Mavzu: O‘qitish shakllari va ularning uzviyligi Reja


asosida xulosa chiqara oladi



Yüklə 467,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix28.10.2022
ölçüsü467,15 Kb.
#66613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ji7OhktrQEGry7JSXT7GnZW9qDZmqC5CgJ7GjcqN

asosida xulosa chiqara oladi; 
gerbariy va tirik o‘simliklarning ildiz turlarini o‘rganib, o‘q va popuk 
ildizlar, qo‘shimcha ildizlar, ildizmevalar ustida kuzatishlar olib bora oladi, 
kuzatishlar natijasini rasmga chiza oladi, kuzatganlari asosida xulosa chiqara 
oladi, asbob-anjomlar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qila oladi; 
uchki va yon kurtaklarini taqqoslay oladi, kurtakning tuzilishini tajribada 
o‘rganib, generativ va vegetativ kurtaklar, poyani chilpish, gul haqidagi umumiy 
ma’lumotlarni hamda mevalarning turlarini biladi va taniydi, ikki va bir 


urug‘pallali o‘simliklar urug‘larining tuzilishiga ko‘ra ajrata oladi, kuzatganlari 
asosida xulosa chiqara oladi; 
A2+ 
biologiya xonasida biologik obyektlar, laboratoriya asbob-anjomlari bilan 
ishlashni biladi va xavfsizlik qoidalariga rioya qila oladi. 
Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiyasi: 
A2 
o‘simliklarning tabiatdagi ahamiyatini bilishi, ularni muhofaza qilish 
choralarini biladi;
gul, meva, urug‘larning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini anglagan 
holda tabiatdagi o‘simliklarga nisbatan oqilona munosabatda bo‘ladi. Zaharli 
o‘simliklar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni biladi.
A2+
tabiatda o‘zini to‘g‘ri tutishning asosiy qoidalari va sog‘lom turmush tarzi 
asoslarini biladi, gulli o‘simliklarni estetik jihatdan baholay oladi. 
Mazkur kompetensiyalarni shakllantirishda darsdan tashqari ishlar muhim 
rol o‘ynaydi. O‘qituvchi uy vazifasi va darsdan tashqari ishlarni maqsadga 
muvofiq tashkil etishi lozim. Uy vazifalari darslik bilan ishlash, qo‘shimcha 
adabiyotlarni o‘qish, mavzuga oid rasmlarni chizish, tabiiy obyektlar ustida 
kuzatish o‘tkazish va oddiy tajribalar qo‘yish bilan ifodalanadi. 
Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari. Darsdan tashqari ishlar 
o‘qituvchining individual yoki guruhli topshiriqlari asosida darsdan keyin o‘quv 
fanini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiy tarzda amaliy ishlarni bajarish 
uchun tashkil etiladigan o‘qitish shakli. 
Darsdan tashqari ishlar - biologiya xonasida, tirik tabiat burchagida, 
tabiatda, o‘quv tajriba maydonchasida bajariladi.
O‘quvchilarning darsdan tashqari ishlarining zarurligi shundan iboratki, 
o‘simliklar va hayvonlar ustida olib boriladigan ko‘pgina uzoq muddatli 
kuzatishlar o‘quv jadvaliga sig‘maydi. Ayrim hollarda turli asboblar va mikroskop 
yetishmasligi, sinfda turli topshiriqlarni bajarilishiga to‘sqinlik qiladi. Biologiya 
kursini o‘rganish davomida har bir o‘quvchi mikroskop bilan ishlash ko‘nikma 
malakasiga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun o‘qituvchi navbat bilan 3-5 
o‘quvchini dars oldidan yoki darsdan so‘ng mikroskop bilan ishlashini tashkil 
etishi kerak. O‘quvchilar 3-5 tadan guruhlarga bo‘linib, mayda hayvonlar ustida 
o‘qituvchi topshirig‘i bo‘yicha, keyinchalik darslarda foydalaniladigan uzoq 
muddatli biologik kuzatish va tajribalar olib boradilar. Har bir o‘quvchi yil 
davomida bir yoki ikkita darsdan tashqari ish bajaradi, ularning bajarilishiga 
o‘qituvchi baho qo‘yadi.
Darsdan tashqari ishlar mazmuniga ko‘ra uyga beriladigan tajribalarga yaqin 
hisoblanadi. Lekin farqi shundaki, uy ishlari ancha oddiyroq bo‘lib, sinf 
o‘quvchilari uchun bir vaqtda beriladi. Darsdan tashqari ishlarning uy ishlaridan, 
farqi ba’zan dastlabki xarakterda bo‘ladi, ya’ni sinfda o‘rganishdan bir necha kun, 
hafta va hatto bir necha oy ilgari beriladi. 
Masalan, botanikadan suv o‘simliklari bilan tajribalar 2 oy, bargda kraxmal 
izlari hosil bo‘lishi 2-3 kun, poya bo‘ylab suvning ko‘tarilishi 2-3 kun, hayvonlar 


ustida olib boriladigan kuzatish va tajribalar uzoq muddatli bo‘ladi. Ularga misol 
qilib, hashoratlarning ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganish, baliqlarning 
ko‘payishi, to‘tiqush va kanareykalarning xulq-atvorini o‘rganish, foydali 
hashoratlardagi ogohlantiruvchi rangni aniqlash, o‘rgimchaksimonlarning tutqich 
to‘r to‘qishi va o‘lja tutishini kuzatish va h.k. 
Odam va uning salomatligi o‘quv fanidan morfologik, gistologik va tibbiy 
xarakterdagi ishlar ma’lum mavzular o‘rganilgandan so‘ng, bilimlarni 
mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. Ko‘pgina fiziologik tajribalar, shartli 
refleks hosil qilish, avitaminoz va boshqalar oldindan bajariladi. Ularning 
natijalarini darsda ko‘rsatish imkoni bo‘ladi. Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar 
o‘tkazayotgan barcha tajribalarning borishi haqida xabardor bo‘lgan o‘qituvchi 
darsda tajribaning borishi, turli bosqichlardagi o‘zgarishlarni namoyish qilishi, 
o‘tkazilayotgan tajribalar haqida o‘quvchilar axborotini yangi mavzular bayoniga 
kiritish imkoniga ega bo‘ladi. 
Tirik tabiat burchagida, maktab tajriba maydonchasida va tabiatda 
bajariladigan darsdan tashqari ishlar darsda o‘rganish uchun qiziqarli material 
beradi, o‘quvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, tabiatga 
qiziqishini orttiradi. Bunday ishlarni bajarish uchun o‘quvchilar, odatda, 
topshiriqlarda ko‘rsatiladigan o‘simlik va hayvonlar to‘g‘risidagi maxsus 
adabiyotlarga, ma’lumotnomalarga, ensiklopediyalarga murojaat qiladilar. Darsdan 
tashqari ishlar yordamida o‘quvchilarda bilimni chuqurlashtirish uchun kitoblarga 
doimiy murojaat qilish ehtiyoji tarbiyalanadi. 
Dars bilan uzviy bog‘liq holda darsdan tashqari ishlar biologiya o‘qitishning 
majburiy shakli bo‘lib, ular darsni davom ettiradi va mustahkamlaydi. 

Yüklə 467,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin