Fitoterapiya



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32

Меъдани химоя килувчи
ва агрессив омиллар
Агрессия омиллари:
Экзоген факторлар-
• Дори воситалари, 
никотин, алкоголь, 
• атроф-мухитдаги 
экологик ҳолатлар.
Эндоген факторлар-
• НCl, пепсин,
• ўт кислоталар, 
лизолецитин ва б
.
Химоя омиллари:
• керакли
миқдорда
бикорбанатлар секрецияси,
• меъда шилимшиғи-слизи,
• хужайраларнинг бутунлиги 
ва регенерацияси,
• химояловчи простоглан-
динлар ишланиши
• меъда силлиқ қаватининг  
қон айланиши билан етарли 
таъминланганлиги.
 
 
12.2. Jigar va o`t yo`llari ayrim kasalliklari (gepatit,o`t tosh kasalligi va b.) to„g„risida 
umumiy tushuncha. Ularning fitoterapiyasida ishlatiladigin dorivor o„simliklar  
xarakteristikasi 
Jigar  kasalliklari  turli-tuman  bo„lib,  ular  orasida  jigar  va  o„t  yo„llarining  yallig„lanishi 
(gepatit, xolestistit, xolangit) ko„proq uchraydi. 
Ma‟lumki,  jigar  odam  va  hayvon  organizmida  ancha  muhim  vazifani  bajaradi.  U 
birinchidan,  deyarli  hamma  moddalar  almashinuvida  (oqsil,  uglevodlar,  yog„  va  hokazo) 
qatnashsa, ikkinchidan, ichakdan qonga so„rilgan turli zaharli kimyoviy moddalar, jumladan dori 
vositalarining  ham kuchini sindirsa (metabolizm, neytrallash), uchinchidan, jigar  hujayralaridan 
(gepatostitlar)  o„t  kislotalar  va  boshqalarni  (safro)  ishlab  chiqaradi.  Safro  tarkibida  o„t 
kislotalardan tashqari xolesterin va pigment-bilirubin bo„lib, bir kecha-kunduzda 0,5-1 litr ishlab 
chiqariladi. U o„t yo„llari orqali o„t pufagiga yig„ilib, zarurat bo„lganda vaqti-vaqti bilan o„n ikki 
barmoq  ichakka  tushib  turadi.  Bu  fiziologik  jarayon  kislotali  muhit  bo„lgan  ovqat  massasining 
me‟dadan o„n ikki barmoq ichakka o„tishiga bog„liqdir. 
Safroning  asosiy  vazifasi  ovqat  tarkibidagi  yog„larni    parchalaydi  (emulgator  sifatida), 
ularga  nisbatan    lipaza  fermenti  ta‟sirini  ta‟minlaydi  va  yog„  kislotalarning  qonga  so„rilishida 
qatnashadi. 
Jigar  kasalliklariga  sababchi  omillar  orasida  qishloq  xo„jaligida  nazorastiz  ishlatiladigan 
kimyoviy  moddalar  (pestistidlar  va  boshqalar),  spirtli    ichimliklar,    yog„li  taomlarni  ko„p 
iste‟mol qilish asosiy o„rinni egalaydi. 
Bulardan  tashqari,  qator  mikroorganizmlar,  parazitlar  va  viruslar  borki,  ular  jigar 
hujayralari va o„t yo„llarini yallig„lantiradi va har xil kasalliklarga duchor qiladi (toksik gepatit, 
virusli gepatit-sariq kasalligi,  xolangit va hokazo). Ushbu kasalliklarda jigarning butun faoliyati, 
jumladan  safro  ishlab  chiqarish  vazifasi  ham  izdan  chiqadi.  O„t  pufagi,  o„t  yo„llarining 
yallig„lanishi  va  buning  natijasida  ularda  tosh  hosil  bo„lishi  safroning  ichakka  tushishiga 
to„sqinlik  qiladi.  Natijada  u  yig„ilib,  qonga  so„riladi  va  organizmni  zaharlab,    og„ir  oqibatlarga 
olib keladi. 
Tibbiyot amaliyotida jigar kasalliklarida ishlatiladigan  dorilarning ko„pchiligi  sintez yo„li 
bilan yoki hayvonlar safrosidan tayyorlangan preparatlardir. 
Mazkur dori vositalari umumiy jigar faoliyatini yaxshilaydi (gepatoprotektorlar), o„t ishlab 
chiqarishini  ko„paytiradi,  yallig„lanish  sababchisiga  (mikroblarga,  viruslarga)  qarshi  ta‟sir  
ko„rsatadi  va  safro  haydaydi.  SHular  bilan  bir  qatorda,  jigar  va  o„t  yo„llari  kasalliklarida, 

91 
 
jumladan  yallig„lanishda  keng  ko„lamda  ishlatiladigan,  mahalliy  o„simliklardan  tayyorlangan 
dorilar  mavjud.    Ular  jigar  hujayralarini  qattiq  ta‟sirlamaydi,  ko„ngilsiz  asoratlarga  olib 
kelmaydi.  O„simliklardan  tayyorlangan  ko„pchilik  dori  turlari  organizm  uchun  zararsiz,  shu 
sababli ularni surunkali jigar kasalliklarida uzoq vaqt ishlatish mumkin. 
SHifobaxsh o„simliklardan  tayyorlangan dorilar tarkibida turli kimyoviy moddalar bo„ladi, 
shu sababli ularning ta‟siri har tomonlama bo„lishi mumkin. 
Jigar va o„t yo„llari xastalliklarida ishlatiladigan o„t haydaydigan preparatlar ishlatilishi va 
ta‟siri  bo„yicha  ikki  guruhdan  tashkil  topgan:  o„t  kislota  ishlab    chiqarilishini    oshiradigan  va 
safroni ichakka tushiradigan dorilar. 
quyida ko„proq uchraydigan jigar va o„t yo„llari xastaliklarida ishlatiladigan o„simliklar va 
ulardan tayyorlanadigan dori turlari to„g„risida to„xtalib o„tamiz. 
1.Oddiy dastarbosh. Pijma  obiknovennaya (Tanacetum vulgare L.). 
Oddiy dastarbosh balandligi 50-150 sm ga etadigan o„ziga xos hidli ko„p yillik o„t o„simlik. 
O„simlik keng tarqalgan, eng shimoliy va cho„l tumanlaridan tashqari hamma erda uchraydi.  U  
asosan    yo„l    yoqalarida,  aholi  yashaydigan  erlarga  yaqin  joylarda,    o„tloqlarda,  o„rmon 
chetlarida, suv bo„ylarida va boshqa nam erlarda o„sadi. 
Tibbiyotda  dorivor  vosita  sifatida  dastarbosh  gulidan  foydalaniladi.  Gullar  ochilganda 
gulto„plami-savatchalar  bandsiz  qilib  qirqib olinadi va soya erda quritiladi. 
Gullar  tarkibida  efir  moyi,  flavonoidlar  va  boshqa  moddalar  bor.  Ular  hisobiga  o„t  ishlab 
chiqarish ortadi,  spazmolitik ta‟sir ko„rsatib, o„t haydaydi. 
Xalq  tabobatida  dastarbosh  gullaridan  tayyorlangan  damlama    jigar  va  o„t  pufagi 
kasalliklarida o„t haydovchi  dori sifatida hamda me‟da va o„n ikki barmoq  ichak yarasi,  ichak 
yallig„lanishi,  yiringli va uzoq vaqtgacha tuzalmaydigan va boshqa yaralar, qo„tir va boshqa  teri 
kasalliklarini davolash, gijjalarni haydash uchun qo„llaniladi.  
Tibbiyotda  dastarbosh    gullarining  dorivor  preparatlari  (damlama,  tanastexol  tabletkasi 
0,05g)  jigar  va  o„t  pufagi,  o„t  yo„llari  kasalliklarida  (surunkali  xolestistit,    o„t  yo„llari 
diskineziyasi)  o„t  haydovchi vosita va spazmolitik sifatida qo„llaniladi. 
Dastarbosh  gullari  jigar  va  o„t  yo„llari  kasalliklari  (xolestistit,  gepatit  va  boshqalar)  da 
ishlatiladigan choylar-yig„malar tarkibiga  kiradi. 
Dastarbosh  dorivor  preparatlarini  homilador  ayollarga  va  chaqaloqlarga  tayinlamaslik 
kerak. 
2. Zaytun. Maslina  evropeyskaya (Olea europaea L.). 
yuvropa  zaytuni  bo„yi  3-7  m  bo„ladigan    doim    yashil    daraxt.    qrim,  Kavkaz  va  O„rta 
Osiyoning ayrim tumanlarida o„stiriladi. 
Tibbiyotda  zaytun  mevasidan  olinadigan  moy-zaytun  moyi  ishlatiladi.  Mevasining 
yumshoq qismida 70%,  urug„i tarkibida 30-48% moy bo„ladi. Moy o„t haydovchi ta‟sirga ega. 
Zaytun  moyini  jigar  va  o„t  pufagi  kasalliklarida  (xolestistit    va  boshqalar)  hamda  o„t 
pufagida  tosh  bo„lganda  uni  tushirish  uchun  qo„llaniladi.  O„t  pufagidan  tosh    tushirish  uchun 
zaytun moyi emulsiya holida ham qo„llaniladi. 
O„t pufagidan  toshlarni tushirish maqsadida zaytun moyi o„rnida bodom va shaftoli moyini 
ishlatish ham mumkin. 
3. Oddiy zirk. Barbaris  obiknovenniy (Berberis vulgaris L.). 
Oddiy  zirk  bo„yi  1,5-2  m  keladigan  tikonli  bo„ta.  Ukraina,  Belarus,  Moldova  hamda 
Rossiya  yuvropa  qismining  ayrim  tumanlaridagi  cho„l  va  o„rmoncho„l  xududlarida  o„sadi. 
Manzarali bo„ta sifatida ko„chalarda, bog„ va xiyobonlarda o„stiriladi. 
Tibbiyot  va  tabobatda  dorivor  vosita  sifatida  zirkning  bargi,  mevasi  va  ildizidan 
foydalaniladi. 
Zirk  tarkibida  alkaloidlar  (berberin  va  boshqalar),  qandlar,  organik  kislotalar  va  boshqa 
moddalar bor. Ular hisobiga zirk preparatlari o„t ajralishini oshiradi, spazmolitik ta‟sir etadi. 
Xalq tabobatida zirk mevasining damlamasi va shirasi jigar va o„t pufagi kasalliklarida o„t 
haydovchi  hamda  ishtaha  ochuvchi,    chanqovni  bosuvchi  (isitma  kasalliklarida)  vosita  sifatida 
qo„llaniladi.  Bargidan  tayyorlangan  damlama  jigar  va  o„t  pufagi  kasalliklari  (sariq  kasalligi, 

