kasalligini, ko„z yallig„lanishini, istisqo va boshqa kasalliklarni davolagan.  
Xalq  tabobatida  achchiq  shuvoq  damlamasi  jigar,  o„t  pufagi  va  ichak  yarasini  davolash 
hamda  bezgak,    bavosil,  ich  ketish,  ovqat  hazm  bo„lishining  buzilishi,  yaralar  va  boshqa 
kasalliklarga  davo qilinadi. SHu kasalliklarda  damlamadan  o„t,  gijja va  el haydovchi,  ishtaha 
ochuvchi hamda terlatuvchi va engil uxlatuvchi dori sifatida foydalaniladi. 
Tibbiyotda achchiq  shuvoq dorivor  preparatlari (damlama,  nastoyka,  ekstrakt) jigar  va  o„t  
pufagi  kasalliklarida   o„t   haydovchi,   ishtaha  ochuvchi, ovqat hazm  qilishga  yordam  beruvchi 
dori sifatida hamda xlorid kislota kamayishi bilan o„tadigan gastrit  kasalligini  davolash  uchun 
ishlatiladi. 
Achchiq  shuvoq  er  ustki  qismi  o„t  haydovchi  va  ishtaha  ochuvchi  yig„malar  -  choylar 
tarkibiga kiradi. 
15. Oddiy qorazira. Tmin  obiknovenniy    (Carum  Carvi L.). 
qorazira  bo„yi  30-80  sm  ga  etadigan  ikki  yillik  o„t  o„simlik.    O„rmon  va  o„rmon-cho„l 
hududlaridagi o„rmonlarda, o„tloqlarda, tog„li tumanlarning tog„ o„rmonlarida, undan yuqoridagi 
yalangliklarda va  soylarda o„sadi. YOvvoyi holda Markaziy Osiyoning tog„li erlarida uchraydi. 
Maxsus xo„jaliklarda o„stiriladi. 
Tibbiyotda  oddiy  qoraziraning  mevasidan  va  mevadan  olingan    efir  moyi,  meva  suvidan 
foydalaniladi.  Meva  etilganda  o„simlik  o„rib  olinadi,  xirmonda  quritilib,  yanchib,  mevalar 
tozalab olinadi. 
Oddiy qorazira mevasi tarkibida 3-7%  efir moyi,  22%  gacha yog„, oqsil, flavonoidlar va 
boshqa moddalar bor. Efir moyining asosiy qismi karvon va limonendir. 
qorazira  qadimdan  xalq  tabobatida  ishlatib  kelinadi.  Ibn    Sino  uni  mevasidan  el  va  gijja 
haydovchi hamda terlatuvchi vosita sifatida foydalangan. 
Xalq  tabobatida  qorazira  mevasidan  tayyorlangan  damlama  yoki  qaynatma  me‟da-ichak 
kasalliklarini davolashda,  o„t va el haydovchi,  surgi dori sifatida ishlatiladi. 
qorazira  mevasining  suvi,  efir  moyi  va  meva  damlamasi  me‟da  -  ichak  sekrestiyasini  va 
xarakatini  oshiradi, ishtaxani  yaxshilaydi. SHuning uchun bu preparatlar tibbiyotda ovqat hazm 
bo„lishini  yaxshilash,  me‟da  va  ichakdagi  og„riqni  qoldirish,  ichak  atoniyasini  davolash  uchun 
qo„llaniladi.  Meva  suvi  yana  ichak  sanchig„i,    tish  og„rig„i  va  miozitda  og„riq  qoldirish  uchun 
ishlatiladi. 
qorazira  mevasi  el va  siydik  haydovchi  hamda  me‟da kasalliklarda qo„llaniladigan choy  - 
yig„malar tarkibiga kiradi. 
 
 
 

90 
 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin