Mavzu: O‘qitish shakllari va ularning uzviyligi Reja


Maktab tajriba maydonchasidagi darsdan tashqari ishlar



Yüklə 467,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix28.10.2022
ölçüsü467,15 Kb.
#66613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ji7OhktrQEGry7JSXT7GnZW9qDZmqC5CgJ7GjcqN

Maktab tajriba maydonchasidagi darsdan tashqari ishlar. Biologiyani 
o‘qitish amaliyotida maktab tajriba maydonchasiga alohida e’tibor beriladi. Bu 
yerda o‘quvchilar dala o‘simliklari, sabzavot ekinlari, rezavor-meva ekinlari, 
manzarali o‘simliklar va o‘simlik biologiyasi bilan tanishadilar, ularni pravarish 
qilish, begona o‘tlardan tozalash va zararkunanda hasharotlarni yo‘qotish bo‘yicha 
muayyan ishlarni amalga oshiradilar. 
O‘quvchilarning maktab tajriba maydonchasida kuzatish va tajriba qo‘yish 
ishlarini maqsadga muvofiq tashkil etilishi biologiya o‘quv xonasini o‘quv 
jarayoni uchun kerakli tarqatma materiallar bilan ta’minlash, kuzatish va 
tajribalarning natijalarini darsda namoyish qilish imkonini beradi. 
O‘quvchilarga aniq puxta, mantiqiy tuzilgan reja asosida ishlash uquvini 
singdirish zarur. Buning uchun maktab o‘quv tajriba maydonchasida katta 
pedagogik imkoniyatlar bor. Maktab tajriba maydonchasini tashkil etish, ekin va 
ko‘chatlar ekishning puxta o‘ylangan rejasini tuzishni birinchi o‘ringa qo‘yish 
kerak. O‘quv tajriba maydonchasida 5-11-sinflarda darsdan tashqari ishlar kuzda, 
bahorda amaliy mashg‘ulotlar, yozda, kuzda va bahorda tajribalar qo‘yish va 
kuzatishlar o‘tkazish, biologiya darslarida tarqatiladigan va ko‘rgazmali 
materiallarni tayyorlash yuzasidan o‘tkaziladi.
Maydonchada “Yosh tabiatshunoslar” to‘garagi ish olib boradi. To‘garak 
a’zolari maktab tajriba maydonchasidagi ishlarni tashkil etish va maktab, sinfdan 
tashqari tadbirlar: “Hosil bayrami”, “Qushlar bayrami”ni o‘tkazishga tayyorlanish, 


ko‘rgazmalar tashkil etishda o‘qituvchiga yaqindan yordam beradilar. Maktab 
tajriba maydonchasidagi ishlarni tashkil etishda o‘quvchilarni kichik guruhlarga 
ajratish, har bir guruh yetakchisini tayinlash, yetakchiga bajariladigan ishlar 
bo‘yicha aniq topshiriqlarning berilishi ishning samarali bo‘lishi va ularni nazorat 
qilinishi, o‘quvchilarning o‘z vaqtida rag‘batlantirish imkonini beradi. 
Ota-onalar, maktab ma’muriyatining mazkur ishlarni tashkil etishda 
yaqindan yordam berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Maktab tajriba
maydonchasining tarkibiy qismlari bo‘yicha metodist olimlar o‘rtasida turlicha 
yondashuvlar mavjud. Jumladan, P.I. Borovskiy maktab tajriba maydonchasi ikki 
bo‘limdan: tajriba va kolleksiya bo‘limlaridan iborat bo‘lishini ta’kidlagan. 
N.M. Verzilinning fikricha, maktab tajriba maydonchasi bir necha: dala, 
sabzavot, rezavor, manzarali o‘simliklar, biologiya va zoologiya bo‘limlaridan 
iborat bo‘lishi darkor.
Maktab tajriba maydonchasida maktab o‘quv dasturida o‘rganiladigan 
o‘simliklar: dala, poliz, rezavor mevalar, manzarali va yovvoyi o‘simliklar bo‘lishi 
kerak. Shunga muvofiq, maydoncha aniq chegaralangan: dala, poliz, rezavor meva, 
manzarali, biologiya va zoologiya bo‘limlariga ega bo‘lishi zarur. Maydonchada 
metrologik stansiya, auditoriya barpo etish zarur. Har bir bo‘limda o‘simlik 
kolleksiyasi va ular ustida tajriba o‘tkazish uchun joy ajratiladi. Sabzavot ekinlari 
ustida o‘tkaziladigan tajribalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: yerga qo‘shimcha 
ishlov berishning ta’siri, qalamchadan ko‘paytirish, chatishtirish, novdalarni 
chilpishning ta’siri, yaxshi o‘simliklarni urug‘lik uchun ajratish, asosiy ekinlar 
(karam, pomidor, lavlagi, piyoz, bodring va b.) dan yuqori hosil yetishtirish. 
Biologiya kursidan mavzularni o‘tishda bu tajribalarning barchasidan 
foydalaniladi.

Yüklə 467,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin