10.2.Ateriskeleroz, aritmiya va gipertonida ishlatiladigan fitopreparatlar. Ularni
fitoterapiyasi.
Aritmiyaga qarshi ishlatiladigan dorivor o„simliklar va ularning preparatlari
Bu guruhga yurakning bir maromda, ritmik urishining buzilishida ijobiy ta‟sir etadigan
dorivor o„simlik preparatlari kiradi.
YUrakning ritmik-bir tekisda to„g„ri qisqarishining buzilish holati, yurakning o„zida
bo„ladigan kasalliklarda va undan tashqaridagi turli patologik o„zgarishlarda kuzatilishi
mumkin. YUrakning ishemik kasalligida, miokard infarktida, revmakardit, miokardit, organizm
intoksikastiyasida, elektrolit almashinuvining buzilishida (Kq ioni etishmasligi va Saqq
ko„payishi) va boshqa hollarda aritmiyaning asosan ikki xili sodir bo„ladi (taxi va bradiaritmiya).
Taxiaritmiya-ritmning tezlashishi bilan boradigan xili. Bunga ekstrasistoliya, paroksizmal
taxikardiya va lipillash bilan boradigan (mersatelnaya) aritmiya misol bo„lishi mumkin.
Bradiaritmiya esa yurak urishining sekinlashishi bilan davom etadi (bir daqiqada 45-55
marta) va bu holatda ritm juda sekinlashib qolsa, kollapsga olib keladi.
SHuni qayd qilib o„tish kerakki so„nggi vaqtlarda aritmiya kasalligiga chalingan bemorlar
soni ko„p uchraydigan bo„lib qoldi.
Aritmiya kasalligiga duchor bo„lgan bemorlarga davo qilishda antiaritmik preparatlardan
foydalaniladi.
ЮЕ
белгилари
нафас
сиқиши
цианоз
қоннинг
димланиш
оғриқ
шишлар
71
Taxiaritmiya xastaligida ishlatiladigan dorilarning asosiy farmakologik ta‟siri yurak
qo„zg„oluvchanligini pasaytirishi, yurak avtomatizmini, o„tkazuvchi sistemalarini tormozlashi
bilan izohlanadi. Antiaritmik preparatlarning bunday ta‟siri ko„proq miokardning patologik
o„zgargan joylaridan (ektopik yoki geterotrop) paydo bo„ladigan qo„shimcha (aritmiyaga
sababchi) impulslarga qaratilgandir. Ular sinus (Keyt-Flak) tuguncha avtomatizmiga kam kor
qiladi. Atrio-ventrikulyar tuguncha va Gis bog„lamiga bo„lgan ta‟siri ancha sezilarlidir.
Antiaritmik prepartlarning ta‟sir etish mexanizmi shundan iboratki, ular asosiy
elektrolitlarni-kationlarni hujayra pardasidan passiv o„tishini sekinlashtiradi. Natijada
elektrolitlar muvozanatining mahalliy buzilishi (kaliy ionlarining kamligi, natriy va kalsiy
ionlarining ko„payib ketishi) ro„y beradi.
Ma‟lumki, elektrolitlar muvozanati bunday o„zgarishi yurak qo„zg„aluvchanligini va
avtomatizmini kuchaytiradi. SHunday qilib antiaritmik preparatlar ta‟sirida hujayra
membranasining ikki tomonidagi elektrolitlar soni baravarlashadi. Uning elektr qutbi
doimiylashadi.
Bunday preparatlarga sintetik yo„l bilan olinganlaridan tashqari, dorivor o„simlikdan
tayyorlangan va ulardan olingan dorivor preparatlar kiradi.
Bradiaritmiyada asosan M-xolinoblokatorlar (atropin), Zelenin tomchisi va boshqalar
ishlatiladi. Bu guruhga kiruvchi preparatlar yurak ritmini tormozlovchi adashgan (varyc) nerv
faoliyatini bloklaydigan ta‟siri bo„lgan dorilar hisoblanadi. SHu sababli ular yurak urishini
tezlashtirib, bradiaritmiyani bartaraf etadi. Zelenin tomchisi tarkibidagi valeriana nastoykasi
tinchlantiruvchi ta‟sir etadi, belladonna nastoykasi esa M-xolinoblokator.
Dorivor o„simliklar va ularning preparatlari
1. qizil shirali sinxona (Xin daraxti). Sinxona krasnosokovaya (Cinshona succirubra Pav.)
Bu o„simlik doim yashil, bo„yi 15-20 m ga etadigan daraxt, vatani Janubiy Amerika
davlatlari (Boliviya, Peru, Kolumbiya, Venesuela). Hozirda boshqa davlatlarda o„stiriladi.
SHuningdek qora dengiz bo„yida bir yillik o„simlik sifatida o„stiriladi.
Plantastiyalarda o„stiriladigan xin daraxtining po„stlog„i tarkibida 10% gacha, yovvoyi
xolda o„sadigan daraxtlar po„stlog„ida esa 2,5% gacha alkaloidlar (1-7,5% xinin, 0,65%
xinidin, 4,85% sinxonin, 3,5% gacha sinxonidin) yig„indisi bor.
Gruziyada o„stiriladigan qizil shirali sinxona ildizida 1-2,14% alkaloidlar (xinin, xinidin,
sinxonin, sinxinidin) yig„indi mavjud.
Tibbiyot amaliyotida aritmiya xastaligida xinidin alkaloidi saqlagan preparati (xinidin
sulfat) ishlatiladi. Bu preparat miokard hujayra pardasidan natriy va kalsiy ionlari o„tishini
kamaytiradi, miokard qo„zg„aluvchanligini susaytiradi, yurak o„tkazuvchi sistemasidan
impulslar o„tishini sekinlashtiradi. Taxiaritmiya turlarida keng ishlatiladi. Tabletkada (0,1-0,2g)
chiqariladi. Uzoq muddatli ta‟sir etuvchi preparatlari ham chiqariladi (xinesteptin, xiniduron,
xinipek).
2. Ilon rauvolfiya. Rauvolfiya zmeinaya (Rauwolfia serpentina Benth.)
Bo„yi 50-100 sm ga etadigan doim yashil bo„ta. Hindiston, Tailand, Hindi Xitoy, SHri
lanka, Birma mamlakatlarida o„sadi. Gruziyaning subtropik hududida o„stiriladigan o„simlik
ildizida 0,5-1,3, ildizpoyasida 1-2% alkaloidlar (rezerpin, aymalin va b.) bor. Rauvolfiyaning
150 dan ortiq turi mavjud. Masalan, Rauwolfia caffra turi tarkibida 3,05% gacha alkaloidlar
bo„lib, ular yig„indisidan aymalin(1,25%), serpentin(1,09%) va boshqalar ajratib olingan.
Aymolin alkaloidi aritmiyaga qarshi ta‟sir etadi. Rezerpin va aymolin saqlagan raunatin preparati
taxiaritmiyaning turli shakllarida beriladi.
3. Parpi. Akonit (Aconitum L.) .
O„simligining uch turidan tibbiyotda foydalaniladi: Jung„or parpisi (Aconitum
soongaricum Stapf), qorako„l parpisi (Aconitum karacolicum Rapcs.) va Aconitum leucostomum
Worosch. Ular morfologik belgilari bilan bir-biriga juda yaqin. Parpining hamma qismi zaharli.
Parpi turlari Tyan-SHan tog„laridagi suv bo„ylarida, Issiqko„l atroflarida o„sadi. Ko„p yillik o„t
o„simlik bo„lib, bo„yi 70-130 sm ga etadi. Ildiz tuganagi tarkibida 2,35% gacha alkaloidlar
72
(alkonitin va b.) bo„ladi. O„simlikning er ustki qismi ham zaharli bo„lib, tarkibida 0,5% gacha
alkaloidlar saqlaydi.
O„simlikning uchinchi turi o„tidan olingan lappakonitinning bromgidrat tuzi - allapinin
preparati O„zbekiston FA O„simliklar kimyosi instituti xodimlari tomonidan olingan va
o„rganilgan.
Allapinin aritmiyaga qarshi ta‟sirga ega. YUrakning qorincha usti va qorincha
ekstrasistolasida hamda aritmiyaning boshqa turlarida qo„llanadi. Parpining jung„or turining
quritilmagan bargidan nastoyka tayyorlanadi. Allapinin tabletkalarda (0.025 g), eritma shaklida
(0.5%-2 ml) ampulada chiqariladi.
4. Do„lana. Boyarishnik (Crataegus L.).
Do„lananing bir necha turlari ma‟lum. Ularni bo„yi 5 m ga etadigan bo„ta yoki kichik
daraxt. Sobiq Itifoq Respublikalarida, shu jumladan Markaziy Osiyoda o„sadi. Tibbiyotda
do„lanani 13 ta turi ishlatiladi. SHulardan biri O„zbekistonda tabiy holda o„sadigan Oltoy
do„lanasi.(Crataegus altaica (Loud.)Lange).
Do„lana mevasi tarkibida triterpen saponinlar, flavonoidlar (kversetin va b.), gullarida -
efir moyi va boshqa moddalar bor.
O„simlik guli va mevasidan tayyorlangan galen preparatlari (nastoykasi, suyuq ekstrakti)
yurak faoliyatini yaxshilaydi, qon bosimini qisman tushiradi va aritmiyaga qarshi ta‟sir etadi.
Ayniqsa paroksizmal taxikardiyada va lipillash aritmiyasida qo„l keladi.
Do„lana mevasining suyuq ekstrakti kuniga 20-30 tomchidan 3-4 marta ovqatdan 20-30
daqiqa oldin ichiladi. Gulining nastoykasi- ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 15-20 tomchidan 2-
3 marta ichiladi. Suyuq ekstrakti kardiovalen preparati tarkibiga kiradi.
qon tomirlarni kengaytiruvchi dorivor o„simliklar va ularning preparatlari
Bu guruhga qon tomirlar (asosan arteriya va arteriolalar) tonusini pasaytirib, ularni
kengaytiradigan preparatlar kiradi.
Ma‟lumki, yurak-tomir kasalliklari xozirgi davrda eng ko„p tarqalgan, hayot uchun xavfli
va nogironlikka sabab bo„lishi jihatidan boshqa xastaliklar orasida birinchi o„rinda turadi. Ular
qatoriga qon tomirlarning spazmi- torayishi bilan o„tadigan yurakning ishemik kasalligi,
miokard infarkti, stenokardiya, ateroskleroz, gipertoniya, qorason (endoarteriit) kasalliklari
kiradi. Ma‟lumki, qon tomirlar tonusi ularning devorida joylashgan mushaklarga bog„liq. Bu
mushaklar tonusi bo„shashsa, qon tomir kengayadi, ular qisqarsa tonusi oshib qon tomir torayadi.
Agar bu o„zgarishlar ko„pchilik qon tomirlarda sodir bo„lsa, qon bosimi pasayishi yoki
ko„tarilishi mumkin. Ko„pchilik qon tomirlarning silliq mushaklari neyro-gumoral, gipotalamus,
qon tomirlar harakat markazi orqali boshqariladi. Tomir harakat markazi asosan simpatik nerv
orqali qon tomirlarni nazorat qilib turadi. Bu nerv qo„zg„alishi qon tomirlarning torayishiga,
bloklanishi esa kengayishiga olib keladi.
Gipertoniya kasalligida ayniqsa psixo-emostional ta‟sirlar natijasida tomir harakat
markazidan impulslar ko„proq chiqib simpatik nervlar orqali qon tomirlarni qisqartiradi va qon
bosimi ko„tariladi. Bu kasallikning kelib chiqishida boshqa sabablar: yurak faoliyati buzilishi,
ateroskleroz, buyrak kasalligi va boshqalarning ham ahamiyati bor. qon tomir tonusining
gumoral yo„l bilan boshqarilishi gipofiz va buyrak usti bezlari orqali bajariladi. Gipotalamusning
qo„zg„alishi vazopressin gormoni, buyrak usti bezidan esa adrenalin va noradrenalinlar
ajralishini kuchaytiradi. Vazopressin bevosita tomir silliq mushaklari miofibrilalarini
qisqartiradi. Noradrenalin va adrenalin esa adrenoresteptorlarni qo„zg„atib qon tomirlarni
qisqartiradi. Bulardan tashqari, qon tomirlarning torayishida renin-angiotenzin (II)-
sistemasining ham o„rni bor. Buyrakning yukstaglomerulyar qismidan renin fermenti chiqib,
qonning alfa-globulinidan angiotenzin I (dekapeptid)ning ajralishini ta‟minlaydi. Angiotenzin I
esa o„z navbatida peptidil-dipeptidaza fermenti ta‟sirida o„pka qon tomirlarida angiotenzin II ga
(oktopeptid) o„tib qon tomirlarni toraytiradi, qon bosimini ko„taradi (buyrak gipertenziyasi).
qon tomirlarda bosimning ko„tarilishida yurak faoliyatining ham hissasi katta.
Gipertenziyada uning (ayniqsa chap qorinchaning) qisqarish kuchi oshadi. SHu sababli, qon
bosimini pasaytirishda faqat qon tomirlarni kengaytirish bilan chegaralanmasdan, balki yurak
73
qisqarish kuchini ham pasaytirish zaruriyati tug„iladi. qon tomirlar tonusiga, bulardan tashqari,
turli metabolitlar (sut kislota, SO2, adenozin, gistamin, astetilxolin va boshqalar), endoteliyni
relaksastiyalovchi omil (ERF) ham ta‟sir ko„rsatadi va ular qon tomirlarni boshqarishda
qatnashadi.
Ayrim a‟zolarning mahalliy qon tomirlari qisqarsa, umumiy qon bosimi o„zgarmasligi
mumkin. Masalan, stenokardiya, miya qon tomirlari spazmida va boshqalar. qon tomirlarining
spazmida ko„pincha shu to„qima yoki a‟zoning qon bilan ta‟minlanishi buziladi (stenokardiya,
miokard infarkti, ishemik insult).
qon tomirlarini kengaytiruvchi dori preparatlarining soni talaygina. Ular kimyoviy
tuzilishiga ko„ra har xil guruhlarga kiradi va farmakologik ta‟siri, ishlatilishi bo„yicha
turlichadir. Ularning orasida sintetik preparatlar, o„simlik dori vositalari, alkaloidlar va
boshqalr bor. Bularning hammasida qon tomirlarni kengaytiradigan ta‟sir bo„lgani uchun ular
shu guruhning preparatlari hisoblanadi. Ular farmakodinamikasi, farmakokinetikasi va
ishlatilishiga qarab turli guruxlarga bo„linadi.
Antigipertenziv (gipotenziv) dori vositalari
Gipotenziv vositalar deb, ko„p sonli qon tomirlarni kengaytirib qon bosimini
pasaytiradigan preparatlarga aytiladi. Bularga kimyoviy tuzilishi, olinishi, farmakologik ta‟siri
va ta‟sir mexanizmi hamda ishlatilishi bo„yicha har xil bo„lgan preparatlar kiradi. SHu sababli
gipotenziv preparatlar ta‟sir etish joyiga qarab quyidagi guruhlarga bo„linadi: neyrotrop va
miotrop preparatlar. Bulardan tashqari, suv-tuz almashinuviga ta‟sir qiladigan ayrim siydik
haydovchi, kalsiy antagonistlari va antiangiotenzin preparatlari ham mavjud.
Neyrotrop gipotenziv vositalar deb, qon tomirlarning nerv sistemasi orqali boshqarilishiga
ta‟sir etib, kengaytiradigan, qon bosimini tushiradigan preparatlarga aytiladi. Bularning o„zi ham
nerv sistemasining qaysi bo„limiga ta‟sir etishiga qarab, markaziy va periferik sistemasiga ta‟sir
qiluvchilarga bo„linadi.
Markaziy nerv sistemasiga ta‟sir etuvchi gipotenziv preparatlarga rezerpin, klofelin,
metildofa uxlatuvchi va tinchlantiruvchi preparatlar va boshqalar kiradi. Bu preparatlar markaziy
nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta‟sir ko„rsatgani uchun gipertoniya kasalligini sababchilaridan
bo„lgan emostional qo„zg„alish holatini kamaytiradi, tomirlarni harakatlantiradigan markazdan
chiqayotgan patologik impulslarni tormozlaydi va periferik qon tomirlarni kengaytiradi, qon
bosimini tushiradi.
Bu preparatlar tibbiyot amaliyotida gipotenziv dorilar sifatida ko„p ishlatiladi.
Rezerpin rauvolfiya o„simligidan (o„simlik to„g„risida ma‟lumot yuqorida qayd etilgan)
olinadigan alkaloid bo„lib, farmakologik ta‟siriga ko„ra neyroleptik hisoblanadi. Gipotenziv
preparatlar orasida qo„llanishi va gipotenziv ta‟siri ancha ishonchli hisoblanadi. Ichakdan sekin
so„rilishi 6-8 soat ichida boshlanib, 3-4 kun davom etadi. Rezerpin markaziy nerv sistemasiga
ta‟sir qilishidan tashqari, periferik simpatolitik ta‟sirga ham ega. SHuning uchun ham bu
preparat gipotenziv effekti bo„yicha ancha yuqoridir. Rezerpin asosan gipertoniya kasalligini I
va II bosqichlarida ishlatiladi. U nojo„ya ta‟sir etib me‟da shilliq pardasini qitiqlaydi, hatto
yaralar hosil qilishi mumkin.
Fitopreparatlar orasida tinchlantiruvchi va gipotenziv ta‟sir ko„rsatadigan quyidagi
o„simlik dori vositalari alohida o„rin egallaydi.
Bo„rigul Barvinok (Vinca L.)
Tibbiyotda bo„rigulning 2 turidan foydalaniladi:
1. Kichik bo„rigul. Barvinok maliy (Vinca minor L.)
Ko„p yillik, doim yashil, bo„yi 60 sm gacha bo„lgan o„t o„simlik. Rossiya yuvropa
qismining janubiy va janubi-g„arbiy viloyatlarida, Ukraina, Belarus, Moldova, Kavkaz ortida
uchraydi. O„simlikning xamma qismida indol guruhiga kiruvchi, rauvolfiya alkaloidiga yaqin
bo„lgan 20 dan ortiq alkaloidlar bor. O„simlik bargidan vinkamin (devinkam), rezerpin, va
boshqa alkaloidlar ajratib olingan. O„simlikning Galen preparatlari va alkaloidlari qon bosimini
tushiradi, miya va koronar qon tomirlarini kengaytiradi. O„simlikning asosiy alkaloidi vinkamin
miyada qon aylanishini yaxshilaydi, miya to„qimasining kislorod bilan ta‟minlanishi ortadi.
74
Akademik S.YU.YUnusov va k.f.d. P.Y.YO„ldoshev shogirdlari bilan birgalikda O„rta
Osiyoda o„sadigan tik o„suvchi bo„rigul o„simligidan 40 taga yaqin alkaloidlar ajratib olishgan.
2. Tik o„suvchi bo„rigul. Barovinok pryamoy (Vinca erecta Rgl. et schm.)
Kendirdoshlar (Apocynaceae) oylasiga mansub bo„lib, ko„p yillik, bo„yi 30-40 sm ga
etadigan o„t o„simlik. Markaziy Osiyoning Tyanshan, Pomir-Oloy tog„larida uchraydi. O„simlik
ildizida 3% gacha, er usti qismida esa 2% alkaloidlar bor. Bulardan eng ahamiyatlisi vinkamin
va vinkanindir. Tarkibida shu alkaloidlar yig„indisi yoki toza holda saqlangan va yarim sintez
qilingan bir qator preparatlar mavjud. Bular qatoriga quyidagi dori vositalari kiradi.
Vinkapan (Vincapan). Kichik bo„rigul alkaloidlar yig„indisini saqlaydi. Tabletka xolida
0,01g.dan chiqariladi.
Vinkanor (Vincanorum). Kichik bo„rigul tozalangan alkaloidlarini saqlaydi. Tabletkada
(0,02g) chiqariladi.
Kavinton (Cavinton). Bo„rigul turlaridan olingan devinkan alkaloidining yarim sintetik
preparati. Kavinton (Vinkostetin) tibbiyot amaliyotining ko„p soxalarida (nevrapotologiya,
terapiya, otorinolaringologiya va b.) keng miqyosda ishlatiladi. Tabletkada (0,005) va 0,5%
eritmaning 2 ml dan ampulada chiqariladi.
Bulardan tashqari, gipotenziv dori vositasi sifatida do„lana gullaridan tayyorlangan
preparatlar (damlama va nastoyka), arslonquyruq er ustki qismidan tayyorlangan damlama va
nastoykalar ishlatiladi. Asosan gipertoniyaning boshlang„ich davrlarida boshqa dorilar bilan
birga beriladi. Bu fitopreparatlarning qon bosimini tushirishi asosan ularning MNS ga
tinchlantiruvchi ta‟siri bilan tushuntiriladi.
Gipertoniya xastaligida yuqoridagi fitopreparatlardan tashqari yana periferik qon tomirlarni
kengaytiruvchi va spazmalitik ta‟sirga ega bo„lgan bir qator dorivor o„simliklar preparatlari
ishlatiladi. Bular qatoriga opiy (qoradori) tarkibidagi papaverin alkaloidi kiradi. O„zining
farmakologik xususiyati bo„yicha miotrop ta‟sirga ega-bevosita silliq mushaklarga ta‟sir etib,
fosfodiesteraza
fermenti
faolligini
pasaytirib
mushaklar
hujayralarda
siklik
adenazinmonofosfatni yig„ilishiga sababchi bo„ladi. Bu esa mushaklarni bo„shashiga olib keladi
va qon tomirlar kengayadi, spazmlar bartaraf bo„ladi.
Papaverin sintetik yo„l bilan olingan va tibbiyot amaliyotida uning gidroxlorid tuzi spastik
holatlarda va gipertenziyada keng ishlatiladi. Uning kompleks preparatlari (papazol, palyufin,
teoverin va b.) mavjud.
Papaverin gidroxlorid tabletkada (0,04g), 2% li eritmasi 2 ml dan ampulada, 0,2g dan
shamcha holida chiqariladi.
3. Gulbandli kiyiko„t. Zizifora svetonojechnaya (Zizifora pedicilata Pazij et Vved.)
Gulbandli kiyik o„t ko„p yillik o„t o„simlik bo„lib, bo„yi 20-40 sm ga etadi. Ko„proq
toshloq tog„ bag„rilarida va tog„larda o„sadi. Toshkent viloyati, Issiqko„l, Olotov hududlarida
hamda Farg„ona viloyatida uchraydi. Dorivor mahsulot sifatida gulbandli kiyiko„tning er ustki
qismi- o„ti ishlatiladi. O„t tarkibida 1.3% efir moyi, organik kislotalar, antastianlar, S, YE
vitaminlari, provitamin A, flavonoidlar, mineral tuzlar va mikroelementlar mavjud.
Kiyiko„t halq tabobatida keng miqyosda ishlatilgan. Ibn Sino zizifora bilan yiringli yaralar
(chipqon, karbunkul) va boshqalarni davo qilgan. Bundan tashqari, o„simlikning er ustki
qismidan tayyorlangan choylar tabobatda ayrim yurak tomir va buyrak kasalliklarida ishlatiladi.
Toshkent Farmastevtika institutining farmakognoziya kafedrasida prof. T.P.Po„latova
tomonidan kiyiko„tning ushbu turi har tomonlama o„rganilgan. Uning farmakologiyasi prof.
X.U.Aliev rahbarligida to„la-to„kis tekshirilgan. CHunonchi, kiyiko„tdan tayyorlangan
preparatlar (damlama va qaynatma) tarkibidagi biologik faol moddalar hisobiga gipotenziv,
kardiotonik va yallig„lanishga qarshi ta‟sir etishi topilgan. Bundan tashqari, ular siydik ajralishini
kuchaytiradi va spazmolitik ta‟sirga ega. SHuning bilan bir qatorda ushbu preparatlarning zararli
ta‟siri yo„qligi – zaharsizligi aniqlangan.
Kiyiko„tdan tayyorlangan damlama O„zbekiston Respublikasi Dori vositalarni va tibbiy
texnika sifatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan tibbiyot amaliyotida antigipertenziv,
kardiotonik va diuretik dori preparatlari sifatida ishlatishga tavsiya etilgan.
75
Gipertoniya xastaligining boshlang„ich davrida kadio„t (valeriana) va arslonquyruq dorivor
o„simliklaridan tayyorlangan fitopreparatlar (nastoyka, damlama, tabletkalar) ishlatilishi
mumkin. Ular MNS ga tinchlantiruvchi ta‟sir etib, uyquni yaxshilaydi, hayajonlanish va
bezovtalik holatlarini kamaytiradi, qon bosimini pasaytiradi.
Tarkibida bir qator dorivor o„simliklar (do„lana, moychechak, gnafalium, na‟matak va b.)
saqlagan yig„ma - choylar va diuretik ta‟sirli dorivor o„simliklar ham qon bosimi
ko„tarilishining boshlang„ich davrlarida ishlatiladi.
Nazorat savollari
1.
Sekin, uzoq va kuchli ta‟sir etuvchi yurak glikozidlari.
2.
O„rtacha kuchli va o„rtacha muddatli ta‟sir etuvchilar
3.
Tez, qisqa va kuchli ta‟sir etuvchi yurak glikozidlariga
4.
qon tomirlarini kengaytiruvchi dori
5.
Gipotenziv vositalar deb
6.
Neyrotrop gipotenziv vositalar deb
7.
Fitopreparatlar orasida tinchlantiruvchi va gipotenziv ta‟sir ko„rsatadigan quyidagi
o„simlik dori vositalari
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
Internet va ZiyoNet saytlari
27.
www.ziyonet.uz
28.
www.Lex.uz
.
29.
www.uzpharm-control.uz
30.
www.doridarmon.uz
www.uzpharmsanoat.uz
Стенокардия
белгилари
юракда
санчиқ
нафас
сиқилиши
чап қул ва
елкада
санчиқ
76
MA‟RUZA-11
Nafas a‟zolariga ta‟sir etadigan dorivor
o„simliklar va ularning preparatlari
11.1. Nafas a‟zolari kasalliklari
11.2. Nafas a‟zolariga ta‟sir etadigan dorivor o„simliklar va ularning preparatlari
Tayanch so„zlar: laringit, faringit, traxeit va bronxitlar
11.1. Nafas a‟zolari kasalliklari
SHamollashdan kelib chiqadigan xastaliklarga yuqori nafas yo„llarining yallig„lanishi
(o„tkir va surunkali katar) va viruslar paydo qiladadigan gripp kiradi. Ushbu kasalliklar asosan
havoning sovishi va sovuq tushishiga bog„liq bo„lgani uchun ular "fasl kasalliklari" yoki "fasl
shamollashi" deb yuritiladi.
YUqori nafas yo„llari katarida burun, tomoq, yutqin, halqum, traxeya va bronxlar shilliq
qavatining yallig„lanishi kuzatiladi. Bular rinit (tumov), laringit, faringit, traxeit va bronxitlar
deb yuritiladi. Ushbu kasalliklar yuqumli bo„lmasdan, past haroratning butun tanaga yoki taning
ayrim qismiga mahalliy ta‟siri natijasida kelib chiqadi. Bunda shilliq pardalarning qon tomirlari
torayishi kuzatiladi. Natijada bemorda tez-tez aksirish, burundan suv oqishi, ovozning o„zgarishi,
yo„tal va boshqa alomatlar vujudga keladi.
YUqori nafas yo„llarining shamollashi o„zining ko„rinishi, davom etishi va belgilariga
ko„ra gripp kasalligini eslatadi. Lekin gripp o„zining kelib chiqishi, rivojlanishi, davom etishi
va asoratlari bo„yicha farq qiladi. CHunki bu kasallikni viruslarning har xil turi paydo qiladi.
SHuning uchun ham u yuqumli xastalik hisoblanib, kuz va qish faslida tarqaladi. CHunki gripp
viruslari uchun past harorat yaxshi sharoit hisoblanadi.
Davo sifatida asosan viruslar paydo qiladigan kasalliklarga ta‟sir etadigan dori preparatlari
(antibiotiklar), kasallik belgilarini kamaytiradigan turli-tuman (isitmani tushiradigan, yo„talga
qarshi, balg„am ko„chiruvchi, og„riq qoldiruvchi, yallig„lanishga qarshi) dorilar ishlatiladi.
Grippga davo qilish maqsadida tavsiya etilishi mumkin bo„lgan bu dori preparatlari
yuqori nafas yo„llarning shamollashida ham tayinlanishi mumkin. Bunda asosiy maqsad
kasallikning asorat qoldirishiga yo„l qo„ymaslik, uning oldini olishdir.
Bu dori vositalari ichida o„simliklardan olingan va tayyorlangan dorilar ko„proq
ahamiyatga molikdir. CHunki bularnig ta‟siri yumshoq, kuchi esa uncha kuchli bo„lmasa-da,
lekin ularda nojo„ya ta‟sir kam bo„ladi. Ko„pchilik hollarda organizm uchun zararsizdir.
SHuni aytib o„tish kerakki, yuqorida keltirilgan shamollashga bog„liq kasalliklarga
chalinmaslikning birdan-bir yo„li - organizmni chiniqtirishdir. Gripp epidemiyasi vaqtida vrach
maslahatlariga amal qilish va uni bajarish lozim.
SHamollash kasalliklariga davo qilishda bir qancha shifobaxsh o„simliklardan
foydalaniladi. Ularning umumiy soni 50 dan ham ortiq. Ba‟zilari balg„am ko„chiruvchi, yo„talni
qoldiruvchi va ko„krakni yumshatuvchi xossaga ega bo„lsa, boshqalari bakteriyalarga qarshi,
burushtiruvchi ta‟sir ko„rsatadi. SHu sababli ular og„iz-tomoqni chayish uchun yoki terlatuvchi
shifobaxsh vosita sifatida qo„llaniladi. Bu o„simliklarning kimyoviy tarkibi turlicha, shuning
uchun ham ular organizmga har xil ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Lekin ularning hammasi ham
shammollash kasalliklariga davo bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |