Mavzu: O‘qitish shakllari va ularning uzviyligi Reja


O‘quvchilarning o‘quv-tadqiqotlarini tashkil etish



Yüklə 467,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix28.10.2022
ölçüsü467,15 Kb.
#66613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ji7OhktrQEGry7JSXT7GnZW9qDZmqC5CgJ7GjcqN

O‘quvchilarning o‘quv-tadqiqotlarini tashkil etish. Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining har bir bitiruvchisi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS 
bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi, unda tayanch va 
fanga oid kompetensiyalar shakllangan bo‘lishi shart. O‘quvchilarda mavjud 
bilimlar boyligini to‘xtovsiz mukammallashtirish ehtiyoji mustaqil bilim olish 
faoliyatini yurita olishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Insonning mustaqil fikrlashi va 
ijodiy qobiliyati qancha rivojlangan bo‘lsa, uning mustaqil bilim olishi ham 
shuncha yuqori bo‘ladi. Fikr mustaqilligining mavjudligi o‘quvchida mustaqil 
bilim olish ehtiyojining paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi. Fikri mustaqil bo‘lgan 
o‘quvchida o‘z-o‘zini taftish qilish, o‘z ehtiyojlarini aniqlash va ularni qondirish 
istagi bo‘ladi. Mustaqil fikrli inson hamisha o‘z qarashlarini asoslaydi va himoya 
qiladi. 
Yuqorida bayon etilgan fikrlar bugungi kunda pedagogik jarayonda 
o‘quvchilarda yangi bilimlarni mustaqil izlab topish, ularni egallash, zarur 
axborotlarni to‘plash, farazlarni ilgari surish, muayyan fikrga kelish, yakuniy 
xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradigan usullardan foydalanish dolzarb 
ekanligini ko‘rsatmoqda. Ta’limning vazifasi o‘quvchilarga kelajak hayotda zarur 
bo‘ladigan shunday usullarni egallashlariga yordam berishdan iboratki, bunda 
o‘quvchilar o‘z kuchi, imkoniyati, qobiliyati, layoqati, qiziqishlarini obyektiv 
baholash orqali to‘g‘ri qaror qabul qila olsinlar. O‘quvchilarda bunday shaxsiy 
sifatlar tadqiqotchilik faoliyatida, o‘quv loyihalarini bajarish davomida 
shakllanadi. Har bir o‘quvchi qandaydir ma’noda izlanuvchi-tadqiqotchidir. 
O‘quvchilarning tadqiqotchilik faoliyatini izlanuvchanlikka, ijodkorlikka 
yetaklovchi faoliyat deb hisoblash o‘rinlidir. Chunki bu faoliyat ijrochi insonni 
emas, balki zamon talabiga mos ijodkor va tadqiqotchi insonni tarbiyalaydi. 


Tadqiqot va kuzatishlar reja asosida tizimli tarzda olib borilishi, maqsad aniq 
ifodalangan va o‘quvchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan bo‘lishi lozim. 
O‘qituvchi tadqiqot va kuzatishlar uchun o‘quvchini qiziqtira oladigan mavzularni 
to‘g‘ri tanlashi bilan o‘quvchining kuzatuvchanligi, xotirasi, ijodiy fikrlash 
qobiliyatining mukammallashuviga sharoit yaratadi. O‘quvchilar o‘zlari tanlagan 
mavzu asosida yakka, ikki o‘quvchi hamkorligida, kichik guruhlarda tadqiqotlarni 
olib boradilar. Tadqiqot davomida o‘quvchilar kundalik yuritishlari maqsadga 
muvofiq. O‘quvchilar nafaqat alohida voqea va hodisalarni qayd etishga, balki 
ularni tahlil qilishga, ular orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga o‘rganishlari lozim. 
Tadqiqot yakunida o‘quvchilar olingan natijalarni rasmiylashtiradilar. Tadqiqot 
natijalariga bag‘ishlangan taqdimotlar tayyorlaydilar. Tadqiqotchilik ishlari 
o‘quvchilarda ilmiy ishlarga qiziqishni uyg‘otadi va mustahkamlaydi. 
O‘quvchilarning o‘quv tadqiqot ishlarini olib borishni tashkil etish bo‘yicha 
tavsiyalar: 
1. Tadqiqot mavzusini tanlash va maqsadlarni belgilash. O‘quvchiga 
tadqiqot mavzusini to‘g‘ri tanlashda o‘qituvchining yordami zarur. Tadqiqot 
mavzusi o‘quvchining yoshi, bilim saviyasi, qobiliyati va imkoniyatidan kelib 
chiqib tanlanadi. O‘qituvchi rahbar sifatida tadqiqot rejasini tuzishga, maqsadi, 
muammoni to‘g‘ri belgilashga, tadqiqotga to‘g‘ri yondashishga yordam beradi. 
Tadqiqot uchun tanlangan mavzu o‘quvchini qiziqtira olishi, uni izlanishga jalb eta 
olishi lozim. 
2. Tadqiqotni rejalashtirish va metodlarini belgilash. Bu bosqichda o‘quvchi 
tadqiqot muammosiga tegishli adabiyotlar, maqola va qo‘shimcha ma’lumotlarni 
o‘rganadi. O‘qituvchi kerakli adabiyotlarni va mediamanbalarni tavsiya etadi. 
Bunday ishlar o‘quvchini kutubxonada ishlash, mustaqil ravishda zarur 
ma’lumotlarni qidirib topish, ma’lumotlar orasidan keraklisini saralay olish kabi 
ko‘nikmalarni hosil qiladilar, bu esa “Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi” 
(TK-2) elementlarini shakllantirishga imkon beradi. Ishni rejalashtirish tadqiqot 
metodini tanlash, kuzatish hajmi va tajribalar sonini aniqlash, tadqiqot uchun 
qancha vaqt ajratishni taxmin qilish zaruriyatini nazarda tutadi, bunda “Matematik 
savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish 
kompetensiyasi” (TK-6) elementlari shakllanadi. Tadqiqot metodlari uning 
maqsadi va predmeti bilan bog‘liq. Tajriba va kuzatishlarga asoslangan 
tadqiqotlarni olib borganda har qanday tajriba va sinovlarni bir necha marta takror 
o‘tkazish zarurligini o‘quvchilarga uqtirish lozim. Tasodiflar tufayli yagona natija 
doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Shuning uchun bir necha bor qayta sinovda bir xil 
natija olingandan so‘nggina tegishli xulosalar chiqarish mumkin. 
3. Tadqiqotdan kutilayotgan natijani muhokama qilish va baholash, tadqiqot 
gipotezasini aniq ifodalash.
4. Ma’lumotlar to‘plash, tajribalar o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish orqali 
dastlabki olingan dalillarni qayd etish. 
5. Olingan dalillarga asoslanib, tadqiqot natijalarini baholash, xulosalash. 
6. Olib borilgan ishni rasmiylashtirish. Tadqiqotni kichik ma’ruza, 
taqdimot, slaydlar, tarzida rasmiylashtirish mumkin.


O‘rta yoshli maktab o‘quvchilarining biologiya kursi bo‘yicha olib 
boradigan o‘quv tadqiqot ishlari o‘quvchilarda mustaqil ishlash, tajribalar 
o‘tkazish, kuzatishlar olib borish, natijalarni qayta ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqara 
olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi va tadqiqot ishlarining algoritmini 
egallashlariga imkon yaratadi. O‘quvchilarni tadqiqot ishlariga jalb etish uchun, 
eng avvalo, ularning qiziqishlariga tayanish kerak. O‘rganilayotgan obyekt yoki 
voqea, hodisa o‘quvchi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi va qiziqishini 
hamda bilim darajasini oshirishi lozim. Biroq taklif etilayotgan mavzular va 
tadqiqot metodlari o‘quvchilarning psixofiziologik imkoniyatlari darajasidan 
oshmasligi kerak. Tadqiqot faoliyati tushunarsiz va murakkabligi bilan 
o‘quvchilarning o‘qishga, ishlashga xohish-istaklarini so‘ndirmasligi, aksincha, 
ularni to‘g‘ri faoliyatga yo‘naltirishi kerak. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar uchun botanikadan 
quyidagi tadqiqot turlarini taklif etish mumkin: 
Tezkor (ekspress) tadqiqotlar. O‘quvchilar quyidagi mavzularda ekspress-
tadqiqotlar o‘tkazishlari mumkin: shahar ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish uchun 
ekiladigan daraxtlarni o‘rganish (daraxtning nomi, shox-shabbasining tuzilishi, 
bargining morfologik tuzilishi, ahamiyati). O‘tkazilgan tadqiqot yuzasidan 
o‘quvchi maxsus xarita tuzadi. 

Yüklə 467,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin