Fitoterapiya


ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32

ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
47.
 
www.ziyonet.uz
   
48.
 
www.Lex.uz
.  
49.
 
www.uzpharm-control.uz
   
50.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
Ma‟ruza №16 
Mavzu: Umumiy tonusni oshiruvchi dorivor o„sim-liklar fitopreparatlari. 
16.1.Vitaminlar etishmovchiligida ishlatiladigan shifobaxsh o„simliklar. 
16.2.  Bu  guruxga  kiruvchi  qadimdan  ishlatib  kelinayotgan  dorivor  o„simliklarning 
(jenshen,  levziya,  radiola,  xitoy  limonniki,  exinoponakis  va  b.)  farmakologik  va  fitoterapevtik 
xarakteristikasi va ularning fitorpreparatoari.  
Tayanch so„zlar: jenshen, levziya, radiola, xitoy limonniki 
 
16.1.Vitaminlar etishmovchiligida ishlatiladigan shifobaxsh o„simliklar
"Vitamin"  so„zi  lotincha  bo„lib,  "vita"  -  xayot  va  "amin"  -  NH  guruhidan  olingan  va 
birinchi  marta  polshalik  olim  Kazimir  Funk  tomonidan  1911  yilda  taklif  etilgan.  Ilk  bor 
N.I.Lunin  tomonidan  1880  yilda  oq  sichqonlarda  tajriba  o„tkazilib,  sut  tarkibida  oqsil,  yog„  va 
uglevodlar, tuzlardan tashqari hayot uchun zarur moddalar borligi e‟tirof etilgan. 
Vitaminlar 
tirik 
mavjudotlar 
organizmi 
uchun 
juda 
zarur,  fiziologik 
ahamiyatli,  fermentlar  tizimi  tuzilishi  uchun  muhim.  Ularning  ko„pchiligi  kimyoviy  tuzilishi 
jihatidan  murakkab  organik  moddalardir.  Ular  asosan  turli  o„simliklarda,  ho„l  meva,  ovqat 
mahsulotlarida  va  sabzavotlarda  bo„ladi.  Vitaminlarning  20  dan  ortiq  turi  ma‟lum.  Ularning 
har 
biri 
fizik-kimyoviy 
tuzilishi  va 
farmakologik 
xossalari  bo„yicha 
ma‟lum 
bir  vazifani  bajaradi  va  bu  jihatdan  bir  –  biridan  farq  qiladi.  Shuning  uchun  ular  bir  -  birini 
o„rnini bosa olmaydi. 
Organizm uchun zarur bo„lgan vitaminlar asosan turli ovqat mahsulotlari, ko„proq har xil 
ko„katlar  va  meva-sabzavotlar  bilan  o„zlashtiriladi.  Ularning  ayrimlari  (K,  V6 vitamini)  ichak 
mikroblari tomonidan ham ishlab chiqariladi, lekin bular organizm uchun kifoya qilmaydi. 
Vitaminlar  hayot uchun  zarur jarayonlarda  qatnashib,  o„ziga  xos  tabiiy,  noyob va  zarur 
moddalar  hisoblanadi.  Ular  organizmda  sodir  bo„ladigan  modda  almashinuvida,  asab  va 
endokrin  tizimining  boshqarilishida,  immunobiologik,  qon  ivish  va  boshqa  turli  jarayonlarda 
qatnashadi. 
Vitaminlar  miqdori  yetishmaganda  organizmda  gipovitaminozning  alomatlari  yuzaga 
kelib muayyan o„zgarishlar bilan kechadi. Umuman olganda bu gipo-avitaminoz ko„pincha ovqat 

113 
 
tarkibida  vitaminlar  yetishmasligi,  yoki  ularning  me‟da-ichak  yo„lidan  yaxshi  so„rilmasligi 
(jigar  faoliyatining  buzilishi,  me‟da-ichak  kasalliklari),  yoki  organizmda  ularga  bo„lgan 
ehtiyojning  ortishi  (homiladorlik,  og„ir  operatsiyadan  keyingi  davr,  surunkali  yuqumli 
kasalliklar  va  boshqalar),  organizmdan  vitaminlarning  ko„p  miqdorda  chiqib  ketishi  (havo  va 
tana haroratining ko„tarilishi, og„ir jismoniy mehnat va xakozo) natijasida vujudga keladi. 
Gipo 
-va 
avitaminoz 
holatlarida 
bemorlarga 
vitaminli 
dorilardan 
tashqari, 
vitaminlar  saqlagan  oziq-ovqatlar,  ayniqsa  ko„katlar,  meva-sabzavotlarni  muntazam  iste‟mol 
qilish 
buyuriladi.  Bular 
avitaminoz 
kasalligining  oldini 
olish  maqsadida  va  ayrim  kasalliklarda  xam  (yurak-tomirlar,  jigar,  oshqozon-ichak  va 
boshqalar) keng ko„lamda qo„llanadi. 
Tarkibida  ko„p  miqdorda  vitaminlar  saqlagan  o„simliklar  qatoriga  quyidagi  dorivor 
giyohlar  va  mahsulotlar  kiradi:  na‟matak  mevasi,  qora  qoraqat  bargi  va  mevasi,  o„rmon 
qulupnayining  bargi  va  mevasi,  chetan  mevasi,  chakanda  mevasi  va  moyi,  tirnoqgul,  gazanda 
bargi,  makkajo„xori  onalik  gulining ustunchasi,  bodrezak po„stlog„i va  mevasi,  bozulbang guli, 
jag„-jag„ yer ustki qismi va boshqalar. 
1.  Na‟matak. Shipovnik (Rosae L.). 
Na‟matakning  bir  necha  turlari  (Begger,  itburun,  tikanli,  Dauriya,  Fedchenko,  Qo„qon 
na‟mataklari) bo„lib, Markaziy Osiyo xududida ham ko„p o„sadi. 
Na‟matak  turlari  chiroyli  va  xushbo„y  gulli  tikanli  bo„talar  (ularning  ta‟rifi  va 
tarqalishi  "Jigar  kasalliklari"  bo„limida  berilgan),  mevasining  tarkibida  (quruq  holda 
xisoblanganida)  4-6,  ba‟zan  18%  gacha  S  vitamini,  0.3  mg%  V2 vitamini,  K  vitamini  (1  g 
mahsulotda 40 biologik birlik  miqdorida), R  vitamini 12-18 mg%,  karotin va boshqa moddalar 
mavjud. 
Xalq tabobatida na‟matakning ho„l  mevasi va uning qaynatmasi o„tkir  va surunkali jigar 
kasalliklarida  (sariq,  tosh)  va  boshqa  xastaliklarda  (buyrak,  yurak,  xafaqon,  qon  yo„qotishda) 
qo„llaniladi. 
Ibn  Sinoning  fikricha  na‟matak,  ayniqsa  uning  guli  tomoq  murtak  kasalliklarida 
foydalidir. 
Tibbiyotda  na‟matakning  yetilgan  mevalari  polivitaminlar  saqlovchi  mahsulot  sifatida 
ishlatiladi. Bemorni kasallikka qarshi chidamini (immunitetni) yaxshilash uchun, yallig„lanishga 
qarshi,  kamqonlikda,  surunkali  xoletsistitda,  gipoatsid  gastritda  tavsiya  etiladi.  O„simlikning 
urug„idan  olingan  moyi  tarkibida  karotinoidlar  va  tokoferollar  saqlanadi.  Shu  sababli  u  turli 
yaralarning bitishini tezlashtiradi (trofik yara,  ko„krak bezi yarasi, yo„g„on ichak yaralari va b.) 
va yallig„lanishga qarshi dori sifatida ishlatiladi. 
Na‟matakning  mevasidan  turli  dorivor  preparatlar  tayyorlanadi.  Chunonchi,  askorbin 
kislota  (kukun,  draje,  tabletka,  eritma  holida  ampulada  chiqariladi),  mevasidan  damlama, 
ekstrakt, karotolin, na‟matak moyi va sharbat hamda tabletkalar tayyorlanadi. 
O„simlik mevasi vitaminli va polivitaminli choylar - yig„malar tarkibiga kiradi. 
Itburun  na‟matakdan  (mevasidan)  xolosas  preparati  tayyorlanadi  va  jigar  kasalliklarida 
(gepatit, xoletsistit) buyuriladi. 
2. Qora qoraqat. Smorodina chernaya (Ribyes nigrum L.). 
Bo„yi  1-1,5  m  bo„lgan  bo„ta  o„simlik  sobiq  Itifoqning  yuvropa  qismida,  Sibirda  va 
Markaziy Osiyoning tog„li tumanlarida o„sadi va o„stiriladi. 
O„simlikning  bargi  tarkibida  400  mg%  gacha  askorbin  kislota,  R  vitamini  va  efir  moyi 
mavjud.  Mevasida  S  vitamini-  80-200  mg%,  karotin  0,1  mg%,  YE  vitamin-  0,72  mg%,  V 
vitamini- 0,02 -0.03 mg% va boshqalar bor. 
Xalq 
tabobatida 
o„simlikning 
mevasi 
va 
bargi  qand  kasalligida, 
ishtaha 
yomonlashganda,  surunkali  gastritda  va  enterokolitda,  kamqonlikda,  jigar  kasalliklarida 
ishlatiladi. Qora qoraqatning bargi yallig„lanishga qarshi va siydik haydovchi ta‟sirga ega. 
Tibbiyotda  o„simlik  mevasi  vitamin  saqlaydigan  mahsulot,  parhez  va  davolash  uchun 
turli  kasalliklarda,  ayniqsa  S  vitamini  yetishmovchiligi  bilan  bog„liq  xastaliklarda  (singa, 
gemorragik diatez, kamqonlikda, gipoatsid holatlarda, enterokolit va bronxitda) beriladi. Bundan 

