Ekskursiyaning turlari. Biologik ekskursiyalar har xil turda bo‘ladi:
vaqtiga qarab,
bir soatlik, bir kunlik va ko‘p kunlik. Bir soatlik ekskursiya –
maktab xovlisida yoki o‘quv tajriba uchastkasida o‘tkaziladi. Ekskursiya rejasini –
metod birlashmasining raisi tasdiqlaydi. (Gulli o‘simlik va uning organlari degan
mavzudagi ekskursiya).
Bir kunlik ekskursiya –
tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga,
fermer
xo‘jaliklariga, hayvonot yoki botanika bog‘iga, baliqchilik xo‘jaligiga yoki
parrandachilik xo‘jaligiga uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy bo‘lim
mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ko‘p kunlik ekskursiya – o‘quv yilining oxirida kompleks ekskursiya deb,
bunga tarix, geografiya, til adabiyot, badan-tarbiya yoki harbiy o‘qituvchilari bilan
birgalikda o‘tkaziladi. Ko‘p kunlik ekskursiya – rejasini
pedagogik kengashda
tasdiqlanadi.
Ekskursiya – o‘quvchilarning mo‘ljal olish, obyektlarni tanish,
hodisalarni
kuzatish, ularni taqqoslash, o‘xshashlik
va farqli tomonlarini aniqlash,
umumlashtirish va xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Qayd etilgan aqliy operatsiyalar
ularda mantiqiy fikr yuritish ko‘nikmalarini tarkib
toptirish bilan bir qatorda
tabiatning ilmiy–tadqiqot metodlarini anglash, zarur hollarda ulardan foydalanishga
imkon yaratadi.
Ekskursiyalar o‘quvchilarda “Biologik obyektlarni tanish,
ularda boradigan
jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi” (FK-1) va “Biologik
obyektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish
va xulosa qilish
kompetensiyasi” (FK-2) ning elementlari shakllanishiga imkon beradi.