92 
 
xolestistit,  o„t-tosh  kasalligi  va  boshqalar)  ni  davolashda  hamda  bachadondan  qon  oqishini 
to„xtatish,  bod,  podagra,  me‟da kasalliklarida ishlatiladi. 
Bachodandan  qon  oqishini  to„xtatish  maqsadida  barg  nastoykasi  kuniga  uch  mahal  20-30 
tomchidan iste‟mol qilinadi. 
Tibbiyotda zirk bargi nastoykasi surunkali gepatit, gepatoxolestistit, xolestistit va o„t - tosh 
kasalliklarida o„t haydovchi hamda  bachadon mushaklarini mustahkamlash va bachadondan qon 
oqishini to„xtatish uchun ishlatiladi. 
Zirk  ildizidan  olingan  berberin  alkaloidi  saqlagan  berberin  sulfat  tabletkasi  (yoki  kukuni) 
va  uning  nastoykasi  o„t  haydovchi  vosita  sifatida  yuqorida  ko„rsatilgan  jigar  va  o„t  pufagi  
kasalliklarini  davolashda  qo„llaniladi  (surunkali  gepatit,  gepatoxolestistit,  xolestistit,  tosh 
kasalligi). 
4. Makkajo„xori. Kukuruza  obiknovennaya (Zea mays L.). 
Makkajo„xori bo„yi  1-3  (ba‟zan  6)  m ga etadigan bir yillik o„t o„simlik. Ozuqa sifatida 
ko„plab o„stiriladi. 
Tibbiyotda  dorivor  vosita  sifatida  makkajo„xori  gulining  onalik  ustunchasi  va  mevasi  - 
donidan olinadigan moyi hamda kraxmalidan foydalaniladi. 
Makkajo„xori  mevasi  pishib  etilish  oldidan  onalik  ustunchasi  (makkajo„xori  popugi) 
yig„ilib olinadi va soya erda quritiladi . 
Onalik ustunchasi tarkibida K vitamini, efir moyi, achchiq va boshqa moddalar bor. 
Makkajo„xori onalik ustunchasining damlamasi xalq tabobatida buyrak, jigar va o„t pufagi 
kasalliklarida siydik va  o„t  haydovchi  dori sifatida qo„llaniladi. 
Onalik  ustunchasi  (popugi)  tarkibidagi  vitaminlar  va  boshqa  biologik  faol  moddalar 
hisobiga o„t haydovchi ta‟sirga ega. O„t sekrestiyasini ham oshiradi. 
Tibbiyotda  onalik ustunchasining  dorivor  preparatlari  (damlama va  suyuq ekstrakt)  jigar 
va o„t pufagi kasalliklarida (gepatit,  xolestistit, xolangitda va o„t ajralishi susaygan hollarda) o„t 
va    siydik  haydovchi  (buyrak  va  qovuq  -  tosh  hamda  istisqo  kasalligida)  vosita  sifatida 
ishlatiladi.  Damlama  va  suyuq  ekstraktidan  shuningdek  qon  oqishlarini  to„xtatish  uchun  ham 
foydalaniladi. 
Makkajo„xori  moyi  ateroskleroz  kasalligini    davolash    va    uning  oldini  olish  uchun 
tibbiyotda  qo„llaniladi.  Makkajo„xori  onalik  ustunchasi  o„t  va  siydik  haydovchi  hamda  qon  
oqishini  to„xtatuvchi  yig„malar-choylar tarkibiga kiradi. 
5.Dolchinsimon na‟matak. SHipovnik korichniy (Rosa majalis Herrm L.). 
Na‟matakning 13 turidan dorivor vosita sifatida tibbiyotda foydalaniladi. Ularning bo„yi 1-
3  metrga  etadigan  tikanli,  manzarali  gulli  bo„ta.  Na‟matak  turlari  keng  tarqalgan  bo„lib, 
o„rmonlarda,  ariq,  ko„l  va  daryo  bo„ylarida,  bo„talar  orasida,  tog„  etaklarida  va  boshqa  erlarda 
o„sadi. 
Tibbiyotda na‟matak turlarining mevasi ishlatiladi. Ular to„la pishib etilganda terib olinadi 
va ochiq havoda-quyoshda yoki issiq xonalarda quritiladi. 
Meva  turli  vitaminlarga  (S,  V,  K,  YE,  R,    karotin)  boy  bo„lib,    ular  tarkibida  yana 
flavonoidlar,  oshlovchi  va boshqa  moddalar  bo„ladi. Mevadan tayyorlangan preparatlar turlicha 
farmakologik ta‟sirga ega. Ularda o„t haydaydigan ta‟sir ham bor. 
Xalq  tabobatida  na‟matak  mevasining  qaynatmasi  yoki  damlamasi  o„t    haydovchi,  qon 
oqishini to„xtatuvchi,  isitmani tushiruvchi dori sifatida hamda jigar, o„t pufagi, me‟da-ichak (ich 
ketish,  qon  aralash  ich  ketish)  kasalliklarini  davolash  uchun  ishlatiladi.  Og„iz  bo„shlig„i 
kasalliklarida (milk  yaralanganda va undan qon oqqanda) og„izni qaynatma yoki damlama bilan 
chayiladi. 
Tibbiyotda  na‟matak  mevasining  kukuni,  damlamasi,  ekstrakti  va  ho„l  mevadan 
tayyorlangan  sharbati  turli  avitaminoz  kasalliklarni  davolash  va  ularning  oldini  olish  uchun 
ishlatiladi. 
Na‟matak mevasidan farmastevtika zavodida ekstrakt-xolosas  tayyorlanadi. Xolosas  bilan 
jigar va o„t pufagi kasalliklari (gepatit, xolestistit) davolanadi. 
Na‟matak mevasi vitaminli, o„t haydovchi va boshqa choylar-yig„malar tarkibiga kiradi. 

93 
 
6. Katta qoncho„p. CHistotel  bolshoy (CHelidonium  majus L.). 
qoncho„p  balandligi  30-100  sm  ga  etadigan  ko„p  yillik,    to„q    sariq  rang  sut  shirali  o„t 
o„simlik.  Rossiyaning  Evrupa  qismi,  qrim,  Ukraina,  Moldova,  Belarus,  Boltiq  bo„yi  va  qisman 
Sibir,  Uzoq  SHarq,  qozog„iston, Oltoyda  salqin  erlarda,  bo„talar  orasida,  o„rmon  chetlarida, jar 
va suv bo„ylarida, aholi yashaydigan joylarda, bog„ va polizlarda o„sadi. 
Tibbiyotda  qoncho„pning  er  ustki  qismidan  shifobaxsh  vosita  sifatida  foydalaniladi. 
O„simlik gullaganda er ustki qismi o„rib olinadi va soya erda quritiladi. 
Dolchinsimon na‟matak   (Rosa cinamomea L.) 
qoncho„p tarkibida alkaloidlar (xelidonin,  gomoxelidonin v.b.), flavonoidlar, saponinlar va 
boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  qoncho„p  er  ustki  qismining  damlamasi  jigar  va  o„t  pufagi  kasalliklarida 
o„t haydovchi dori sifatida  hamda gastrit, bavosil, teri (yara, temiratki, toshmalar va boshqalar) 
kasalliklarini davolashda foydalaniladi. 
qoncho„p  damlamasi  yana tinchlantiruvchi,  og„riq qoldiruvchi,   siydik haydovchi va  surgi 
dori sifatida ham ishlatiladi. 
Tibbiyotda  qoncho„p  er  ustki  qismining  damlamasi  jigar  va  o„t  pufagi  kasalligida  (o„t 
haydovchi vosita sifatida), pastasi teri sili va boshqa teri kasalliklarini davolashda qo„llaniladi. 
qoncho„p er ustki qismi o„t haydovchi yig„malar - choylar tarkibiga kiradi. 
 
Nazorat savollari: 
1.
 
Oshqozon-ichak va jigar ayrim kasalliklari (gastritlar, oshqozon-ichak yarasi, 
enterit, kalit, gepatit, qabziyat, va b.) to„g„risida umumiy tushuncha. 
2.
 
Ularning fitoterapiyasida ishlatiladigin dorivor o„simliklar (aloe, bo„ymadaron, air, 
kashnich, kankkunjut, sano, rovoch, frangula, sarimsoq, shuvoq va b.) 
xarakteristikasi 
3.
 
Jigar va o`t yo`llari ayrim kasalliklari (gepatit,o`t tosh kasalligi va b.) to„g„risida 
umumiy tushuncha.  
4.
 
Ularning fitoterapiyasida ishlatiladigin dorivor o„simliklar  xarakteristikasi 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
35.
 
www.ziyonet.uz
   
36.
 
www.Lex.uz
.  
37.
 
www.uzpharm-control.uz
   
38.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
MA‟RUZA-13 
Peshob haydovchi dorivor o„simliklar 
13.1. Buyrak kasalliklari (nefrit,nefroz,piyelit va b.) to„g„risida umumiy tushuncha.  

94 
 
13.2.  Buyrak  kasalliklarirning  fitoterapiyasida  ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar  (aloe,pol-
pola, kiyiko`ti,sachratqi,qushtaron va b.) xarakteristikasi. 
Tayanch 
so„zlar: 
Buyrak 
kasalliklari, 
nefrit,nefroz,piyelit 
aloe,pol-pola, 
kiyiko`ti,sachratqi,qushtaron 
 
13.1. Buyrak kasalliklari (nefrit,nefroz,piyelit va b.) to„g„risida umumiy tushuncha.  
Ma‟lumki,  buyrak  odam  va  xayvon    organizmida    modda    almashinuvi,  kimyoviy, 
biokimyoviy  va  boshqa  jarayonlar  natijasida  hosil  bo„ladigan  keraksiz  qoldiq,  ayrimlari 
organizm  uchun  zararli    bo„lgan    moddalarni  tashqariga  chiqaruvchi  asosiy  a‟zo 
hisoblanadi.SHuning  bilan  birga  bo„yrak  ichki  muxitning  doimiyligini  ta‟minlashda,  suv-tuz, 
elektrolitlar  va  b.  bir  me‟yorda  bo„lishida  qatnashadi.  Bo„yrak  faoliyati  ko„p  jihatdan 
organizmning  holatiga,  qabul  qilingan  suv  miqdoriga,  yurak-tomirlar  tizimi  va  boshqa 
a‟zolarning  fiziologik  va  patologik  holatlariga  bog„liqdir.    Ayniqsa  buyrak,  yurak    va  jigar 
kasalliklarida  siydik  ajralishi  qiyinlashib,    organizmda  suyuqlik  va  uning  tarkibida  turli  salbiy 
ta‟sir  qiladigan  moddalar  yig„ila  boshlaydi.  Natijada    shishlar  va  boshqa  o„zgarishlar  paydo 
bo„ladi. 
Buyrakka  tegishli  kasalliklardan  biri  gloumerulonefritdir.    Bu  xastalik  birlamchi  siydik 
filtrastiya  yo„li  bilan  mayda  qon  tomirlarida  hosil  qilinadigan  Malpigi  koptokchalarining 
autoallergik  yallig„lanishidir.  Nefroz  kasalligi  esa  buyrak  parenximasidagi  zarur  to„qima 
hujayralarining  emirilishi  natijasida  yuz  beradi.  Bulardan  tashqari,  siydik  yo„llarida  tosh  paydo 
bo„lishi  ham  buyrak  faoliyatini  izdan  chiqarishi  mumkin.  Bu  kasalliklarda  buyrakning  siydik 
ajratish  faoliyati  buzilib,  organizmda  suv  yig„ila  boshlaydi  va  shishlar  paydo  bo„ladi.  Bunday 
o„zgarishlar  bo„lishi  yurak  faoliyatining  surunkali  etishmovchiligida  ham  yuz  berishi  mumkin. 
Buning  sabablaridan  biri  yurak  ichki  pardasining  (endokard)  revmatik  yallig„lanishi 
(revmoendokardit)  yurak  porogi  (illati)  xastaligini  keltirib  chiqaradi.  Natijada  yurak  faoliyati 
sekin-asta susayib  boradi, organizmda qon aylanishi sekinlashadi. A‟zo va  to„qimalarning qon 
bilan  ta‟minlanishi  kamayadi.  SHu  jumladan  buyrakda  ham  qon  aylanishi  kamayadi  va  siydik 
ajralishi  ham  sekinlashadi.  qon  tarkibidagi  suv  to„qimalarga  o„tib  shishlar  keltirib  chiqaradi. 
Bularni yurak shishlari deyiladi. Bunda ayniqsa jigar ko„proq talafot ko„rib, u kattalashib shishib 
ketadi. 
Organizmda  suv  yig„ilishi  ham  jigar    xastaliklarida    ro„y    berishi  mumkin.  CHunonchi 
jigarning  har  xil  sabablardan  yallig„lanishining  (gepatit)  asorati  hisoblangan  jigar  sirrozi  yoki 
jigar xavfli o„smalari (rak) da jigarga kelayotgan darvoza venasining qisilib qolishi natijasida shu 
venaga taalluqli qon tomirlarda qon dimlanib  qoladi va natijada qon tarkibidagi suv asosan qorin 
venalaridan  qorin  bo„shlig„iga  yig„iladi  (assit),  qorin  kattalashib  ketadi  va  boshqa  o„zgarishlar 
yuz beradi. 
Demak,  peshob  ajralishining  kamayishi  yuqorida  bayon  etilgan  asosan  buyrak,  yurak  va 
jigar  kasalliklarida  kuzatiladi.  SHunday    hollarda  buyrak  faoliyatini  tiklash  maqsadida  siydik 
haydaydigan dori preparatlari tavsiya etiladi. 
Bu  diuretiklar  qatoriga  kimyoviy  tuzilishi,  olinishi,  ta‟sir  kuchi,  ta‟sir  mexanizmi  va 
nihoyat  ishlatilishi  turlicha  bo„lgan  dori  vositalar  kiradi.  Misol  uchun  simob  saqlaydigan 
preparatlar,  soluretiklar  (tiazidlar  va  b.),  karboangidraza  ingibitorlari,  aldosteron  antagonistlari, 
osmotik  diuretiklar,  kislotali  diuretiklar  va  boshqalarni  keltirish  mumkin.  Bular  o„z  ta‟siri 
bo„yicha ancha kuchli  sintetik preparatlar  hisoblanadi.  SHulardan keyin  diuretik ta‟sirli  dorivor 
o„simliklardan tayyorlangan preparatlar turadi. Bularning orasida Ibn Sino tomonidan qo„llangan 
o„simliklar ham alohida o„rin egallaydi. 
Diuretik ta‟sirli dorivor  o„simlik  preparatlarining  sintetik yo„l bilan olingan dorilardan bir 
muncha  ustunligi  bor.  Sintetik  diuretik  dorilarning  ko„pchiligi  buyrak  kasalligi    bilan    bog„liq  
shishlarda  ehtiyotlik  bilan  tavsiya  etiladi.  CHunki  ular  bu  a‟zo  to„qimasiga  salbiy  ta‟sir  etishi, 
noxush holatlarni keltirib chiqarilishi mumkin (masalan, simob preparatlari, ayrim saluretiklar va 
b.).  SHuning  uchun  ularni  uzoq  vaqt  bemorlarga  berish  tavsiya  etilmaydi.  Dorivor  o„simlik 
preparatlarining  diuretik  ta‟siri    kuchsizroq    bo„lsa  ham  ularni  bo„yrak  shishlarida  ham  uzoq 

95 
 
muddat berish mumkin.  CHunki ular ancha yumshoq va shikast etkazmaydigan ta‟sir ko„rsatadi.  
SHuning  uchun  ham  bu  preparatlar  asosan  buyrak,  yurak  va  jigarning  surunkali  xastaligi  bilan 
bog„liq  shishlarda  tavsiya etiladi. 
13.2.  Buyrak  kasalliklarirning  fitoterapiyasida  ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar 
(aloe,pol-pola, kiyiko`ti,sachratqi,qushtaron va b.) xarakteristikasi. 
quyida  shunday ta‟sirga ega  bo„lgan Ibn  Sino tomonidan taklif  etilgan dorivor  o„simliklar 
va ulardan tayyorlanadigan preparatlar to„g„risida ma‟lumot beramiz. 
1.  Bodring. Ogurest posevnoy ( Cucumis sativus L. ). 
Bodringning tarkibida  ko„p  miqdorda  suv  (90-95%),   oqsillar (0,8%), qandlar (2-2,5%), 
yog„  (0,1%)  gemistellyuloza  (0,1%),  dag„al  to„qimalar  (0,7%),  pektin  (0,4%),  kraxmal  (0,1%), 
organik kislotalar bor. Bulardan tashqari V1, V2,  V6,  V15, Vs, S, RR vitaminlarini, K, Sa, Mg, 
Al,F, Zn,Fe, J mikroelementlarini saqlaydi. 
Ibn  Sinoning    yozishicha  bodring  (mevasi  va  urug„i)  chanqoqni  qoldiradi,  yaxshigina 
siydik  haydaydi,  isitmani  kamaytiradi,  oshqozon  ishini  yaxshilaydi,  jigar  kasalliklariga  naf 
qiladi. 
Muhammad  Husain  SHeroziy  ma‟lumoti  bo„yicha  bodring  ichni  yumshatadi,  siydik 
haydaydi, siydik toshlari va qumlarni chiqarib yuboradi, oshqozon ishini yaxshilaydi. 
Xalq  tabobatida  bodring  siydik  haydaydigan,  ich  suradigan,  jigar  o„tini  haydaydigan, 
ishtahani yaxshilaydigan, ovqat hazm bo„lishini oshiradigan vosita sifatida ishlatiladi. 
Hozirgi  davrda  bodring  parhez  taom    sifatida    keng    ishlatiladi.  CHunki  tadqiqotlarning 
ko„rsatishicha,  u  oshqozon  shirasining  ajralishini  va  harakatini  oshiradi,  jigardan  o„t  ajralib 
chiqishini  ko„paytiradi,    ichak  harakati    va  faoliyatini  jonlantirib,    ovqat  hazm  bo„lishini 
tezlashtiradi  va  qabziyatni  yo„qotadi.  Bodringning  bunday  ta‟siri  uning  tarkibidagi 
gemistellyulozaga,  pektin  va  boshqa  moddalarga  bog„liqdir.  Bodringning  ichni  yumshatuvchi 
ta‟siri uning tarkibidagi gemistellyuloza, yumshoq to„qimaning  ichak devoriga  mahalliy ta‟siri 
natijasida  peristaltikani  kuchaytirishi  bilan  tushuntiriladi.  Pektin  moddasi  esa  ichak 
mikroflorasiga  ijobiy ta‟sir etadi. 
Xalq tabobatida bodring mevasi va uning shirasi suvchechak,  me‟da og„rig„ida, qabziyatda 
va  boshqa  kasalliklarda  beriladi.  Bodring  shirasini  asal  bilan  aralashtirib,  yuqori  nafas  yo„llari 
shamollaganda 2-3 osh qoshiqdan kuniga 2-3 marta iste‟mol qilinadi. 
Xalq  tabobatida  urug„idan  tayyorlangan  damlama,    qaynatma    va  nastoyka  ishtaxa 
ochuvchi, el haydovchi, isitma tushiruvchi va balg„am ko„chiruvchi dori sifatida qo„llaniladi. 
2. Petrushka. Petrushka  obiknovennaya (Petroselenum crispum Mill.Nym). 
Petrushka  ikki  yillik  o„t  o„simlik.  Bo„yi  80-100  sm  ga  etadi.  O„zbekistonning  deyarli 
hamma tumanlarida ziravor o„simlik sifatida keng miqyosda o„stiriladi. 
Uning  ildizi  va  bargi  efir  moyi,  flavonoidlar,  askorbin  kislota,  V1,  V2,  RR  vitaminlari, 
karotin, mineral tuzlar saqlaydi. 
Abu Ali ibn Sino petrushkani mevasi, bargi va ildizini siydik, o„t haydovchi, ovqatni hazm 
qildiradigan, ayollarda hayz keltiruvchi dori sifatida qo„llagan. 
Xalq tabobatida esa o„simlikning meva va ildizidan tayyorlangan damlamalardan buyrak va 
o„t-tosh  kasalligida,  siydik  haydovchi  hamda  ovqat  hazm  bo„lishini  yaxshilovchi,    ishtaxa 
ochuvchi va terlatuvchi dori sifatida foydalaniladi. 
O„simlik  mahsulotlarini    farmakologik    o„rganish    natijasida    uning  tarkibidagi  efir  moyi 
yaxshigina  siydik  haydaydigan  ta‟sir  ko„rsatishini  tasdiqlangan.  SHu  sababli  siydik  ajralishi 
qiyinlashganda,  shishlarda,  buyrak  va  siydik  qopining  yallig„lanishida  tavsiya  etilishi  mumkin, 
lekin  bu  a‟zolarining  o„tkir  yallig„lanishi  bilan  kechadigan    hollarda    hamda  xomiladorlik 
davrida  tavsiya  etilmaydi.  CHunki  o„simlikning  bachadon  harakatini  oshirishi  tajribada 
aniqlangan. 
Petrushkaning  bunday  xususiyati  akusherlik  va  ginekologiya  amaliyotida  bachadon 
harakati susayishi bilan bog„liq hollarda qo„l kelishi mumkin. 
Laboratoriya  hayvonlarida  o„tkazilgan  tajribalarda  petrushkaning    efir  moyi  tarkibidagi 
moddalar,  yurak  glikozidlari  (angishvonagul)  singari,  lekin  kuchsizroq  kardiotonik  ta‟siri 

96 
 
aniqlangan.  SHuning  uchun  o„simlik  preparatlari  va  o„simlikning  o„zi  ham  yurak  faoliyatini 
surunkali  etishmovchiligida  muvaffaqiyatli  ishlatilishi  mumkin.  CHunki  uning,  bir  tomondan 
yurak  faoliyatini  jonlantirishi,  ikkinchi  tomondan  esa  siydik  ajralishini  oshirishi  yurak 
xastaligida kuzatiladigan shishlarni kamaytiradi va bemorga davo buladi. 
Petrushkaning  ildizi  siydik  yo„llari  tosh  kasalligida  siydik    haydovchi  sifatida  keng 
ishlatiladigan "fitolizin" preparati tarkibiga kiradi. 
3.Sabzi.  Morkov  (Daucus L.)   
Sabzi ikki yillik o„t o„simlik. Uning turi; yovvoyi sabzi (Daucus Carota L,) va ekma sabzi 
(Daucus  sativa  Haff.)  tibbiyotda    ishlatiladi.    YOvvoyi  sabzi  sug„oriladigan  erlarda,  ko„proq 
salqin joylarda o„sadi. Respublikamizning deyarli hamma tumanlarida uchraydi va o„stiriladi. 
YOvvoyi  sabzining  mevasi,  o„stiriladigan  sabzining  esa ildizmevasi,  bargi va  mevasi  o„z 
tarkibida  efir  moyi,  yog„,  flavonoidlar,  furanxromonlar  va  boshqa  moddalar  saqlaydi. 
O„stiriladigan  sabzining  ildiz  mevasida  V1,,  V2,  V6,  RR,  S,  K  vitaminlari,  karotinoidlar, 
uglevodlar, pantoten kislota, kumarinlar, mineral moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  ildizmevasidan  ajratib  olingan  shira  yoki    sutda  qaynatilgan  va 
maydalangan  sabzi  buyrak-  tosh,  yo„talda,  bavosil,  avitaminoz  va  kamqonlik  kasalliklarida 
hamda o„sma kasalligida  ishlatiladi. 
Sabzi 
vitaminga  boy  ovqat 
mahsuloti 
bo„lgani  uchun  tibbiyotda  vitaminlar 
etishmovchiligida (gipoavitaminoz) va uning oldini olishda, quvvastizlikda xamda yurak - tomir,  
jigar,  buyrak kasalliklarini davolash uchun tavsiya etiladi. 
Sabzi  ildizmevasi  organizmda  qandlar  almashinuvini  tartibga  solish  va  engil  surgi 
xususiyatiga ega. 
YOvvoyi sabzi urug„ining suyuq ekstrakti buyrak, siydik yo„llari va siydik-tosh va boshqa 
ayrim  kasalliklarida  (pielonefit,  xolestistit)  qo„llanadigan    urolesan    preparati  tarkibiga    kiradi. 
Bu  preparat  spazmolitik,  yallig„lanishga  qarshi  ta‟sirga  ega  va  siydik  haydab  toshlarni  ajralib 
chiqishini ta‟minlaydi. 
4. Sebarga.    Klever  lugoviy (Trifolium pratense L.) . 
Sebarga bo„yi 25-50 sm ga etadigan ko„p yillik o„t o„simlik. U respublikamizning ko„pgina 
viloyatlarida ariq bo„ylarida,  sug„oriladigan va boshqa nam joylarda o„sadi. 
Tibbiyotda  sebarganing  er  ustki  qismidan  foydalaniladi.    U  o„z  tarkibida  S  vitamini, 
karotin,  efir  moyi,  glikozidlar,  saponinlar,  flavonoidlar,  organik  kislotalar  va  boshqa  moddalar 
saqlaydi.  
Abu  Ali  ibn  Sino  o„simlikning  er  ustki  qismidan  tayyorlangan    qaynatmani  siydik  yo„li 
kasalliklarida siydik haydovchi dori sifatida ishlatgan. 
Xalq tabobatida  o„simlik gulidan tayyorlangan  damlama yoki qaynatma  siydik haydovchi, 
balg„am  ko„chiruvchi  va    antiseptik    dori    sifatida  hamda  yara  va  kuyganni  davolashda 
ishlatiladi. quritilmagan bargini maydalab, ezib yara va shishlarga ko„yib davolanadi. 
5. Buyoqdor ro„yan. Marena   krasilnaya  (Rubia tinctorum L.) . 
Ro„yan  bo„yi  1-1,5  m  keladigan  ko„p  yilik  o„t  o„simlik.  O„simlik  asosan  nam  erlarda, 
dalalarda,  bog„larda  va  ariq  bo„ylarida  o„sadi.  Respublikamizning  ko„pchilik  tumanlarida  keng 
tarqalgan.  Ro„yanning  ildizpoyasi  va  ildizi  tarkibida  antraglikozidlar,  organik  kislotalar,  
qandlar, bo„yoqli va boshqa moddalar bor. 
Abu  Ali  ibn  Sino  ro„yan  ildizpoyasi  bilan  ildizidan  tayyorlangan  qaynatmani  siydik 
haydovchi sifatida va boshqa kasalliklarda (jigar, taloq shishi) qo„llagan. 
Xalq  tabobatida  o„simlikning  ushbu  qismlardan  tayyorlangan  damlama  va  qaynatma 
buyrak va o„t yo„llarida toshlarni haydash uchun va podagra kasalligini davolashda qo„llaniladi. 
SHu  sababli  qaynatma  shu  a‟zolar  (qovuq,  o„t  yo„llari)  sanchiqlarida  ham  beriladi.  CHunki 
o„simlik tarkibidagi ayrim moddalar siydik yo„lidagi toshlarni (ayniqsa kalsiy fosfatli) yumshatib 
silliq mushaklarni bo„shashtirib (spazmolitik ta‟sir), ularning chiqib ketishini ta‟minlaydi. 
Tibbiyotda ro„yan ildizi va ildizpoyasining quruq  ekstrakti  buyrak- tosh kasalligida, uning 
og„riq  xurujlarida  toshni  haydash  uchun  va  og„riqni  bartaraf  etish  maqsadida  ishlatiladi. 
O„simlikning  suyuq  ekstrakti  siydik-  tosh  kasalligida  qo„llaniladigan  "Sistenal"  kompleks 

97 
 
preparati  tarkibiga  kiradi.  Bu  preparat  siydik    haydovchi,    toshlarni    yumshatuvchi    va 
spazmolitik ta‟sir ko„rsatadi. 
Preparat  glomerulonefrit  kasalligida,  bo„yrak    faoliyatining    og„ir  etishmovchiligida, 
me‟da-ichak yara kasalligida tavsiya etilmaydi. 
6. Tarvuz. Arbuz  obiknovenniy (Citrullus vulgaris Schrad). 
Bir  yillik  o„t  o„simlik  bo„lib,  palagi  4  metrga  etadi.      Respublikamizning  hamma 
viloyatlarida  poliz mevasi sifatida ekiladi. 
Tarvuzning yumshoq qismida qandlar (5-13%),  oqsillar (0,7%), dag„al to„qima (0,5-0,6%), 
pektin,  kraxmal,  organik  kislotalar,  vitaminlar  (S,  RR,  V,  V2,  V6)  bor.  Bulardan  tashqari  169 
mg%  almashtirib  bo„lmaydigan  aminokislotalar  (izoleystin,  leystin,  lizin,  metionin,  alanin, 
arginin,  tirozin  va  b.)  mavjud.  SHu  bilan    birga    tarvuz    mikroelementlarga    ham  ancha  boy. 
Kalsiy  (14mg%),  magniy  (224mg%),  kaliy  84mg%,  fosfor  (7mg%)  gacha)  v.b.  Tarvuzning 
urug„ida  40%  gacha  yog„,  35  %  gacha  oqsil  moddalar,  0,1-0,3%  alkaloid,  fitosterin,  
karotinoidlar va b.  moddalar bor.  YUmshoq qismi 80% gacha suv saqlaydi. 
Abu  Ali  ibn  Sino  tarvuz  mevasining  yumshoq  qismi  va  shirasini  yurak  va  bo„yrak 
kasalliklarida siydik haydovchi dori sifatida ishlatgan. 
Jigar  kasalliklarida    tarvuz  organizmdan  ortiqcha  suyuqlikni  haydab  chiqarish  bilan 
birgalikda jigar hujayralarini oson so„riluvchi  qand bilan ta‟minlaydi. 
Xalq tabobatida tarvuz parhez uchun siydik haydovchi,  quvvat beruvchi,  ishtaha ochuvchi 
va qabziyatning oldini oluvchi dori sifatida ishlatiladi. 
Tarvuz urug„i buyrak va o„t yo„llari tosh kasalligida, gijjalarni haydash uchun beriladi. 
Hozirgi  zamon  tibbiyotida  tarvuz  yurak-tomirlar,  buyrak  va  o„t  yo„li  tosh  kasalliklarida, 
yallig„lanishda (sistit), surunkali kolit va kamqonlikda tavsiya etiladi. 
Tosh  kasalligining    oldini  olish  maqsadida  ham  tarvuz  berilishi  mumkin.  CHunki  uning 
tarkibidagi  ishqoriy  moddalar  hisobiga    kislotalik  sharoitida  xosil  bo„ladigan  toshlarning 
cho„kmaga  tushishi  sodir  bo„lmaydi.  Bundan  tashqari,  sulfanilamid  preparatlar  iste‟mol 
qilinganda  astetillangan  sulfamidlarning  cho„kmaga  tushib  yig„ilishi  va  tosh  hosil  bo„lishiga 
sharoit  bo„lmaydi.  SHuning  bilan  bir  qatorda,  respublikamizda  uchraydigan  temir 
etishmovchiligi  bilan  bog„liq  anemiyada  ko„p  miqdorda  (1-1,5  kg  3-4  marta)  tarvuz  iste‟mol 
qilish  juda  ham  qo„l  keladi.  CHunki  uning  tarkibidagi  temir  organizm  talabini  butunlay 
qondiradi. Organizm uchun zarur bo„lgan gemoglobin miqdori oshadi. 
 7. Temirtikan. YAkorsi  prizemnie  (Tribulus terrestris L.) . 
 Uzunligi 10-60 sm ga etadigan bir  yillik, o„rmalab o„suvchi o„t o„simlik. 
 Temirtikan  dalalarda,  yo„l  yoqalarida,  ariq  bo„ylarida,  soy  qiyaliklarida,  ekinzorlarda 
begona o„t sifatida o„sadi. Respublikamizning hamma hududlarida keng tarqalgan. 
 Uning bargida steroid glikozidlar - saponinlar borligi aniqlangan. 
 Abu Ali ibn Sino o„simlikni buyrak va siydik- tosh kasalliklarida siydik haydovchi vosita 
sifatida qo„llagan. 
 Xalq  tabobatida  temirtikanning  meva  kukuni  siydik    haydash    uchun  ishlatiladi.  Er  ustki 
qismidan  tayyorlangan  damlama  siydik  xaydovchi,  yallig„lanishga  qarshi,  bosh  og„rig„ida, 
organizm quvvatini oshirish maqsadida tavsiya etiladi. 
 O„simlikning  er  ustki  qismini  farmakologik  o„rganishda    uning    siydik  haydaydigan, 
oshqozon  shirasini  oshiradigan,  antisklerotik  xususiyatlari  aniqlangan.  Uning  dorivor  preparati 
Tribusponin qondagi xolesterin miqdorini kamaytirib,  qonning ivishini  sekinlashtiradi. 
 Tribusponin tabletka holida tibbiyotda ateroskleroz kasalligida keng ishlatiladi. 
 O„simlik  er  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  va  nastoykasi  siydik  haydovchi  dori 
sifatida ishlatish uchun tavsiya etilgan. 
 8.CHilonjiyda.   Unabi  obiknovenniy (Zizufus jujuba Mill.).      
 Bo„yi  3-5  m  ga  etadigan  daraxt.  Markaziy  Osiyo  davlatlarida,    chunonchi 
respublikamizning  Surxondaryo  va    Toshkent    viloyatlarining    tog„li  hududlarida  quruq 
qiyaliklarda yovvoyi holda o„sadi. O„zbekistonning ko„pchilik tumanlarida o„stiriladi. 

98 
 
 Meva  tarkibida  qandlar  (40-60%),  oshlovchi  modddlar  (1,5%),oqsillar  (3%),  saponinlar, 
kumarinlar, organik kislotalar, S vitamini, mineral (kaliy, fosfor, magniy, temir) birikmalar bor. 
 Abu Ali ibn Sino chilonjiyda mevasini buyrak, qovuq, o„pka kasalliklarini davolash uchun 
qo„llagan.  U oshqozon  va ichak  faoliyatini yaxshilaydi, ich ketishini kamaytiradi,  qon ketishini 
to„xtatadi. 
SHarq  tabobatida  chilonjiyda  mevasidan  tayyorlangan  damlama  siydik  haydovchi, 
organizm  quvvatini  oshiruvchi,  balg„am  ko„chiruvchi  dori  sifatida  hamda  tomoq  og„rig„ida, 
ichak yuqumli kasalliklarida beriladi. 
O„rta  Osiyo    xalq    tabobatida  chilonjiyda  damlamasi  ko„krak  og„rig„i,  astma,    yo„tal, 
chechak, kamqonlik va qon bosimi ko„tarilganda ishlatiladi. 
CHilonjiyda  mevasi  va  bargini  har  tomonlama,    shu  jumladan  farmakologiyasini 
institutimiz  olimlari  prof.  X.U.Aliev,  f.f.d.  O„.A.Ahmedov  to„la-to„kis  o„rganishgan.    Buning 
natijasida  Ibn  Sino  bashorat  qilgan  chilonjiyda  mevasining  haqiqatan  ham  siydik  haydovchi  va 
boshqa farmakologik xususiyatlari eksperimental tasdiqlangan. 
 CHilonjiydaning  bunday  xossalari  Respublika  dorilar  va  tibbiyoti  uskunalar  sifatini 
nazorat  qilish  boshqarmasi  tomonidan  ma‟qullangan  va  tibbiyot  amaliyotida  dori  preparati 
sifatida ishlatish uchun ruxsat berilgan. 
 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin