2.2. O„lchov birliklari.
Dori vositalarining dozalari og„irlik o„lchov birliklari (g-gramm, mg-milligramm, mkg-
mikrogramm), hajm o„lchov birliklari ml-millilitr, tomchilar (1 tomchi suv 0,05 ml ga teng)
hamda ta‟sir birliklari (TB, XTB) bilan ifodalanadi.
quruq va surtma dori shakllari asosan og„irlik, suyuqliklari esa hajm o„lchov birligi bilan,
tuzilishi bo„yicha murakkab ayrim dorilar (antibiotiklar, yurak glikozidlari va b.) esa ta‟sir
birligi bo„yicha o„lchanadi. Tindirmalar, suyuq ekstraktlar, neogalen preparatlar va ayrim
dorilarning suvdagi eritmalari ichish uchun tomchilab beriladi. Ulardan birinchi uchtasi asosan
20-30 tomchidan, keyingilari esa 5-10 tomchidan berilishi mumkin. Bemor qabul qilayotgan
ushbu tomchilar miqdorida dori vositasining bir martalik o„rtacha terapevtik dozasi bo„lishi
kerak (atropin sulfat eritmasi va b.).
Ko„pchilik fitopreparatlar damlama, qaynatma, ekstraktlar, yig„malar, choylar shaklida
tavsiya etiladi. Ular (damlama, qaynatma) asosan osh qoshiq bilan, suyuq ekstraktlar,
tindirmalar, tomchilab ,yig„malar va choylar esa stakanlar bilan dozalanadi. Demak, dorivor
o„simliklarning bir martalik o„rtacha terapevtik dozasi 1 qoshiqda (15 ml) yoki stakanda (150
ml) bo„lishi talab qilinadi.
Dori vositalarining farmakologik va farmakoterapevtik ta‟siri ko„p jihatdan ularning
yuborilayotgan miqdoriga - dozasiga bog„liq. Dozaga qarab ularning kuchi, ta‟sir muddati,
tabiati, samarasi namoyon bo„ladi. Odatda ayniqsa kuchsizroq ta‟sirli dori vositalarining dozasi
oshishi bilan latent davri qisqarib, ta‟sir uzayadi va kuchayadi (doza-effekt). Latent davri
deganda dori iste‟mol qilingan vaqtdan boshlab, birinchi ta‟sir belgilari paydo bo„lgan
davrgacha o„tgan vaqt hisoblanadi. Dozani tana vazniga (mg/kg, mkg/kg), yuzasiga (m2, sm2)
nisbatan ham aniqlanadi.
2.3. Dori vositalarining farmakokinetikasi
Farmakologik moddalarning yoki dori preparatlarining foydali ta‟siri ularning
farmakokinetikasiga va farmakodinamikasiga bog„liqdir. Farmakokinetika so„zi tom ma‟noda
dori moddasining organizmda harakati degan ma‟noni anglatadi. Aniqrog„i, dorilar
farmakokinetikasiga ularning organizmga yuborish yo„llari, so„rilishi, qonga o„tishi, tanada
tarqalishi, oqsillar bilan bog„lanishi, tana to„siqlaridan o„tishi, organizmda taqsimlanishi,
yig„ilishi, jigarda metabolizmga uchrashi va nihoyat organizmdan chiqib ketish yo„llarini
o„rganish kiradi.
Dori preparatlar og„iz orqali qabul qilinganda moddaning dori shaklini yo„qotishi va
ichakdan so„rilib qonga o„tishini biofarmastiya o„rganadi. CHunki yaratilgan dori shakli bu
tomondan mos bo„lishi kerak. Ushbu dori preparatining farmakokinetik bosqichlari (davrlari)
quyidagicha: dorining dori shaklini yo„qotishi, oshqozon-ichak shilliq pardasidan qonga
so„rilishi, qon bilan jigarga borishi, jigardan chiqib katta qon aylanishiga o„tishi. Dori
39
preparatlari bu jarayonlarda turli o„zgarishlarga, ta‟sirlarga uchrashi mumkin. Ularning ichakdan
so„rilishi, birinchidan, dori shakliga, kimyoviy tuzilishiga va xossalariga, ikkinchidan,
ichakning fiziologik, patologik holatiga, qon aylanishiga, harakatiga va boshqalarga bog„liqdir.
qonga o„tgandan keyin esa oqsillar, lipoproteidlar, shaklli elementlar bilan bog„lanishi, yoki
bog„lanmay ozod holda bo„lishi mumkin.
qon oqsillari bilan mustahkam bog„langan dori moddasi o„z farmakologik ta‟sirini
yo„qotishi mumkin va u qonda uzoq muddat saqlanadi va organizmdan chiqib ketishi
qiyinlashadi.
qondagi dori moddasini to„qimaga - hujayralarga o„tishi kapillyarlarda sodir bo„lib, dori
moddasining fizik-kimyoviy xossalariga va to„qima to„siqlariga bog„liqdir. Kapillyarlar
endoteliysi va u tegib turgan hujayra- to„qima membranasi (pardasi) bu jarayonning qay
darajada kechishida katta ahamiyatga ega.
qonda ko„pgina dori moddalari to„qima hujayralarga o„tib o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Ayrim
dori vositalari esa o„ta olmaydi. Masalan, oson eruvchan kichik molekulali dorilar (astetilxolin,
noradrenalin, to„rtlamchi azot birikmali moddalar va b.) markaziy nerv tizimining nerv
hujayralariga kira olmaydi. SHuning uchun ham ular o„z ta‟sirini namoyon eta olmaydi.
Farmakokinetikaning yuqorida zikr etilgan xususiyatlaridan tashqari, dori vositalarining
samarali ta‟sir etishida, kasallikka davo bo„lishida ularning jigarda metabolizmga uchrashi va
bemor organizmidan chiqib ketishi - ekskrestiyasi alohida ahamiyatlidir.
Dori moddalarining organizmda kimyoviy tuzilishini o„zgartirishi metabolizm deyiladi,
buning natijasida hosil bo„lgan birikmalar metabolitlar deb yuritiladi. Dori vositalarining
bunday metabolizmga yoki biotransformastiyaga uchrashi natijasida ularning farmakologik
ta‟siri zaiflashadi yoki butunlay yo„qoladi. Metabolitlarning ko„pchiligi farmakologik noaktiv
bo„lib, suvda eriydigan bo„lganligi sababli organizmdan tez chiqib ketadi. Ko„pchilik
dorilarning, shuningdek fitopreparatlarning ham, bunday metabolizmga uchrashi organizmning
turli to„qimalarida (masalan, oshqozon-ichakda, qon shaklli elementlari va fermentlari ta‟sirida
va b.) sodir bo„lishi mumkin. Lekin dori vositalar biotransformastiyasi asosan jigarda sodir
bo„lib, undagi mikrosomal fermentlar hisobiga amalga oshiriladi.
Jigar hujayralaridagi (gepatostitlar) endoplazmatik to„r, mitoxondriy, ribosomalar bilan
bog„langan fermentlar (oksidaza, reduktaza, esteraza, amidaza, R 450 va b.) dorilarni
oksidlanishini, qaytarilishini, gidrolizga uchrashini, astetillanishini va boshqa o„zgarishlarni
ta‟minlaydi.
Umuman olganda dori vositalarining shu jumladan dorivor o„simliklar tarkibidagi
kimyoviy moddalarning ham metabolizmga uchrashi quyidagi 2 yo„sinda sodir bo„ladi:
1. Dori vositalarining metabolik transformastiyasi yoki nosintetik biotransformastiyasi.
Bunda
dori
moddalar
oksidlanish,
qaytarilish,
gidrolizlanishga
uchraydi
(masalan,
novokainamid, astetilxolin, atropin va b.).
2. Dori vositalarining kon‟yugastiyasi yoki sintetik biotransformastiyasi. Bunda esa
organizmdagi turli kimyoviy moddalarning qo„shilishi hisobiga yangi birikmalar hosil bo„ladi.
Masalan, sulfanilamid preparatlarning astetillanishi, salistilatlarning glistin bilan birikishi,
kamforaning glyukuron, oltingugurt kislotalar bilan birikma hosil qilishi shular jumlasidandir.
SHunday dori moddalari borki, ular metabolizmga uchramay organizmdan o„zgarmagan,
o„z ta‟sirini saqlagan xolda chiqib ketadi. Masalan, ampistillin, furazolin, gentamistin va b.
Ushbu preparatlar uroantiseptik sifatida siydik yo„llarining yallig„lanish kasalliklarida keng
miqyosda ishlatiladi.
Jigarda sodir bo„ladigan metabolizm jarayoniga ayrim dori vositalari ta‟sir ko„rsatadi.
Masalan, fenobarbital, benzonal preparatlari mikrosomal fermentlarning faolligini kuchaytirib,
dorilar metabolizmini tezlashtiradi. Bularni induktorlar deyiladi. Induktorlar boshqa dori
preparatlari, masalan neodikumarin bilan birga berilganda uni qonni ivishiga bo„lgan ta‟siri
pasayishi mumkin.
Organizmning turli kasalliklarida (lanjlik holati, charchash, holsizlik), ayniqsa jigar
kasalliklarida (gepatit, sirroz va boshqalar) dorilarning metabolizmi sezilarli darajada kamayadi,
40
bu degan so„z ularning ta‟siri kuchliroq va uzoqroq bo„ladi, xatto ayrim hollarda zaharli ta‟sir
namoyon bo„lishi ham mumkin. Bunday holat bir qator dori vositalari (simetidin va boshqalar)
ta‟sirida ham bo„lishi mumkin. Ularni mikrosomal ferment ingibitorlari deyiladi.
Metabolizm natijasida hosil bo„lgan metabolitlarning aksariyati noaktiv, faolsiz bo„lishi
o„rniga, aksincha, zaharli bo„lib, organizm uchun xavf tug„diradi. Masalan, metil spirti
metabolizmga uchrashi, oksidlanishi natijasida formaldegid va chumoli kislota hosil bo„ladi.
Bular esa zaharli ta‟sir etib, turli asoratlarni keltirib chiqaradi. Zaxm kasalligida ishlatiladigan
novarsenolning ta‟siri uning metaboliti arsenoksid hisobiga bo„ladi.
Demak, ishlatilayotgan dorivor o„simliklardan tayyorlangan va boshqa dorilarning xam naf
berishi, davo ko„rsatishi ularning metabolizmga uchrashi bilan belgilanadi.
Farmakokinetikaning yana bir diqqatga sazovor ko„rsatkichlaridan biri dorilarning
organizmdan chiqib ketishi, ya‟ni ekskrestiyasi hisoblanadi. Ular va ularning metabolitlari turli
yo„llar bilan - buyrak, jigar, ko„krak bezi, ter, nafas yo„llari va boshqalar orqali chiqib ketadi.
Bulardan ahamiyatlisi buyrak va jigar yo„llaridir. Dori vositalarining siydik bilan chiqib ketishi
ularning siydik koptokchalarida sodir bo„ladigan filtrastiyasiga, buyrak kanalchalari
devoridagi endoteliy orqali o„tishiga va qaytadan qonga so„rilishiga (reabsorbsiya) ko„p jihatdan
bog„liq.
Suvda eriydigan ko„pchilik dori moddalari filtrastiyaga uchrab, siydik bilan ajraladi.
Ayrimlari esa ham filtrastiya, ham kanalchalar sekrestiyasi orqali ajraladi. Masalan, antibiotiklar
(penistillin, ampistillin va b). Dorilarning buyrak klirensi (dorilar bilan ma‟lum bir vaqtda
chiqqan siydik hajmi) katta bo„lsa, ularning chiqib ketishi shuncha ko„proq bo„ladi.
Ko„pchilik dori moddalari jigarda metabolizmga uchrab yoki uchramasdan ham o„t
tarkibida ichak bo„shlig„iga tushishi va ichakdan so„rilishi yoki chiqib ketishi mumkin (masalan,
antibiotiklar va b.).
