Mavzu: O‘qitish shakllari va ularning uzviyligi Reja



Yüklə 467,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix28.10.2022
ölçüsü467,15 Kb.
#66613
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ji7OhktrQEGry7JSXT7GnZW9qDZmqC5CgJ7GjcqN

Sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashqari ishlar mashg‘ulotlarning majburiy 
bo‘lmagan shakli bo‘lib uning uch xil turi bor:
yakka tartibda individual tarzda tashkil qilinadigan sinfdan tashqari 
mashg‘ulotlar olimpiadalarga tayyorlash;
Ayrim o‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar 
ularning xohish, istagi, ehtiyoji va qiziqishlari hisobga olingan holda biologiya 
o‘quv xonasida, tirik tabiat burchagida, maktab tajriba maydonida, informatika 
xonasida, jamoa va fermer xo‘jaligi dalalarida o‘tkazilishi mumkin.


Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan, 
bir-birini to‘ldiradi va taqozo etadi. Guruhlarda tashkil qilinadigan sinfdan tashqari 
mashg‘ulotlar; to‘garaklar. 
ommaviy tarzda tashkil qilinadigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar. Bayram 
kechalari tashkil qilish. 
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar baholanmaydi, majburiy 
emas. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning biologiya o‘quv fanlaridan 
o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, 
rivojlantirishga, xizmat qiladi.
Ekskursiya – biologiyani o‘qitishning muhim shakli. Biologik 
ekskursiyalar – sinf yoki muayyan o‘quvchilar guruhi bilan o‘quv dasturiga 
muvofiq, o‘qituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muhit yoki sun’iy 
yaratilgan sharoitda obyektlarning yashash muhiti va unga bog‘liq holda o‘ziga 
xos 
xususiyatlarini 
o‘rganish 
maqsadida 
o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiya 
jarayonining muhim shakli sanaladi. Unda nazariy bilimlarni orttirish, ularni 
amaliyotga qo‘llash, tabiatga nisbatan ongli munosabat, kuzatish, o‘quv va amaliy 
mehnat ko‘nikmalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi; 
Ekskursiya lotincha “Excursio” - “sayr etish” degan so‘zdan olingan bo‘lib, 
korxona yoki tabiatning diqqatga sazovor joylariga jamoa bo‘lib uyushtirilgan sayr 
ma’nosi tushuniladi. Ular maktab dasturida ko‘rsatilgan va o‘quvchilar uchun 
majburiydir.

Yüklə 467,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin