Fitoterapiya



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32

Ma‟ruza №15 

104 
 
Mavzu: Halq tabobatida ishlatiladigan ayrim dorivor o„simliklar
15.1.Xalq  tabobatining  tarixi.  Uning  fitoterapiyada  axamiyati  va  yangi  fitopreparatlar 
topishda roli.  
15.2.Xalq tabobatida qadimdan ishlatib kelinayotgan ayrim dorivor o„simliklar (sano, zirk, 
ro„yan va b.) misolida tibbiyot amaliyotiga kiritilganligi va davo samarasi tasdiqlangani.  
Tayanch so„zlar: sano, zirk, ro„yan 
 
15.1.Xalq 
tabobatining 
tarixi. 
Uning 
fitoterapiyada 
axamiyati 
va 
yangi 
fitopreparatlar topishda roli 
Fitoterapiyaning  tarixida  yana  Abu  Bakr  Muhammad  ibn  Zakiriyo  ar-Roziy,  Abu 
Rayhon Beruniy,  Ismoil al-Jurjoniy  va boshqalarning hissasi ham salmoqlidir. 
Markaziy  Osiyo  olimlari  va  tabiblari  ham  ushbu  yo„nalishda  sezilarli  iz 
qoldirganlar.  Masalan,  Yusuf  Xaraviy  (XIV  asr)  Muhammad  Bobur  saroyida  xizmat  qilgan, 
uning  shaxsiy  tabibi  bo„lgan.  1507  yilda  "Yaxshi  kishilarga  foydalar"  asarini  yozgan.  Bunda 
o„simliklardan 
olingan 
sodda 
dorilarga 
keng 
o„rin 
berilgan 
va 
ayrim  kasalliklarni  davolash  yo„llari  ta‟riflangan.  Ushbu  asar  keyinchalik  "Tibbi  Yusufiy" 
nomi bilan sharq mamlakatlarida katta nufuzga ega bo„lgan.     
Ne‟matulloh  al-Qirmoniy  (XIV  asr)  ning  "Dorivor  moddalarning  xususiyatlar  dengizi" 
nomli asari bizgacha yetib kelgan. Kitobni yozishda muallif o„zidan oldin o„tgan Jolinus (Galen), 
Ibn Sino, Ibn al-Baytar kabilarning tibbiy asarlaridan keng foydalangan. 
Ubaydulloh ibn Yusuf Ali al-Qahhol (XVI asr) Toshkentda yashab ijod etgan. U o„zining 
mashhur  "Kasalni  tuzatish"  asarida  sharqda  nomi  tanilgan  tabiblarning  tibbiyotga  oid 
asarlarini,  jumladan  Ibn  Sino,  Abu  Bakr  Roziy,  Najmiddin  Samarqandiy,  Ismoil  Jurjoniy 
kitoblarini tahlil qilgan. 
Farmakologiya  fanining  rivojiga  rus  olimlari  R.Buxgeym,  N.Nelyubin,  O.V.Zabelin, 
I.P.Pavlov  va  boshqalarning  qo„shgan  hissalar  nixoyatda  katta.  Farmakologiya  fanida  yorqin  iz 
qoldirgan olimlardan biri V.P.Kravkovdir (1865-1924 yy.). 
S.V.Anichkov (1892-1981 yy.) va V.V.Zakusov (1903-1986 yy.) N.P.Kravkovning yaqin 
shogirdlaridan 
hisoblanadi. 
Ularning 
ilmiy 
izlanishlari 
neyroendokrinologiya, 
neyrofarmakologiya va boshqa sohalarga bag„ishlangan. Ular farmakologlarning katta maktabini 
yaratgan, Respublikamiz uchun ham  qator  mutaxassislar yetishtirganlar. 
M.D.Mashkovskiy  tomonidan  tibbiyot  amaliyotini  yangi  dori  preparatlar  bilan  boyitish 
sohasida  salmoqli  ishlar  qilingan.  M.D.Mashkovskiy  yaratgan  va  ko„p  marta  nashr  etilgan 
"Lekarstveniye sredstva" ("Dori vositalari")  kitobi  tibbiyot olamida katta shuhrat qozongan. 
Respublikamizda  farmakologiya  fanini  rivojlantirishda  I.I.Markelov,  N.N.Kompansev, 
I.K.Komilov, M.B.Sultonov va boshqalarning  hissalari salmoqlidir. 
XVII-XIX  asrlarga  kelib,  kimyo  fanining  rivoj  topishi  sintez  yo„li  bilan  olingan  dori 
preparatlarini  yaratishga  imkon  berdi.  Shu  sababli  ham  keyingi  davrda  dorivor  o„simliklarni 
o„rganish va ulardan dori  preparatlari olish masalasiga e‟tibor kamaydi. 
Sun‟iy  yo„l  bilan  olingan  dori  preparatlari  bemorlarga  davo  qilishda  samarali  bo„lsa-
da,  ular har xil asoratlarni, nojo„ya holatlarni keltirib chiqarishi keyingi 10-15 yil ichida ma‟lum 
bo„ldi.  Ayniqsa  ularning  ko„pchiligi  allergiya  holati  vujudga  kelishiga  sabab  bo„lmoqda.  Jahon 
sog„liqni  saqlash  tashkilotining  ma‟lumotiga  ko„ra  bemorlarning  2,5-5%  ini  shunday  dori 
preparatlari keltirib chiqargan turli asoratlar tashkil qiladi. 
Bu borada shifobaxsh o„simliklarning hujayra tuzilishi va tarkibidagi kimyoviy moddalar 
bo„yicha  odam  tanasi  metabolitlariga  yaqin  bo„lgani  sababli  ulardan  tayyorlangan  preparatlar 
ko„pincha kam zaharli yoki zaharsiz va bemorga ziyon yetkazmaydi. Ushbu  dori-darmonlarning 
shifobaxsh  ta‟siri  sintetik  preparatlarga  nisbatan  kuchsizroq  bo„lsa  ham  ularni  kasallikning 
yengil shaklida,  ayniqsa surunkali  kechishida uzoq  muddat qo„llash mumkin. Bundan tashqari, 
ushbu  o„simliklar  tarkibida  turli  va  bir  necha  biologik  faol  moddalarning  mavjudligi  ulardan 
tayyorlangan preparatlarning ta‟siri har tomonlama bo„lishini ta‟minlaydi. 

105 
 
Yuqoridagilarni  hisobga  olgan  holda  so„nggi  vaqtlarda  dorivor  o„simliklarga  bo„lgan 
qiziqish ancha kuchaydi. 
Shifobaxsh  o„simliklarni  o„rganish  va  ulardan  keng  miqyosda  foydalanishda 
A.F.Gammerman,  P.YE.Massagetov,  S.S.Sahobiddinov  va  boshqalarning  xizmatlari  ancha 
salmoqlidir. 
Respublikamizda 
ushbu 
dorivor 
giyohlarni 
o„rganish 
va 
ulardan 
biologik  faol  moddalarni 
olish 
va 
tibbiyot 
amaliyotiga 
tatbiq 
etishda 
akademik 
S.Yu.Yunusovning  va  u  boshchilik  qilgan  O„zbekiston  fanlar  akademiyasi  O„simlik 
moddalari  kimyosi  instituti  olimlarining  ilmiy  va  nazariy  ishlari  kimyo  va  tibbiyot  olamida 
mashxurdir.  Bular  qatoriga  farmakologlardan  I.K.Komilov,  M.B.  Sultonov  va  boshqalarni 
kiritish  mumkin. 
Shuning  bilan  bir  qatorda  Toshkent  Famatsevtika  instituti  olimlari  (H.X.Xolmatov, 
T.P.Po„latova va b.) ham bu xayrli ishga o„z munosib hissalarini qo„shib kelmoqdalar. 
O„zbekiston 
shifobaxsh 
giyohlarga 
boy 
diyor.  Respublikamizda 
4000  dan 
ortiq  yovvoyi  o„simliklar  o„sadi.  Shulardan  100  dan  ortiqrog„i  tibbiyot  amaliyotida  dori 
vositasi sifatida qo„llanildi. Xalq tabobatida esa xududimiz o„simliklaridan 600 ga yaqini dorivor 
hisoblanadi. 
Bu 
degan 
so„z 
respublikamizda 
o„sadigan 
va 
o„stiriladigan 
shifobaxsh  o„simliklar  soni juda ko„p  va ular yangi dori-darmonlar yaratishda bitmas-tuganmas 
manba hisoblanadi. 
Shuning  uchun  fitoterapiya  fanini  yanada  rivojlantirish  va  xalqimizni  samarali,  asorat 
bermaydigan va arzon dori vositalari bilan ta‟minlash dolzarb masalalardan biri deb qaraladi. 
 Bemorlarga  davo  qilishda  tibbiyot  amaliyotida  faqat  fitoterapiya  bilan  chegaralanib 
qolmasdan,  balki  davo  qilishning  boshqa  mavjud  usullaridan,  shu  jumladan  sintetik  va  yarim 
sintetik  dorilardan,  fizioterapiya  va  boshqalardan  foydalanish  katta  samara  berdi.  Bu 
kasallikning turiga, uning kechishiga, bemorni ahvoliga va boshqa-bir qator omillarga bog„liq. 
Shuning  uchun  fitoterapiyani  ma‟lum  davo  usullaridan  ajratib  bo„lmaydi  va  bemorlarga 
kompleks davo qilishning usullaridan biri deb qaralishi kerak. 
Ko„pgina  dorivor  o„simliklarning  shifobaxsh  ta‟siri  ko„p  qirrali  bo„lishiga  qaramasdan, 
bir  necha  giyohlardan  tayyorlangan  yig„ma  dorilar  ancha  samarali  davo  ta‟sirini  ko„rsatadi. 
Bularga misol qilib hozir tibbiyot amaliyotida keng qo„llanilayotgan marelin, kardiovalen, kafiol, 
urolesan, vikair preparatlarini keltirish mumkin. 
Dorivor  o„simliklardan  turli  dori  shakllari  (damlama,  qaynatma,  tindirma-nastoyka, 
ekstraktlar, poroshoklar va boshqalar) tayyorlanadi. 
Ularni  tayyorlash yoki ulardan yakka xoldagi toza  dori moddasini  va dori  preparatlarini 
olish 
uchun 
qo„llaniladigan 
o„simliklarning 
ma‟lum 
qismlari  yoki 
shu  o„simliklardan  birlamchi  ishlash  yo„li  bilan  olingan  moddalar  (efir  moyi,  moy,  daraxt 
yelimi va b.) dorivor o„simliklar mahsuloti deb yuritiladi. 
Odatda  ushbu  mahsulotlar  biologik  faol  moddalarni  ko„p  miqdorda  saqlaydi.  Dorivor 
mahsulot sifatida o„simliklarning yer  ustki  qismi (bargi, guli, mevasi, urug„i, po„stlog„i, kurtagi, 
o„t  o„simliklarning  butun  yer  ustki  qismi,  o„ti)  yoki  yer  ostki  qismi  (ildizi,  ildizpoyasi,  piyozi, 
tuganagi) bo„lishi mumkin. 
O„simliklar  tarkibida  uchraydigan  har  xil  birikmalar  biologik  faol  moddalar  sifatida 
bo„lishi  mumkin.  Ular  quyidagilar:  alkaloidlar,  glikozidlar,  vitaminlar,  yog„lar,  yog„simon 
moddalar,  kislotalar,  kumarinlar,  lignanlar,  oshlovchi  moddalar  (tanidlar),  polisaxaridlar, 
saponinlar, flavonoidlar,  efir  moylari  (terpenoidlar),  fitonsidlar  va  boshqalar.  Ushbu  moddalar 
o„simlikning  o„sish-rivojlanish  davrining  turli  vaqtida  yilning  fasliga  qarab  ko„p  miqdorda 
to„planadi,  ayni  shu  vaqtda  ular  yuqori  sifatli  xisoblanadi  va  tayyorlanishi  lozim.  Shunga 
qarab  mahsulotlar  dorivor  o„simliklarning  turli  davrlarida  yig„iladi.  Masalan,  o„simlikning  yer 
ustki  qismi  (o„ti)  o„simlik  gullaganda,  barglari  gullash  oldidan  yoki  gullaganda,  kurtaklar  va 
po„stloqlar  o„simlik  tanasida  suyuqlik  yura  boshlaganda  (erta  bahorda),  yer  ostki  qismlari  esa 
odatda o„simlik uyquga kirganda (kech kuzda) yig„iladi. 
Dorivor o„simliklarni  yig„ishda  quyidagilarga rioya qilinishi zarur: 

106 
 
1.  Dorivor  o„simlik  mahsulotlari  oldindan  mo„ljallangan,  ruxsat  etilgan  yerda  va 
miqdorda yig„iladi. 
2. Ushbu mahsulotlar qabul qilingan qoida bo„yicha quritilishi darkor. 
3. Ko„p yillik dorivor o„simliklarning yer ustki qismi tayyorlanayotganda ularning ildizini 
qoldirish zarur. 
4. Ildiz  va ildizpoyani kavlab olishda ildizning bir qismi qoldirilishi shart. 
5.  O„simlik  mahsulotini  tayyorlashda  yaxshi  taraqqiy  etgan,  gullab  turgan  o„simlikni 
(uning mevasi  yetilib  urug„larga  sochilib  ko„payishi uchun) qoldirish zarur. 
 
15.2.Xalq tabobatida qadimdan ishlatib kelinayotgan ayrim dorivor o„simliklar (sano, 
zirk,  ro„yan  va  b.)  misolida  tibbiyot  amaliyotiga  kiritilganligi  va  davo  samarasi 
tasdiqlangani.  
Dorivor  o`simliklar.  Ushbu  bandda  asosan  Markaziy  Osiyo  davlatlarida  o`sadigan, 
o`stiriladigan,  tibbiyot  amaliyotida  ko`p  qo`llanadigan,  ayrim  dorivor  o`simliklar  haqida 
qisqacha ma'lumot beriladi. 
Aloy.Aloe. O‟simlikning  quritilgan  barg  shirasi-sabur  katta  dozada      (0,  03-0,  05)  me'da 
sekretsiyasi  susaygan  hollarda  tavsiya  etiladi.  Bundan  tashqari  biostimulyatorlar  sifatida  ham 
beriladi. 
Andiz-Devyasil. O‟simlikning ildizpoyasi  va ildizidan tayyorlangan  qaynatma yallig`lanishga 
qarshi, balg`am ko`chiruvchi, mikroblarga qarshi va o`t haydovchi ta'sirga ega. 
Arpabodiyon.Anis 
obыknovennыy. O‟simlik mevasi tarkibidagi efir moyi balg`am ko`chiruvchi, yallig`lanishga qar
shi va spazmolitik, mikroblarga qarshi ta'sirga ega. Shu sababdan efir moyini saqlovchi preparatl
ar (ko`krakeliksiri, novshadil-
arpabodiyon tomchisi) nafas yo`llarining yallig`lanishida qo`llanadi. 
Arslonquyruq-
Pustыrnik. O‟simlikdan tayyorlangan preparatlar (damlama, tindirma, suyuq ekstrakt) tinchlantir
uvchi, qisman gipotenziv va kardiotonik farmakologik xossaga ega. Shu sababdan ular hayajonla
nishda,uyqusizlikda, asab buzilishi holatida, gipertoniyada tavsiya etiladi. 
Bo`znoch-
Bessmertnik. O‟simlik gulidan tayyorlangan damlama, qaynatma, quruq ekstrakt va tabletka shak
lida chiqariladigan flallin preparati o`t haydovchi dori sifatida o`t qopi va o`t yo`llarining ayrim 
kasalliklarida ttavsiyaetiladi. 
Bo`ymodaron-
Tыsyachilesnik obыknovnnыy. O‟simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va suyuq
 ekstrakti ayrim me'da-
ichak kasalliklarida (gastrit, enterit va b) va ichki a'zolardan (bachadon, ichak, o`pka) qonketishi
da qon to`xtatuvchi vosita sifatida beriladi. Preparat qisman yallig`lanishga qarshi va spazmolitik 
ta'sirga ham ega. 
Bo`tako`z-Vasilyok siniy. O‟simlik  gulidan  tayyorlangan  damlama  peshob  haydovchi  va  o`t 
haydovchi  ta'sir  ko`rsatadi.  Buyrak  va  peshob  yo`llari,  o`t  qopi  va  yo`llari  xastaliklarida 
qo`llanadi. 
Valeriana-
Valeriana lekarstvennaya. O‟simlikning ildiz poyasi bilan ildizidan tayyorlangan damlama, tindi
rma, suyuq va quyuq ekstrakti, kompleks preparatlari markaziy nerv tizimini tinchlantiruvchi dor
i vositasi sifatidauyqusizlikda, asab buzilishi holatlarida, isteriyada, hayajonlanishda, stenokardiy
ada, gipertoniya kasalligining boshlanishida, ko`ngil aynashi va qusishda keng qo`llanadi. 
Gazanda-
Krapiva obыknovennaya. O‟simlikning bargidan tayyorlangan damlama, suyuq ekstrakt qon ivis
hini tezlashtiradigan, yallig`lanishga qarshi, o`t haydovchi va yara bitishini jonlantiruvchi ta'sir k
o`rsatadigan va ichkia'zolaridan qon ketishida, me'da va ichak yaralari kasalligida qo`llanadi. 

107 
 
Gulxayri-Altey. O‟simlik  ildizidan  tayyorlangan  damlama,  sharbat,  quruq  ekstrakt  hamda 
uning  yer  ustki  qismidan  olingan  preparat  mukaltin  balg`am  ko`chiruvchi,  o`rab  oluvchi  va 
yallig`lanishga qarshi ta'sir ko`rsatib, nafas yo`llarining yallig`lanishida (traxeit, bronxit va b) va 
ayrim me'da-ichak kasalliklarida (me'da-ichak yara kasalligida, enteritda) tavsiya etiladi. 
Do`lana-Boyarishnik. Gulining  damlamasi,  tindirmasi,  suyuq  ekstrakti  va  kardiovalen 
kompleks  preparati  yurak  faoliyatini  yaxshilaydi,  bir  tekis  urishini  ta'minlaydi,  koronar  va 
boshqa  qon  tomirlarini  sezilarli  darajada  kengaytiradi.  Shu  sababdan  yurak  xastaliklarida 
(taxikardiyada,  yurak  holsizlanishida),  gipertoniyada,  ayollarda  klimaks  davri  boshlanishida 
qo`llanadi. 
 
 Gazandao`t, 
 Jag`-jag`-Postushaya  sumka  obыknovennaya. O‟simlik  preparatlari  (damlama,  suyuq 
ekstrakt)  bachadon  mushaklarining  tonusini  oshiradi,  qon  bosimini  qisman  tushiradi  va  ichak 
harakatini  jonlantiradi. Shu  sababdan tug`ruqdan keyin  bachadondan  qon ketishida  (atonik  qon 
ketish), hayz vaqtida og`riqni qoldirish maqsadida ishlatiladi. 
Zirk-Barbaris obыknovennaya.O‟simlik 
bargi  va  ildizidan  tayyorlangan  preparatlar 
(damlama,  yig`ma  va  barbarin  sulfat  tabletkasi)  jigar  o`tini  haydaydi,  bachadon  mushaklari 
tarangligini oshiradi, qon tomirlarini toraytiradi. Shu sababli ular  gemostatik sifatida akusherlik 
amaliyotida va o`t haydovchi sifatida jigar va o`t yo`llari kasalliklarida beriladi. 
Dalachoy-Zveroboy. Yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  preparatlar  (damlama,  tindirma) 
burishtiruvchi,  spazmolitik,  mikroblarga  qarshi  va  qisman  peshob  haydovchi  ta'sirga  ega.  Shu 
sababdan stomatit, gingivit, gastro-enterokolit va boshqa kasalliklarda beriladi. Novoimanin 1 % 
spirtli  eritmasi  sirtga  qo`llash  uchun  (abtsess  va  boshqa  yiringli  yaralarda,  kuyganda, 
piodermiya va b) tavsiya etiladi. 
Zubturum-Podorojnik bolshoy. O‟simlik 
bargidan 
tayyorlangan 
damlama, 
shirasi, 
plantaglyutsid  granulasi  balg`am  ko`chiruvchi,  spazmolitik  va  yallig`lanishga  qarshi  ta'sir 
ko`rsatadi.  Shunga  asosan  ular  nafas  yo`llarining  yallig`lanishida  (bronxit,  ko`kyo`tal),  me'da-
ichak kasalliklarida (gastrit, enterit, ko‟lit) qo`llanadi. 
Igir-Air obыknovennыy. O‟simlik  ildiz  poyasidan  tayyorlangan  kompleks  preparatlar 
(damlama,  «Vikair»,  «Vikalin»  tabletkalari)  me'da  va  o`n  ikki  barmoq  ichak  yarasi  va  boshqa 
kasalliklarida yallig`lanishga qarshi ta'sir etadi. 
Isiriq-Garmala obыknovennaya. O‟simlikning  yer  ustki  qismidan  ajratib  olingan  peganin  va 
peganol  antixolinesteraz  ta'sirga  ega.  Miorelaksantlar  (tubokurarin)  ta'sirini  cheklaydi. 

108 
 
Mushaklar  qisqarishini  oshiradi.  Dezoksipeganin  gidroxlorid  nevritlarda,  miasteniyada  va 
miopatiyada qo`llanadi. 
  
 
 .Gulxayri. 
 Kashnich-Koreandr posevnoy.  Osimlik  mevasidan  tayyorlangan  preparatlar  (damlama, 
yig`malar) me'da shirasini kuchaytiradi, ovqat hazm bo`lishini yaxshilaydi, el haydaydigan ta'sir 
ko`rsatadi. Sezilarli spazmolitik va o`t haydaydigan xususiyatga ega. 
Maymunjon-Malina obыknovennaya. Mevasidan  tayyorlangan  damlama  va  yig`malar  isitma 
tushiruvchi,  yallig`lanishga  qarshi  ta'sir  etadi.  Nafas  yo`llari  yallig`lanish  kasalliklarida  keng 
miqyosda ishlatiladi. 
Makkajo`xori-Kukuruza. O‟simlik popugining qaynatmasi va suyuq ekstrakti jigar va o`t yo`li 
yallig`lanishida (gepatit,  xoletsistit, xolangit) o`t haydovchi  sifatida  qo`llanadi. Bundan tashqari 
peshob  yo`llari  yallig`lanishida  (tsistit,  tosh  kasalligi)  va  qon  ketishida  gemostatik  preparat 
sifatida tavsiya etiladi. 
  
 
 Dalachoy. 
 Moychechak-Romashka aptechnaya. O‟simlik gulidan tayyorlangan preparatlar (damlama va 
uni saqlovchi romazulon va rotokan kompleks preparatlari) yallig`lanishga qarshi, spazmolitik va 
mikroblarga qarshi ta'sir ko`rsatadi.  Ular  stomatit, laringit, angina va boshqa kasalliklarda og`iz 
va tomoqni chayish uchun, me'da-ichak kasalliklarida (gastrit, enterit) qo`llanadi. 
Na'matak-SHipovnik.  Mevasi  va  undan  tayyorlangan  preparatlar  (damlama,  sharbat) 
immunobiologik  tizimni  jonlantiradi,  yallig`lanishga  qarshi,  to`qima  regeneratsiyasi  (yara 

109 
 
bitishini) kuchaytirish xossasiga ega. Na'matakdan olingan askorbin kislota va boshqa vitaminlar 
avitaminoz xastaligida buyuriladi. 
Otquloq-
SHavel konskiy. O‟simlik ildizidan tayyorlanadigan qaynatma va poroshok kichik dozada burisht
iruvchi, katta dozalarda esa  ich suruvchi ta'sir ko`rsatadi. Shuning  uchun  bu  preparatlar  ich 
ketishida, dizenteriyada buyuriladi. Stomatit, laringit va anginada tomoq chayiladi. 
 Oqqaldirmoq-Mat-machexa. O‟simlik bargidan tayyorlangan damlama yallig`lanishga qarshi 
va  balg`am  ko`chiradigan  ta'siri  bo`lgani  uchun  yuqori  nafas  yo`llari  yallig`lanishida  yo`talni 
yumshatish maqsadida keng miqyosda ishlatiladi. 
 
 . Na'matak. 
 Rovoch-Reven.  O‟simlikning  ildizi  va  ildizpoyasidan  tayyorlangan  preparatlar  (tabletkasi) 
kichik  dozalarda  (0,  05-0,  2)  burishtiruvchi  kabi  ta'sir  etgani  uchun  ich  ketishini  bartaraf  etadi, 
katta dozalarda esa (0,5-1,0) ichni yumshatadi. 
Sano-Kassiya. O‟simlik  bargidan  va  mevasidan  tayyorlangan  damlama  va  uni  saqlovchi 
kompleks preparatlar (quruq  ekstrakt tabletkasi  senadeksin, kafiol)surunkali qabziyatda yo`g`on 
ichak harakatini oshirib ichni yumshatadi. 
Tirnoqgul-Nagotki 
lekasrtvennыe. O‟simlikning gul  to`plamidan damlama, tindirma tayyorlanadi. 
Ular 
sedativ, 
kardiotonik,  yallig`lanishga  qarshi,  spazmolitik,  antiseptik  preparatlar  sifatida  stomatologiyada 
(stomatit,  gingivit,  paradontoz),  ayrim  ichak  kasalliklarida  (gastrit,  me'da-ichak  yara  kasalligi) 
qo`llaniladi. 
Tog`  rayxon-Dushitsa. O‟simlikning  yer  ustki  qismidan  damlama  va  tindirma  tayyorlanadi. 
Ular  me'da-ichak  faoliyatini  rag`batlantiradi,  o`t  ajralishini  oshiradi,  ovqat  hazm  bo`lishini 
yaxshilaydi, 
balg`am 
ajralishini 
qisman 
yengillashtiradi. 
Bulardan tashqari tinchlantiruvchi va tutqanoqqa qarshi ta'sir etadi degan fikr bor. 
Fenxel-Fenxel  obыknovennaya (ukrop  aptechnыy).  Osimlik  mevasidan  tayyorlangan 
damlama (ukrop suvi) me'da-ichak harakati va sekretsiyasini jonlantiradi. O‟t ajralishini oshiradi. 
Shu sababli el haydovchi va ich yumshatuvchi ta'sir ko`rsatadi. qabziyatda ishlatiladi. 

110 
 
 
 Sano. 
  Chakanda-Oblepixa  krushinovidnaya. Tibbiyotda  chakandaning  mevasidan  olingan  moyi 
ishlatiladi. Chunki, u to`qima regeneratsiyasini (yara bitishini) jonlantiradi, me'da-ichak va jigar 
faoliyatiga ijobiy ta'sir etadi.  Uning tarkibidagi  E vitamini hujayralar pardasini  mustahkamlaydi 
(antioksidantlik  ta'siri  hisobiga).  Shunga  asosan  chakanda  moyi  yaralar  bitishini  tezlashtirish 
maqsadida me'da-o`n ikki barmoq ichak yara kasalligida, trofik yaralarda, ateroskleroz va boshqa 
kasalliklarda tavsiya etiladi. 
Yalpiz-Myata  pereshnaya. O‟simlik  bargi  va  undan  olingan  efir  moylarini  saqlovchi 
preparatlar  (damlama,  nastoyka,  yalpiz  moyi  tabletkasi-mentol,  validol)  markaziy  nerv  tizimini 
tinchlantiradi,  spazmolitik,  o`t  haydovchi  va  to`qimalarni  qitiqlovchi  ta'sir  etadi.  Shu  sababdan 
hayajonlanish  holatlarida,  koronar  qon  tomirlari  spazmida  (stenkardiyada),  ko`ngil  aynishi  va 
qusishda tavsiya etiladi. 
Qorazira-Tmin  obыknovennыy. O‟simlik  mevasidan  tayyorlangan  damlama  me'da-ichak 
faoliyatini (harakati va sekretsiyasi) jonlantiradi, ovqatning hazm bo`lishini yaxshilaydi. Shunga 
asoslanib me'da-ichak faoliyati susayishi bilan bog`liq xastaliklarda (gastritlar, xoletsistit, enterit, 
kolit) beriladi. 
Qoraqat-Smorodina  chyornaya.  O‟simlikning  bargi  va  mevasi  vitaminlarga  boy  bo`lgani 
uchun  C  vitamin  kompleksi  etishmovchiligida  hamda  gipoxrom  kamqonlikda,  aritmiya  va 
boshqa holatlarda beriladi. 
Qoraqiz-CHereda  tryoxrazdelnaya.  Yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  bo`yrak  va 
peshob  yo`llari  kasalligida  peshob  haydovchi,  terlatuvchi,  yallig`lanish,  allergiyaga  qarshi  va 
antibakterial ta'sirga ega. 
Qashqarbeda-Donnik lekarstvennыy. O‟simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama 
markaziy  nerv  tizimi  faoliyatini  tinchlantirgani  sababli  tutqanoq  kasalligida,  qon  ivishini 
sekinlashtirgani bois tromboz, tromboemboliya xastaliklarida buyuriladi. 
Qizilmiya-Solodka. Yer  ostki  qismidan  tayyorlangan  qaynatmalari  va  likviriton,  flakarbin, 
«ko`krak  eliksiri»  kabi  preparatlari  yallig`lanishga  qarshi,  balg`am  ko`chiruvchi  va  spazmolitik 
ta'sir  ko`rsatgani  bois  yuqori  nafas  yo`llari  yallig`lanishida,  me'da-ichak  kasalliklarida  (gastrit, 
me'da va o`n ikki barmoq ichak yarasi) tavsiya etiladi. 

111 
 
 
 Qizilmiya . 
Qirqbo`g`im-Xvosh  polevoy.  O‟simlikning  yer  ustki  qismlaridan  tayyorlangan  damlama  va 
suyuq  ekstrakt qon aylanishi tizimi  yetishmovchiligida,  peshob qopi  va yo`llari  yallig`lanishida 
peshob  haydovchi,  bachadondan  qon  ketganda,  bavosil  kasalligida  qon  to`xtatuvchi  vosita 
sifatida qo`llanadi. 
Qoqi-Oduvanchik  lekarstvennыy. O‟simlik  ildizidan  tayyorlangan  preparatlar  (damlama, 
qaynatma, suyuq ekstrakt)  me'da-ichak sekretsiyasini oshiradi, ishtahani ochadi, o`t haydaydi va 
ovqat hazm bo`lishini yaxshilaydi. 
Quddus-CHistets  bukvitsvetnыy.  O‟simlikning  suyuq  ekstrakti  bachadon  qisqarishini 
jonlantiradi, qon oqishini to`xtatadi, qisman yallig`lanishga qarshi, tinchlantiruvchi va gipotenziv 
ta'sirga ega. Shunga asosan tug`ruqdan keyingi qon ketishida tavsiya etiladi. 
Fitoterapiyada  yuqorida  keltirilgan  alohida  dorivor  o`simliklardan  tashqari  ularning 
yig`indisidan tashkil topgan yig`malar-choylar keng miqyosda ishlatiladi. Ularning umumiy soni 
100  dan  ortiq.  Dorivor  o`simliklardan  tayyorlangan  ushbu  yig`malar  ayniqsa  nafas  yo`llari 
yallig`lanishida, me'da-ichak kasalliklarida, jigar va o`t yo`llari xastaliklarida, buyrak va peshob 
yo`llari  yallig`lanishida,  yurak-qon  tomir  va  boshqa  bir  qator  a'zo  va  tizimlarning  asosan 
surunkali kasalliklarida keng ko`lamda qo`llanadi. 
Ayrim shifobaxsh yig`malardan namuna keltiramiz: 
  
Moychechak guli -                     1 qism 
Tirnoqgul guli -                         1 qism 
Zubturum bargi -                       1 qism 
Bo`ymadaron (er ustki qismi) - 1 qism           
Ittikanak (er ustki qismi) -        1 qism 
Sirlangan idishga yig`madan 10 g  solinadi, ustiga 1 stakan qaynab turgan  suv  quyib,  boshqa 
idishda  qaynab  turgan  suvga  15  daqiqaga  qo`yiladi,  so`ng  45  daqiqa  davomida  sovutiladi, 
shundan keyin dokada suzib, damlama 200 ml ga etguncha qaynagan suv quyiladi. Yig`ma me'da 
shirasining oshishi bilan bog`liq surunkali yallig`lanishda, 3-5 mahal, yarim stakandan ichiladi. 
Bo`znoch guli -                              1 qism 
Bo`ymadaron (er ustki qismi) -     1 qism           
Achchiq shuvoq (er ustki qismi) - 1 qism 
Dorixona ukropi (mevasi) -           1 qism 
Sirlangan qopqoqli idishga 20 g yig`ma solinadi va ustiga 200 ml suv quyib, qopqoqni yopi b 
ikkinchi  idishda  qaynab  turgan  suv  ustida  vaqti-vaqti  bilan  aralashtirilib  25  daqiqa  ushlab 
turiladi.  So`ngra  45  daqiqa  davomida  sovutiladi  va  dokada  suziladi.  Keyinchalik  dokada 
yig`ilgan  mahsulot  siqib,  damlama  miqdorini  200  ml  gacha  etkazib  qaynagan  suv  qo`shiladi. 

112 
 
Damlamadan  kuniga  4  mahal,  ovqatdan  15  daqiqa  oldin,  yarim  stakandan,  o`t  pufagi 
yallig`lanishida ichiladi. 
 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin