Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
257
qaroqchilarni jazolash tashvishlari esiga tushar, goh og‘ir zambaraklarni sinovdan 
o‘tkazish paytida ularning yo‘g‘on mis quvuri yorilib ketgani va to‘pchilardan besh kishi 
o‘sha joyda halok bo‘lgani ko‘z oldiga kelar edi. U sovuq izg‘irin changalidan chiqib 
ketishga va avvalgi iliq ruhiy holatiga qaytishga intilib, dardli tovush bilan dedi: 
— Mohim, uzoq umru baxtli hayot men uchun ushalmaydigan orzu bo‘lsa kerak. 
— Nechun? Agar tangrim nasib qilsa, ushalishi hech gap emas. Ilohim nasib qilsin! 
— Aytganingiz kelsin... 
Bobur mayni sipqordi-yu, piyolani Mohim begimga qaytarib berdi. Norinjdan bittasining 
po‘chog‘ini qo‘li bilan archib, yarim pallasini yedi. So‘ng Mohim begimga «Yana quying!» 
ishorasini qildi. 
Ikkinchi piyoladan keyin vujudiga mayin bir iliqlik taraldi, boyagi sovuq izg‘irin xayolidan 
uzoqlashganday bo‘ldi-yu, Mohimga ko‘nglini ochib gapirgisi keldi. 
— Bu amirlar, elchilar, ittifoqdoshlaru yog‘iylar, yana yuz xil davlat ishlari qalbimni yuz 
bo‘lak qilib, yuz tomonga tortadir, Mohim! Goho mening ko‘nglim ham parchalanib 
ketgan, o‘zaro urushlarda azob tortayotgan mamlakat kabi alg‘ov-dalg‘ov bo‘ladir! 
Hayotimda go‘yo shunday bir qutb borki, unga barcha amirlaru elchilar, chopqinlaru 
urushlar to‘planmishdir. Bu qutbda men sovuqqonlikka o‘rganmishmen, chunki siyosat 
bobida odamlarga xuddi shatranj taxtasi ustidagi piyodayu sipohiylarga qilgan shafqatsiz 
muomalani qilmasang, ularni aqlu farosat, hisobu kitob bilan idora etmasang, murodga 
yetolmassen. Ammo bu shafqatsiz siyosatning sovuq izg‘irinidan o‘zim to‘ng‘ib 
keturmen. So‘ng may ichib, isingim kelur. Bu sovuq qutbda she’r yozishga ham 
hafsalam qolmas! 
— O‘shal noxush qutb o‘trusida boshqa iliq makoningiz yo‘qmi, hazratim? 
— Bugun... mana hozir yana bir marta payqadimkim... men uchun olamda eng iliq qutb 
— Siz, Humoyun, Gulbadan... Sizlar bilan bo‘lganda tuyg‘ularim jo‘shib, ijod qilgim 
kelur. 
— Undoq bo‘lsa, doim biz bilan birga bo‘ling! Bundan biz ham behad baxtiyor bo‘lurmiz! 
— Qani edi!.. Ammo buning uchun men davlat ishlaridan butunlay voz kechmog‘im 
kerak. 
— Butunlay voz kechishingizga hojat yo‘q, hazratim. Axir siz Kobulda katta davlat barpo 
etdingiz. Qunduzdan Qandahorgacha, Badaxshondan Sind daryosigacha bo‘lgan 
parokanda o‘lkalarni bir markaz atrofiga birlashtirdingiz. Kobul o‘z tarixida birinchi marta 
shunday ulkan mamlakatning poytaxtiga aylandi. Bu yerda siz yangi ko‘shklar 
qurdirdingiz, yangi bog‘lar barpo etdingiz, yangi ariqlar qazdirib, ko‘p joylarni obod 
qildingiz. Shu hammasi siz uchun aziz emasmi? 
— Noshukrlik bo‘lmasin, men Kobulda ko‘p mas’ud kunlarni ko‘rdim. Biroq katta 
orzularimni ro‘yobga chiqarishga hamon ojizmen. Shu menga tinchlik bermaydir. Kobul 
atrofidagi ko‘p joylar hali qalamiy emas, sayfiy*. Ana, G‘aznida necha asrdan beri buzilib 
yotgan ulug‘ band* bor. Mahmud G‘aznaviy bandi derlar. Agar shu band tiklansa, cho‘l 
bo‘lib qolgan katta bir vodiy yana yashnab ketgay. Men shu bandni tuzattirmoqchi 
bo‘ldim. Lekin sarfini hisoblab ko‘rsam, xazinam yetmas ekan... Bu ahvolda men 
Kamoliddin Behzoddek ulug‘ iste’dodlarni qaysi davlatimga taklif etamen? Behzodni 
Shoh Ismoil Tabrizga olib ketmishdir. Chunki hozir shoh mendan qudratliroq. 
Qanchadan-qancha ilmu hunar ahli, me’morlaru muhandislar bor, agar chorlasam, 
ko‘plari kelurlar. Lekin... Kobulga o‘zi kelgan me’mor mavlono Fazliddinga munosib ish 
topib berganim yo‘g‘u boshqalarni qandoq chorlay? 
Mohim begim Boburning Hindistonga intilishiga naqadar ko‘p va murakkab sabablar 
borligini sezib: 
— Xorazmlik vatandoshingiz Beruniy ham Hindis-tonga borgan — dedi. — Hazratim, siz 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin