1.2.
Fitoterapiya qisqacha tarixi
Farmakologiyaning tarixi fitoterpiyadan boshlangan desak xato bo„lmaydi. CHunki u
insoniyat tarixi kabi qadimiydir. Ibtidoiy davrda insonlar asosan dori moddalari sifatida o„z
tevarak-atrofidagi turli o„simliklardan foydalanganlar. Ular jonivorlarga taqlid qilib yoki
tasodifan o„simlik ta‟siriga e‟tibor berib, uni davolash maqsadida qo„llaganlar. Ebers (1837-1898
yy.) topgan qadimiy yodgorlik va qoldirilgan hujjatlardan papirus shuni isbotlaydi. qadim Misrda
o„simlikdan tayyorlangan ayrim dorilar opiy, kanakunjut moyi va boshqalar davolash uchun
qo„llanilgan. Bu davr farmakologiyaning shaxsiy tajribaga asoslangan empirik davri deb
yuritiladi.
Farmakologiya fan sifatida XVIII-XIX asrlarda rivoj topdi. Ayrim alkaloidlar va boshqa
moddalarning dorivor giyohlardan ajratib olinishi va shu bilan birga tajriba o„tkazish usullarining
topilishi, dori moddalari ta‟sirini o„rganishda alohida burilishga olib keldi.
Farmakologiya va fitoterapiyaning fan sifatida asrlar mobayinida shakllanishida quyidagi
olimlarning qo„shgan hissalari beqiyosdir.
Gippokrat (yangi eragacha 480-372 yy.). Uning asarlarida ilk bor kasallik tarixi
keltirilgan, buyuk olim bemorga shaxsiy yondoshish kerakligini targ„ib etgan. Dorilar to„g„risida
turli ma‟lumotlar qoldirgan, insonni tabiat bilan bir butun deb hisoblagan.
Galen (yangi eraning 129-211 yy) -u dori preparatlari tayyorlashning bir qancha usullarini
topgan. Dori tayyorlash texnologiyasiga asos solgan. Uning usuli bilan tayyorlangan asosan
o„simlik preparatlari «galen preparatlari» deb yuritiladi.
Ko„proq tabobat sohasida qalam tebratgan va zaxmatkash xalqimiz dardiga malham
bo„lgan olimlarimizdan Abu Bakr ar Roziy (865-925yy.), Abu Nasr ibn Iroq (1035 yilda vafot
etgan), Abu Rayxon Beruniy (973-1048yy) singari allomalarni qayd etish lozim. Bu siymolar
jaxon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo„shganlar.
32
YUqorida nomlari zikr qilingan olimlar bilan deyarli bir vaqtda ijod etgan, O„rta Osiyoning
qomusiy olimi, tabobat ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino bular ichida o„ziga xos o„rin tutadi.
Ibn Sino 980 yilning 16 avgustida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog„ida dunyoga kelgan
va 1037 yili Xamadonda vafot etgan. Uning maqbarasi ustida 12 ustundan iborat gumbaz qad
ko„tarib turadi. Bu Ibn Sino davridagi asosiy 12 ta fan yo„nalishini va bu yo„nalishlarning
hammasini Ibn Sino mukammal egallaganidan darak beradi.
Ibn Sino o„zining qisqa yashab o„tgan umrida o„zidan 131 ta va shogirdlari bilan
xamkorlikda yaratilgan jami 242 ta asar qoldirgan. Tibbiyot olamida dong„i olamga taralgan
asarlaridan biri 5 jilddan iborat "Tib qonunlari" asaridir.
Umuman Ibn Sino tibbiyotga bag„ishlangan 55 ta asar yozgan. SHundan 31 tasini shaxsan
o„zi, qolgan 24 tasini esa o„z shogirdlari bilan birga yaratgan. Ibn Sinoning mazkur "Tib
qonunlari" kitobi 5 qismdan iborat.
1.3.
Dori vositalarining yaratilishi va tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilishi.
Unda o„sha davrdagi 811 ta o„simlikning shifobaxsh xususiyatlari keltirilgan. SHu bilan
birga bu qismda minerallar, hayvonot olamiga mansub dorivor moddalar ham o„rin olgan. Bu
o„simliklarning 165tasi hozirgi zamon tabobatining davolash amaliyotida qo„llanilmoqda.