Bir xil dori moddalari sut bezlari orqali ham chiqib ketadi. Masalan, antibiotiklar
(streptomistin), sulfanilamidlar (etazol va b.), barbituratlar (barbital va b.). Bunday dori
moddalari sut bilan bola organizmiga kirib, o„z ta‟sirini ko„rsatishi mumkinligini xisobga olish
shart.
Demak dorilarning buyrak orqali ekskrestiyasi ham farmakokinetikaning alohida
ko„rsatkichi bo„lib, dorilarning samarasini belgilaydigan omillardan biridir.
Dori preparatlarining farmakodinamikasi esa ularning organizmga ta‟sir etishi yoki
farmakologik effekti, shu ta‟sir mexanizmining kelib chiqish sabablarini o„z ichiga oladi.
Dori vositalarining farmakokinetikasi va farmakodinamikasi bir- biri bilan mustahkam
bog„langan bo„lib, ularning farmakoterepevtik xossalarini belgilaydigan omillardir.
Fitopreparatlarning farmakodinamikasi keyingi bo„limlarda alohida bayon etiladi.
Nazorat savollari
1.
Dori vositalarining metabolik transformastiyasi yoki nosintetik ?
2.
Dori vositalarining kon‟yugastiyasi yoki sintetik biotransformastiyasi.?
3.
Jigarda sodir bo„ladigan metabolizm?
4.
Metabolizm natijasida hosil bo„lgan metabolitlar ?
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
41
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
Internet va ZiyoNet saytlari
9.
www.ziyonet.uz
10.
www.Lex.uz
.
11.
www.uzpharm-control.uz
12.
www.doridarmon.uz
www.uzpharmsanoat.uz
MA‟RUZA-3
Dori vositalarining yuborish yo„llari. Fitopreparatlar ishlatish usullari.
3.1. Dori vositalarining tanaga kiritilishi
3.2. Enteral yo„l.
Tayanch iboralar: enteral va parenteral, og„iz orqali, To„g„ri ichak
3.1. Dori vositalarining tanaga kiritilishi
Dori vositalari ta‟sirini o„rganish va samarasini oshirish hamda kasallikning oldini olish
yoki bemorga davo qilish maqsadida ular tanaga yuboriladi yoki sirtga qo„llaniladi. Dori
preparatlarining davo ta‟siri samarali, tez, uzoq va asorastiz bo„lishi, ularning yuboriladigan
yo„liga va usuliga ko„p tomondan bog„liqdir. Masalan, shunday dori vositalari borki, og„iz
orqali yuborilganda ta‟siri yuzaga chiqmaydi (adrenalin, insulin), in‟eksiya qilinganda esa ta‟siri
yaxshi namoyon bo„ladi, yoki ta‟siri boshqa yo„l orqali yuborilganga nisbatan o„zgacha bo„ladi.
Masalan, magniy sulfatning eritmasi ichilsa, ichni suradi, in‟eksiya qilinsa esa tinchlantiradi,qon
bosimini tushiradi h.k.
Dori vositalari tanaga asosan 2 yo„l bilan yuboriladi: enteral va parenteral.
3.2. Enteral yo„l.
Dori vositalarini me‟da-ichak yo„li orqali tanaga kiritish har tomonlama qulay va oson
hisoblanadi. Bunga dorilarni og„iz orqali (rer os), til ostiga qo„yish ( sub lingua), to„g„ri ichakka
yuborish (rer rektum ) usullari kiradi. Dori vositalarini og„iz orqali qabul qilish juda keng
ishlatiladi, chunki u tabiiy yo„l bo„lib, qabul qilinayotgan dori stirillangan bo„lishi shart emas.
Ushbu usuldan bemor ko„pincha o„zgalar yordamisiz foydalanadi. Og„iz orqali har xil shakldagi
ko„pgina dori preparatlari yuboriladi. qattiq (poroshoklar, tabletkalar, pilyulalar) va suyuq
(eritmalar, tomchilab ichiladigan va boshqalar) dori shakllari shular jumlasidandir. Ko„pchilik
fitopreparatlar (damlama, qaynatma, tindirma, quruq va suyuq ekstraktlar va b.) og„iz orqali
yuboriladi. SHu bilan birga og„iz orqali yuborishning kamchiliklari ham mavjud. Masalan,
behush xolatda bu yo„ldan foydalanib bo„lmaydi; bemorga tez tibbiy yordam ko„rsatish
zarurligida qo„l kelmaydi; ayrim dorilar me‟da shirasida parchalangani uchun ularni yuborib
bo„lmaydi. Masalan, polipeptid tuzilishdagi va boshqa vositalar (adrenalin, insulin, penistillin va
hokazo); dori preparatlarning me‟da - ichakdan so„rilishi sharoitga qarab har xil bo„lgani uchun
ularning nafi ham kutilgandek bo„lavermaydi; ayrim dori preparatlarni (sulfanilamidlar,
antibiotiklar) og„iz orqali uzoq yuborilsa, ichak mikroflorasini buzib, har xil ko„ngilsiz
asoratlarga olib kelishi mumkin. Ayrim dorilarni nahorga ichilsa (astetilsalistil kislota, rezerpin
va boshqalar), me‟da shilliq pardasini ta‟sirlab, hatto yaralar (eroziya), qon ketishi hollarini
keltirib chiqarishi mumkin.
Dori vositalarini og„iz orqali yuborishdan yuqorida eslatib o„tilgan kamchiliklarga
qaramay, ularni yo„qotish choralarini ko„rgan holda tibbiyot amaliyotida keng foydalaniladi.
Dori preparatlarini til ostiga qo„yish usuli asosan og„iz shilliq pardasidan suvda va ayniqsa
yog„da eriydigan va yaxshi so„riladigan dori vositalari uchun qo„l keladi (nitroglisterin,
trinitrolong, validol, metiltestosteron va boshqalar). Ushbu dorilar og„izdan so„rilib ta‟siri
42
tezda yuzaga chiqadi, chunki og„iz shilliq pardasi qon tomirlarga boy bo„lib, dori moddasi
qonga so„rilgandan keyin jigarga bormay, katta qon aylanishiga o„tadi va ta‟sir ko„rsatadi.
Bundan tashqari, og„iz bo„shlig„ida bu dori preparatlar oshqozon-ichak fermentlari
ta‟siridan holi bo„ladi. SHuning uchun ham ayniqsa yurak ishemik kasalligi xurujlarida
(stenokardiya) ushbu yo„ldan juda keng foydalanildi.
To„g„ri ichak orqali dori vositalarini tanaga kiritish yo„li tibbiyot amaliyotida qisman
qo„llaniladi. Ayniqsa dorilarni og„iz orqali yuborish imkoniyati bo„lmagan taqdirda (behush
holat, tinmay qusish, og„iz-me‟dada operastiyalari) ushbu yo„l qo„l keladi. Bundan tashqari,
to„g„ri ichak kasalliklarida bu yo„l orqali ishlatiladigan dori vositalari ijobiy maxalliy ta‟sir etib,
naf beradi. Mazkur usul bilan ko„pincha dorilar shamchalar shaklida va eritma xolida (davolash
klizmasi 100 ml gacha xajmda) qo„llanildi. Agar eritmali dorilar maxalliy qitiqlovchi ta‟sir
ko„rsasta ularga shilimshiq (sliz) qo„shiladi.
SHuni aytib o„tish kerakki, to„g„ri ichakdan qonga so„rilgan dori moddalari jigarni chetlab
o„tgani sababli o„z farmakologik ta‟sirini butunlay saqlaydi va shu sababli ularning ta‟siri og„iz
orqali berilgan dorilarga nisbatan tez va kuchliroq namoyon bo„ladi. Ayrim hollarda klizma
qilinadigan eritma 1-1,5 litrgacha yuboriladi. CHunki to„g„ri ichakdan suv, tuzlar,glukoza,
aminokislotalar va kichik molekulali peptidlar qonga yaxshi so„riladi.
Nazorat savollari
1.
Dori vositalarining metabolik transformastiyasi yoki nosintetik ?
2.
Dori vositalarining kon‟yugastiyasi yoki sintetik biotransformastiyasi.?
3.
Jigarda sodir bo„ladigan metabolizm?
4.
Metabolizm natijasida hosil bo„lgan metabolitlar ?
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
Internet va ZiyoNet saytlari
13.
www.ziyonet.uz
14.
www.Lex.uz
.
15.
www.uzpharm-control.uz
16.
www.doridarmon.uz
www.uzpharmsanoat.uz
MA‟RUZA-4
Dorilarning ta‟sir turlari va turli omillarga bog„liqligi.
4.1. Dori vositalarining ta‟siri
4.2. Dorilarning qaytar va qaytmas ta‟sirlari
Tayanch so„zlari: mahalliy ta‟sir, reflektor ta‟sir, rezorbtiv ta‟sir
qo„shimcha ta‟siri, Ijobiy ta‟siri
4.1. Dori vositalarining ta‟siri
43
Ko„pchilik dori vositalarining ta‟siri natijasida organizm tomonidan turli fiziologik,
biokimyoviy o„zgarishlar bilan birga boradigan javob reaksiyasi yuzaga chiqadi. Ushbu javob
reaksiyalari turlicha namoyon bo„ladi. Boshqacha aytganda dori vositalari turli-tuman bo„lgani
singari, ularning ta‟sir turlari ham xilma-xil. Ularning ta‟siri asosan ikki xil- mahalliy va
umumiy bo„ladi.
Dori vositalarining mahalliy ta‟siri ularning qonga so„rilishidan oldin sodir bo„ladi va
shuning uchun ham ushbu ta‟sir turini prerezorbtiv ta‟sir deyiladi. Bunda organizmning javob
reaksiyalari dori moddasi kiritilgan yoki to„qimaga tushgan joyida yuz beradi. Masalan, malham-
surtma dorilar teri yuzasida turli sezgilar va o„zgarishlar keltirib chiqaradi. Mahalliy ta‟sir
me‟da-ichak yo„lida, bo„g„im bo„shlig„ida, shilliq qavatlar yuzasida ham sodir bo„ladi. Bunga
misol tariqasida dikain va lidokain dorilarini ko„zga tomzilsa yoki shilliq qavatga surtilsa, o„sha
erdagi to„qimada joylashgan sezuvchi nerv oxirlari falajlanadi va og„riq sezgisi yo„qoladi.
Dori vositalarining bunday ta‟sir turi dermatologiyada, oftalmologiyada, xirurgiyada ko„p
ishlatiladi. Mahalliy ta‟sirni butun organizm reaksiyasidan ajralgan holda qarab bo„lmaydi,
chunki ko„pchilik dori vositalar (simob preparatlari, anestezin va b.) so„rilib qonga o„tadi.
Demak, mahalliy ta‟sir nisbiy tushunchadir.
Dori vositalarining umumiy ta‟siri ular qonga so„rilganidan so„ng boshlanadi. SHu sababli
bu ta‟sirni rezorbtiv ta‟sir deb ham yuritiladi. Dori vositalarining ta‟siri xilma-xil bo„lib, ularni
kiritish usuliga va organizmning turli biologik to„siqlaridan o„ta olish faoliyatiga, to„qimaning
qon bilan ta‟minlanishiga va boshqa bir qator omillarga bog„liqdir.
Mahalliy hamda rezorbtiv ta‟sirlar reflektor ta‟sirga sabab bo„lishi mumkin. Natijada
ekstero- yoki intraresteptorlar ta‟sirlanishi tufayli nerv markazlari yoki bajaruvchi a‟zolar
faoliyati o„zgaradi. Masalan, lobelin yoki sititon eritmasi vena qon tomirlariga yuborilganda
karotid koptokchalarning ta‟sirlanishi tufayli reflektor ravishda nafas markazi qo„zg„olib, nafas
tezligi va hajmi ortadi. Novshadil spirtini hidlash natijasida nafas kuchayishi yoki xloroform va
efir hidlanganda nafasning to„xtab qolishi ham reflektor ta‟sir bilan tushuntiriladi.
Dori vositalarining rezorbtiv ta‟sirlari asosiy va qo„shimcha ta‟sir shaklida bo„lishi
mumkin. Dorilarni davo maqsadlarida ishlatilishi ularning asosiy ta‟siriga bog„liq.
qo„shimcha ta‟sir esa dorilarning asosiy ta‟siri bilan bir qatorda boshqa a‟zo va sistemalarga
qo„shimcha o„zgacharoq ta‟sir etishidir. Bunday rezorbtiv ta‟sir turiga ko„pgina dori vositalari
misol bo„la oladi. Masalan, morfin markaziy nerv sistemasining og„riq sezish markaziga ta‟sir
ko„rsatib, og„riqni qoldiradi. Bu morfinning asosiy ta‟siri hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda u
engil uyqu chaqiradi, yo„talni qoldiradi, nafas markazini susaytiradi. Ushbu ta‟sirlar
morfinning qo„shimcha ta‟siri hisoblanadi.
Dorilarning qo„shimcha ta‟siri tanaga nisbatan ijobiy va salbiy bo„lishi mumkin.
Keltirilgan misolda morfinning uxlatishi va yo„tal markaziga ta‟siri tufayli yo„talni to„xtatishi
uning ijobiy qo„shimcha ta‟siridir. Nafas markaziga bo„lgan susaytiruvchi ta‟sir esa salbiy yoki
organizm uchun xavfli-zararli hisoblanadi. Dori vositalarining ushbu salbiy ta‟siri nojo„ya ta‟sir
deb ham yuritiladi. SHunday dorilar mavjudki, ishlatilish maqsadiga qarab, ularning nojo„ya
ta‟siri ijobiy hisoblanadi. Ijobiy ta‟siri salbiy bo„lishi mumkin. Masalan, atropinning
farmakologik ta‟siri turlicha va shu sababli ishlatilishi xilma-xildir. Agar u me‟da-ichak yara
kasalligi tufayli og„riqda spazmolitik sifatida ishlatilsa, bu uning ijobiy, shu bilan bir qatorda
taxikardiya berishi esa salbiy ta‟siri hisoblanadi. Aynan u bradiaritmiyaga davo sifatida berilsa,
unda ushbu ta‟sir ijobiy, me‟da shirasini va harakatini susaytirishi esa salbiy ta‟sir hisoblanadi.
Bunday xususiyat ko„pchilik dori vositalarga xosdir (efedrin, uxlatuvchi dorilar va b.).
Dorilarning nojo„ya ta‟siri ularni qo„llashda moneliklarga olib keladi va bu holat
farmakoterapiyada xisobga olinishi zarur.
Dori vositalarining rezorbtiv ta‟sirida ularning ma‟lum bir a‟zoga yoki sistemaga tanlab
ta‟sir ko„rsatishi alohida o„rin tutadi. CHunki ularning bunday ta‟sir etishi ijobiy xususiyat
hisoblanadi va u ko„pgina preparatlarga xosdir.
44
Bularga nerv sistemasiga tanlab ta‟sir etadigan neyrotrop, bachadonga ta‟sir etadigan
dorilar (oksitostin, vetrazin), yurak faoliyatiga ta‟sir etadigan yurak glikozidlari, silliq
mushaklarga ta‟sir etadigan miotrop dori vositalar (papaverin, no-shpa) misol bo„la oladi.
Dori vositalarining rezorbtiv ta‟sir turlaridan birlamchi (bevosita) va ikkilamchi
(bilvosita) ta‟siri ayrim dori vositalariga xosdir. Bunda dorining asosiy ta‟siri qandaydir bir
a‟zoga qaratilgan bo„lsa (birlamchi ta‟sir) va unda sodir bo„ladigan o„zgarishlar oqibatida
boshqa bir a‟zo faoliyatida ham siljish yuz beradi (ikkilamchi ta‟sir). Misol uchun yurak
glikozidalarini olsak. Ular yurak faoliyati zaiflashganida (dekompensastiyada) bemorga berilsa,
yurak mushaklarining qisqarish kuchini oshiradi (birlamchi ta‟sir) va natijada qon aylanishi
(gemodinamika) yaxshilanadi, tezlashadi. Buning oqibatida esa buyrak faoliyati zo„rayib peshob
ajralishi ko„payadi yoki diurez ortadi (ikkilamchi ta‟sir).
Dostları ilə paylaş: |