Darsdan tashqari ishlar, ularning mazmun-mohiyati. O‘quvchilarda
tayanch va fanga oid kompetensiyalarni faqatgina dars davomida shakllantirish
ancha mushkul. Shu sababli, biologiya fani o‘qituvchisi o‘qitishning zaruriy shakli
bo‘lgan uy vazifalari va darsdan tashqari ishlarda o‘quvchilarda muayyan
kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutmog‘i lozim. Jumladan, “Botanika”
o‘quv fanidan o‘quv dasturida o‘quvchilarda fanga oid kompetensiya elementlari
shakllantirilishi qayd etilgan:
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash
kompetensiyasi:
A2
Botanika fanining rivojlanish tarixi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi;
o‘simliklar haqida umumiy tushunchaga ega bo‘ladi, ularning tabiatdagi
ahamiyatini tushuna oladi;
o‘simliklarning hayotiy shakllarini farqlay oladi, tashqi muhit o‘rtasidagi
bog‘liqlikni tushunadi va izohlay oladi;
o‘simlik hujayrasi, to‘qimasi, ildiz funksiyalari va turlari, ildizning tashqi
tuzilishi, ildiz tizimlari turlarini farqlaydi, shakli o‘zgargan ildizlar haqida umumiy
tushunchalarga ega bo‘ladi;
novda, poya, kurtak, o‘sish konusi, barg tushunchalarining mohiyatini biladi,
tushunadi va izohlay oladi;
gulning tuzilishi, qismlari: gulband, gulo‘rin, gulqo‘rg‘on, changchi,
urug‘chining tuzilishi, gul formulasi va diagrammasi, bir jinsli va ikki jinsli gullar,
bir uyli va ikki uyli o‘simliklar, to‘g‘ri va qiyshiq gullar, oddiy va murakkab
to‘pgullar, meva, urug‘ tushunchalarining mohiyatini biladi, tushunadi va izohlay
oladi.
A2+
gul, meva, urug‘larning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini tushunadi
va izohlay oladi.
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish
kompetensiyasi:
A2
o‘simliklarning vegetativ va generativ organlarini o‘rganish bo‘yicha
kuzatish o‘tkaza oladi, piyoz po‘sti, paxta tolasidan vaqtinchalik preparatlar
tayyorlay oladi va mikroskopda kuzata oladi, rasmini chizadi va kuzatganlari