Kitobning III qismida inson organizmida qayd etiladigan xususiy, ya‟ni mahalliy va
umumiy kasalliklar ustida to„xtalib o„tilgan va bunda 22 kasalliklarning banddan iborat ta‟rifi
keltirilgan.
Kitobning IV qismida insonlarda uchraydigan xastalikni xirurgik operastiya bilan
davolash, isitma va og„ir holatlar, xavfli o„smalar, o„tkir va surunkali yuqumli kasalliklar va
boshqalar xususida ma‟lumotlar bayon qilingan.
Kitobning V qismi dorilar farmakopeyasiga bag„ishlangan bo„lib, unda oddiy va
murakkab dorilarni tayyorlash usullari va ularni turli xil kasalliklarda ishlatish yo„llari tasvirlab
beriladi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037y)
Ibn Sinoning «Tib qonunlari"da keltirilgan dorivor o„simliklar, ularning ishlatilishi va
ishlatish usullari alohida ahamiyatga sazovordir. CHunki Ibn Sino o„zigacha o„tgan tabiblarning
tajribalarini sinchiklab o„rganib, ularni yanada mukammallashtirgan, ularga yangi muolajalarni
qo„shib, o„sha zamondagi xalq tabobatida ishlatib kelingan dorivor o„simliklar va mevalarning
tibbiyotdagi ahamiyatini har tomonlama ochib bergan. SHuning uchun ham Ibn Sino merosini
o„rganish, u ishlatgan dori vositalarini ilmiy tomonidan asoslab berish va hozirgi zamon tibbiyot
amaliyotiga tatbiq etish farmakolog va provizorlarning davr talabidan kelib chiqqan muhim
vazifalari qatoriga kiradi.
YUqoridagilarni inobatga olib Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov 1999 yil 6
yanvarda "Ibn Sino xalqaro jamg„armasini qo„llab-quvvatlash" to„g„risida maxsus farmon
chiqargan.
Ushbu farmonda jumladan: «Ibn Sinoning ijodiy merosini chuqur o„rganish ishlarini
tashkil etish, buyuk olim asarlarini tartibga solish va ularni nashr etishga ko„maklashish va Ibn
Sinoning tibbiy va ilmiy-ma‟naviy merosiga oid tadqiqotlar olib borishni, olimlarning bu
boradagi ilmiy faoliyatini rag„batlantirish hamda tibbiyot va dorishunoslik soxasidagi eng
yaxshi ishlar uchun Ibn Sino nomidagi mukofot ta‟sis etish va iste‟dodli yoshlarni qo„llab-
quvvatlash» masalalari ko„tarilgan. Ishonamizki, ushbu farmon o„z ijobiy natijalarni beradi.
Fitoterapiyaning tarixida yana Abu Bakr Muhammad ibn Zakiriyo ar-Roziy, Abu Rayhon
Beruniy, Ismoil al-Jurjoniy va boshqalarning hissasi ham salmoqlidir.
Markaziy Osiyo olimlari va tabiblari ham ushbu yo„nalishda sezilarli iz qoldirganlar.
Masalan, YUsuf Xaraviy (XIV asr) Muhammad Bobur saroyida xizmat qilgan, uning shaxsiy
tabibi bo„lgan. 1507 yilda "YAxshi kishilarga foydalar" asarini yozgan. Bunda o„simliklardan
olingan sodda dorilarga keng o„rin berilgan va ayrim kasalliklarni davolash yo„llari
ta‟riflangan. Ushbu asar keyinchalik "Tibbi YUsufiy" nomi bilan sharq mamlakatlarida katta
nufuzga ega bo„lgan.
33
Ne‟matulloh al-qirmoniy (XIV asr) ning "Dorivor moddalarning xususiyatlar dengizi"
nomli asari bizgacha etib kelgan. Kitobni yozishda muallif o„zidan oldin o„tgan Jolinus (Galen),
Ibn Sino, Ibn al-Baytar kabilarning tibbiy asarlaridan keng foydalangan.
Ubaydulloh ibn YUsuf Ali al-qahhol (XVI asr) Toshkentda yashab ijod etgan. U o„zining
mashhur "Kasalni tuzatish" asarida sharqda nomi tanilgan tabiblarning tibbiyotga oid asarlarini,
jumladan Ibn Sino, Abu Bakr Roziy, Najmiddin Samarqandiy, Ismoil Jurjoniy kitoblarini tahlil
qilgan.
Farmakologiya fanining rivojiga rus olimlari R.Buxgeym, N.Nelyubin, O.V.Zabelin,
I.P.Pavlov va boshqalarning qo„shgan hissalar nixoyatda katta. Farmakologiya fanida yorqin iz
qoldirgan olimlardan biri V.P.Kravkovdir (1865-1924 yy.).
S.V.Anichkov (1892-1981 yy.) va V.V.Zakusov (1903-1986 yy.) N.P.Kravkovning yaqin
shogirdlaridan
hisoblanadi.
Ularning
ilmiy
izlanishlari
neyroendokrinologiya,
neyrofarmakologiya va boshqa sohalarga bag„ishlangan. Ular farmakologlarning katta maktabini
yaratgan, Respublikamiz uchun ham qator mutaxassislar etishtirganlar.
M.D.Mashkovskiy tomonidan tibbiyot amaliyotini yangi dori preparatlar bilan boyitish
sohasida salmoqli ishlar qilingan. M.D.Mashkovskiy yaratgan va ko„p marta nashr etilgan
"Lekarstvenie sredstva" ("Dori vositalari") kitobi tibbiyot olamida katta shuhrat qozongan.
Respublikamizda farmakologiya fanini rivojlantirishda I.I.Markelov, N.N.Kompansev,
I.K.Komilov, M.B.Sultonov va boshqalarning hissalari salmoqlidir.
XVII-XIX asrlarga kelib, kimyo fanining rivoj topishi sintez yo„li bilan olingan dori
preparatlarini yaratishga imkon berdi. SHu sababli ham keyingi davrda dorivor o„simliklarni
o„rganish va ulardan dori preparatlari olish masalasiga e‟tibor kamaydi.
Sun‟iy yo„l bilan olingan dori preparatlari bemorlarga davo qilishda samarali bo„lsa-da,
ular har xil asoratlarni, nojo„ya holatlarni keltirib chiqarishi keyingi 10-15 yil ichida ma‟lum
bo„ldi. Ayniqsa ularning ko„pchiligi allergiya holati vujudga kelishiga sabab bo„lmoqda. Jahon
sog„liqni saqlash tashkilotining ma‟lumotiga ko„ra bemorlarning 2,5-5% ini shunday dori
preparatlari keltirib chiqargan turli asoratlar tashkil qiladi.
Bu borada shifobaxsh o„simliklarning hujayra tuzilishi va tarkibidagi kimyoviy moddalar
bo„yicha odam tanasi metabolitlariga yaqin bo„lgani sababli ulardan tayyorlangan preparatlar
ko„pincha kam zaharli yoki zaharsiz va bemorga ziyon etkazmaydi. Ushbu dori-darmonlarning
shifobaxsh ta‟siri sintetik preparatlarga nisbatan kuchsizroq bo„lsa ham ularni kasallikning
engil shaklida, ayniqsa surunkali kechishida uzoq muddat qo„llash mumkin. Bundan tashqari,
ushbu o„simliklar tarkibida turli va bir necha biologik faol moddalarning mavjudligi ulardan
tayyorlangan preparatlarning ta‟siri har tomonlama bo„lishini ta‟minlaydi.
YUqoridagilarni hisobga olgan holda so„nggi vaqtlarda dorivor o„simliklarga bo„lgan
qiziqish ancha kuchaydi.
SHifobaxsh
o„simliklarni o„rganish va ulardan keng miqyosda foydalanishda
A.F.Gammerman, P.YE.Massagetov, S.S.Sahobiddinov va boshqalarning xizmatlari ancha
salmoqlidir. Respublikamizda ushbu dorivor giyohlarni o„rganish va ulardan biologik faol
moddalarni olish va tibbiyot amaliyotiga tatbiq etishda akademik S.YU.YUnusovning va u
boshchilik qilgan O„zbekiston fanlar akademiyasi O„simlik moddalari kimyosi instituti
olimlarining ilmiy va nazariy ishlari kimyo va tibbiyot olamida mashxurdir. Bular qatoriga
farmakologlardan I.K.Komilov, M.B. Sultonov va boshqalarni kiritish mumkin.
SHuning bilan bir qatorda Toshkent Farmatsevtika instituti olimlari (H.X.Xolmatov,
T.P.Po„latova va b.) ham bu xayrli ishga o„z munosib hissalarini qo„shib kelmoqdalar.
O„zbekiston shifobaxsh giyohlarga boy diyor. Respublikamizda 4000 dan ortiq yovvoyi
o„simliklar o„sadi. SHulardan 100 dan ortiqrog„i tibbiyot amaliyotida dori vositasi sifatida
qo„llanildi. Xalq tabobatida esa xududimiz o„simliklaridan 600 ga yaqini dorivor hisoblanadi. Bu
degan so„z respublikamizda o„sadigan va o„stiriladigan shifobaxsh o„simliklar soni juda ko„p
va ular yangi dori-darmonlar yaratishda bitmas-tuganmas manba hisoblanadi.
34
SHuning uchun fitoterapiya fanini yanada rivojlantirish va xalqimizni samarali, asorat
bermaydigan va arzon dori vositalari bilan ta‟minlash dolzarb masalalardan biri deb qaraladi.
I.K.Komilov (1909-1985 yy).
Bemorlarga davo qilishda tibbiyot amaliyotida faqat fitoterapiya bilan chegaralanib
qolmasdan, balki davo qilishning boshqa mavjud usullaridan, shu jumladan sintetik va yarim
sintetik dorilardan, fizioterapiya va boshqalardan foydalanish katta samara berdi. Bu
kasallikning turiga, uning kechishiga, bemorni ahvoliga va boshqa-bir qator omillarga bog„liq.
SHuning uchun fitoterapiyani ma‟lum davo usullaridan ajratib bo„lmaydi va bemorlarga
kompleks davo qilishning usullaridan biri deb qaralishi kerak.
Ko„pgina dorivor o„simliklarning shifobaxsh ta‟siri ko„p qirrali bo„lishiga qaramasdan, bir
necha giyohlardan tayyorlangan yig„ma dorilar ancha samarali davo ta‟sirini ko„rsatadi. Bularga
misol qilib hozir tibbiyot amaliyotida keng qo„llanilayotgan marelin, kardiovalen, kafiol,
urolesan, vikair preparatlarini keltirish mumkin.
Dorivor o„simliklardan turli dori shakllari (damlama, qaynatma, tindirma-nastoyka,
ekstraktlar, poroshoklar va boshqalar) tayyorlanadi.
Ularni tayyorlash yoki ulardan yakka xoldagi toza dori moddasini va dori preparatlarini
olish uchun qo„llaniladigan o„simliklarning ma‟lum qismlari yoki shu o„simliklardan birlamchi
ishlash yo„li bilan olingan moddalar (efir moyi, moy, daraxt elimi va b.) dorivor o„simliklar
mahsuloti deb yuritiladi.
Odatda ushbu mahsulotlar biologik faol moddalarni ko„p miqdorda saqlaydi. Dorivor
mahsulot sifatida o„simliklarning er ustki qismi (bargi, guli, mevasi, urug„i, po„stlog„i, kurtagi,
o„t o„simliklarning butun er ustki qismi, o„ti) yoki er ostki qismi (ildizi, ildizpoyasi, piyozi,
tuganagi) bo„lishi mumkin.
O„simliklar tarkibida uchraydigan har xil birikmalar biologik faol moddalar sifatida
bo„lishi mumkin. Ular quyidagilar: alkaloidlar, glikozidlar, vitaminlar, yog„lar, yog„simon
moddalar, kislotalar, kumarinlar, lignanlar, oshlovchi moddalar (tanidlar), polisaxaridlar,
saponinlar, flavonoidlar, efir moylari (terpenoidlar), fitonsidlar va boshqalar. Ushbu moddalar
o„simlikning o„sish-rivojlanish davrining turli vaqtida yilning fasliga qarab ko„p miqdorda
to„planadi, ayni shu vaqtda ular yuqori sifatli xisoblanadi va tayyorlanishi lozim. SHunga
qarab mahsulotlar dorivor o„simliklarning turli davrlarida yig„iladi. Masalan, o„simlikning er
ustki qismi (o„ti) o„simlik gullaganda, barglari gullash oldidan yoki gullaganda, kurtaklar va
po„stloqlar o„simlik tanasida suyuqlik yura boshlaganda (erta bahorda), er ostki qismlari esa
odatda o„simlik uyquga kirganda (kech kuzda) yig„iladi.
Dorivor o„simliklarni yig„ishda quyidagilarga rioya qilinishi zarur:
1. Dorivor o„simlik mahsulotlari oldindan mo„ljallangan, ruxsat etilgan erda va miqdorda
yig„iladi.
2. Ushbu mahsulotlar qabul qilingan qoida bo„yicha quritilishi darkor.
3. Ko„p yillik dorivor o„simliklarning er ustki qismi tayyorlanayotganda ularning ildizini
qoldirish zarur.
4. Ildiz va ildizpoyani kavlab olishda ildizning bir qismi qoldirilishi shart.
5. O„simlik mahsulotini tayyorlashda yaxshi taraqqiy etgan, gullab turgan o„simlikni
(uning mevasi etilib urug„larga sochilib ko„payishi uchun) qoldirish zarur.
Ushbu qoidalar hisobga olinsa, dorivor o„simliklarning manbai sira kamaymaydi va ular
abadiy saqlanadi.
Dori vositalarining yaratilishi va tibbiyot amaliyotiga joriy qilinishi
YUqorida aytilganidek, qadimdan yangi dori moddalarini olish manbai o„simliklar,
jonivorlar va minerallar hisoblangan. XIX asr o„rtalarida esa, kimyo fanining taraqqiyoti tufayli
dorilarni kimyoviy sintez yo„li bilan olishga erishildi.
Keyinchalik immunologiya fanining rivojlanishi va shakllanishi hisobiga shifobaxsh
zardoblar, vaksinalar tayyorlash, zamburug„lardan antibiotiklar olish texnologiyalari yaratildi.
80-yillardan boshlab esa, biotexnologiyaning izchil rivojlanishi natijasida aralash birikmalar
hamda individual toza preparatlar olish yo„lga qo„yildi.
35
Hozir yangi yaratilgan dori vositalariga davlat muassasalari tomonidan maxsus
annotastiyalar va ruxsatnomalar tayyorlanadi. Ularni O„zbekiston Respublikasi sog„liqni
saqlash vazirligi qoshida 1992 yilda tashkil topgan Dori vositalari va tibbiy uskunalar sifatini
nazorat qilish boshqarmasi har tomonlama ko„rib chiqadi. Dori preparatining foydali va ayniqsa
zararli xususiyatlari biologik va kimyoviy tekshiruvdan o„tadi. Ushbu tekshirishlar ijobiy hal
etilsa, boshqarma tomonidan dori preparatini tibbiyot amaliyotida qo„llashga ruxsat beriladi.
Umuman yangi dori moddalarini topish, tekshirib ko„rish va ularni tibbiyot amaliyotiga
joriy etish turli fan sohalari mutaxassislarining faoliyati natijasi bo„lib, bu jarayonda kimyo,
farmakologiya va farmastiya sohalari alohida ahamiyatga molikdir.
YAngi dori vositasini ishlab chiqarishga ruxsatnoma olish o„ziga xos murakkab vazifa
bo„lib, bir necha soha mutaxassislarining ko„p yillik mashaqqatli mehnati samarasi tufayli
amalga oshiriladi.
Diagrammada keltirilganidek, dori moddasini, shu jumladan dorivor o„simliklarni dori
preparati sifatida tibbiyot amaliyotiga joriy qilishda farmakologlar tomonidan laboratoriya
jonivorlari ustida olib boradigan tekshirishlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. SHu bilan bir
qatorda bu ishda kimyogar va provizorlar, ayniqsa texnologlar, farmakognostlar, farmastevtik
kimyogarlarni vazifasi alohida o„rin tutadi. Hozirgi vaqtda yangi dori vositalarini topish va
ishlab chiqarishga joriy etish uchun tayyor ilmiy nazariyalar yaratilmagan. Bunday nazariyalar
kelajakda yaratiladi deb umid qilish mumkin. Dorilarni kimyoviy va fizikaviy xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda, ularning farmakologik ta‟sirini kimyoviy tuzilishi bilan bog„lab o„rganish
asosiy vazifalardan sanaladi.
Ilmiy tadqiqot izlanishlari asosan quyidagi yo„nalishlarda olib boriladi.
Empirik izlanish (empirio-tajriba) - kimyoviy usulda olingan biron-bir moddaning
farmakologik faolligini o„rganish. Birlamchi moddaning qaysi guruhga mansubligini oddiy
usullar yig„indisi majmui yordamida aniqlanadi. Ilmiy adabiyotdagi bu usul saralash skriningi
deb ta‟riflanadi. Maxsus farmakologik yoki farmastevtik muassasalarda ko„plab dori
preparatlarini ushbu usulda ayrim farmakologik ta‟sirlari bo„yicha guruhlarga to„plab
o„rganiladi. Ushbu usul "yo„naltirilgan izlanishlar" usuli bo„lib, bunda preparatning o„ziga xos
ahamiyatli xossalari ochilmay qolishi mumkin. O„z mohiyati jihatidan bu usul chegaralangan
saralash usulidir.
Ko„proq ishlatiladigan usullardan yana biri "tuzilish modifikastiyasi"dir. Kimyoviy
laboratoriyalarda mutaxassis dori tuzilishidagi biron-bir radikalni almashtiradi (masalan, metil,
etil yoki propil bilan) yoki dori tarkibiga yangi elementlar kiritiladi (temir, ftor, selen).
Natijada dori moddasida yangi farmakologik xususiyat namoyon bo„ladi. Ushbu usul yordamida
moddaning zaharlilik darajasini kamaytirishga yoki uning tanlab ta‟sir etish xususiyatini
oshishiga erishish mumkin.
Keyinchalik sintez qilish usuli bilan farmakologik xususiyati oldindan mo„ljallangan
dorilarni olishga erishildi. Ushbu usul mavjud preparatlar guruhiga oid yangi dorilarni kashf
etishda katta imkoniyatlarni ochib beradi.
Biotexnologiya-mikroorganizmlar, o„simlik moddalari va jonivorlardan dori vositalari
olishdagi asosiy yo„nalishdir. Fleming 1929 yilda yashil mog„or penicillum notatum atrof
muhitga mikrobga qarshi modda ajratishini kashf etgan. A.Flori va S.CHeyn 1942 yilda
penistillinni toza holda olishga muvaffaq bo„lganlar. SHu davrdan boshlab antibiotiklar asri
boshlandi.
Bundan tashqari, 80-yillar mobaynida o„simlik hujayralarini maxsus muhitda saqlab,
aralash birikmalar olish usullari yaratildi, ular tabiiy o„simlik xossalarini saqlagan holda yangi
qo„shimcha ijobiy xossalar namoyon etishi aniqlandi.
Biologiya fanining rivoji natijasida kashf etilgan "gen muhandisligi" usuli ham alohida
ahamiyatga ega. Ushbu usul yordamida ayrim zararsiz mikroorganizmlar xususan ichak
tayoqchasi tanasiga genlarni ko„chirib o„tkazish tufayli ma‟lum oqsil tuzilishiga ega fiziologik
faol moddalar olishga erishildi. Ushbu izlanishlar natijasida 70-yillarga kelib, g„oyat zarur
preparat-odam insulini olindi.
36
Ushbu usulning imkoniyatlari cheksiz bo„lib, inson organizmiga ham genlarni ko„chirib
o„tkazish mumkinligi isbotlanadi. Bu sohada xozirgi vaqtda katta izlanishlar olib borilmoqda.
Murakkab tarkibli dori preparatlarini yaratishga ham alohida e‟tibor berilyapti, chunki
bu usul yordamida dorilarning ta‟sir kuchini oshirishga muvaffaq bo„linadi. SHu bilan bir vaqtda
dorilarning zararli ta‟sirlarini bartaraf etishga erishiladi, ularni katta dozalarda qo„llashga zarurat
qolmaydi.
Murakkab tarkibli dori vositalari tayyorlashda qo„shimcha ayrim yordamchi vositalar,
ularning noxush ta‟sirlarini bartaraf etilishiga va tavsiya etishda qulaylik yaratishga olib kelishi
mumkin.
Nazorat savollari
1.
Zaharli doza deb nimaga aytiladi?
2.
Perinatal farmakologiya deb nimaga aytiladi?
3.
Dori vositalarining tanaga ta'sir turlarini aytib berin?
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
Internet va ZiyoNet saytlari
5.
www.ziyonet.uz
6.
www.Lex.uz
.
7.
www.uzpharm-control.uz
8.
www.doridarmon.uz
www.uzpharmsanoat.uz
MA‟RUZA-2
Dorivor o„simliklar preparatlarini dozalash
2.1. Dozalar.
2.2. O„lchov birliklari.
2.3. Dori vositalarining farmakokinetikasi
Tayanch so„zlari: letal doza, farmakokinetika, terapevtik doza
2.1. Dozalar.
Doza - konsentratsiya deb, farmakologik yoki dori moddasi yoki umuman kimyoviy
moddaning eksperimental va klinik sharoitda bir marta yoki bir necha marta qo„llanadigan
(qabul qilingan yoki yuborilgan) miqdoriga aytiladi.
Eksperimental va klinik amaliyotda dozalarning quyidagi turlari ma‟lum:
1. O„ldiruvchi – letal doza.
2. Zaharli - toksik doza.
3. Terapevtik – davo dozasi.
37
Turli dorivor o„simlik va kimyoviy moddalarining farmakologik ta‟sirini jonivorlarda
tekshirib ko„rishda,ularning o„ldiradigan -letal dozasi (LD) aniqlanadi. Letal doza asosan ikki
xilda bo„ladi: LD100 va LD50 . LD100 deb, kimyoviy birikmalarning shunday kichik miqdoriga
aytiladiki, uni yuborilganda 100 foiz xayvonlar 24 soat mobaynida nobo„d bo„ladi. LD50 da - 50
foiz xayvonlar nobud bo„ladi. Buni o„rganilayotgan modda yoki dorining o„tkir zaharliligi deb
yuritiladi.
SHuning bilan bir qatorda moddaning surunkali zaharliligi ham uzoq muddat davomida
(2-3 oy) tekshiriladi. Olingan natija ushbu modda biologik faolligining ko„rsatkichi hisoblanadi.
Bundan tashqari, kimyoviy moddaning terapevtik davolash dozasini yoki effekt dozasini
aniqlash letal doza asosida topiladi. Farmakologik moddalarning terapevtik effekt beradigan
samarali dozasi ko„pincha o„rtacha o„ldiruvchi dozaning 1:10; 1:20; 1:30 ni tashkil etadi.
Dori moddalarining zaharli dozasi o„ldiradigan miqdoridan kichik bo„lib, organizmga
yuborilganda noxush va nojo„ya o„zgarishlarga sabab bo„ladi, organizmni zaharlaydi, lekin
o„limga sabab bo„lmaydi. Bu xodisalar tibbiyot amaliyotida uchrab turadi. Ayniqsa, bu dori
vositalarini dozasiga e‟tibor qilmay iste‟mol qilish yoki tananing doriga sezuvchanligining
oshishi natijasida yuz beradi. Masalan, sulfanilamid preparatlarini noto„g„ri ishlatish natijasida
qonda xar xil o„zgarishlar (gemoliz, leykopeniya, me‟da-ichak faoliyatining buzilishi),
uxlatuvchi dori preparatlarining katta dozasidan esa komatoz (narkozga yaqin) holat kuzatilishi
mumkin.
Terapevtik doza dori vositalariga taalluqli bo„lib, dorilarning bemorlarni davo qilish
maqsadida ishlatiladigan miqdoriga aytiladi. Uning quyidagi turlari ma‟lum:
1. Maksimal terapevtik doza.
2. O„rtacha terapevtik doza.
3. Minimal terapevtik doza.
Maksimal terapevtik doza zaxarli dozasidan kamroq bo„lib, dorilarning davo ta‟siri yuzaga
keladigan eng yuqori miqdoridir. O„rtacha terapevtik doza esa maksimal dozaning 1:2, 1:3, 1:4
ulushi bo„lib, davo bo„ladigan miqdori hisoblanadi.
Tibbiyot amaliyotida hamma dori vositalari, fitopreparatlar ham, davo qilish va profilaktika
maqsadida asosan o„rtacha terapevtik dozada ishlatiladi. SHu tufayli dori vositalari farmastevtika
zavodlarda, dorixonalarda mana shunday dozada tayyorlanadi, resteptlarda ham dorilar ushbu
dozada ko„rsatilishi qabul qilingan.
Maksimal va o„rtacha terapevtik dozalar ikki turda bo„ladi: bir martalik va bir sutkalik
(kecha-kunduzlik) doza. SHunday qilib, terapevtik dozalarning quyidagi turlari ishlatiladi:
1. Maksimal terapevtik bir sutkalik doza.
2. Maksimal terapevtik bir martalik doza.
3. O„rtacha terapevtik bir sutkalik doza.
4. O„rtacha terapevtik bir martalik doza.
Dorilarning bir martalik dozasi ularning bir marta beriladigan miqdoridir. Bir sutkalik
dozasi esa bir kecha-kunduz davomida qabul qilingan umumiy miqdori. Masalan, belladonna
ekstraktining farmakopeya bo„yicha bir martalik maksimal terapevtik dozasi - 0,05 g, o„rtacha
bir martalik terapevtik dozasi - 0,015 g, o„rtacha bir sutkalik terapevtik dozasi esa -0,045 g ga
teng.
Tibbiyot amaliyotida bemorlarga davo qilishda asosan o„rtacha terapevtik doza ishlatiladi.
Ayrim hollarda dori maksimal terapevtik dozada ham beriladi (sulfanilamid va antibiotiklarning
zarbali dozasi). Ayniqsa surunkali kasalliklarda dorilar kurs dozasida ham berilishi mumkin (sil,
zaxm va boshqa kasalliklar). Umuman olganda dorilarni dozalashda kasallikning turi, uning
kechishi, bemorning ahvoli va boshqalar hisobga olinadi. Masalan, kasallik engil kechganda
minimal terapevtik doza, og„ir kechganda esa maksimal davolash doza olinishi mumkin.
Dori vositalari minimal terapevtik dozada kamroq qo„llanildi. U ham yuqorida
aytilganidek bir martalik va bir kecha-kunduzlik bo„ladi.
Dori vositasining bir martalik minimal terapevtik dozadan to maksimal davolovchi
dozasigacha bo„lgan oraliq uning terapevtik spestifik ta‟sir doirasi deb ataladi. Maksimal
38
terapevtik dozaning terapevtik minimal dozaga nisbati dorining terapevtik spestifik indeksi deb
yuritiladi. Ushbu ko„rsatkich qanchalik katta bo„lsa dori vositasi shunchalik xavfsiz hisoblanadi.
Terapevtik ta‟sir doirasi - minimal terapevtik dozadan minimal letal dozagacha bo„lgan
oraliqdir. Bu qanchalik keng bo„lsa dori vositasi shuncha zararsiz hisoblanadi. Masalan,
benzilpenistillining terapevtik indeksi 100 ga teng, yurak glikozidi digitoksinnika esa 1,5-2.
Eksperimental farmakologiyada dori vositalarining terapevtik indeksi ular LD50 ning
o„rtacha samarali dozasiga (YED50) nisbati bo„yicha aniqlanadi. Ayollarga doza hisoblashda
erkaklar dozasining 4:5 qismi olinadi. 60 yoshdan oshgan bemorlarga esa dozaning 1:2, 1:3
qismi olinadi.
Bolalarga doza belgilash ancha murakkab bo„lib, aniq tavsiyalar ishlab chiqilmagan.
Bolalarga dori dozasini aniqlashda quyidagi formulani qo„llash ancha qulay hisoblanadi:
bola yoshi, katta yoshdagi odam dozasi X bola tana vazni og„irligi
70
70 - o„zgarmas son bo„lib, katta yoshdagi odamning o„rtacha og„irligi olingan.
Dostları ilə paylaş: |