114 
 
tashqari,  turli  yuqumli  kasalliklarning  oldini  olish  va  davolash  uchun  (gripp,  angina, 
dizenteriya,  ich  terlama  va  boshqalar)  asosiy  spetsifik  dori-darmonlar  bilan  birga  tavsiya 
etiladi.  Bundan 
asosiy 
maqsad 
bemor 
organizmini 
kasallikka  qarshi  chidamini  oshirishdir.  Ho„l  mevasi  (200-250  g)  xafaqonlik  kasalligida  ham 
beriladi. 
3.  O„rmon qulupnayi. Zemlyanika lesnaya (Fragaria vesca L.). 
Ko„p  yillik,  bo„yi  5-20  sm  bo„lgan  qo„ng„ir  rangli  ildizpoyali  va  mayda  ildizli  o„t 
o„simlik. 
O„rmon 
qulupnayi 
(yertut) 
Markaziy 
Osiyoning 
TyanShan 
tog„laridagi 
o„rmon,  o„tloqlarida va Rossiyaning  yuvropa  qismidagi  o„rmonlarida o„sadi. 
Qulupnay  bargi  tarkibida  250-260  mg%  S  vitamini,  karotin  va  boshqa  moddalar 
bor.  Mevasi tarkibida esa 9.5% qand, organik kislotalar va bir qator vitaminlar  (S vitamini -50-
90  mg%,  YE-0.54  mg%,  karotin-0.03-0.05mg%,  V6  -0,06  mg%,  V1  -0,03  mg%,  V2-0,05 
mg% v.b.) mavjud. 
Xalq  tabobatida  xo„l  va  quritilgan  mevasi,  barglari  va  ildizi  jigar  (o„tkir  va  surunkali 
xoletsistit,  sariqlik,  tosh),  me‟da-ichak  (surunkali  gastrit,  enterokolit),  bavosil,  buyrak  tosh  va 
boshqa kasalliklarda ishlatiladi. 
Tibbiyotda 
singa 
xastaligida, 
ishtaxani 
ochish, 
ovqatni 
hazm 
qilish, 
qon 
ishlab  chiqarishni  yaxshilash  maqsadida  hamda  oshqozon-  o„n  ikki  barmoq  ichak  yara, 
gastrit,  enterokolitlarda,  jigar 
va 
yurak 
kasalliklarida 
(miokardit, 
yurak 
ishemik 
kasalligi,  xafaqonlik),  kamqonlikda  va  boshqa  xastaliklarda  o„simlikning  mevasi  va  bargidan 
tayyorlangan damlama va qaynatma qo„llaniladi. 
4. Chakanda. Oblepixa  krushinovidnaya  (Hippophayo  rhamnoides L.). 
O„simlik  asosan  chakalakzorlarda  Markaziy  Osiyo,  ¶arbiy  va  Sharqiy  Sibirda  o„sadi 
(o„simlikning ta‟rifi "Me‟da- ichak kasalliklari" bo„limida berilgan). 
Chakanda  mevasining  tarkibida  450  mg%  S  vitamini  ,  0.035  mg%  V1  vitamini,  0,05 
mg% va V2 vitamini, 145 mg% YE vitamini, 60 mg% karotin va boshqa moddalar uchraydi. 
Xalq tabobatida yetilgan mevalari va  shirasi  ishtahani  yaxshilash, uchun va sirtdan qon 
ketishida ishlatiladi. 
Chakandaning  gullaridan  tayyorlangan  bo„tqa  yaralar  bitishini  tezlashtirish  va 
yallig„lanishga qarshi dori vositasi sifatida qo„llanadi. 
Tibbiyotda  chakanda moyi yallig„lanishga qarshi,  yara  bitishini tezlashtiruvchi  va og„riq 
qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi.  Me‟da va o„n ikki barmoq ichak yara kasalligida, surunkali 
gastritda, yarali kolitda, teri kuyishida  va sovuq olganda,  ekzemada va boshqa teri kasalliklarida 
ham qo„llanadi. 
5. Bodrezak. Kalina  obiknovennaya  (Viburnum opulus L.). 
O„simlik  Rossiyaning  yuvropa  qismining  o„rmon  zonasida,  Kavkazda  va  Sharqiy 
Qozog„istonda  o„sadi.  Xiyobonda  va  bog„larda  o„stiriladi.  (O„simlikning  ta‟rifi  "Qon  oqishini 
to„xtatuvchilar" bo„limida berilgan). 
Maxsulot (po„stloq va mevasi) tarkibida 70-80 mg%  S vitamini,  28-31 mg% K vitamini, 
21 mg% karotin, viburnin glikozidi va boshqa moddalar bor. 
Tibbiyotda  o„simlik  po„stlog„ining  dorivor  preparatlari  bachadondan  qon  ketishini 
to„xtatish hamda og„riqli hayz ko„rishda ishlatiladi. 
Bodrezak mevasi  xalq  tabobatida me‟da yarasi kasalligini davolashda va kuchsiz siydik 
haydovchi vosita  sifatida qo„llanadi. 
O„simlik po„stlog„idan suyuq ekstrakt va damlama tayyorlanadi. Mevasidan esa damlama 
tayyorlanadi. Mevasi vitaminli choylar-yig„malar tarkibiga kiradi. 
6. Bozulbang. Lagoxilus opyanyayuщiy  (Lagochilus inebrians Bge.). 
O„simlik  respublikamiz  viloyatlarida  (Samarqand,  Buxoro,  Qashqadaryo)  o„sadi. 
(O„simlikning  ta‟rifi  "Qon  oqishini  to„xtatuvchilar"  bo„limida  keltirilgan).  Lagoxilus 
(bozulbang)  guli  tarkibida  K vitamini, 0.6-1.7% lagoxilin, askorbin kislota va boshqa moddalar 
bor. O„simlik gulidan damlama, nastoyka, qaynatma va quruq ekstrakt preparatlari tayyorlanadi. 

115 
 
O„simlik preparatlari tibbiyotda bachadondan,  o„pkadan, me‟da va o„n ikki barmoq ichak 
yarasidan,  burundan qon ketishida, gemofiliya, Verlgof bavosil kasalligida ishlatiladi. 
Prof.  T.P.Pulatova  tomonidan  lagoxilusning  ayrim  turlari  o„rganilgan  va  tibbiyotda 
ishlatilishga tavsiya etilgan. 
7. Jag„-jag„.  Pastushya sumka obiknovennaya (Capsella bursa pastoris Medic.). 
Barcha  aholi  yashaydigan  yerlarda,  yo„l  chekkalarida,  o„tloqlarda,  ekinlar  orasida 
o„sadi.  (O„simlikning  tasviri  "Qon  oqishini  to„xtatuvchilar"  bo„limida  keltirilgan).  O„simlik 
mahsuloti  tarkibida 0.12%  askorbin kislota,  K vitamini,  gissonin  glikozidi va boshqa  moddalar 
bor. 
O„simlik  yer ustki  qismidan tayyorlangan  damlama va  suyuq  ekstrakt tug„ruqdan keyin 
bo„ladigan bachadondan qon ketishida - atonik qon oqishida qon to„xtatuvchi sifatida ishlatiladi. 
8. Ikki uyali gazanda.  Krapiva dvudomnaya(Urtica dioica L.). 
O„simlik yo„l yoqalarida, ariq  bo„ylarida,  nam  va salqin o„rmonlarda, aholi yashaydigan 
yerlarda 
o„sadi 
(o„simlikning 
ta‟rifi 
"Qon  oqishini 
to„xtatuvchilar" 
bo„limida 
keltirilgan).  Markaziy Osiyoda uchraydi. 
Mahsulot tarkibida 100-1600 mg% S vitamini, 4.52-7.5 mg% K vitamini va 14-50 mg% 
V2 vitamini, karotinoidlar va boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  o„simlik  bargi,  guli,  shirasi,  ildizi  va  urug„i  ishlatiladi.  Ular  damlama, 
qaynatma  shaklida  qon  ketishida,  gastritda,  revmatizmda,  jigar  va  siydik  qopi  kasalliklarida 
qo„llanadi. 
Ibn  Sino  maydalangan  o„simlik  bargini  burundan  qon  ketishida,  yiringli  yaralarni 
davolashda ishlatgan. 
  
 
  
I. Ikki uyali gazanda (Urticf Dioica L. 
II. Teshik dalachoy ( Hypericum perforatum L.) 
 Tibbiyotda  gazanda  bargidan  tayyorlangan  damlama,  suyuq  va  quyuq  ekstraktlar,  barg 
briketi  bachadondan,  ichakdan  va  buyrakdan  qon  ketishida  (damlama  va  suyuq  ekstrakti) 
samarali  hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  o„simlik  preparatlari  aterosklerozda,  kamqonlikda, 
xoletsistitda,  me‟dan  va  o„n  ikki  barmoq  ichak  yara  kasalligida  hamda  avitaminozlarda  tavsiya 
etiladi. 
Mahsulot  me‟da-ichak  kasalliklarida  qon  to„xtatish  uchun  ishlatiladigan  choy-yig„malar 
tarkibiga kiradi. 
Yuqorida keltirilgan o„simliklardan tashqari turli vitaminlarni ko„p miqdorda saqlaydigan 
noz-ne‟matlardan 
limon, 
apelsin, 
mandarin, 
xurmo, 
olma,  gilos,  sarimsoq 
piyoz,  oshpiyoz,  rayhon va boshqalarni e‟tibordan soqit qilib bo„lmaydi. 

116 
 
Hududimizda  o„sayotgan  va  o„stiriladigan  mevalar,  sabzavotlar,  ko„katlar  ko„p  sonli 
vitaminlarni  saqlaydi,  ularni  muntazam  iste‟mol  qilib  turish  bir  qator  kasalliklarning  oldini 
olishiga va  davolashga imkon beradi. 
 16.2. Bu guruxga kiruvchi qadimdan ishlatib kelinayotgan dorivor o„simliklarning 
(jenshen, levziya, radiola, xitoy limonniki, exinoponakis va b.) farmakologik va 
fitoterapevtik xarakteristikasi va ularning fitorpreparatoari.  
Bu  guruhga  har  xil  o„simliklardan  va  xayvonlar  organlaridan  olinadigan,  tarkibida  bir 
necha  modda  aralashgan  kompleks  preparatlar  kiradi.  Ularning  ko„pchiligi  xalq  tabobat  usuli 
bo„yicha  tayyorlangan  va  ishlatiladigan  dorilardir.  Ushbu  preparatlarni  asosiy  ta‟siri  markaziy 
nerv  sistemasi  faoliyatini  qisman  qo„zg„otib  umumiy  tonusni,  quvvatni  sezilarli  oshiradi, 
charchashni  kamaytiradi,  yurak  ishini  stimullaydi,  qon  bosimini  sezilarli  ko„taradi,  ishtaxani, 
aqliy  va  jismoniy  qobiliyatni  birmuncha  yaxshilaydi,  organizmni  salbiy  ta‟sirga  chidamligini 
oshiradi.  Dorilarni  bunday  ta‟siri  aytilgan  organ  va  sistemalarni  faoliyati  susaygan  bo„lsa 
ko„proq  bilinadi.  Bu  preparatlarni  ta‟sir  mexanizmi  yaxshi  o„rganilmagan.  Lekin  shuni  aytish 
kerakki, bu  yerda  endokrin  sistemasining  faoliyatini  oshishi katta axamiyatga  ega  bo„lsa kerak. 
Dorilar aqliy  va jismoniy charchashda, kam quvvatlikda,  gipotoniyada, impotensiyada (erkaklik 
qobiliyatini suslashishi) tavsiya etiladi. 
Gipertoniyada,  uyqusizlikda,  umumiy  qo„zg„olish  bilan  boradigan  xollarda  tavsiya 
etilmaydi. Balog„atga yetmagan yoshlarga berish  mumkin emas. 
5.  Oddiy jenshen. Jenshen obiknovenniy (Panax  ginseng S.A. Meu) 
Oddiy  jenshen  (Panax  ginseng)  ko„p  yillik,  bo„yi  30-70  sm  ga  yetadigan  o„t  o„simlik. 
Uzoq  Sharqda,  Xitoy,  Koreya,  Yaponiyada  o„sadi  va  o„stiriladi.  O„simlik  ildizida  triterpen 
saponinlar,  ginzenin  birikmalari,  organik  kislotalar,  alkaloidlar,  qand  moddalar,  efir  moyi, 
vitaminlar, mikroelementlar va boshqa moddalar bor. Ildizining efir moyi tarkibida seskviterpen 
birikmalar uchraydi. 
Jenshenning  asosiy  farmakologik  ta‟siri  MNS  iga  qaratilgan  bo„lib,  uning  faoliyatini 
jonlantiradi-tonusni oshiradi. Ushbu o„simlikdan tayyorlangan dori preparatlari (tindirma,  kukun 
va  draje)  qadim  zomonlardan  beri  xalq  tabobatida  ishlatib  kelinadi.  Uning  tarixi  juda  boy. 
Keyingi  50-60  yil  davomida  jenshen  farmakologlar  tomonidan  o„rganiliyapti.  U  ayrim 
analeptiklar  (kofein,  kamfora,  pirotoksin,  fenamin)  ta‟sirini  kuchaytiradi,  uxlatuvchi  va 
narkotiklar  ta‟sirini  esa  sindiradi.  Uning  MNS  iga  qo„zg„otuvchi  ta‟siri  qo„zg„olish  jarayonini 
bosh  va  o„zak  miya  po„stloq  neyronlarida  ortishi  va  reflektor  faoliyatini  tezlashishi  bilan 
tushintiriladi. Natijada charchoqlik yo„qolib bardamlik seziladi, quvvat oshadi, aqliy va jismoniy 
qobiliyat yaxshilanadi. Yurak faoliyatiga ijobiy ta‟sir etadi, qon bosimini qisman ko„taradi. Miya 
qon  tomirlarini  kengaytiradi,  qon  aylanishini  jonlantiradi,  gemopoezni  qisman  yaxshilaydi. 
Boshqacha  aytganda  jenshenning  ta‟sir  doirasi  keng  va  murakkabdir.  Uning  bunday  ta‟sirida 
endokrin  bezlar  faoliyatini  oshishi  alohida  o„rin  egallaydi.  Nuklein  kislotalar  (RNK,  DNK) 
sintezini  kuchaytirish,  siklik  AMF  ining  oshirishi,  kortikosteroidlarni  qonda  ortishi  aniqlangan. 
Organizmni turli sharoitga moslashishi oshadi. 
Shularni  xisobga  olgan  holda  jenshenning  galen  preparatlari  xar  xil  sabablar  bo„yicha 
kam  quvvatlikda,  astenik,  astenodepressiv  xolatlarda,  psixoasteniya  va  isterik  reaksiyalarda, 
impotensiyada, gipotoniyada  va boshqa xolatlarda tavsiya etiladi. 
Uning  quyidagi  preparatlari  ma‟lum:  jenshen  nastoykasi  (Tinctura  Ginseng).  15-20 
tomchidan  ovqatdan  oldin,  kuniga  3  marta  ichiladi.  Kukun  tabletkasi  0,15-0,3  g  dan  kuniga  3 
marta beriladi. 
6. Baland exinopanaks. Zamanixa visokaya  (YEchinopanax yelatum Nakai) 
Baland exinopanaks bo„yi 1m gacha tikonli bo„ta. Uzoq Sharqda o„sadi. O„simliklarning 
hamma  qismida  saponinlar,  efir  moy  (bargida  0,5%  poyasida  2%),  alkaloidlar,  flavonoidlar  va 
boshqa  moddalar  bor.  O„simlik  ildiz  va  ildizpoya  qismidan  tayyorlangan  nastoykasi  o„zining 
farmakologik ta‟siri bo„yicha jenshenga o„xshaydi, lekin ta‟sir kuchi sustroqdir. Ayrim ta‟sirlari 
bo„yicha  (uyqudan  uyg„atish,  diuretik)  kuchliroq  xisoblanadi.  Ushbu  preparat  ham  umumiy 
tonusni oshiradi, ayniqsa asteniya, depressiv va gipotoniya xolatlarda qo„l  keladi. Qandli diabet 

117 
 
xastaligida bo„ladigan adinamiyada  preparat  yaxshi  samara  beradi. Exinopanaks  nastoykasi 30-
40 tomchidan ovqatdan oldin kuniga 2-3 marta 25-30 kun davomida qabul qilinadi. 
7.Manchjuriya araliyasi. Araliya manchjurskaya (Aralia mandshurica Rupr.et Maxim.) 
Bo„yi  5  m  ga  yetadigan  tikonli  daraxt.  Primorsk  va  Xabarovsk  o„lkalarida  va  Amursk 
viloyatlarida o„sadi. Ildizi tarkibida saponinlar, efir moyi, smolalar va aralin alkaloidi saqlanadi. 
Galen  preparati  farmakologik  ta‟siri  bo„yicha  jenshenga  yaqin  turadi-umumiy  tonusni 
oshiradi,  kardiotonik,  antistresslik  ta‟siri  bor,  lekin  ta‟sir  kuchi  sezilarli  kamroq.  Qo„yidagi 
preparatlari ma‟lum: 
Araliya nastoykasi (Tinctura Araliae). 30-40 tomchidan kuniga 2-3 marta ichiladi. 
Saparal  -  araliyaning  ildizidan  olingan  saponinlar  yig„indisi  triterpen  glikozidlar 
saqlagan preparat. Tabletka xolida 0,05 g dan chiqariladi. 1 tabletkadan 2-3 marta ichiladi. 
8. Maxsarsimon levzeya. Levzeya saflorovidnaya (Leuzea sarthamoides (Willd).D S). 
Ko„p yillik, bo„yi 50-80 sm yetadigan o„t o„simlik. Asosan sharqiy Qozog„iston, Sibirda 
o„sadi  va  boshqa  yerlarda  o„stiriladi.  Ildizpoya  va  ildizidan  tayyorlangan  ekstrakti  MNSga 
jonlantiruvchi  ta‟sir  qilib,  uyquni  qochiradi,  umumiy  tonusni,  ish  qobiliyatini  yaxshilaydi, 
charchashni  kamaytiradi  va  kishini  bardam  qiladi.  Preparatlaridan  levzeyaning  suyuq  ekstrakti 
(1:1) 70-500 spirtda tayyorlanadi va 20-30 tomchidan kuniga uch maxal ovqatdan oldin ichiladi. 
40 ml dan flakonlarda chiqariladi. 
9.  Xitoy  sxizandrasi  (limonnigi).  Limonnik  kitayskiy  (Schizandra  chinensis  (Turck.) 
Baill.) 
Bo„yi  10-15  sm  cha,  yo„g„onligi  1-1,5  sm  ga  yetadigan  ikki  uyli  liana  o„simligidir. 
O„simlikning  poyasi  va  bargi  limon  xidli.  O„simlikning  urug„i  va  mevasidan  tayyorlangan 
preparatlar  tibbiyot  amaliyotida  ishlatiladi.  Mevasida  10-11%  limon,  7-8%  olma  va  0,8%  vino 
kislota,  350-380  mg%  S  vitamin  ,  0,3%  efir  moyi  va  5,7%  dibenzotsiklooktodein  unumlari 
bo„lgan lignanlar - cxizandrin, sxizandrol va boshqalar bor. 
Galen  preparatlari  (damlama,  nastoyka)  qon  bosimini  ko„taradi,  yurak  urushini 
sekinlashtiradi,  qisqarishini  oshiradi,  nafasni  tezlashtiradi,  xarakatlanish  va  orqa  miya 
reflekslarini  jonlantiradi.  Shu  sababdan  ular  asteniya  va  astenodepressiv  xolatlarda, 
psixoasteniyada,  kam 
quvvatlikda,  gipodinamiyada  beriladi.  Preparatlari: 
mevasidan 
tayyorlangan  nastoyka  (Tinctura  fructum  Schizandrae  (1:5),  va  suyuq  ekstrakti  (Extr. 
Schizandrae  fluidum)  (1:3)  20-30  tomchidan  noxorda  yoki  ovqatdan  4  soat  keyin  kuniga  2-3 
marta 20-25 kun davomida ichiladi. Flakonda 50 ml dan chiqariladi. 
10. Pushti rodiola. Rodiola rozovaya (Rhodiola rosea L.) 
Ko„p yillik, bo„yi 30-50 sm ga yetadigan, o„t o„simlik. Tundrada, Sibirda, Uzoq Sharqda, 
Sharqiy  Qozog„istonda  o„sadi.  Ildiz  tarkibida  0,5-1,3%  glikozid-  rodiolozid  va  boshqa 
glikozidlar, antratsen unumlari, oshlovchi moddalar, efir moyi, flavonoidlar va boshqalar bor. 
O„simlik  preparatlari  aqliy  va  jismoniy  ish  qobiliyatini  oshiradi,  uyquni  qochiradi, 
organizmni  chidamligini  yaxshilaydi,  umumiy  tonusni  jonlantiradi.  Kichik  dozada  N  - 
xolinolitiklik,  katta  dozada  esa  M-xolino  va  adrenolitiklik  xossaga  ega.  O„simlik  preparatlari 
nevrozda, gipotoniyada, astenik xolatida tavsiya etiladi. Preparatlari: Radiolaning suyuq ekstrakti 
(Extractum Rhodiolaye fluidum) 5-10 tomchidan kuniga 2-3 marta ovqatdan 15-30 daqiqa oldin 
ichiladi. Flakonda 30 ml dan chiqariladi. 
 
 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin