Fitoterapiya


ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32

ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
39.
 
www.ziyonet.uz
   
40.
 
www.Lex.uz
.  
41.
 
www.uzpharm-control.uz
   
42.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
MA‟RUZA-14 
Qon oqishini to„xtatuvchi dorivor o„simliklar  
14.1.  Qon  ivish  jarayonining  fiziologik  xarakteristikasi,  oqibati  to„g„risida  umumiy 
tushuncha.  
14.2.  Gemostatik  dorivor  o„simliklar  (qchchiqtaron,  bodrezak,  lagoxilus,  bo„ymadaron, 
jag„-jag„, soxta kashtan, qirqbo„g„in va b.) va ularning fitopreparatlar xarakteristikasi. 
Tayanch  so„zlar:  qchchiqtaron,  bodrezak,  lagoxilus,  bo„ymadaron,  jag„-jag„,  soxta 
kashtan, qirqbo„g„in 
 
14.1.  Qon  ivish  jarayonining  fiziologik  xarakteristikasi,  oqibati  to„g„risida  umumiy 
tushuncha.  
Ma‟lumki, hayotda  har xil sabablar tufayli qon ketish hodisalari ro„y berib turadi. Ayniqsa 
jarohatlanganda  qon  tomirlar  shikastlanishi  natijasida  qon  ketishi  hayot  uchun  xavflidir.  
SHuningdek,  organizmning  turli  xastaliklarida  ichki  a‟zolardan  qon  ketishi  mumkin.  Masalan, 

99 
 
bavosil, me‟da va  o„n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, ingichka va yug„on ichak kasalligi, 
o„pka  kasalligi  (sil,    o„sma  va  boshqalar),  burun  qonashi,  xayz  kurishning  cho„zilib  ketib  ko„p 
qon ketishi shular jumlasidandir. 
Jaroxatlanish  natijasida  qisqa  muddat  ichida  ko„p  miqdorda  qon  yo„qotilganda  bemor 
ko„pincha  shok  (karaxtlik)    holatiga    tushib    qoladi    va  bunda  zudlik  bilan  tegishli  tadbirlar 
ko„riladi (qon va qon o„rnini bosadigan suyuqliklar quyiladi). 
Ichki  a‟zolardan  oz-ozdan,  lekin  tez-tez  va  uzoq  muddat  mobaynida  surunkali  qon  ketib 
turganda  kamqonlik  (anemiya)  paydo  bo„ladi.  qizil    qon  tanachalari  miqdori  kamayishi  sababli 
ulardagi gemoglobin ham kamayadi. Natijada hujayralar, to„qimalar, a‟zo va sistemalar kislorod 
bilan  to„la  ta‟minlana  olmaydi.  Kishida  kislorod  tanqisligi  seziladi.  Unda  kamquvvatlik, 
behollik,  tinka  qurishi,  bosh  aylanishi,  ko„z  tinish  hollari  kuzatiladi.    Kamqonlikning  og„ir 
turlarida  ichki  a‟zolar,  ayniqsa  markaziy  nerv  sistemasi  faoliyati  susayadi  va  bu  ko„ngilsiz  
oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Organizm  qon  yo„qotishining  asosiy  sabablaridan  yana  biri  qon  ivish  jarayonining 
buzilishidir. Ma‟lumki, mayda qon tomirlar jarohatlanganda to„qima qonaydi va bir ozdan so„ng 
esa  qon  ketishi    o„z-o„zidan  to„xtaydi,  ya‟ni  qon  iviydi.  Bu  organizmga  xos  normal  fiziologik 
jarayondir. 
Hozirgi  zamon  tushunchasiga  ko„ra  qon  oqishining  to„xtashi  asosan  ikki  xil  namoyon 
bo„ladi:  qon  tomir-trombostitar  va  koagulyastion  gemostaz.  qon  tomir-trombostitar  gemostaz 
mayda  qon  tomirlar  jarohatlanganda    kuzatiladi.  Bunda  qon  tomirlar  torayadi,  jarohatlangan 
mayda  qon  tomirlar  (kapillyarlar,    venalar)  jarohatlangan  joyda  trombostitlarning  yig„ilishi  va 
ularning    bir-biri    bilan    yopishishi  hisobiga  tromb  hosil  bo„ladi.  Bunda  jarohatlangan  joy 
bekitilib, qon ketishi to„xtatiladi. 
Koagulyastion  qon  ivishi  esa  murakkab  fiziologik  jarayon,  bunda  bir  qator  omillar, 
fermentlar va boshqalar qatnashadi. Ulardan protrombin, tromboplastin, fibrinogen, kalsiy ionlari 
asosiy  omillar  hisoblanadi.  Protrombin  jigarda  K  vitamini  ishtirokida  hosil  bo„ladi, 
tromboplastin trombostitlar yorilishi natijasida ajraladi, fibrinogen jigarda xosil bo„ladi va kalsiy 
ionlari qonda doimiy bo„ladi. 
Keyingi  ma‟lumotlarga qaraganda ushbu jarayonda yuqoridagi omillardan  tashqari, o„nlab 
boshqa  omillar  qatnashar  ekan.  Ularning  ayrimlari  qon  ivishini  sekinlashtirsa,    boshqalar  esa, 
aksincha,  bu  jarayonni  tezlashtiradi,  ayrim  omillar  qonning  haddan  tashqari  ivishga  yo„l 
qo„ymaydi,  ortiqchasini  emiradi.  Ushbu  omillar  qonni  suyuq  holda  saqlab  turadi.  Agar  tomir 
shikastlansa, shu joyda qon iviydi va qon ketishi to„xtaydi. 
Lekin  bu  jarayonda  qatnashadigan  omillardan    birining    butunlay  yoki  etarli  bo„lmasligi 
qon  ivishini  izdan  chiqaradi,  natijada  qon  ketadi,  Masalan,  qon  ivishida  qatnashadigan  K 
vitamini etishmasligi, trombostitlarning  qonda  kamayib ketishi,  kalsiy ionlarining qonda etarli 
bo„lmasligi,  fibrinogen  sintezining  buzilishi,  bu  omillar  o„zaro  aloqasining    uzilishiga  va 
hokazalar qonning ivimasligiga va natijada kamqonlikka sabab bo„lishi mumkin. 
Bunday  hollarda    qon  tomirlarni  toraytiradigan  dori  (adrenalin,  noradrenalin,  efedrin) 
preparatlari ham tayinlanadi. Lekin bu tadbirlar hamma vaqt ham yaxshi samara beravermaydi. 
SHuning  uchun  qon  ketishini  to„xtatishda  beriladigan  dori    preparatlari  ichida  qon 
ivishining  tabiiy  omillarini  saqlagan  dori  vositalari  samarali  hisoblanadi.  Bulardan  K  vitamini 
preparati  (vikasol),  tarkibida  kalsiy  bo„ladigan  preparatlar  (  kalsiy  xlorid,  kalsiy  glyukonat), 
hayvonlar  qonidan  tayyorlangan  qon  ivishi  omillarini  saqlaydigan  preparatlar  kiradi.  Bulardan 
tashqari,  qon  tomirlari  devori  o„zkazuvchanligini  kamaytiradigan  dorilar  (rutin,  parmidin, 
askorbinat kislota) va boshqalar ishlatiladi. 
14.2.  Gemostatik  dorivor  o„simliklar  (qchchiqtaron,  bodrezak,  lagoxilus, 
bo„ymadaron,  jag„-jag„,  soxta  kashtan,  qirqbo„g„in  va  b.)  va  ularning  fitopreparatlar 
xarakteristikasi. 
quyida  keltirilgan  dorivor  o„simliklarning  ko„pchiligi    tarkibida  qon  ivish  jarayonida 
qatnashadigan  omillar  (K  vitamini)  va  qon  tomirlar  devorini  mustahkamlaydigan  moddalar  ( 

100 
 
rutin,  kversitin) va boshqalar bo„ladi. SHu tufayli  ular qon ketganda yaxshi ta‟sir ko„rsatadi va 
qon ivishini tezlashtiradi. 
SHuni  aytish  kerakki,    keltirilgan  shifobaxsh  o„simliklar  faqat    qon  ketganda  emas,  balki 
uning  oldini  olish  maqsadida  ham  ishlatilishi  mumkin.  Masalan,  qon  tomiriga  boy  a‟zolar 
operastiyasi (bodomcha bezlarini olib tashlash va boshqalar) oldidan 5- 10 kun davomida bunday 
o„simliklar damlamasi yoki qaynatmasidan ichish mumkin. 
1.  Achchiq  toron  (suvqalampir,  suvzamchi).    Gorest    perechniy  (Vodyanoy  perest) 
(Polygonum hydropiper  L.). 
Achchiq  toron  bo„yi  70  sm  ga  etadigan  bir  yillik  o„t  o„simlik.  O„simlik  ariq,  hovuz, 
ko„lmak suvlar bo„yida va boshqa nam erlarda o„sadi. 
Tibbiyotda  achchiq  toronning  er  ustki  qismidan  foydalaniladi.  Tarkibida  flavonoidlar, 
glikozidlar, organik kislotalar, K, S, YE vitaminlari va boshqa moddalar bor. 
Xalq tabobatida achchiq toronning  er ustki   qismidan  tayyorlangan  damlama  bezgak, ich 
ketish,  bavosil  va  boshqa  kasalliklarda  qon  ketishini  (bachadondan,  yo„g„on  ichakdan) 
to„xtatuvchi  va  og„riq  qoldiruvchi  dori  sifatida  hamda  turli  yaralarni  (chipqon,  qorason) 
davolashda qo„llaniladi. 
Tibbiyotda achchiq toron er ustki qismidan tayyorlangan dori preparatlar: damlama, suyuq  
ekstrakt  hayz  buzilganda  qon  ketishini  to„xtatuvchi  dori  sifatida  hamda  bavosil  kasalligini 
davolash  uchun  qo„llaniladi.  O„simlikning  suyuq  ekstrakti  bavosil  kasalligida  qo„llaniladigan  " 
Anuzol" shamchasi tarkibida bor. 
O„simlikning er ustki qismi qon to„xtatuvchi choy - yig„malar tarkibiga kiradi. 
2. Oddiy bodrezak, (kalina,  chingiz). Kalina  obiknovennaya (Viburnum opulus L.). 
Bodrezak bo„yi 1,5-3 metrga etadigan bo„ta. U o„rmon va o„rmon- cho„l hududlarida, ariq, 
ko„l  va  botqoqlik  yoqalarida,  o„rmon  chetlarida  o„sadi.  Manzarali  daraxt  sifatida  ko„chalarda, 
bog„larda va oromgohlarda o„stiriladi. 
Tibbiyotda bodrezakning po„stlog„i va mevasi ishlatiladi. Ular tarkibida viburnin glikozidi,  
K va S  vitaminlari, oshlovchi va boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  bodrezak  po„stlog„i,  guli  va  mevasidan  tayyorlangan  qaynatma  va 
damlamadan  keng  foydalaniladi.  Bodrezak  po„stlog„idan  tayyorlangan  qaynatma  qon  ketganda 
qon  oqishini  to„xtatuvchi,    ayniqsa  bachadondan  qon  ketishini  to„xtatuvchi,  qon  tomirini 
toraytiruvchi  dori vositasi  sifatida ishlatiladi. Mevasidan tayyorlangan  qaynatma yurak faoliyati 
ishini  yaxshilaydi  (yurak  mushagi  qisqarishini  kuchaytiradi).  SHuningdek  o„t  va  siydik 
haydovchi,    shamollashda  yo„tal  qoldiruvchi  dorivor  vosita  sifatida  qo„llaniladi.  Bodrezak 
gulidan tayyorlangan damlama bilan angina kasalligida tomoq chayiladi. 
Tibbiyotda  bodrezak  po„stlog„idan  tayyorlangan  suyuq  ekstrakt    bachadondan  qon  
ketishini  va  hayz  ko„rganda  paydo  bo„ladigan  og„riqni  qoldirish  uchun  ishlatiladi.  Bodrezak  
mevasi  vitaminli  choylar-yig„malar tarkibiga kiradi. 
3. Gangituvchi bozulbang. Lagoxilus opyanyayuhiy (Lagochilus inebrians Bge.).      
Bozulbang  bo„yi  60  sm  etadigan  ko„p  yillik  o„t    o„simlik    yoki    yarim  bo„ta.  Bozulbang 
asosan qozog„iston va Tojikistoning shag„alli tog„ yon bag„irlarida, yarim adir cho„llarida o„sadi. 
Tibbiyotda  bozulbangning  bargi  va  guli  ishlatiladi.  Uning  tarkibida  lagoxilin  va  uning 
birikmalari, flavonoidlar, iridoid, S, K vitamini va boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  bozulbangdan  tayyorlangan  damlama  qon  to„xtatuvchi,  tinchlantiruvchi 
dori  sifatida  hamda  allergik  va  gipertoniya  (qon  bosimining  ko„tarilishi)  kasalliklarini 
davolashda qo„llanidi. 
Tibbiyotda  bozulbangdan  tayyorlangan  damlama,  nastoyka,  quruq  ekstrakti  tabletka 
bachadondan,  o„pkadan  va  burundan  hamda  bavosil  kasalligida  qon  oqishini  to„xtatuvchi  dori 
sifatida  qo„llaniladi. Bu preparatlar yana gemofiliya, Verlgof kasalliklarini davolash uchun ham 
ishlatiladi. 
4. Oddiy bo„ymadoron. Tisyachelistnik  obiknovenniy (Achillea millefolium L.). 
Bo„ymodaron bo„yi 80 sm etadigan ko„p yillik o„t  o„simlik. O„simlik tog„ yon bag„irlarida, 
o„rmon chetlari, quruq o„tloqlarda, qir, yo„l yoqalari va bog„larda o„sadi. 

101 
 
Tibbiyotda  bo„ymodaronning  er  ustki  qismidan  foydalaniladi.  Uning  tarkibida  K,  S, 
vitaminlari karotin, efir moyi, achchiq va boshqa moddalar bor. Efir moyi xamazulen va boshqa 
terpinoidlardan tashkil topgan. 
Ibn  Sino  bo„ymodaron  er  ustki  qismidan  tayyorlangan    qaynatmani  shamollaganda,  bosh 
og„rig„ida, bachadon yarasida, buyrak tosh va boshqa kasalliklarda tavsiya qilgan. 
Xalq tabobatida o„simlikning er ustki qismidan tayyorlangan damlama yoki qaynatma turli 
qon  oqishlarda  (qon  tupurish,  qon  aralash  ich  ketish,  bavosil    kasalliklarida)  qon  to„xtatuvchi 
hamda ishtaha ochuvchi dori sifatida ishlatiladi. Bu dorilardan yana bosh og„rig„ini qoldiruvchi, 
siydik  haydovchi  vosita  sifatida  hamda  o„pka  sili  va  me‟da-  ichak  kasalliklarini  davolashda 
foydalaniladi. Bo„ymodaron gulining kukuni asalga qorib eyilsa, gijjalar tushadi. 
Tibbiyotda  bo„ymodaron o„simligining  er ustki  qismidan tayyorlangan  damlama va  suyuq 
ekstrakt  me‟da  -ichak  kasalliklarini  davolashda  hamda  ishtaha  ochuvchi,  qon  oqishini 
to„xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. 
O„simlikning  er  ustki  qismi  qon  ketishi  to„xtatuvchi,  ishtaxa  ochuvchi  va  me‟da  ichak 
kasalliklarida ishlatiladigan yig„malar tarkibiga  kiradi. 
5. Ikki  uyali gazanda.  CHayono„t.  Krapiva  dvudomnaya (Urtica dioica L.). 
Gazanda  bo„yi  150  sm  gacha  etadigan  achituvchi  tuklar  bilan  qoplangan  ko„p  yillik  o„t 
o„simlik. 
O„simlik  asosan  nam  erlarda  -  suv  bo„ylarida,  bo„tazorlarda,  axoli  yashaydigan  joylarda 
keng  tarqalgan.  Asosan  Rossiyaning  yuvropa  qismida,  Uzoq  SHarqda  va  Markaziy  Osiyoda 
uchraydi. 
Tibbiyotda  gazanda bargidan  foydalaniladi. Tarkibida K, S,  V2  vitaminlari,  karotin, ko„p 
miqdorda xlorofil va boshqa moddalar bor. 
Abu  Ali  ibn  Sino  chayono„t  o„simligi  mevasini  nafas  qisish  kasalligini  davolash  uchun, 
bargini esa qon to„xtatuvchi va surgi dori sifatida ishlatgan. 
Xalq  tabobatida  o„simlik  bargidan  tayyorlangan  damlama,    qaynatma  yoki  barg  kukuni 
ko„krak  og„rig„i,  bod,  isitma,  bezgak,  nafas  qisishi,  burun  va  og„izdan  qon  oqishi  va  bavosil 
kasalliklarini  davolashda  hamda  balg„am  ko„chiruvchi,  siydik  haydovchi  dori  sifatida 
qo„llaniladi. 
Gazanda  bargi  tarkibidagi  biologik  faol  moddalar    yig„indisining  farmakologik  ta‟siri 
asosan uning tarkibidagi vitaminlarga va temir  tuzlariga  bog„liq.  Ular  qon ivishini tezlashtiradi 
(K  va  S  vitamlari)  va  eritrostitlar  ishlab  chiqarilishi  oshiradi.  Bundan  tashqari,  bachadon 
qisqarishini jonlantiradi, o„t haydaydi va yara bitishini tezlashtiradi. 
qon to„xtatuvchi yig„malar tarkibiga kiradi. 
6. Jag„-jag„. Pastushya  sumka obiknovennaya (Capsella bursa pastoris Medic.). 
Jag„-jag„  bo„yi  60  sm  etadigan  bir  yillik  o„t  o„simlik.  O„simlik  asosan  aholi  yashaydigan 
erlarda, yo„l yoqalarida, o„tloqlarda, begona o„t sifatida ekinlar orasida o„sadi. 
Tibbiyotda  jag„-jag„  o„simligining  er  ustki  qismidan  foydalaniladi.  Uning  tarkibida  K,  S 
vitaminlari va boshqa moddalar bor.  
Xalq tabobatida  jag„ - jag„ o„simligi er ustki qismidan tayyorlangan damlama va qaynatma 
me‟da, o„pka kasalliklarida, burundan qon ketganda uni to„xtatuvchi,  qon bosimini tushiruvchi, 
ko„ngil aynishini bosuvchi va peshob xaydovchi dori sifatida qo„llaniladi. 
Tibbiyotda  jag„    -  jag„  o„simligining  er  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  va    suyuq  
ekstrakt  tug„ruqdan  keyin  va  bachadon  kasalliklarida  qon  ketishini  to„xtatuvchi  dori  sifatida 
ishlatiladi. 
7. Zirk. Barbaris  (Berberis L.). 
Tibbiyotda  zirkning 2 turidan dorivor o„simlik sifatida  foydalaniladi: Amur zirki-barbaris 
amurskiy  (Berberis  amurensis),  oddiy  zirk-barbaris  obiknovenniy  (Berberis  vulgaris  L.).  Zirk 
turlari bo„yi 1,5 -2 m ga etadigan tikanli bo„ta.  Ular cho„l, o„rmon-cho„l zonalarida o„sadi. 
Tibbiyotda  zirk  bargi  va  ildizidan  foydalaniladi.  Ular  tarkibida  protoberberin  guruhiga 
kiradigan berberin (asosiy alkaloid) va boshqa alkaloidlar bor. 

102 
 
Tibbiyotda zirk turlari bargidan tayyorlangan nastoyka ginekologiya amaliyotida bachadon 
mushaklari tonusini kuchaytiruvchi, qon ketganda qon to„xtatuvchi,  qon bosimini pasaytiruvchi 
dori  sifatida  qo„llaniladi.  Ildizidan  ajratib  olingan  berberin  -  berberin  sulfat  surunkali  gepatit, 
xolestistit va o„t-tosh kasalliklarini davolashda o„t haydovchi dori vositasi sifatida qo„llaniladi. 
8. Dorivor sangvizorba. Krovoxlebka lekarstvennaya (Sanguisorba officinalis L.). 
Sangvizorba  bo„yi    100  sm  ga  etadigan    ko„p  yillik  o„t  o„simlik.  O„simlik  o„rmon 
chekkalarida,  o„tloqlarda,  o„tli  cho„llarda,  bo„talar  orasida,  tog„  etaklaridagi  suv  bo„ylarida  va 
boshqa  nam  erlarda  o„sadi.  Asosan  Rossiyaning  yuvropa  qismida,  Kavkazda,  Sibirda,  Uzoq 
SHarqda uchraydi.  
Tibbiyotda  sangvizorbaning  ildiz  va  ildizpoyasidan  foydalaniladi.  Tarkibida  oshlovchi  va 
boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida    sangvizorbaning    ildiz  va  ildizpoyasidan  tayyorlangan  qaynatma  qon 
ketishini  (sil  kasalligida  qon  tupurishda,    bachadondan  qon  ketganda)  to„xtatuvchi,  og„riq 
qoldiruvchi, burushtiruvchi vosita sifatida va yaralarni davolashda qo„llaniladi. 
Tibbiyotda  sangvizorba  ildizpoya  va  ildizidan  tayyorlangan  qaynatma  va  suyuq  ekstrakt 
ginekologiya  amaliyotida  qon  to„xtatuvchi,  me‟da-ichak  kasalliklarida  (yo„g„on  va  ingichka 
ichakning yallig„lanishida, ich surganda) burushtiruvchi dorivor vosita sifatida qo„llaniladi. 
Mahsulot ich ketganda va qon to„xtatuvchi choy - yig„malar tarkibiga kiradi. 
9. Oddiy soxtakashtan. Konskiy kashtan obiknovenniy (Aesculus hippocastanum L.). 
Soxtakashtan bo„yi 30 m etadigan piramida shaklidagi shox-shabbali daraxt. Soxtakashtan 
ko„chalarda, bog„larda va oromgohlarda  manzarali daraxt sifatida o„stiriladi. 
Tabobatda soxtakashtan po„stlog„idan tayyorlangan qaynatma  qorataloq,  bavosil, bronxit, 
bezgak,  bod,  podagra  kasalliklarini  davolashda  hamda  ichakning  yallig„lanishi  natijasida  ich 
ketganda va bachadondan  qon ketganda qon to„xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. 
Po„stloq qaynatmasi eshakem toshgan hollarda ham dori sifatida qo„llaniladi. 
Tibbiyotda  soxtakashtan    o„simligidan  tayyorlangangan  venostazin  preparati  bavosil, 
ateroskleroz  va  tromboflebit  kasalliklarini  davolashda  ishlatiladi.  Urug„idan  tayyorlangan  suv-
spirtli  ekstrakt  (eskuzan),  qaynatma,  surtma,  tabletka,  shamcha  (esflazid)  tromboz  va  bavosil 
kasalliklarining oldini olish va davolashda hamda qon to„xtatuvchi dori sifatida qo„llaniladi. 
10. YAntoq. YAntak   (Alhagi Adans.). 
Tabobatda  yantoqning  to„rtta  turi:  shakar  yantoq-yantak  persidskiy  (Alhagi  persarum 
Boiss.  et Buhse),  siyrak barg yantoq  -yantak rixlolistiy (Alhagi  sparsifolia snap.); soxta yantoq-
yantak  lojniy  va kulrang yantoq-yantak sedovatiy (Alhagi canesens SHap.) ishlatiladi. 
YAntoq  turlari  tikonli  ko„p  yillik  o„t  o„simlikdir.  Ildizi  juda  yaxshi  taraqqiy  etgan.  Ular 
qumlik,    tekislik  va  tepaliklar,  tog„  yon  bag„irlarida,  begona  o„t  sifatida  ekinzorlarda,  ariq  va 
kanallar bo„yida, dalalarda va boshqa erlarda o„sadi. 
Tabobatda yantoqning er ustki qismi va ildizidan  foydalaniladi. Ular tarkibida vitaminlar, 
shilliq, oshlovchi va boshqa moddalar bor.  
Ibn Sino  yantoq turlarining  er ustki  qismidan tayyorlangan damlamani  yo„tal qoldiruvchi,  
terlatuvchi, ko„krakni yumshatuvchi va surgi dori sifatida tavsiya etgan. 
Xalq tabobatida yantoq  turlari  ildizidan tayyorlangan qaynatma bavosil kasalligini hamda 
yaralarni davolashda, qon oqishini  to„xtatish uchun  ishlatiladi. 
Er  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  siydik  haydovchi,  terlatuvchi  va  ich 
yumshatuvchi dori sifatida qo„llaniladi. 
11. Dala qirqbo„g„imi. Xvoщ   polevoy   (Equisetum arvense L.). 
qirqbo„g„im  ko„p  yillik,  sporali  o„simlik.  Ildizidan  er  ustiga  ikki  xil  poya  o„sib  chiqadi. 
Ular  bahorgi  va  yozgi  poyalar  deyiladi.    Bahorgi  poya  sporalari  etilib  va  sochilib  ketgandan 
so„ng  qurib  qoladi.    YOzgi  poya  qattiq,  bo„g„imli  bo„ladi  va  bu  bo„g„imlaridan  to„p-to„p 
shoxchalar o„sib chiqadi va halqa shaklida bo„g„imni o„rab oladi. Bargi yaxshi taraqiy etmagan, 
o„zgargan tangachasimon bo„ladi. Bu poya mart oylarida o„sib chiqib, kuzda qurib qoladi. 
qirqbo„g„im  ariq  va  daryo  bo„ylarida,  ekinzorlarda,  qumli  o„tloqlarda,  bo„talar  orasida, 
o„rmonlarda va boshqa nam joylarda o„sadi. 

103 
 
Tibbiyotda  qirqbo„g„im  o„simligining  er  ustki  qismidan  foydalaniladi.  Uning  tarkibida 
flavonoidlar,  S  vitamini,  karotin,  silikat  kislota  (organik  kislotalar    bilan    birikkan    va  suvda 
eriydigan holida) va boshqa moddalar bor. 
Ibn  Sino  quritilmagan  qirqbo„g„imdan  olingan  shira  bilan    yaralarni  davolagan. 
O„simlikning quritilgan va maydalangan er ustki qismining sharobda tayyorlangan damlamasini 
qonli ich ketishda,  istisqo kasalliklarini davolashda qo„llagan. 
Xalq  tabobatida  qirqbo„g„im  damlamasi  siydik  haydovchi,  qon  to„xtatuvchi  (qon 
tupurganda, burundan qon oqqanda, qon aralash ich ketganda) dori sifatida hamda istisqo, o„pka 
sili, buyrak va yurak kasalliklarini davolashda qo„llaniladi. 
Tibbiyotda  qirqbo„g„imning  er  ustki    qismidan    tayyorlangan    dorivor  preparatlar 
(qaynatma,    damlama,    suyuq  ekstrakt)  qon  aylanishi  buzilganda,    qovuq  yallig„lanishida  va 
siydik  yo„llari  kasalligida  peshob  haydovchi  dori  sifatida,  o„pka  sili  kasalligini  (silikat  kislota 
almashinuvining    buzilishi    bilan  bog„liq  ba‟zi  turlarini)  davolash  uchun  hamda  bachadondan 
qon ketganda va bavosil kasalligida qon to„xtatuvchi  dori sifatida ishlatiladi. 
Mahsulot  yurak-tomirlar kasalliklarida  siydik haydovchi  va qon  bosimini tushiruvchi  dori 
sifatida qo„llaniladigan choy - yig„malar  tarkibiga kiradi. 
12. qush toron (qizil tasma). Gorest  ptichiy (Polygonum  aviculare L.). 
qush toron bo„yi 30 sm etadigan, poyasi yoyilib o„suvchi bir  yillik o„simlik. 
qush toron yo„l  yoqalarida,  tashlandiq  erlarda,  ariq  bo„ylarida ekinzorlar orasida o„sadi. 
Tibbiyotda qush toronning er ustki  qismidan  foydalaniladi. Uning tarkibida  flavonoidlar, 
efir moyi, K, S vitaminlari, karotin va boshqa moddalar bor. 
Xalq tabobatida qush torondan tayyorlangan damlama siydik haydovchi, qon to„xtatuvchi, 
ich ketishda burushtiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. SHuningdek, oshqozon va o„n ikki barmoq 
ichak yallig„langanda, sil, ko„kyo„tal, bezgak kasalliklariga davo bo„ladi. 
qush toronning yangi yig„ilgan er ustki qismini yaraga bog„lab davolanadi. 
Tibbiyotda  qush  toronning  er  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  akusherlik  va 
ginekologiya  amaliyotida  tug„ruq  va  abortdan    so„ng  qon  ketishini  to„xtatuvchi,  buyrak  va 
buyrak tosh kasalliklarida siydik haydovchi dori sifatida qo„llaniladi. 
qushtoronning er ustki qismi yurak-tomirlar kasalliklarida  qo„llanadigan choy - yig„malar 
tarkibiga kiradi. 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
43.
 
www.ziyonet.uz
   
44.
 
www.Lex.uz
.  
45.
 
www.uzpharm-control.uz
   
46.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin