4.2. Dorilarning qaytar va qaytmas ta‟sirlari
Dorilarning qaytar va qaytmas ta‟sirlari. qaytar ta‟sir - vaqtinchalik farmakologik ta‟sir
bo„lib, a‟zo yoki to„qima faoliyati ma‟lum vaqtdan so„ng qaytadan tiklanadi. Bu vaqt davomida
dori biotransformastiyaga uchrab ta‟siri zaiflashadi va uning metabolitlari tanadan chiqib
ketadi. Masalan, narkoz davri tugagach bemorning uyg„onishi, novokain ta‟siri tugagach og„riq
sezishning tiklanishi va hokazo. Aksariyat ko„p dori moddalari vaqtinchalik qaytar ta‟sirga ega.
Dori vositasining qaytmas ta‟sirida hujayra yoki to„qima butunligi, tuzilishi buzilib, uning
faoliyati izdan chiqadi. Misol tariqasida og„ir metal tuzlari, kuchli kislota va ishqorlar hamda
xavfli o„smalarga qarshi ishlatiladigan vositalarni keltirish mumkin (simobli preparatlar ta‟sirida
buyrak to„qimasining emirilishi va boshqalar). Fosfororganik birikmalarning (xlorofos, butafos)
astetilxolinesteraza fermenti bilan birikishi ham qaytmas ta‟sirga misol bo„la oladi.
YUqorida bayon qilingan dori vositalarining ta‟sir turlaridan tashqari, ularning zararli-
salbiy ta‟sirlari ham mavjud.
Nazorat savollari
6.
Dori vositalarining umumiy ta‟siri
7.
Mahalliy hamda rezorbtiv ta‟sirlar
8.
Dori vositalarining rezorbtiv ta‟sirlari
9.
Dorilarning qo„shimcha ta‟siri
10.
neyrotrop, bachadonga ta‟sir etadigan dorilar
11.
Dorilarning qaytar va qaytmas ta‟sirlari.
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
Internet va ZiyoNet saytlari
17.
www.ziyonet.uz
18.
www.Lex.uz
.
19.
www.uzpharm-control.uz
45
20.
www.doridarmon.uz
www.uzpharmsanoat.uz
MA‟RUZA-5
Dorilarni qo„shib ishlatish.
5.1.Dori vositalarining qo„shib ishlatilishi
5.2.Tasnifi
Tayanch
so„zlari: Sinergizm, Potensiyalanish, Kimyoviy antagonizm, Fiziologik
(farmakologik) antagonizm, Bevosita antagonizm
Bilvosita antagonizm
5.1.Dori vositalarining qo„shib ishlatilishi
Farmakoterapiyada (fitoterapiyada ham) ko„pincha bir vaqtning o„zida bir necha dorilarni
ishlatishga to„g„ri keladi. Bundan ko„zlangan asosiy maqsad tezroq va kuchliroq
farmakoterapevtik ta‟sirga erishish yoki bir nechta a‟zo sistemalarga ta‟sir ko„rsatib, dorilar
samaradorligini oshirish bilan ularning nojo„ya ta‟sirini kamaytirishdan iborat. Bir vaqtda bir
necha dori vositalarini tanaga kiritish yoki ketma-ket yuborish oqibatida ularning ta‟siri har xil
o„zgarishlarga uchrashi mumkin.
Bir necha dori preparatlari shunday qo„shib ishlatilganda sinergizm yoki antagonizm
holatlari kuzatilishi mumkin.
5.2.Tasnifi
Sinergizm - ikkita dori moddasi qo„shib berilganda ularni alohida qo„llashga nisbatan
kuchliroq bo„lgan bir yo„nalishdagi ta‟sir. Bunda jamlanish va potensiyalanish yuz beradi.
Jamlanishda dorilarning umumiy farmakologik ta‟siri ayrim preparatlarning ta‟sirlar
yig„indisiga teng bo„ladi. Jamlanishning bu turida dorilarning ta‟sir etadigan joyi umumiy
(bitta resteptor, hujayra, tizim) va bir xil bo„ladi. Masalan, efir va azot (I) oksidning markaziy
nerv sistemasiga, adrenalin va noradrenalinning adrenoresteptorlarga ta‟siri.
Potensiyalanishda - umumiy farmakologik ta‟sir ayrim preparatlar ta‟siri yig„indisidan bir
necha marta kuchliroq bo„ladi va ayrim hollarda yangi farmakologik xossalar yuzaga chiqadi
(aminazin va narkoz, og„riq qoldiruvchi preparatlar). Bunda ta‟sir umumiy bir yo„nalishda
bo„lib, turli sistemalarga qaratilgan bo„ladi.
Tibbiyot amaliyotida bunday sinergizm turi juda keng qo„llaniladi. Masalan, antibiotiklar
bilan sulfanilamidlar, uxlatuvchilar, neyroleptiklar, astiklidin, pilokarpin). Bu bevosita sinergizm
deb yuritiladi. Sinergizm bilvosita bo„lishi ham mumkin. Bevosita sinergizmda qo„llanilayotgan
dorilarning ta‟sir etish joyi yuqorida qayd etilganidek umumiy (bitta hujayra, to„qima, resteptor)
bo„lsa, bilvosita sinergizmda esa har xil bo„ladi. Masalan, atropin M-xolinoresteptorlarni
bloklab, ko„z qorachig„ini kengaytiradi, adrenalin esa adrenoresteptorlarni qo„zg„atib, shu
effektni keltirib chiqaradi.
Dori vositalari sinergizmining potensiyalanish turi tibbiyot amaliyotida, ayniqsa
anesteziologiyada keng ishlatiladi. CHunki bunda ushbu dorilarning kichik dozasi olingani
uchun ularning asoratlari, nojo„ya ta‟sirlari kam bo„ladi.
Antagonizm - bir dori ta‟sirini boshqa dori ta‟siri bilan kamaytirish yoki butunlay bartaraf
etish demakdir. Antagonizm usulini qo„llash zaharlanishning oldin olish va davolash tadbirlari
yig„indisi hisoblanadi. Antagonizm - bu dorilarning bir-biriga aks (zid) ta‟siri deb tushuniladi.
Antagonizm bir necha ko„rinishlarda bo„lishi mumkin :
Fizikaviy antagonizm - bir moddaning ikkinchi modda yuzasiga so„rib olinishi
(adsorbentlar, faollashtirilgan ko„mir, oqsillar).
Kimyoviy antagonizm - kimyoviy reaksiya natijasida zararsiz birikmalar hosil bo„lishi.
Masalan, bariy xloriddan zaharlanishda natriy sulfat yuborilsa, organizm uchun zararsiz bariy
sulfat hosil bo„ladi. Og„ir metal tuzlaridan zaharlanishda unitiol ishlatiladi. Undagi sulfgidril
moddasi metal bilan birikib, zararsiz kompleks hosil qiladi.
46
Fiziologik (farmakologik) antagonizm - dorilar bir yoki bir nechta hujayralar, resteptorlar
yoki sistemalarga ta‟sir etib, teskari oqibat keltirib chiqaradi (narkoz vositalar va analeptiklar).
Ushbu antagonizm ikki tomonlama (dorilar o„zaro bir-birining ta‟sirini yo„qotadi) va bir
tomonlama (ikkinchisi esa birinchisi ta‟sirini bartaraf etmaydi) bo„ladi. Ikki tomonlama
antagonizmga kofein bilan fenobarbitalni misol qilib keltirish mumkin (kofeinning markaziy
nerv sistemasi qo„zg„atuvchi ta‟sirini fenobarbital tormozlab yo„qotadi va aksincha). Bir
tomonlamaga antagonizmga esa atropin bilan pilokarpinni misol qilish mumkin. Atropin
xolinoresteptorni bloklab, pilokarpin keltirib chiqargan ko„z qorachig„i torayishini bartaraf etib,
uni kengaytiradi. Lekin pilokarpin esa atropin ta‟sirida ko„z qorachig„i kengayishini yo„qota
olmaydi. Bu degan so„z pilokarpin bilan zaharlanishda atropin davo bo„ladi, aksincha atropin
bilan zaharlanishda esa pilokarpin kor qilmaydi.
Farmakologik antagonizmning quyidagi turlari mavjud.
Konkurent (raqobat)antagonizm - o„xshash kimyoviy tuzilishga ega bo„lgan birikmalar-
moddalar o„rtasida resteptor bilan birikish uchun raqobat kuzatiladi (morfin va nalorfin).
Bevosita antagonizm - ikkita dori vositasi bir xil resteptorlarga to„g„ridan - to„g„ri ta‟sir
etib, qarama - qarshi natija keltirib chiqaradi. Masalan, muskarin M-xolinoresteptorlarni
qo„zg„asta, atropin esa ularni bloklaydi.
Bilvosita antagonizm - dori vositalari turli antagonistik fiziologik sistemalarga ta‟sir etib
qarama - qarshi natija keltirib chiqaradilar. Masalan, pilokarpin M-xolinoresteptorlarni
qo„zg„atib, ko„z qorachig„ini toraytirsa, adrenalin esa adrenoresteptorlarni qo„zg„atib uni
kengaytiradi.
Ba‟zi dorilarni qo„shib ishlatilishdagi bir-biriga zidligi ularning farmakokinetikasida ham
sodir bo„lishi mumkin. Masalan, dorilarning ichakdan so„rilishini kamaytiruvchilar
(adsorbentlar, shilimshiqlar, surgi dorilar), qondagi oqsillar bilan bog„langan antikoagulyantlarni
(neodikumarin) indometastin (yallig„lanishga qarshi dori) siqib chiqarishi, dori vositalar
metabolizmida qatnashadigan monooksidaza fermentlar aktivligini kuchaytiradigan induktorlar
(fenobarbital, benzonal) birga yuborilgan turli dori vositalarining farmakoterapevtik ta‟sirini
susaytirishi va boshqalar.
Nazorat savollari
1.
Sinergizm
2.
Potensiyalanish
3.
Kimyoviy antagonizm
4.
Fiziologik (farmakologik) antagonizm
5.
Bevosita antagonizm
6.
Bilvosita antagonizm
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
Internet va ZiyoNet saytlari
47
7.
www.ziyonet.uz
8.
www.Lex.uz
.
9.
www.uzpharm-control.uz
10.
www.doridarmon.uz
www.uzpharmsanoat.uz
MA‟RUZA-6
Dorilarni takror qo„llash.
11.2.
Dorilarni takror qo„llash
11.3.
Idiosinkraziya
Tayanch so„zlari: taxifilaksiya, Narkomaniya, qaramlik, Idiosinkraziya
Kimyoviy yoki moddiy kumulyastiya.
6.1.Dorilarni takror qo„llash
Ma‟lumki, bemorlarga davo qilishda ko„pchilik dori preparatlari, shu jumladan dorivor
o„simliklar ham qayta-qayta beriladi.
Ayrim dorilarni qayta qo„llash natijasida ularning ta‟siri turlicha o„zgarishlarga uchrashi
mumkin. Masalan, ta‟siri kuchayadi, susayadi yoki sifat o„zgarishlarga uchraydi. Ta‟sirning
susayishi doriga o„rganib qolganlikning belgisidir. Bu holat barcha tirik mavjudotlarga xos
bo„lib, tolerantlik - ko„nikish yoki moslashish deb yuritiladi va u dorilarni uzoqroq muddat
qo„llanishda yuz beradi. Masalan, uyqu dorilariga ko„nikish 1-2 hafta davomida yuz beradi.
Mikroorganizmlarda antibiotiklarga nisbatan moslashuv bir necha kundan so„ng paydo bo„lishi
mumkin. Moslashuv mexanizmlari murakkab bo„lib, dorining ichakdan so„rilishining pasayishi
yoki ularning metabolizmga uchrashi, tanadan chiqib ketishining tezlashishi oqibati yoki
mikroorganizmlarning dorilarga qarshi biologik faol moddalarni ishlab chiqarishi yoki dorilar
ta‟sir etadigan resteptorlar (keyingi sahifalarga qarang) sezuvchanligining kamayishi hisobiga
bo„lishi mumkin.
Dorini qisqa muddat oralig„ida bir necha bor takroran qo„llashda ta‟sirining pasaishi
taxifilaksiyaga sabab bo„ladi. Ushbu xolat efedrinning qon bosimiga ta‟sirida yaqqol namoyon
bo„ladi. SHuning uchun bunday xususiyatli dorilarni, shu jumladan fitopreparatlarni ham
bemorni davolashda ularning dozasini oshirishga yoki boshqacha mexanizmli ta‟siri bo„lgan
samarasi o„xshash dorilar bilan qo„shib berish yoki almashtirishga to„g„ri keladi.
Ba‟zi dorilarni qayta-qayta iste‟mol qilish (og„riqsizlantiruvchi-morfin, psixostimulyatorlar
- fenamin, tinchlantiruvchi dorilar) natijasida ularga qaramlik yuz beradi. Ushbu holat
sarxushlik yoki giyohvandlik deb ta‟riflanadi. Bu xastalik narkomaniyaga sabab bo„lib, og„ir
ruhiy kechinmalar bilan o„tadi. Narkomaniya holati ushbu doriga sezuvchanlikning susayishi
bilan boradi. Doriga qaramlikning belgisi xumor qilish-abstinensiya holati (ushbu dori
organizmga yuborilmagan taqdirda bo„ladigan holat) ikki turdagi o„zgarishlar bilan kechishi
mumkin: fizikaviy va ruhiy o„zgarishlar. Fizikaviy o„zgarishlarda tana musshaklarining
tortishishi, ichki a‟zolarning og„rishi, qusish va boshqa belgilar (morfin), ruhiy o„zgarishlarda
esa umumiy ruhiy qo„zg„olishlar kuzatiladi (kokain). SHuning uchun bunday xususiyatli dorilar
nazorat ostida bo„lib, ularni davolash amaliyotida ishlatish chegaralangan.
Ayrim dorilarni takror qo„llash oqibatida unga bo„lgan sezuvchanlik orta borib, allergik
reaksiyalarga sabab bo„lishi mumkin. Bu holat sensibilizastiya (immun-biologik sistemaning
allergiyaga bo„lgan yashirin reaksiyasi) natijasidir. Sensibilizastiya uzoq yillargacha saqlanadi va
antibiotiklarga nisbatan ko„proq uchraydi. Bunday dorilarni berishdan oldin kichik dozada teri
orasiga yuborib sinab ko„riladi.
6.2.Idiosinkraziya
Idiosinkraziya (idios – o„ziga xos o„zgarish) tanada ayrim fermentlar shakllanmagan bo„lib,
dorini ilk bor kiritish tufayli yuz beradigan allergik reaksiyadir. U irsiy etishmovchilik
oqibatlaridan bo„lib, farmakokinetikaning o„rganadigan yo„nalishlaridan biridir. Idiosinkraziya
48
novokainamidga, xininga nisbatan kuzatiladi. Ushbu holatlarda dorilarni berish to„xtatiladi va
tibbiy yordam tadbirlari amalga oshiriladi.
Dori vositalarini qayta yuborish natijasida ular tanada to„plana borib, kumulyastiya
holatini yuzaga keltirishi mumkin. Kumulyastiyaning yuz berishi- dori moddasining to„qimalar
va qon zardobi oqsillari bilan mustahkam birikishi, tanadan chiqib ketishini qiyinlashishi bilan
tushuntiriladi. Mazkur holatga fenobarbital, angishvonagul (digitalis) preparatlari, kumarinlar
(neodikumarin) va boshqa birikmalar misol bo„la oladi. Ko„pincha kumulyastiya zaharlanishga
sabab bo„lishi mumkin.
Bu holatning ikki turi mavjud. Kimyoviy yoki moddiy kumulyastiyada dori moddasi
ko„p miqdorda to„planib, yuqorida keltirilgan o„zgarishlar bilan boradi. Funksional
kumulyastiyada esa dori miqdorini aniqlab bo„lmaydi, chunki u organizmda to„planmaydi,
ammo uning ta‟siri-effekti yig„ila boradi. Bunga alkogol ta‟siridagi telbalik, psixoz holatlarning
yuz berishi yoki monoaminokidaza ingibitorlari (transamin, nialamid) keltirib chiqaradigan
o„zgarishlar misol bo„la oladi.
Nazorat savollari
1.
taxifilaksiya
2.
Narkomaniya
3.
Doriga qaramlikning belgisi
4.
sensibilizastiya
5.
Idiosinkraziya
6.
Kimyoviy yoki moddiy kumulyastiya
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
Internet va ZiyoNet saytlari
11.
www.ziyonet.uz
12.
www.Lex.uz
.
13.
www.uzpharm-control.uz
14.
www.doridarmon.uz
www.uzpharmsanoat.uz
MA‟RUZA-7
Dorilarning biotransformatsiyasi va tasnifi.
7.1. Dorilarning biotransformatsiyasi
7.2. Dorilarning tasnifi.
Tayanch so„zlari: Sust diffuziya, Filtrastiya, Faol transport, Pinostitoz
Parenteral yo„l, Teri ostiga yuborish
49
Ayrim dori vositalarining qonga so„rilishi qisman me‟da bo„shlig„idan boshlanadi
(masalan, kislotalik sharoitdagi ayrim kuchsiz elektrolitlar, sulfaniamidlar, barbituratlar,
astetilsalistil kislota va boshqalar). Ammo ko„pchilik dorilarning so„rilishi asosan ingichka
ichakda sodir bo„ladi, chunki uning so„rish sathi juda keng (200m2) bo„lib, qon tomirlari bilan
yaxshi ta‟minlangan. So„rilish jarayoni 4 xil usulda namoyon bo„ladi:
1. Sust diffuziya - moddalar miqdori ko„p tomondan kam tomonga membrana (parda)
orqali (moddaning konsentrastiya gradienti bo„yicha) o„tadi. Asosan yog„da eruvchan va
qutblanmagan molekulalar tezroq o„tadi. YOg„da eruvchanlik qanchalik yuqori bo„lsa,
o„tuvchanlik ham shuncha tez bo„ladi. Dori vositalarning bunday diffuziyasi uchun energiya
talab qilinmaydi.Ko„pchilik dorilar shu yo„l bilan so„riladi.
2. Filtrastiya - dori moddasining o„tishi hujayralararo bo„shliqlar-kovaklari orqali
(ultrafiltrastiya) yuz beradi. Suv, ayrim ionlar, mochevina shu usul bilan so„riladi. Bularning
filtrastiya bo„lishida gidrostatik va osmotik bosimning mohiyati katta.
3. Faol transport - bu usulda transport (olib o„tuvchi) vositalari qatnashadi. Ular ayrim
birikmalarga tanlab birikadi va uning so„rilishini ta‟minlaydi.
Transport moddaning miqdori kam tomondan miqdori ko„p tomonga (konsentrastiya
gradientiga qarshi) ham yuz beradi,bunda oksidlanib fosforillanishda hosil bo„lgan energiya
sarflanadi. Faol transport natijasida gidrofil qutblangan molekulalar, ayrim noorganik ionlar,
qandlar, pirimidinlar so„riladi. qondagi yod moddasining qalqonsimon bezdagi gormon sintezi
uchun to„planishi shu yul bilan amalga oshiriladi.
4. Pinostitoz (pinos - ichish). Ushbu usulda dori moddasi pufakcha holida membrana
orqali o„tib qamrab olinadi va hujayraning qarama-qarshi qutbiga qarab harakatlanadi. So„ngra
ekzostitoz yo„li bilan chiqarib yuboriladi. Masalan, vitamin V12 ning so„rilishi pinostitoz
usuliga misol bo„la oladi.
Dori moddalarining so„rilishi asosan oddiy diffuziya usulida bo„lib, pinostitoz esa deyarli
ahamiyatga ega emas.
Dori vositalarining me‟da-ichakdan so„rilishi qator tashqi va ichki omillarga bog„liqdir.
Masalan, dori moddasining fizik-kimyoviy xossasi va kimyoviy tuzilishi, uning shakli, me‟da-
ichak bo„shlig„ining rN muhiti, unda ovqat massasining bo„lishi yoki bo„lmasligi, uning
fiziologik va patologik holati, qon bilan ta‟minlanishi va boshqalar ma‟lum darajada
axamiyatlidir.
Parenteral yo„l. Dori vositalarini bu yo„l bilan tanaga kiritish enteral usulga nisbatan
boshqacharoq va murakkabroq hisoblanadi va ayrim hollarda tibbiyot xodimlari tomonidan
bajariladi. Parenteral yo„lga dorilarni me‟da-ichak yo„lini chetlab yuboriladigan hamma usullar
kiradi: in‟eksiya(ukol) qilish, nafas yo„li orqali yuborish, sirtga qo„llash shular qatoriga kiradi.
Ma‟lumki, dori vositalarini in‟eksiya qilishni aseptik sharoitda bajarish talab qilinadi: dori
eritmasi, shprist va boshqalar sterillangan bo„lishi shart.
In‟ekstiyaning quyidagi xillari ma‟lum: teri orasiga va teri ostiga, muskullar orasiga,
venaga, arteriyaga, suyak to„qimasiga, orqa miyaga va xakozo.
Teri orasiga yuboriladigan dorilar kam miqdorda 0,1-0,2ml asosan antirabik (quturishga
qarshi) zardob, tuberkulin va ayrim antibiotiklar sinab ko„rish uchun qullanadi.
Teri ostiga yuborish usuli keng ishlatiladi. Dorilarning suvli va yog„li eritmalarini 2 ml
gacha miqdorda yuborish tavsiya etiladi. CHunki ko„p miqdorda yuborilganda og„riq beradi va
so„rilish qiyin bo„ladi.
Dori vositalarini muskullar orasiga yuborish juda keng miqyosda ishlatiladi. CHunki
og„riq sezish kamroq bo„lib, dori preparatini ko„proq miqdorda (10 ml gacha) yuborish mumkin.
Bundan tashqari, suspenziyali va yog„li dorilar yuborilganda ularning so„rilishi oson kechadi.
Bu usul bilan dori vositalari asosan dumbaning yuqori va tashqi kvadrantiga in‟ekstiya qilinadi.
Venaga yuboriladigan dorilar eritmasi izotonik, apirogen, tiniq, chukmasiz,
aralashmalarsiz va sterillangan bo„lishi kerak. Bu yo„l bilan ayrim preparatlar eritmasidan
ko„p miqdorda (250-500 ml) yuborish imkoniyati bor. Ayniqsa plazmaning o„rinbosar
suyuqliklari va boshqa eritmalarni venaga asosan tomchilab yuboriladi. Kam hajmdagilar esa
50
(20 ml gacha) shprist orqali asta-sekin uzluksiz yuboriladi. Venaga yuboriladigan dorilarning
ta‟siri tez yuzaga chiqqani sababli shoshilinch tibbiy yordam ko„rsatishda, ayniqsa, yurak
faoliyatining o„tkir etishmovchiligida ushbu usul juda ham qo„l keladi (masalan, strofantin,
korglikon, karaxtlikda va zaharlanishda yuboriladigan eritmalar va b.).
Dori vositalarini bevosita arteriyaga yuborish kam ishlatiladi. Asosan shok (karaxtlik)
holatida, qon bosimi xaddan tashqari pasayishi natijasida venalar yopishib qolganda yoki dori
konsentrastiyasini ayrim a‟zolarida yuqori darajada bo„lishini ta‟minlash maqsadida turli dori
vositalari (adrenalin gidroxloridi, noradrenalin gidrotartrati, antiblastom dorilar, antibiotiklar
va b.) bevosita arteriya qon tomiriga yuboriladi.
Ayrim dorilarning eritmasi bevosita suyak to„qimasiga yuborilishi mumkin. SHu
maqsadda ko„proq xirurgiya (ortopediya, travmatologiya) amaliyotida og„riqsizlantirish
maqsadida novokain ishlatiladi. qon tomirga yuborish iloji bo„lmaganda ayrim holatlarda
dorilar bevosita to„sh suyagiga in‟eksiya qilinishi mumkin.
Dori vositalarini orqa miyaga yuborish ham asosan anesteziologiyada shu maqsadda
qo„llanildi (subdural, epidural yuborish turlari).
Bundan tashqari, ayrim xollarda dori vositalari to„g„ridan-to„g„ri yurakka (adrenalin),
qorin bo„shlig„iga (antibiotiklar), yonoq suyagidagi bo„shliqlarga (sinus) yuboriladi.
In‟eksiya qilishning yaxshi tomonlaridan biri dori vositalarining ta‟siri tez yuzaga chiqishi,
yuboriladigan dozasining aniqligidir. SHu bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud:
infeksiya (SPID, gepatit, yiringli infeksiya) yuqib qolishi, og„riq sezish, tibbiyot xodim bo„lishi
shartligi in‟eksiyaning salbiy tomonlaridir. Ushbu kamchiliklarga qaramasdan in‟eksiya yo„lidan
tibbiyot amaliyotida juda keng foydalaniladi.
Parenteral yo„lga shuningdek dori preparatlarini nafas yo„li (ingalyastion) orqali tanaga
yuborish usuli ham kiradi. Ushbu yo„ldan asosan gazsimon, engil uchuvchan suyuqliklar (bug„
holigida) yuboriladi. Ular qatoriga ingalyastion narkoz uchun ishlatiladigan moddalar (efir,
ftorotan, xloretil va boshqalar) havo bilan o„tib alveolalardan qonga yaxshi so„riladi va o„z
ta‟sirini tez ko„rsatadi. Mazkur narkoz vositalari shu yo„l orqali qaytadan qondan tashqariga
chiqariladi. SHuning uchun ham ularning farmakologik ta‟sirini (narkoz holati) boshqarish
qulaydir. SHu yo„l bilan har xil dorilar aerozol holida (aerozol ingalyatorlar yordamida) ham
yuboriladi. Ko„pincha bronxial astma xastaligida (bronxodilyatatorlar), yiringli infeksiyada
(antibiotiklar) va boshqa dori preparatlari ingalyastiya yo„li bilan yuboriladi.
Dori vositalarini sirtga qo„llanish bilan qisman ularning rezorbtiv, ko„proq va xususan
maxalliy ta‟siridan foydalaniladi. Ushbu usul bilan surtma (maz, pasta, liniment), eritma
(antiseptiklar - kalendula, novoimanin, furastillin va boshqalar) va quruq shakldagi (streptostid
va boshqalar) dori preparatlari ishlatiladi. Ulardan tashqari ko„z, burun, quloq tomchilari,
bo„shliqlarni yuvish, chayish maqsadida ishlatiladigan har xil dorilar fitopreparatlar (tirnoqgul
damlamasi va tindirmasi, xandeliya va moychechak damlamalari va b.) mavjud.
Dostları ilə paylaş: |