Mavzu: O‘qitish shakllari va ularning uzviyligi Reja



Yüklə 467,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix28.10.2022
ölçüsü467,15 Kb.
#66613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ji7OhktrQEGry7JSXT7GnZW9qDZmqC5CgJ7GjcqN

 
2-jadval 
№ 
Mavzu nomi 
O‘tkazish 
joyi 
Davomi
yligi 

Hayotning 
hujayraviy 
shakllari 
(Ko‘k-yashil suvo‘tlarining 
ko‘payishini o‘rganish). 
Tirik 
tabiat 
burchagi 
2-3 hafta 

Hayotning 
hujayraviy 
shakllari 
(Pichan 
tayoqchasi 
bakteriyasini 
ko‘paytirish). 
Tirik 
tabiat 
burchagida. 
1-1.5 hafta 

Zamburug‘lar 
dunyosi 
(Zamburug‘larni o‘stirish). 
Tirik 
tabiat 
burchagida. 
1oy 

Ko‘payish 
xillari 
(Ko‘payish 
xillarini o‘rganish). 
Maktab tajriba yer 
uchastkasida 
2 hafta-4oy 

Postembrional rivojlanish. 
Tirik 
tabiat 
burchagida 
2-3 hafta 

Fenotipik o‘zgaruvchanlik. 
Tirik 
tabiat 
burchagida 
1-2 oy 
O‘quv yili boshida bitta mavzu 3-4 ta o‘quvchiga beriladi. O‘quvchilarga 
ishning mavzusi, boshlash va tugatish muddatlari belgilab beriladi. Bir o‘quvchi 
bir yilda 1-2 ta darsdan tashqari ish bajarishi kerak. Maktabda tirik tabiat burchagi,
o‘quv tajriba yer-uchastkasi bo‘lmasa, o‘qituvchi ota-onalar bilan kelishgan holda 
uy sharoitida bajarishga tavsiya qiladi. Quyida “Ko‘payish xillari” mavzusidagi 
darsdan tashqari ishning tashkil qilinishiga doir tavsiyamizni havola qilamiz. 


“Ko‘payish xillari” mavzusi o‘qituvchining kalendar ish rejasi asosida mavzu 
o‘tilishidan 3-4 oy oldin boshlanadi. Dars o‘tiladigan sanada ish yakunlanib 
o‘quvchilarga dars uchun tayyor ko‘rgazmali material bo‘ladi. 
1. Zarur jihozlarni topish. 
2. Ishni bajaradigan o‘quvchilarni tayinlash. 
3. O‘quvchilarga ishning borishini tushuntirish va kunlik bajaradigan 
ishlarini belgilash. 
Sinf o‘quvchilaridan 3ta o‘quvchi tanlanadi. Ularning biriga qulupnayning 
jingalaklar yordamida, ikkinchisiga sarimsoqni piyozchalari, uchinchi o‘quvchiga 
kartoshkani tugunaklari bilan ko‘payishini o‘rganishni bajarish topshiriladi va shu 
o‘simliklar namunalari o‘stirish uchun ularga tarqatiladi. O‘quvchilar o‘simliklarni 
belgilangan yerga ekadi va o‘qituvchi ko‘rsatmalari asosida parvarish qiladi. 
O‘simlikning unib chiqqan vaqti, berilayotgan suv, oziq moddalar hisoblab, 
kuzatish daftariga yozib boriladi. Parvarish qilinib kuzatish daftariga ulardagi 
o‘zgarishlarni yozib boradi. O‘quvchining ish jarayoni telefonining videotasviriga 
tushirilib borilsa, ish yakunida videoproyektor orqali sinfdoshlariga namoyish 
qilinishi mumkin. Shu tariqa o‘quvchilar kartoshkaning tugunakdan, qulupnayni
jingalaklar, sarimsoqni piyozchalar orqali ko‘payishini guvohi bo‘ladilar. Shu bilan 
birga bu jarayonda o‘quvchilarning tadqiqotchilik faoliyati shakllanishiga zamin 
tayyorlanadi.

Yüklə 467,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin