Mavzu: O‘qitish shakllari va ularning uzviyligi Reja


Tirik tabiat burchagida darsdan tashqari ishlar



Yüklə 467,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix28.10.2022
ölçüsü467,15 Kb.
#66613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ji7OhktrQEGry7JSXT7GnZW9qDZmqC5CgJ7GjcqN

Tirik tabiat burchagida darsdan tashqari ishlar. Biologiyadan tirik 
burchagida o‘quvchilarga tabiiy obyektlar bilan ishlash uchun topshiriq berish 
mumkin. Bundan maqsad darslarda o‘rganilayotgan organik dunyo qonuniyatlarini 
kuzatishdan iboratdir. Ba’zi o‘qituvchilar tirik burchakda har xil o‘simliklarga turli 
ekologik omillarning ta’sirini o‘rgansalar, boshqalari shu mavzuda hayvonlar bilan 
tajriba o‘tkazadilar. Masalan, o‘simlikning o‘sishiga quyosh nuri va sun’iy 
yorug‘likning ta’siri yoki niholning o‘sishi va rivojlanishiga quyosh nuri, 
haroratning ta’siri; irsiyat haqida aniq tushunchaga ega bo‘lish uchun hayvonlardan 
drozofila, akvariium baliqlarining ustida chatishtirish bo‘yicha tajribalar 
qo‘yadilar. Ayniqsa, vegetativ ko‘payish, organizmlarning moslashganligini, 
sun’iy biotsenozlar yaratish, kun uzunligini, o‘simlik va hasharotlar g‘umbagining 
rivojlanishini o‘rganishga oid tajribalar qo‘yish nihoyatda qiziqarlidir. Bitta 
tajribadan bir necha mavzularni o‘rganishda foydalanish mumkin. Eng asosiysi
o‘quvchilarning darsdan tashqari ishlaridan darslarda pedagogik maqsadda to‘la 
foydalanish, ya’ni puxta o‘ylangan tarzda teskari bog‘lanishlarni amalga 
oshirishdir. 
Tabiatdagi darsdan tashqari ishlarda, asosan, morfologiya, ekologiya 
va sistematikaga doir hodisalarni aniqlashga va gerbariy hamda kolleksiyalar 
tayyorlashga yordam beradigan kuzatishlar uchun topshiriqlar beriladi. Ular, 
asosan, yozda bajariladi va shuning uchun ko‘pincha yozgi topshiriqlar deb 


ataladi. Yoz davomida 5-6-sinf o‘quvchilariga madaniy va yovvoyi o‘simliklarni 
yig‘ish va gerbariy tayyorlash, 7-sinf o‘quvchilariga hayvonlar ustida kuzatishlar 
olib borish, hasharotlardan kolleksiyalar to‘plash kabi topshiriqlar beriladi. 
O‘simliklarni hamda ularda yashaydigan hasharotlarni, ular yetkazgan zararlarni, 
ularning rivojlanish fazalarini ko‘rsatadigan biologik kolleksiyalar katta 
ahamiyatga ega. 
Biologiya o‘quv xonasi, tirik tabiat burchagi, maktab tajriba maydonchasi 
biologiya o‘qitishning yaxlit moddiy texnika bazasini tashkil etadi. Biologiya 
o‘qituvchisi biologiya o‘qitishning moddiy texnika bazasining har bir tarkibiy 
qismining didaktik funksiyasi, biologiya darslari bilan bir qatorda, o‘quvchilar 
bilan olib boriladigan darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o‘quvchilarning mustaqil 
ishlarini maqsadga muvofiq tashkil etish yo‘llarini belgilashi va o‘z pedagogik 
faoliyatini amalga oshirishi lozim.
Biologiyani o‘qitish amaliyotida maktab tajriba maydonchasiga alohida 
e’tibor beriladi. Bu yerda o‘quvchilar dala o‘simliklari, sabzavot ekinlari, rezavor-
meva ekinlari, manzarali o‘simliklar va o‘simlik biologiyasi bilan tanishadilar, 
ularni pravarish qilish, begona o‘tlardan tozalash va zararkunanda hasharotlarni 
yo‘qotish bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshiradilar. 
O‘quvchilarning maktab tajriba maydonchasida kuzatish va tajriba qo‘yish 
ishlarini maqsadga muvofiq tashkil etilishi biologiya o‘quv xonasini o‘quv jarayoni 
uchun kerakli tarqatma materiallar bilan ta’minlash, kuzatish va tajribalarning 
natijalarini darsda namoyish qilish imkonini beradi. 
O‘quvchilarga aniq, puxta, mantiqiy tuzilgan reja asosida ishlash uquvini 
singdirish zarur. Buning uchun maktab o‘quv tajriba maydonchasida katta 
pedagogik imkoniyatlar bor. Maktab tajriba maydonchasini tashkil etish, ekin va 
ko‘chatlar ekishning puxta o‘ylangan rejasini tuzishni birinchi o‘ringa qo‘yish 
kerak. O‘quv tajriba maydonchasida 5-11-sinflarda darsdan tashqari ishlar kuzda, 
bahorda amaliy mashg‘ulotlar, yozda, kuzda va bahorda tajribalar qo‘yish va 
kuzatishlar o‘tkazish, biologiya darslarida tarqatiladigan va ko‘rgazmali 
materiallarni tayyorlash yuzasidan o‘tkaziladi. 
Maydonchada “Yosh tabiatshunoslar” to‘garagi ish olib boradi. To‘garak 
a’zolari maktab tajriba maydonchasidagi ishlarni tashkil etish va maktab, sinfdan 
tashqari tadbirlar: “Hosil bayrami”, “Qushlar bayrami”ni o‘tkazishga tayyorlanish, 
ko‘rgazmalar tashkil etishda o‘qituvchiga yaqindan yordam beradilar. Maktab 
tajriba maydonchasidagi ishlarni tashkil etishda o‘quvchilarni kichik guruhlarga 
ajratish, har bir guruh yetakchisini tayinlash, yetakchiga bajariladigan ishlar 
bo‘yicha aniq topshiriqlarning berilishi ishning samarali bo‘lishi va ularni nazorat 
qilinishi, o‘quvchilarning o‘z vaqtida rag‘batlantirish imkonini beradi. 
Ota-onalar, maktab ma’muriyatining mazkur ishlarni tashkil etishda 
yaqindan yordam berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Maktab tajriba 
maydonchasining tarkibiy qismlari bo‘yicha metodist olimlar o‘rtasida turlicha 
yondashuvlar mavjud. Jumladan, P.I.Borovskiy maktab tajriba maydonchasi ikki 
bo‘limdan: tajriba va kolleksiya bo‘limlaridan iborat bo‘lishini ta’kidlagan. 


N.M. Verzilinning fikricha, maktab tajriba maydonchasi bir necha: dala, 
sabzavot, rezavor, manzarali o‘simliklar, biologiya va zoologiya bo‘limlaridan 
iborat bo‘lishi darkor. 
Maktab tajriba maydonchasida maktab o‘quv dasturida o‘rganiladigan 
o‘simliklar: dala, poliz, rezavor mevalar, manzarali va yovvoyi o‘simliklar bo‘lishi 
kerak. Shunga muvofiq, maydoncha aniq chegaralangan: dala, poliz, rezavor meva, 
manzarali, biologiya va zoologiya bo‘limlariga ega bo‘lishi zarur. Maydonchada 
metrologik stansiya, auditoriya barpo etish zarur. Har bir bo‘limda o‘simlik 
kolleksiyasi va ular ustida tajriba o‘tkazish uchun joy ajratiladi. Sabzavot ekinlari 
ustida o‘tkaziladigan tajribalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: yerga qo‘shimcha 
ishlov berishning ta’siri, qalamchadan ko‘paytirish, chatishtirish, novdalarni 
chilpishning ta’siri, yaxshi o‘simliklarni urug‘lik uchun ajratish, asosiy ekinlar 
(karam, pomidor, lavlagi, piyoz, bodring va b.) dan yuqori hosil yetishtirish. 
Biologiya 
kursidan 
mavzularni 
o‘tishda bu tajribalarning barchasidan 
foydalaniladi. 
Tinglovchilar guruhlarda ishlab 5-11-sinf o‘quv dasturidagi mavzular 
asosida darsdan tashqari ish mavzularini tanlab oladilar va belgilangan mavzular 
asosida darsdan tashqari ishlar yillik rejasini tuzadilar. 
9-sinf dasturidan o‘rin olgan quyidagi mavzular asosida darsdan tashqari 
ishlarni tashkil qilish lozim. 
9-sinf. Darsdan tashqari ishlar yillik rejasi. 

Yüklə 467,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin