Mavzu: O‘qitish shakllari va ularning uzviyligi Reja


Tajribaga asoslangan (eksperimental) tadqiqotlar (kuzatishlar, amaliy



Yüklə 467,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix28.10.2022
ölçüsü467,15 Kb.
#66613
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ji7OhktrQEGry7JSXT7GnZW9qDZmqC5CgJ7GjcqN

Tajribaga asoslangan (eksperimental) tadqiqotlar (kuzatishlar, amaliy 
mashg‘ulotlar, tajribalar). Tajribalar o‘tkazish ko‘nikmalarini o‘quvchilar 
botanika darslarida olib boriladigan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish 
davomida hamda darsdan tashqari ishlar davomida hosil qiladilar. Mavzular: 
Kartoshka ko‘chatini chopiq qilishning ahamiyati. Mineral o‘g‘itlarning oshpiyoz 
rivojiga ta’siri. O‘simliklarni tuproqsiz o‘stirish. O‘simliklarning yuqori haroratga 
moslashuvi. O‘simlikning urug‘dan rivojlanishi. Organik o‘g‘itlarning lavlagi 
rivojiga ta’siri. Pomidor ko‘chatini xomtok qilishning ahamiyati. Tashqi muhit 
omillarining xona o‘simliklariga ta’siri. Xona o‘simliklari bargidan kislorod 
ajralishini o‘rganish. Yorug‘likning o‘simliklarga ta’siri. 
Tadqiqotchilik loyihalari. Tadqiqotchilik loyihalarini o‘quvchining 
tadqiqotchilik faoliyatining eng yuqori bosqichi deb hisoblash mumkin. Nazariy-
ekspress tadqiqotlar, tajribalar o‘tkazish usullarini egallagan o‘quvchilar maxsus 
tanlab olingan metodikalar bo‘yicha tadqiqotchilik loyihalarini olib boradilar. 5-6-
sinfdan boshlab o‘quvchilarda tadqiqotchilikka qiziqishning namoyon bo‘lishi, 
tadqiqot o‘tkazishning bir qancha bosqichlarini o‘tishi kelgusida ularning ilmiy 
ishlari sari qo‘ygan birinchi qadami bo‘ladi. Masalan: Ajoyib kaktuslar. Aloe – 
derazamdagi yashil doktor. Atirgul – gullar malikasi. Barchaga tanish archa. 
Doimiy yashil libos siri. Fitonsidlarning mikroorganizmlarga ta’siri. Fotosintez – 
tabiat jumbog‘i. Maktab hovlisidagi fitonsid o‘simliklar haqida. O‘simliklar 
hayotida xazonrezgilikning ahamiyati. O‘simliklarning o‘zaro munosabatlari. 
Polizimizdagi dorixona. Qadimdan tanish tabib. Qoqio‘t – kichkina tabib. Shakli 
o‘zgargan barglar. Shakli o‘zgargan yer usti novdalari. Shakli o‘zgargan yer osti 
novdalari. Sinoptik o‘simliklar. Yashil dorixona. Yashil laboratoriya. Yashil tabib. 
Yum-yumaloq dekcha, ichi to‘la mixcha. Zaharli o‘simliklar. Zamburug‘lar –
o‘simlikmi yoki hayvon? 
O‘quv faniga qiziqishning ortishi, adabiyotlar bilan ishlash va tajribalar 
o‘tkazish ko‘nikmalarining ortishi, darsdan tashqari vaqtda qo‘shimcha 
shug‘ullanish istagining paydo bo‘lishi, mustaqil ishlashga intilish, o‘zining 
“kashfiyotlari” va muvaffaqiyatlari bilan o‘rtoqlashishi – bularning barchasi 
o‘quvchilar olib boradigan tadqiqotchilik faoliyatidan kutilgan va muhim 
ahamiyatli natijalardir. Tadqiqotchilik ishlari o‘quvchilarni yuksak ijodiy faollikka, 
mustaqil fikr yuritishga erishishlariga beradi.


O‘quvchilarning o‘quv-tadqiqot ishlarini tashkil etishdan kutiladigan 
natijalar:
o‘quvchilar o‘quv dasturida belgilangan kompetensiyalarga ega bo‘ladilar;
o‘quv–tadqiqot usullari va metodlarini egallaydilar;
zarur bilimlarni topish uchun mustaqil ravishda qo‘shimcha adabiyotlar 
bilan ishlashni o‘rganadilar;
kerakli ma’lumotlarni tanlash, saralash ko‘nikmasini egallaydilar;
tushuncha va hodisalarni mustaqil taqqoslashga o‘rganadilar;
o‘zining shaxsiy fikrini bildirish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini aniq va 
dadil ifoda etish malakasiga ega bo‘ladilar. 

Yüklə 467,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin